Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.2002 y. 519-son "Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.12.2000 y.

N 519

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

16      YoShGA      TOʻLMAGAN      FUQAROSI

GUVOHNOMASINI RASMIYLAShTIRISh

VA BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga vaqtincha chiqishlari tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi namunasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari guvohnomalari tayyorlab berilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur pul mablalari ajratsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarining chet elga chiqishlari masalalarini koʻrib chiqish va hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi PF-2240-son* Farmoni bilan tashkil etilgan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi maхsus komissiyalarga yuklansin.

6. Manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda oʻz me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ichki ishlar vaziri Z.Almatov, Tashqi ishlar vaziri A.Komilov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  Oʻ. Sultonov



*) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pasport tizimi qoidalarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 22 sentyabrdagi PF-4364-son Farmoni bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maхsus komissiyalar tugatilgan.

*) 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.



”Oʻzbekiston Respublikasi qonun хujjatlari toʻplami", 2000 y. 12-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., 12-son, 84-modda