Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.2002 y. 259-son "Yaponiya fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.07.2002 y.

N 259


YaPONIYa FUQAROLARI UChUN VIZA

TARTIBOTLARINI SODDALAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-teхnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, amaliy va turistik maqsadlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi Yaponiya fuqarolariga vizalarni rasmiylashtirish tartibotlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

amaliy maqsadlar bilan Oʻzbekistonga keluvchi Yaponiya fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining chet el muassasalarida bir yilgacha muddat bilan koʻp martalik vizalarni, Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etuvchi yuridik shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaatnomasini talab etishni bekor qilgan holda, 2 ish kuni (hujjatlar qabul qilib olingan kundan tashqari) mobaynida rasmiylashtirsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari oʻzlarining idoraviy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I.Karimov