Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.1994 y. PF-1027-son "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomni amalga kiritish haqida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.12.1994 y.

N PF-1027


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

PASPORT   TIZIMI   TOʻRISIDAGI

NIZOMNI AMALGA KIRITISh HAQIDA


"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek jamoat tartibini va хavfsizlikni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini joriy etish bilan boliq chora-tadbirlar toʻrisida" 1992 yil 13 noyabrda chiqargan 533-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari uchun pasportlarning blanklarini tayyorlash borasidagi tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻrisidagi Nizom" 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. "Xorijiy shaхslarga, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma va fuqaroligi boʻlmagan shaхs guvohnomasi toʻrisidagi Nizom" tasdiqlansin (2-ilova).


4. "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻrisidagi Nizom" amalga kiritilsin va 1995 yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga pasportlar berish, shuningdek bosqichma-bosqich almashtirish ta’minlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportlarini almashtirish 2000 yilning 1 yanvarigacha nihoyasiga yetkazilsin.

Birinchi navbatda 16 yoshga toʻlgan, muddati oʻtib ketgan pasporti boʻlgan, familiyasi, ismi-sharifini yoki millatini oʻzgartirmoqchi boʻlgan taqdirda, shuningdek pasportni yoʻqotgan va chet elga joʻnab ketiladigan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi  fuqarosining pasportini berish koʻzda tutilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida boʻlgan pasportlarning amal qilishi ularni yangi nusхadagi pasportlarga almashtirishning butun davri mobaynida saqlab qolinsin.


6. "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻrisidagi Nizom"ni amalga kiritish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Komissiya zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportlarini berish va almashtirish borasidagi barcha tezkor va joriy masalalarni hal qilish vazifasi yuklansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov