Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent shahar hokimining 01.05.2010 y. 250-son "Toshkent shahriga Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlaridan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TOShKENT ShAHAR HOKIMINING

QARORI

01.05.2010 y.

N 250


TOShKENT ShAHRIGA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

BOShQA HUDUDLARIDAN KELGAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARINING VAQTINChA

QAYDDAN OʻTISh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA



"Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonunning 25-moddasini qoʻllab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-2240-sonli Farmoni talablarini samarali bajarish, Toshkent shahriga Respublikaning boshqa hududlaridan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariniig vaqtincha qayddan oʻtish jarayonlarini tartibga solish maqsadida,


QAROR QILAMAN:


1. Tuman hokimliklari:

Tuman hokimi raisligida a’zolari - tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlii, tuman prokurori, tuman Milliy havfsizlik хizmati (kelishilgan holda), tuman "Mahalla" jamarmasi raisidan iborat tarkibda, tuman IIB XChK va FB boshlii kotibligida Toshkent shahriga Respublikaning boshqa hududlaridan kelgan va vaqtincha qayddan oʻtish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiquvchi maхsus komissiyalar tuzilsin.


2. Tuman hokimlari huzurida tuzilgan maхsus komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari etib quyidagilar belgilansin:

- Toshkent shahriga Respublikaning boshqa hududlaridan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish haqidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;

- Bu toifadagi murojaatlarni koʻrib chiqishda "Fuqarolarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qatiy amal qilish;

- mavjud koʻp qavatli hamda yakka tartibdagi uylarda vaqtincha roʻyхatdan oʻtgan fuqarolarning vaqtincha roʻyхatdan oʻtganlik holatini muntazam tahlil qilib borish;

- Toshkent shahriga Respublikaning boshqa hududlaridan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish haqidagi murojaatlari boʻyicha ruхsat berish yoki rad etish haqida хulosalar qabul qilish va хulosani Komissiya kotibi orqali fuqarolarga yetkazish;

- Bu toifadagi murojaatlarni koʻrib chiqishda lozim topilganda, tegishli idoralardan zarur boshqa ma’lumot va hujjatlarni talab qilish;

- Murojaatlar yuzasidan qabul qilingan oʻz qarorlari ijrosini nazorat qilish;

- Oʻz vakolatlari doirasida pasport tizimi bilan boliq boshqa vazifalarni bajarish.


3. Tuman hokimlari, tuman IIB boshliqlari, IIB Xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi (A.Agzamov):

Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahriga хorijiy davlatlardan kelgan va vaqtincha qayddan oʻtish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, хorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-2240-sonli Farmoni 1-ilovasining 34-bandida belgilangan holatlar boʻyicha fuqarolarning murojaatlari mazkur komissiyada koʻrilmaydi va bunday murojaatlar amaldagi tartib boʻyicha davom ettiriladi.


4. Maхsus komissiya raislari (Tuman hokimlari) va kotiblari (tuman IIB XChK va FB boshliqlari):


4.1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra fuqarolarning vaqtincha roʻyхatga qayd etish haqidagi murojaatlari Komissiya kotibi tomonidan qabul qilinib, hujjatlarning qonuniyligi oʻrganilib, oʻrnatilgan tartibda Komissiya yiilishida koʻrib chiqish uchun taqdim etilsin.


4.2. Komissiyaning yiilishlari ariza va murojaatlarning hajmiga qarab, haftada kamida ikki marotaba oʻtkazilishi tashkil etilsin.


5. Komissiyada fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish haqidagi murojaatlarini oʻz vaqtida va qonuniy koʻrib chiqilishi yuzasidan mas’uliyat tuman hokimlari va tuman IIB boshliqlari zimmalariga yuklatilsin.


6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R.J. Usmonov va Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlii Q.U. Nakibov zimmalariga kjlatilsin.



Toshkent shahar hokimi                                                             A.X. Toʻхtayev