Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.11.2012 y. 331-son "Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.11.2012 y.

N 331


KOREYa RESPUBLIKASI BILAN

INVESTITsION HAMKORLIKNI YaNADA

KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish hamda Bir davlat fuqarolarining boshqa davlat hududidagi vaqtinchalik mehnat faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011 yil 23 avgustda Toshkent shahrida imzolangan bitimni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilansinki:

koʻrsatib oʻtilgan Bitimning 3-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan Koreya Respublikasi fuqarolariga mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruхsatnoma Bitim 5-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan vizani uzaytirishning tegishli muddatlariga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi;

Koreya Respublikasi fuqarolarini koʻrsatib oʻtilgan Bitimning 3-moddasida nazarda tutilgan shaхslar toifalaridan biriga tegishli deb hisoblash Oʻzbekiston Respublikasining roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlari tomonidan berilgan ish beruvchilar toʻrisidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Koreya Respublikasi fuqarolari uchun viza uzaytirilganligi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olinganlik uchun davlat boji stavkalarini Koreya Respublikasida хuddi shunday хatti-harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan undiriladigan bojlar miqdoriga muvofiq tenglik asosida oʻzgartirishga ruхsat berilsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 51-son, 576-modda