Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2004 y. 166-son "Latviya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.04.2004 y.

N 166


LATVIYa RESPUBLIKASI FUQAROLARI UChUN

VIZA TARTIBOTLARINI SODDALAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-teхnik va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, ishbilarmonlik va turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Latviya Respublikasi fuqarolari uchun vizalarni rasmiylashtirish tartibotlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

ishbilarmonlik maqsadlarida Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan Latviya Respublikasi fuqarolari uchun bir yil muddatga koʻp martalik vizalarni, Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishiga doir talabni bekor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy muassasalarida, hujjatlarni qabul qilish kunidan tashqari, 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin;

turist sifatida Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan Latviya Respublikasi fuqarolari uchun 1 oygacha boʻlgan muddatga koʻp martalik vizalarni, turistik tashkilotlarning turistik vaucherlarini taqdim etish zarurligiga doir talabni bekor qilgan holda, hujjatlarni qabul qilish kunidan tashqari, 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari oʻz idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Maхkamasining Raisi                                                    I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 14-son, 169-modda.