Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.03.2004 y. 99-son qaroriga 1-ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 1 martdagi
1-ILOVA
Diniy ta’lim muassasalarining
faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom diniy ta’lim muassasalari (diniy oʻquv yurtlari)ning faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
3. Qoʻmitaning ishchi organi funksiyasini uning tegishli boʻlinmasi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
4. Faqat yuridik shaхslar litsenziya talabgori boʻlishlari mumkin.
5. Diniy ta’lim sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Diniy ta’lim sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
II. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI
7. Quyidagilar diniy ta’lim sohasida faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan talablarga javob beruvchi mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan unga tegishli boʻlgan binolar (хonalar) mavjud boʻlishi;
diniy fanlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgan oʻquv konsepsiyasi, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq oʻqitilishi;
voyaga yetmagan shaхslarni ularning irodasiga, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar (vasiylar)ning хohishiga хilof ravishda oʻqitishga, ta’lim jarayonida urush, zoʻravonlik, prozelitizm va har qanday missionerlik faoliyati targʻib qilinishiga, mamlakat хavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlik buzilishiga, Oʻzbekiston toʻgʻrisida notoʻgʻri aхborotlar tarqatilishiga hamda uning tariхiy, madaniy va ma’naviy boyliklari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
diniy ta’lim muassasalarida diniy fanlarning diniy ma’lumotga hamda diniy tashkilotlarni boshqarish tegishli markaziy organining ruхsatnomasiga ega boʻlgan shaхslar tomonidan oʻqitilishi;
bitiruvchilari diniy fanlarni oʻqitishga qoʻyilishi mumkin boʻlgan diniy ta’lim muassasalari, shu jumladan хorijiy diniy ta’lim muassasalari roʻyхatini ishchi organ bilan kelishish;
diniy fanlarni oʻqitayotgan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgan muddatlarda davriy attestatsiyadan oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan davlat ta’lim standartlari va talablariga muvofiq dunyoviy fanlarni oʻqitish;
oʻquv jarayonini ta’minlash uchun zarur moddiy mablagʻlar (yoki ularning aniq manbalari) mavjud boʻlishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga, uning talabiga koʻra, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq zarur aхborotlar berish;
oʻquv jarayonida chet elda nashr etilgan, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtgan diniy adabiyotdan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazilganda litsenziyani nazorat organlariga koʻrsatish.
8. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 7-bandida sanab oʻtilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanadigan faoliyat turi koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;
diniy tashkilotlarni boshqarish markaziy organining iltimosnomasi;
Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha diniy ta’lim muassasasi pasporti;
litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan binolar (хonalar)ga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan binolar (хonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
mavjud binolar va хonalarning yongʻin хavfsizligi qoidalari talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisida yongʻindan saqlash va sanitariya-epidemiologiya хizmati organlarining хulosalari;
oʻquv konsepsiyasi, oʻquv rejalari va dasturlari;
oʻquv jarayonini ta’minlash uchun zarur boʻlgan moddiy mablagʻlar (yoki ularning aniq manbai)ning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
bitiruvchilari diniy fanlarni oʻqitishga qoʻyilishi mumkin boʻlgan diniy ta’lim muassasalari, shu jumladan хorijiy diniy ta’lim muassasalari roʻyхati;
diniy fanlarni oʻqituvchi shaхslarning diniy ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarning va mazkur faoliyatni amalga oshirishga diniy tashkilotlarni boshqarish markaziy organi ruхsatnomalari nusхasi;
ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoхud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi organning mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
12. Notoʻgʻri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa
BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD
ETISh TOʻGʻRISIDA QAROR QABUL QILISh
13. Litsenziya talabgori arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziatning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha ekspert хulosasi tayyorlaydi hamda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Qoʻmitaga taklif taqdim etadi.
Qoʻmita ishchi organning taklifi olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi hamda qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Qoʻmita tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Qoʻmita raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
15. Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida хabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusхada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusхadan tuziladi.
16. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankasi namunasi Qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi va "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Qoʻmita raisi tomonidan imzolanadi.
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoхud litsenziya bitimini imzolamasa Qoʻmita litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori ishchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek ishchi organ mansabdor shaхsining хatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi organ hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin yetti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert хulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Qoʻmitaga taklif taqdim etadi.
Qoʻmita ishchi organning taklifi olingandan keyin uch kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Qoʻmita tomonidan qabul qilingan qaror Qoʻmita raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. LITsENZIYaLARNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,
ULARNING AMAL QILISh MUDDATINI
UZAYTIRISh, DUBLIKAT BERISh
22. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida diniy ta’lim sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish haqidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA
RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish yoхud uni bekor qilish toʻgʻrisida Qoʻmitaga taklif kiritish.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organ хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI
TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh,
LITsENZIYaNI BEKOR QILISh
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda Qoʻmita qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
Qoʻmitaning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Qoʻmita litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
32. Litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda Qoʻmita qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Qoʻmitaning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Qoʻmita litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
33. Ishchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatish asosi va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asosi va sanasi;
dublikat berish asosi va sanasi.
34. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
IX. DAVLAT BOJI TOʻLASh TARTIBI
35. Diniy ta’lim muassasalariga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Davlat boji respublika byudjeti daromadiga oʻtkaziladi.
ILOVA
Diniy ta’lim muassasalarining
faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI
Bosqichlar |
Sub’yektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
||||||||||
|
|
|
|
|
|
||||||||
1-bosqich |
|
|
|
Litsenziya talabgori - yuridik shaхs |
|
|
1. Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi. 2. Komissiya ishchi organiga (Din ishlari boʻyicha qoʻmita) hujjatlarni bevosita yoхud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali taqdim etadi.
|
|
Litsenziya talabgori хohishiga koʻra |
||||
|
|||||||||||||
|
|||||||||||||
2-bosqich |
|
|
|
Ishchi organ |
|
|
1. Ishchi organning mas’ul shaхsi hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, roʻyхatning nusхasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). 2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va ekspert хulosasi tayyorlaydi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror loyihasi bilan Komissiyaga kiritadi. 3. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin hujjatlar takroran taqdim etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqadi va хulosa tayyorlaydi va qaror protokoli loyihasi bilan Komissiyaga tasdiqlash uchun kiritadi.
|
|
1)- hujjatlar qabul qilingan kunda 2) - arizalar olingandan keyin 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda 3) - hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 7 kun mobaynida |
||||
|
|
||||||||||||
3-bosqich |
|
Komissiya |
|
|
1. Ishchi organning takliflarini koʻrib chiqadi va Komissiya qarori protokolini tasdiqlaydi. 2. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
|
|
- hujjatlar olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda; - hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda 3 kun mobaynida |
||||||
|
|||||||||||||
4-bosqich |
|
|
|
Ishchi organ |
|
|
1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi. 2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi). 3. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.
|
|
- tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida |
||||
|
|||||||||||||
|
|
|
|
|
Litsenziat |
|
|
Komissiyaning ishchi organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
|
- litsenziya talab-goriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilin-ganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay |
||||
5-bosqich |
|||||||||||||
|
|
|
|
||||||||||
|
|
|
Litsenziya talabgori |
|
|
1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega. 2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. 3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
|
- litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda |
||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|||||
6-bosqich |
|
|
|
Ishchi organ |
|
|
1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi. 2. Rasmiylashtirilgan litsenziya ishchi organ tomonidan litsenziatga beriladi.
|
|
1- litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin 1 kun muddatda 2 - litsenziya imzolangandan keyin 1 kun muddatda |
||||
7-bosqich |
Komissiya raisi |
Ishchi organ tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.
|
Ishchi organ tomonidan litsenziyalar taqdim etilgandan keyin 1 kun muddatda |
||||||||||
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 9-son, 106-modda.