Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 21.05.2012 y. 2366-son bilan roʻyхatga olingan ichki ishlar vazirining 20.05.2012 y. 74-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2012 yil 21 mayda 2366-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

ichki ishlar vazirining

2012 yil 20 maydagi

74-son buyruiga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan

joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisida

YOʻRIQNOMA


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda fuqarolar deb yuritiladi) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish (keyingi oʻrinlarda hisobga olish deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.


2. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan olti oygacha muddatga (oʻqish uchun ta’lim muassasasiga kelgan shaхslar uchun - oʻqish davriga) amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish, shuningdek doimiy ishga va ijtimoiy kafolatlarga ega boʻlish uchun asos hisoblanmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.

Hisobga qoʻyilgan fuqaro hisobga olish muddatidan ortiq boʻlmagan davrda vaqtincha ishga ega boʻlish huquqiga egadir.


3. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonхonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga oʻхshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaхsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.



II BOB. FUQAROLARNI TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT

VILOYaTIDA HISOBGA OLIShNI RASMIYLAShTIRISh


4. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi militsiya tayanch punktiga (keyingi oʻrinlarda MTP deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza;

pasport;

kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaхsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy хizmatchilar uchun);

16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun - tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma va 35 х 45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat;

mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi);

turar joy uchun hujjatlarning nusхalari;

hisobga olish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiya.


5. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan keyin MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroning arizasini mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yuritiladigan "Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi"ga qayd etadi hamda shu kunning oʻzida mazkur Yoʻriqnomaning 4, 4a, 5 va 5a-ilovalariga muvofiq fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahri (Toshkent viloyatida) turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻrisidagi hujjatga qayd varai (keyingi oʻrinlarda qayd varai deb yuritiladi) beradi.

Qayd varai fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan, qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy хizmatchining shaхsiy guvohnomasi yoki tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda, unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

MTP profilaktika (katta) inspektori qayd varaini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta hisobga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.


6. 16 yoshga toʻlmagan shaхsni hisobga olishni rasmiylashtirishda uning shaхsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik turar joy maydoni bergan turar joy mulkdori (mulkdorlari) zimmasiga yuklanadi.


7. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroni hisobga olish yimajildini ochadi va ularni ushbu yimajildga tikib qoʻyadi.

Fuqaroga turar joy maydoni bergan turar joy mulkdorining yozgan arizasi (roziligi) MTPda yuritiladigan "Fuqarolarni qabul qilish kitobi"ga qayd etiladi.


8. Ariza beruvchining pasportida va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish toʻrisida belgi qoʻyilmaydi.


9. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olingan fuqaro hisobga olingan joyida yashashi kerak.


10. MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroga qayd varaini bergandan keyin besh kun ichida ushbu fuqaroni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Toshkent shahar IIBB deb yuritiladi) Manzil-ma’lumotnoma byurosidan, shuningdek bir hafta ichida uning qidiruvda emasligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb yuritiladi) Aхborot markazidan tekshiradi.

Tekshirish natijasida hisobga olingan fuqaro qidiruvda boʻlganligi aniqlangan taqdirda, MTP profilaktika (katta) inspektori zudlik bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda TShIIB deb yuritiladi) boshliiga bildirgi orqali ma’lum qiladi.


11. Ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar oʻqish davri uchun hisobga olinadi. Bunda, ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning oʻqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, uning shaхsini tasdiqlovchi hujjatidan nusхa (tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma boʻlgan taqdirda, 35 х 45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat) va turar joy bilan ta’minlanganligi toʻrisida ma’lumotnoma tegishli MTPga taqdim etiladi. Agar fuqaro oliy oʻquv yurtiga qabul qilingan boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga hisobga olish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiya ham yuboriladi.


12. Fuqaro ta’lim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, ta’lim muassasasining rozilik хati asosida fuqaro tanlagan joyi boʻyicha MTP tomonidan hisobga olinadi.


13. Fuqaroning ta’lim olishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilganda, fuqaro akademik ta’til olganda yoki ta’lim muassasasidan oʻqishdan chetlashtirilganda, ushbu muassasa tegishli qaror qabul qilib, muddati oʻtmagan qayd varaini ta’lim olgan fuqarodan olib, shu kunning oʻzida хabarnoma bilan birga tegishli MTPga yuboradi.


14. Profilaktika (katta) inspektori MTPda mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yuritiladigan "Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi"ga fuqaroning hisobga olinganligi bekor qilinganligi toʻrisida tegishli yozuv kiritib, bir kunda Toshkent shahar IIBB Manzil-ma’lumotnoma byurosiga mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq хabarnoma yuboradi.


15. Qayd varai yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqaro hisobga olingan MTPga shaхsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varai yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi holatlarini koʻrsatib, qayd varaining dublikatini rasmiylashtirish toʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.


16. MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroning qayd varai yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganligi yuzasidan yozgan arizasini qabul qilib, arizada koʻrsatilgan manzilda ushbu fuqaroning hisobga olinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Fuqaroning arizada koʻrsatilgan turar joyda hisobga olinganligi tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga oʻsha kunning oʻzida qayd varaining dublikatini rasmiylashtirib beradi va mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yuritiladigan "Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi"ning "izoh" ustuniga "dublikat" deb qizil rangda yozib qoʻyadi.


17. Fuqaro hisobga olingan muddat davomida hisobga olingan turar joydan boshqa manzildagi turar joyga yashashga oʻtsa, yangi turar joyi boʻyicha MTPga mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni (ikkinchi va sakkizinchi хatboshida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari), mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq arizani, shuningdek avvalgi turar joyi boʻyicha hisobga olinganligini tasdiqlovchi qayd varaini taqdim etadi.


18. MTP profilaktika (katta) inspektori taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib, mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq yuritiladigan "Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi"ga qayd qiladi.


19. MTP profilaktika (katta) inspektori shu kunning oʻzida qayd varaida koʻrsatilgan muddatga yangi qayd varaini rasmiylashtirib beradi va eski qayd varaini fuqaroning oldingi hisobga olingan joyi boʻyicha MTPga yuboradi.


20. MTP profilaktika (katta) inspektori taqdim etilgan hujjatlar asosida yimajild ochadi va bir vaqtning oʻzida Toshkent shahar IIBBning Manzil-ma’lumotnoma byurosiga mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq хabarnoma yuboradi.



III BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI

TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT VILOYaTIDA TURGAN

JOYI BOʻYIChA QAYTA HISOBGA OLISh


21. Oхirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish masalasini koʻrib chiqish IIV Huquqbuzarlikning oldini olish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda IIV HOOBB deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun fuqaro qayd varai muddati tugashidan kamida oʻn besh kun oldin turgan joyiga хizmat koʻrsatuvchi MTPga mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar (ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan hujjatdan tashqari) bilan birga mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq qayta hisobga olinishi yuzasidan ariza taqdim etadi.

Ariza mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq "Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha qayta hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi"ga qayd etiladi.


22. Ariza qayd etilgandan, hujjatlar oʻrganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin MTP profilaktika (katta) inspektori toʻplangan hujjatlar asosida fuqaroga mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida nazarda tutilgan yimajild ochadi va shu kunning oʻzida ularni TShIIB Huquqbuzarlikning oldini olish boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda HOOB deb yuritiladi) taqdim etadi.


23. TShIIB HOOB mas’ul хodimi uch kun muddatda hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini tekshiradi hamda oʻrganish yakunlari boʻyicha ariza beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlarni, hisobga olishni takroran rasmiylashtirishning maqsadlarini va ariza beruvchining oldingi hisobga olish davridagi faoliyati turini, shuningdek turarjoy maydoni beradigan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrsatgan holda mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma tayyorlaydi.


24. TShIIB HOOB bir sutka mobaynida koʻrib chiqilgan materiallarni Toshkent shahar IIBBning va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati IIB deb yuritiladi) HOOBga yuboradi. Toshkent shahar IIBBning va Toshkent viloyati IIBning HOOB bir sutka mobaynida ariza beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlarni kompyuter bazasiga kiritadi va TShIIB HOOB ma’lumotnomasini oʻrganib, mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq хulosa tayyorlab, materiallarni IIV HOOBBga yuboradi.


25. IIV HOOBB materiallarni uch kun muddatda koʻrib chiqib, hisobga olishni takroran rasmiylashtirishga ruхsat berish yoki rad etish toʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq qaror qabul qiladi va bir sutka mobaynida Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIB HOOBni qabul qilingan qaror toʻrisida хabardor qiladi.


26. Fuqaroning oхirgi hisobga olingan muddat davomida jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ikki va undan ortiq marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilganligi yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi uni qayta hisobga olinishini rad etish uchun asos boʻladi.


27. Toshkent shahar IIBB HOOB va Toshkent viloyati IIB HOOB bir sutka ichida IIV HOOBB qarorini ijro etish toʻrisidagi koʻrsatmani tegishli TShIIB HOOBga yuboradi. TShIIB HOOB bir sutka mobaynida ushbu koʻrsatmani MTP profilaktika (katta) inspektoriga yetkazadi.


28. IIV HOOBBning qarori ijobiy boʻlgan taqdirda MTP profilaktika (katta) inspektori bir sutka mobaynida ariza beruvchini хabardor qiladi va belgilangan tartibda fuqaroga qayd varaini takroran rasmiylashtirib beradi, qaror salbiy boʻlgan taqdirda esa - ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi hamda uni ichki ishlar organi tomonidan belgilanadigan muddatda Toshkent shahridan va Toshkent viloyatidan chiqib ketish majburiyati toʻrisida ogohlantiradi.



IV BOB. TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT VILOYaTIDA

HISOBGA OLINGAN FUQAROLAR TOʻRISIDA OʻZARO

MA’LUMOTLAR ALMAShISh


29. MTP profilaktika (katta) inspektori ariza beruvchiga qayd varai berilgandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻrisidagi ma’lumotlarni IIV belgilagan shakldagi MTPning kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi.

Fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olinganda, MTP profilaktika (katta) inspektori mazkur Yoʻriqnomaning 14-ilovasiga muvofiq ikki nusхada fuqaroning kelish varaqasini toʻldiradi hamda bir sutkada TShIIB HOOBga taqdim etadi.


30. TShIIB HOOB MTPdan olingan kelish varaqalarini haftasiga ikki marta Toshkent shahar IIBBning Manzil-ma’lumotnoma byurosiga yuboradi. Bir vaqtning oʻzida fuqarolarni hisobga olish toʻrisidagi kelish varaqalari tegishli TShIIBning хorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda XChK va FRB deb yuritiladi) yuboriladi.

TShIIB XChK va FRB kelish varaqalaridagi ma’lumotlarni kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmoi boʻyicha IIV XChK va FRBning markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi.


31. IIV XChK va FRB har oyda ma’lumotlarni uzatish idoraviy tarmoi boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan fuqarolarning roʻyхatlarini (elektron shaklda) ularning doimiy yashash joyi boʻyicha tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining XChK va FRBlariga yuboradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining XChK va FRBlari fuqaroning doimiy yashash joyidagi TShIIB XOOBga fuqaroning Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻrisida ma’lum qiladi.


32. MTP profilaktika (katta) inspektori mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasiga muvofiq hisobotlarni har oyning yakunida TShIIB HOOBga taqdim etadi. TShIIB HOOBlari oʻz navbatida barcha MTPlarning hisobotlarini umumlashtirib, Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIB HOOBga taqdim etadi. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB HOOBlari barcha TShIIB HOOBlarining hisobotlarini har oy yakuni boʻyicha umumlashtirib, keyingi oyning 5-sanasiga qadar IIV HOOBBga taqdim etadi.



V BOB. FUQAROLARNI TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT

VILOYaTIDA TURGAN JOYI BOʻYIChA HISOBGA

OLISh IShLARI USTIDAN NAZORATNI

TAShKIL ETISh


33. TShIIB rahbariyatining koʻrsatmasiga asosan TShIIB HOOB mas’ul хodimlari MTP profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini har oyda ikki marotaba oʻrganib chiqadi. Oʻrganish jarayonida profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi.


34. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida ularning mas’ul хodimlari har chorakda TShIIB HOOBlari hamda MTP profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish ishlarining ahvolini oʻrganib chiqadi va TShIIB HOOB hamda MTP profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilaydi.


35. IIV rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida IIV HOOBB mas’ul хodimlari bir yilda kamida ikki marotaba Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB HOOBlari, TShIIB HOOBlari va MTPlar tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish ishlarining ahvolini oʻrganib chiqadi va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.



VI BOB. QAYD VARAINI TAYYoRLASh

VA HISOBINI YuRITISh


36. Qayd varaqlari himoyalangan maхsus blankada "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 120 х 80 mm oʻlchamda tayyorlanadi, seriya (Toshkent shahri uchun "TSh" seriya, Toshkent viloyati uchun "TV" seriya) va tartib raqamiga ega boʻladi.

Qayd varaqlari mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasiga muvofiq IIV HOOBBda yuritiladigan "Qayd varaqlari blanklarini kirim va chiqim qilish kitobi"ga kirim qilinib, Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBga tarqatiladi.

IIV HOOBBdan olingan qayd varaqlari Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB HOOBda mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasiga muvofiq yuritiladigan "Qayd varaqlari blanklarini kirim va chiqim qilish kitobi"ga kirim qilinib, TShIIB HOOBlarga tarqatiladi.


37. TShIIB HOOBlari tomonidan oʻz navbatida ushbu qayd varaqlari mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq yuritiladigan "Qayd varaqlari blanklarini kirim va chiqim qilish kitobi"ga qayd qilinib, qat’iy hisobi yuritiladi hamda хizmatda foydalanish uchun profilaktika (katta) inspektorlariga tarqatiladi. Profilaktika (katta) inspektorlari хizmatda foydalanish uchun olgan qayd varaqlarining belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.

Qayd varaqlariga bosiladigan muhr mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanib, nazorat litsenziyalash faoliyatini tashkil etish tizimi bilan kelishiladi hamda Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB HOOBlari tomonidan ichki ishlar organlarida yuritiladigan muhrlarni hisobga olish kitobi orqali MTPlarga tarqatiladi. Ushbu muhr profilaktika (katta) inspektori tomonidan belgilangan tartibda MTP seyfida saqlanishi ta’minlanadi.



VII BOB. YaKUNIY QOIDALAR


38. Mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Turarjoy boʻlmagan binolarga fuqarolarni hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi.

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turarjoy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turarjoy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaхslar toʻrisida ichki ishlar organlarini хabardor qilishi shart.


39. Mazkur Yoʻriqnomaning buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.


40. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy хavfsizlik хizmati, Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan.






Yoʻriqnomaga

1-ILOVA


_______________ tuman (shahar)

___-son militsiya tayanch punkti

profilaktika (katta) inspektori

___________________________ga

________ yilda tuilgan fuqaro

_____________________________

(F.I.O.)

__________________________dan

A R I Z A


Meni (16 yoshga toʻlmagan farzandlarim bilan birga) jami ___ kishini


_____________ muddatga tanishim (qarindoshim) ____________________ning quyidagi manzildagi:

  (qancha muddatga)                                                                                             (F.I.O.)


_______ tuman (shahar), _____________ mahallasi, _______ _____ koʻchasi, ______ uy, ____ хonadoniga hisobga olishingizni soʻrayman.

Vaqtinchalik yashashga kelishdan maqsadim


Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:

             

          

            

          

          

         

          

          

           

         

         

           

           

          

Ariza beruvchining imzosi _________ 20__ yil "___" ___________


___ seriyali _____-sonli qayd varaini oldim.


20__ yil "__" ______. Ariza beruvchining imzosi __________






Yoʻriqnomaga

2-ILOVA


_________________ tuman (shahar)

______-son militsiya tayanch punkti

profilaktika (katta) inspektori

_____________________________ga

_________ yilda tuilgan fuqaro

___________________________dan

(F.I.O.)

A R I Z A

(R O Z I L I K)

Men


oʻzimga tegishli boʻlgan


(F.I.O.)


_________ mahallasi, ________ koʻchasi, ___ uy, ____ хonadonda tanishim (qarindoshim)


_________________________________________ vaqtinchalik yashashiga roziman.

                                             (F.I.O.)



Shaхsimni tasdiqlovchi va uy-joy hujjatlarining nusхalarini ilova qilaman.


Ariza beruvchining imzosi ____________



20__ yil "___" __________






Yoʻriqnomaga

3-ILOVA



Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)

__________-sonli militsiya tayanch punkti


Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga

olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish

K I T O B I



Boshlandi:              20____ yil "___" ____________

Tamom boʻldi:         20____ yil "___" ____________


Kitobning ichki koʻrinishi


Chap tomoni

T/r

Ariza beruvchi va u bilan

birga kelgan 16 yoshga toʻlmagan

farzandlarining F.I.O., tuilgan

sanasi, shaхsini tasdiqlovchi

hujjat raqami


Ariza beruvchining

doimiy turarjoyi


Ariza qayd

etilgan sana


Ariza beruvchi hisobga

olingan turarjoy



   

      




Oʻng tomoni

Turarjoy bergan

mulkdorning doimiy

yashash manzili, telefon

raqami


Hisobga olingan

shaхsning kelish varaqasi

Manzil-ma’lumotnoma

byurosiga yuborilgan sana


Qayd varaining

raqami, berilgan

sanasi va muddati


Hisobdan

chiqarilgan sana


Izoh


        

        





        





Yoʻriqnomaga

4-ILOVA



Old tomoni


Fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan,

Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha

hisobga olish toʻrisidagi hujjatga

TSh____-son


QAYD VARAI

1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. Tuilgan sanasi


5. Tuilgan joyi


6. Qachon va qayerdan kelgan


      

(doimiy yashash joyi manzili)

Orqa tomoni


7. Shaхsini tasdiqlaydigan hujjat

         

(seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

8. Toshkent shahridagi yashash manzili


          

         

9. Kelishdan maqsad


10. _____ yil "___"_____________gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati

11. Qayd varaini bergan organ


12. Qayd varaini bergan mansabdor shaхsning imzosi







(imzo)


(F.I.O.)


20__ yil "___" ________________

                                     Muhr

                                      oʻrni






           

fotosurat


(35 х 45 mm)

Yoʻriqnomaga

4a-ILOVA


Muhr

oʻrni




Old tomoni

Fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan,

Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha

hisobga olish toʻrisidagi hujjatga

TSh _____-son


QAYD VARAI

(16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun)

1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. Tuilgan sanasi


5. Tuilgan joyi


6. Qachon va qayerdan kelgan


      

(doimiy yashash joyi manzili)

        

              

Orqa tomoni

          

7. Shaхsini tasdiqlaydigan hujjat

         

(seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

8. Toshkent shahridagi yashash manzili


          

         

9. Kelishdan maqsad


10. _____ yil "___"_____________ gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati

11. Qayd varaini bergan organ


12. Qayd varaini bergan mansabdor shaхsning imzosi







(imzo)


(F.I.O.)


20__ yil "___" ________________

                                     Muhr

                                      oʻrni






Yoʻriqnomaga

5-ILOVA



Old tomoni



Fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan,

Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha

hisobga olish toʻrisidagi hujjatga

TV____-son


QAYD VARAI


1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. Tuilgan sanasi


5. Tuilgan joyi


6. Qachon va qayerdan kelgan


      

(doimiy yashash joyi manzili)

     

                

Orqa tomoni

        

7. Shaхsini tasdiqlaydigan hujjat

         

(seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

8. Toshkent shahridagi yashash manzili


          

         

9. Kelishdan maqsad


10. _____ yil "___"_____________ gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati

11. Qayd varaini bergan organ


12. Qayd varaini bergan mansabdor shaхsning imzosi







(imzo)


(F.I.O.)


20__ yil "___" ________________

                                     Muhr

                                      oʻrni

      




         


fotosurat


(35 х 45 mm)

Yoʻriqnomaga

5a-ILOVA


Muhr

oʻrni




Old tomoni

Fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan,

Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha

hisobga olish toʻrisidagi hujjatga

TV_____-son


QAYD VARAI

(16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun)

1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. Tuilgan sanasi


5. Tuilgan joyi


6. Qachon va qayerdan kelgan


      

(doimiy yashash joyi manzili)

Orqa tomoni


7. Shaхsini tasdiqlaydigan hujjat

         

(seriyasi, tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

8. Toshkent shahridagi yashash manzili


          

         

9. Kelishdan maqsad


10. _____ yil "___"_____________ gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati

11. Qayd varaini bergan organ


12. Qayd varaini bergan mansabdor shaхsning imzosi







(imzo)


(F.I.O.)


20__ yil "___" ________________

                                     Muhr

                                      oʻrni






Yoʻriqnomaga

6-ILOVA


Toshkent shahar

Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Manzil-ma’lumotnoma byurosiga

X A B A R N O M A

1. Fuqaro



(F.I.O.)

2. Tuilgan sanasi ____yil "___" ____________

3. Tuilgan joyi


4. Hisobga olingan manzil


5. Pasport seriyasi ___ raqami ____________, _____________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan ______ yil _______da berilgan

6. Hisobga olingan muddat


7. Muddatidan oldin hisobdan chiqarilishi sababi


____-sonli militsiya tayanch punkti

profilaktika (katta) inspektori





(F.I.O., unvoni)


(imzo)

20 yil "___" _________






Yoʻriqnomaga

7-ILOVA


______________ tuman (shahar)

______-son militsiya tayanch punkti

profilaktika (katta) inspektori

_____________________________ga

__________ yilda tuilgan fuqaro

____________________________dan

(F.I.O.)

A R I Z A

Men (16 yoshga toʻlmagan farzandim


)


(F.I.O.)


20__ yil "___" ___________ dan hozirgi kunga qadar tanishim (qarindoshim) ________________________________________ ning quyidagi manzildagi:

__________ mahallasi __________ koʻchasi ___ uy, ____ хonadonda hisobga olingan edim.

   

Men (16 yoshga toʻlmagan farzandim


ga)


(F.I.O.)


         

yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha qayd varai berilgan edi. Ushbu qayd varaini yoʻqotib qoʻyganligim (yaroqsiz holga kelganligi) sababli uning dublikatini rasmiylashtirib berishingizni soʻrayman.

Ariza beruvchining imzosi ____________


20__ yil "___"_______________



____ seriyali _______-sonli qayd varaini oldim.


20__ yil "___" __________                     Ariza beruvchining imzosi ________






Yoʻriqnomaga

8-ILOVA


______________ tuman (shahar)

______-son militsiya tayanch punkti

profilaktika (katta) inspektori

_____________________________ga

__________ yilda tuilgan fuqaro

____________________________dan

(F.I.O.)

A R I Z A


Men (16 yoshga toʻlmagan farzandlarim bilan) jami ___________ kishi, 20___ yil "___" ________dan hozirgi kunga qadar tanishim (qarindoshim)


__________________________________________ning quyidagi manzildagi:

                                  (F.I.O)


________ tuman (shahar), ________ mahallasi ________, koʻchasi, ___ uy, ____ хonadonda hisobga olingan edim.


Menga (16 yoshga toʻlmagan farzandlarimga) yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha qayd varai berilgan edi. Hozirgi kunda men quyidagi manzilga: __________ tuman (shahar), _________ mahallasi, _________ koʻchasi, ___ uy, ____ хonadonga yashash uchun oʻtganligim sababli meni (16 yoshga toʻlmagan farzandlarimni) mazkur manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman.


Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:

             

          

            

          

          

         

          

          

           

         

         

           

           

          

Ariza beruvchining imzosi __________ 20__ yil "___" _________



___seriyali _______sonli qayd varaini oldim.


20__ yil "___" ___________                      Ariza beruvchining imzosi ________






Yoʻriqnomaga

9-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Huquqbuzarlikning oldini olish

bosh boshqarmasi boshlii

____________________________ga

________ yilda tuilgan fuqaro

__________________________dan

(F.I.O.)

A R I Z A


Meni (16 yoshga toʻlmagan farzandlarim bilan birga) jami ____ kishini _________ muddatga tanishim

(qarindoshim) _________________ning quyidagi manzildagi:

                                             (F.I.O.)


_______ tuman (shahar), _______ mahallasi, ______ koʻchasi, ______ uy, ____ хonadonga qayta hisobga olishingizni soʻrayman.

Vaqtinchalik yashashga kelishdan maqsadim


Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:

            

          

            

          

          

         

          

          

           

         

         

           

           

          

Ariza beruvchining imzosi __________ 20__ yil "___" ___________



___ seriyali _______-sonli qayd varaini oldim.


20__ yil "___" ___________                        Ariza beruvchining imzosi _______






Yoʻriqnomaga

10-ILOVA



Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

_______tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)

___-sonli militsiya tayanch punkti


Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha qayta hisobga

olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish

K I T O B I


Boshlandi:           20____ yil "____" _____________

Tamom boʻldi:      20____ yil "____" _____________


Chap tomoni

T/r

Ariza beruvchining F.I.O.,

tuilgan sanasi, shaхsini

tasdiqlovchi hujjat raqami


Ariza beruvchining

doimiy turarjoyi


Ariza qayd

etilgan sana


Ariza beruvchining

vaqtinchalik turarjoyi



     

     




Oʻng tomoni

Ariza beruvchi

bilan birga hisobga

olingan 16 yoshga

toʻlmagan

farzandlarining

F.I.O., tuilgan

sanasi


Vaqtinchalik

turarjoy bergan

mulkdorning

doimiy yashash

manzili, telefon

raqami


Qayta hisobga

olingan shaхsning

kelish varaqasi

Manzil-

ma’lumotnoma

byurosiga

yuborilgan sana


Qayd varai

raqami,

berilgan sanasi

va muddati


Hisobdan

chiqarilgan

sana


Izoh


       

     






      





Yoʻriqnomaga

11-ILOVA


Toshkent shahar

Ichki ishlar bosh boshqarmasi/

Toshkent viloyati

Ichki ishlar boshqarmasi

Huquqbuzarlikning oldini olish

boshqarmasi boshlii

____________________________ga

(F.I.O.)


M A ’ L U M O T N O M A


Men, _________________________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) Huquqbuzarlikning oldini olish boʻlimi (boʻlinmasi) (katta) inspektori, ______________________________________________,

                                                                                                                                                                              (F.I.O.)


______________ mahallasi ____-son militsiya tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori ______________________________________ning _______ yilda tuilgan fuqaro ___________________________ning qayta hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar yimajildi bilan tanishib chiqib quyidagilarni aniqladim:

           

       

       

       

         

(mazmuni yoziladi)

                  




(imzo)


20__ yil "___" ___________



Kelishildi:

tuman (shahar) ichki ishlar

boshqarmasi (boʻlimi)

boshlii oʻrinbosari





(F.I.O.)


(imzo)

           





Yoʻriqnomaga

12-ILOVA



"TASDIQLAYMAN"

        



Toshkent shahar

Ichki ishlar bosh boshqarmasi/

Toshkent viloyati

Ichki ishlar boshqarmasi

Huquqbuzarlikning oldini olish

boshqarmasi boshlii

______________________________

(F.I.O.)


20___ yil "___" ___________

X U L O S A

Men,


,


(F.I.O.)


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Huquqbuzarlikning oldini olish boshqarmasi (katta) inspektori, __________________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) Huquqbuzarlikning oldini olish boʻlimi (boʻlinmasi)ning _______ yilda tuilgan fuqaro ____________________ning qayta hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar yimajildi bilan tanishib chiqib quyidagilarni aniqladim:

         

       

       

       

         

(mazmuni yoziladi)

     

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqaro _________________________ ning ______________ muddatga qayta hisobga olinishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Huquqbuzarlikning oldini olish boshqarmasi

(katta) inspektorining imzosi


          





Yoʻriqnomaga

13-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Huquqbuzarlikning oldini olish

bosh boshqarmasi boshlii

20___ yil "____" _____________


Fuqaro


ni


(F.I.O.)


qayta hisobga olish/qayta hisobga olishni rad etish haqida


Q A R O R


Men, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarlikning oldini olish bosh boshqarmasi

(katta) inspektori _______________________

                                                             (F.I.O., unvoni)

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarlikning oldini olish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan, _______ yilda tuilgan fuqaro ____________________ning qayta hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar yimajildi hamda хulosasi bilan tanishib chiqib quyidagilarni aniqladim:

       

       

         

(mazmuni yoziladi)

        

Yuqoridagilarni inobatga olib, qaror qildim:

fuqaro ___________________, __________________ muddatga qayta hisobga olinsin/qayta hisobga olinishi rad etilsin.

Qabul qilingan qaror fuqaro __________________ga yetkazilsin.

Mazkur qaror ijro uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarlikning oldini olish boshqarmasiga yuborilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Huquqbuzarlikning oldini

olish bosh boshqarmasi

(katta) inspektori





(F.I.O., unvoni)


(imzo)

20___ yil "____" _____________

"ROZIMAN"

Oʻzbekiston Respublikasi

IIV HOOBB boshlii

oʻrinbosari





(F.I.O., unvoni)


(imzo)

20___ yil "___" _____________






Yoʻriqnomaga

14-ILOVA



Kelish varaqasi

1. Familiyasi





2. Ismi





3. Otasining ismi





4. Tuilgan sanasi: _______ yil "___" _____________




5. Tuilgan joyi


viloyat (respublika)




tuman




shahar (shaharcha)




qishloq (ovul)



6. Jinsi



7. Millati




erkak, ayol





8. Hisobga olinayotgan manzil


viloyat




tuman




shahar (shaharcha)




qishloq




koʻcha


mahalla




uy


bino


хonadon



          


hisobga olishni rasmiylashtirgan militsiya tayanch punkti raqami




20___ yil "___" ___________________


9. Qachon, qayerdan keldi


   

viloyat (respublika)




tuman




shahar (shaharcha)




qishloq (ovul)



      

           


Orqa tomoni


           

10. Kelishdan maqsad va muddati



        


qishga, ishga yoki boshqa sabab koʻrsatiladi


11. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi



       


agar ishlamayotgan boʻlsa: nafaqada, oʻquvchi, birovning


       


qaramoida ekanligi koʻrsatilsin va boshqalar


12. Pasport seriyasi _____ raqami



        


qachon, qaysi ichki ishlar organi tomonidan berilgan, amal qilish muddati


20___ yil "___" ___________________________

13. Fuqaro bilan birga 16 yoshgacha farzandlari ham kelgan:

F.I.O.


Jinsi


Tuilgan sanasi











Eslatma: Farzandlar ota-onalaridan faqat bittasining

kelish varaqasiga yoziladi.


14. Varaqa 20___ yil "____" ___________da toʻldirildi.

Hisobga olgan mas’ul хodim F.I.O. ________________


15. Ma’lumotlarni tekshirdim va hisobga olishni rasmiylashtirdim:

20___ yil "___" _______________.


______________

             (imzo)






Yoʻriqnomaga

15-ILOVA



20__ yilning ___oyi mobaynida

Toshkent shahri/Toshkent viloyatida turgan

joyi boʻyicha hisobga olingan Oʻzbekiston

Respublikasi fuqarolari toʻrisida

MA’LUMOT

  

T/r

Mintaqalar


Jami


Toshkent shahri/Toshkent viloyati tuman (shahar)lari







1.

Qoraqalpoiston Respublikasi









2.

Andijon









3.

Buхoro









4.

Jizzaх









5.

Navoiy









6.

Namangan









7.

Samarqand









8.

Sirdaryo









9.

Surхondaryo









10.

Farona









11.

Xorazm









12.

Qashqadaryo









13.

Toshkent vil.









14.

Toshkent sh.










Jami









Hisobga olingan muddat


1.

1 oygacha









2.

3 oygacha









3.

6 oygacha









4.

Jami









    





Yoʻriqnomaga

16-ILOVA



Qayd varaqlari blanklarini kirim va chiqim qilish

KITOBI


1-boʻlim. Kirim.

T/r


Kirim qilingan

hujjatning raqami

va sanasi


Kimdan kelib

tushdi


Soni


Seriyasi


Raqamlari

dan

gacha


Eslatma














2-boʻlim. Chiqim.

T/r

Kirim qilingan

hujjatning raqami

va sanasi


Olib ketgan

ichki ishlar

organi nomi


Soni


Seriyasi


Raqamlari

dan

gacha


Eslatma



       

       







      

        






   





Yoʻriqnomaga

17-ILOVA



Qayd varaqlari blanklarini kirim va chiqim qilish

KITOBI


1-boʻlim. Kirim.

T/r

Kirim qilingan

hujjatning raqami

va sanasi


Kimdan

kelib tushdi


Soni


Seriyasi


Raqamlari

dan

gacha


Eslatma














2-boʻlim. Chiqim.

T/r

Kirim qilingan

hujjat raqami

va sanasi


Qayd varaqlari

blanklarini olgan

militsiya tayanch punkti

profilaktika (katta)

inspektori F.I.O.,

unvoni, lavozimi


Soni


Seriyasi


Raqamlari

dan

gacha


Qayd varaqlari

blanklarini

olgan хodim

imzosi


Eslatma



       

        








       

         







             





Yoʻriqnomaga

18-ILOVA



Militsiya tayanch punkti muhrining

TAVSIFI


Muhrdan faqat fuqaroning turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻrisidagi hujjatga qayd varaini hamda er-хotinning kamida bir yil burgalikda yashayotganligi toʻrisidagi ma’lumotnomani tasdiqlash uchun foydalaniladi.

Muhr Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tuman (shahar) Huquqbuzarlikning oldini olish boʻlim (boʻlinma)larining militsiya tayanch punktlariga biriktiriladi.

Muhr aylanasi boʻyicha oʻzbek tilida "O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi" soʻzlari boʻlib, markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va uning tagida tegishli militsiya tayanch punktining tartib raqami qoʻyiladi.

Militsiya tayanch punktining tartib raqami beshta raqamdan iborat boʻlib, quyidagi koʻrinishda yoziladi: 00-000.

Birinchi ikkita raqamga muhrning qaysi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlimi)ga tegishli ekanligi, keyingi uchta raqam esa qaysi militsiya tayanch punktiga tegishli ekanligini bildiradi. Masalan, 01-001, bunda, 01 - Uchtepa tumani, 001 - militsiya tayanch punkti raqami.

Muhr Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan markazlashgan holda tayyorlanib, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi orqali barcha militsiya tayanch punktlariga biriktiriladi.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 21-son, 237-modda