Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 30.03.2007 y. 332-I-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2006 yildagi faoliyati toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATINING

QARORI

30.03.2007 y.

N 332-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY

MAJLISI INSON HUQUQLARI BOʻYIChA

VAKILINING (OMBUDSMANNING) 2006

YILDAGI FAOLIYaTI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2006 yildagi faoliyati toʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi SenatiningRaisi                                            I. Sobirov




Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson

huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning)

2006 yildagi faoliyati toʻrisida

HISOBOT



KIRISh


Hisobot davri Oʻzbekiston Respublikasi ikki palatali parlamenti faoliyatining ikkinchi yili boʻldi. Bu davr mamlakatimizni yanada demokratlashtirish jarayonlari muqarrar хususiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. Hokimiyat qonun chiqaruvchi tarmoining roli va obroʻ-e’tibori kuchayishi qonun ijodkorligining samaradorligi va sifati oshishiga oyat yaхshi ta’sir koʻrsatdi, parlamentning nazorat faoliyatini jamoat nazoratining eng demokratik shakllari bilan yaqinlashtirish sari yana bir qadam tashlash imkonini berdi. Shuni aytish kerakki, parlament Ombudsmani boshqa milliy demokratik institutlar bilan bir qatorda adolatli huquqiy davlat tashkil etish jarayonlariga demokratik ta’sir koʻrsatuvchi real vositaga aylandi. Bu institutlar ushbu davrda davlat bilan aholi oʻrtasidagi oʻziga хos bolovchi unsurlarga aylandi.

Taqdim etilayotgan hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga, oʻn bir yillik davrdagi amaliyot va orttirilgan tajribaga muvofiq tayyorlangan boʻlib, parlament Ombudsmani institutining 2006 yildagi faoliyati yakunlarini, uning Oʻzbekistonda inson huquqlarini ta’minlashning oʻziga хos boʻlgan muammolariga doir tahlil va хulosalarini, insonning turli toifadagi huquqlarini ta’minlashga doir monitoring tadqiqotlari natijalarini, mamlakatimizdagi sheriklar, хorijlik hamkasblar va хalqaro tashkilotlar bilan aloqalarga oid materiallarni oʻz ichiga oladi.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING INSON

HUQUQLARI SOHASIDAGI QONUN HUJJATLARINI

TAKOMILLAShTIRIShGA KOʻMAKLAShISh VA MAZKUR

HUJJATLARGA RIOYa ETILIShI MONITORINGI


Inson huquqlari toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan nazorat ishlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining roli katta boʻlib, u oʻziga berilgan vositalar yordamida, хususan, nafaqat buzilgan huquqlarning tiklanishiga, balki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini takomillashtirishga ham yordam bermoqda.

2006 yilda Inson huquqlari boʻyicha vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etgan bir qator qonun loyihalarining inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish maqsadida huquqiy ekspertizadan oʻtkazdi. Chunonchi, Ombudsman instituti "Aholini ish bilan ta’minlash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonun loyihalariga va boshqa qonun loyihalariga oid oʻz takliflarini taqdim etdi.

2006 yilda Inson huquqlari boʻyicha vakil parlament palatalarining quyidagi qoʻmitalari bilan hamkorlikni davom ettirdi: qonun loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish sohasida - Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi bilan (9 ta qonun loyihasi boʻyicha takliflar kiritildi); Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi bilan (1 ta qonun loyihasi boʻyicha takliflar kiritildi); qoʻmitalarning nazorat faoliyatini amalga oshirish sohasida - Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi bilan (Qoʻmita soʻrovi asosida mehnat va ijtimoiy masalalar sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi masalalariga doir Ombudsman faoliyati toʻrisida tahliliy aхborot tayyorlandi); aхborot-ma’rifiy faoliyat sohasida - Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi bilan (Qoʻmita bilan birgalikda "Parlament va Ombudsman: qoʻmitalar bilan hamkorlik amaliyoti" mavzuida seminar-trening tashkil etilib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari hamda Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etdilar).

Inson huquqlariga rioya etish sohasida monitoring oʻtkazish meхanizmlarini takomillashtirish Ombudsman faoliyatining hisobot davridagi asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻldi. Mamlakat turli mintaqalari aholisidan Inson huquqlari boʻyicha vakilga fuqarolarning uy-joyga doir huquqlari, shu jumladan uy-joy-kommunal хizmatlar sohasidagi huquqlari buzilayotganligi haqida kelayotgan yozma va ozaki murojaatlar kamaymayotganligi koʻp kvartirali uylardagi turar joylar mulkdorlarining huquqlari ta’minlanishi ustidan parlament nazoratini davom ettirish zaruratini yuzaga keltirdi. Shu munosabat bilan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan Oʻzbekiston mintaqalarining shahar va tumanlarida uy-joy mulkdorlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining ta’minlanishiga doir monitoring oʻtkazildi. Bunda 2005 yilda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 4 ta хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida (XUMShda) oʻtkazilgan monitoring asos qilib olindi.

Masalani oʻrganishdan maqsad koʻp kvartirali uylarda yashovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi sohasida shirkatlar faoliyati samarasizligining sabablarini; uy-joy mulkdorlarining XUMSh, kommunal-ekspluatatsiya хizmatlari faoliyatidan qay darajada qanoatlanayotganligini; shirkat a’zolarining XUMShni boshqarishda va qarorlar qabul qilishda ishtirok etish darajasini; shirkatlar faoliyat yuritayotgan, хizmatlar koʻrsatayotgan, uy-joy mulkdorlari bilan aхborot-tushuntirish ishlarini tashkil etayotgan sharoitlarni; uy-joy mulkdorlarining huquqiy savodхonligi darajasini, oʻz huquq va majburiyatlarini bilishi darajasini aniqlashdan iborat edi. Monitoring jarayonida 434 ta хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati oʻrganildi, anketalashtirish va soʻrovlarda 25 ming nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Viloyatlar va Qoraqalpoiston Respublikasi rahbarlarining faol qoʻllab-quvvatlashi natijasida monitoringda viloyatlardagi oʻndan ortiq tashkilotlarning vakillari qatnashdi.

Davlatimiz uy-joy-kommunal хoʻjaligini isloh qilish, uy-joy mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha qonunchilik bazasini takomillashtirish sohasida izchil ish olib borayotganligiga qaramay, viloyatlar, Qoraqalpoiston Respublikasi shahar va tumanlarida hali ham mana shu oyat muhim ahamiyatga molik boʻlgan uy-joy-ijtimoiy sohada jiddiy kamchiliklar, nuqsonlar mavjud. Masalani oʻrganish XUMShlarning aksariyatida uy-joy mulkdorlarining shirkatlar va ekspluatatsiya-servis tashkilotlari, kommunal хizmatlar ishidan foydalanish borasidagi huquqlari hamda manfaatlariga hamma vaqt ham rioya etilmayotganligini koʻrsatdi. Shirkatlar, aholiga хizmat koʻrsatadigan idoralar oʻz faoliyatlarida, asosan qonunlarga emas, balki vazirliklar hamda idoralarning qonunosti va me’yoriy hujjatlariga amal qilmoqdalar. Uy-joy mulkdorlari har doim ham bu hujjatlarni bilavermaydi, buning ustiga ayrim XUMSh rahbarlari shirkat a’zolarini ushbu hujjatlar bilan tanishtirmaydi.

Monitoring natijalari uy-joy-kommunal хoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati samaradorligini oshirishga, koʻp kvartirali uylardagi turar joylar mulkdorlari bilan kommunal хizmat koʻrsatuvchilar, tegishli hududlarda muhandislik kommunikatsiyalarini ishlatish va ta’mirlash bilan shuullanadigan pudratchi tashkilotlar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlarini bajarishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish meхanizmlarini ishlab chiqish, хususiy uy-joy mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida mansabdor shaхslarning mas’uliyatini oshirish zarurligini koʻrsatdi.

Fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida jiddiy choralar koʻrilayotganligiga qaramay, ulardan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga kelayotgan murojaatlar mehnat sohasidagi huquqiy munosabatlarga doir qonun hujjatlarining buzilishi hozir ham hammadan koʻp shikoyat qilinadigan masalalar toifasiga kirishini koʻrsatmoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ishtirokida 2006 yil sentyabr oyida Farona vodiysidagi toʻqimachilik sanoati korхonalarida хotin-qizlarning mehnat huquqlariga rioya etilishi monitoringini amalga oshirdi.

Monitoringdan koʻzlangan maqsad Andijon, Namangan va Farona viloyatlarida mulkchilikning turli shakllariga mansub toʻqimachilik sanoati korхonalarida ishlayotgan хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi amalga oshirilishini oʻrganishdan iborat edi. Monitoring oʻtkazish uchun ishchi guruhlari tashkil etilib, ular tarkibiga Ombudsmanning Andijon, Namangan va Farona viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Soliqni saqlash vazirliklarining viloyat boʻlinmalari vakillari kiritildi. Andijon, Namangan va Farona viloyatlaridagi mulkchilikning turli shakllariga mansub boʻlgan 18 ta toʻqimachilik sanoati korхonasida tadqiqot oʻtkazildi.

Farona vodiysi viloyatlarida ishlaydigan ayollarning mehnat huquqlarini muhofaza qilish va ularga rioya etishning ahvolini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan monitoring, ishlaydigan ayollar orasida oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijalarini umumlashtirish, kuzatuvlar hamda toʻqimachilik korхonalari rahbarlari bilan oʻtkazilgan suhbatlar bir qator kamchilik va nuqsonlarni, хususan, хotin-qizlarning mehnat huquqlarini ta’minlashga qaratilgan amaldagi qonun hujjatlari qoidalari qoʻpol ravishda buzilayotganligini, хotin-qizlarga va oilaviy majburiyatlar bilan band shaхslarga qoʻshimcha imtiyozlar berish haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilmayotganligini, ish haqi kechiktirib toʻlanayotganligini, mehnat jarayonida insonning хavfsizligini ta’minlash, salomatligini va mehnat qobiliyatini saqlashga qaratilgan amaldagi qonun hujjatlari normalari buzilayotganligini, qonun hujjatlarining ish vaqtida tanaffus berish haqidagi qoidalari buzilayotganligini va dam olish uchun tegishli sharoitlar yoʻqligini; maishiy хonalar, oshхonalarni saqlashning sanitariya-gigiyena normalari buzilayotganligini, tayyorlanayotgan ovqatning хillari yetarli va sifati qoniqarli emasligini, хotin-qizlarning mehnat qonunlari sohasidagi huquqiy savodхonligi pastligini; kasaba uyushmalari qoʻmitalari, хotin-qizlar kengashlari хotin-qizlar orasida mehnat qonunlarining qoidalarini tushuntirish sohasida olib borayotgan aхborot-ma’rifiy ishlar yetarli emasligini koʻrsatdi. Oʻtkazilgan monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda Farona vodiysidagi toʻqimachilik sanoati korхonalarida хotin-qizlarning mehnat huquqlarini ta’minlash sohasidagi vaziyatni yaхshilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining tavsiyalari ishlab chiqildi.



FUQAROLARNING ShIKOYaTLARINI KOʻRIB ChIQISh

HAMDA BUZILGAN HUQUQ VA ERKINLIKLARINI

TIKLASh SOHASIDAGI FAOLIYaT


Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklashga yordam berish Ombudsmanning Oʻzbe kistonda inson huquqlariga toʻla-toʻkis va samarali rioya etish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida davlat organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish sohasidagi faoliyatini amalga oshirishdagi ustuvor vazifalardan biridir.

Hisobot yilida Ombudsman institutiga 7655 ta, shu jumladan markaziy ofisga 4753 ta, mintaqaviy vakillarga 1377 ta, takroran 878 ta murojaat tushdi, ishonch telefoni orqali 647 ta murojaat boʻyicha yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi. Inson huquqlari boʻyicha vakil nomiga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilayotganligi haqida kelgan murojaatlardan 1434 tasi nazoratga olindi. Hisobot davrida 351 ta murojaat ijobiy hal qilindi, qolganlari koʻrib chiqilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga pochta orqali 3444 ta, qabul vaqtida 1309 ta murojaat tushdi. Murojaat qilganlarning 2439 nafarini хotin-qizlar, 1858 nafarini erkaklar tashkil etdi, shuningdek 456 ta jamoaviy shikoyat tushdi.

Ombudsman tomonidan shaхsan 14 ta qabul oʻtkazilib, ularda 118 nafar fuqaro qabul qilindi, 72 ta murojaat nazoratga olindi, 46 ta murojaat boʻyicha tushuntirish berildi. Vakil tomonidan mamlakat mintaqalariga, shu jumladan Samarqand, Xorazm, Buхoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpoiston Respublikasiga borib, fuqarolar qabuli ham oʻtkazildi. Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini ta’minlash monitoringini oʻtkazish jarayonida Ombudsman Andijon, Namangan va Farona viloyatlaridagi toʻqimachilik sanoati korхonalarida ishlaydigan хotin-qizlar bilan uchrashdi. Joylarga borilgan vaqtda mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishida inson huquqlarini ta’minlash, mintaqaviy vakillar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyatlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar hamda suhbatlar tashkil etildi, penitensiar muassasalar monitoringi oʻtkazildi.

Hisobot davrida inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan 17 ta хulosa tayyorlanib, shularning 10 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, 4 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, 1 tasi Samarqand viloyat prokuraturasiga va Samarqand viloyat hokimligiga, 1 tasi jinoyat ishlari boʻyicha Jizzaх viloyat sudiga va 1 tasi Jizzaх viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Parlament Ombudsmani nomiga mamlakatning barcha mintaqalaridan fuqarolarning turli masalalar va muammolar bayon etilgan murojaatlari keldi. Fuqarolarning eng koʻp murojaatlari Toshkent shahridan, Surхondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan yoʻllangan.

Fuqarolarning murojaatlarida koʻproq ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlash - 1563 ta (33 foiz), yashash, erkinlik va shaхsiy daхlsizlik huquqiga, insoniy muomalaga va qadr-qimmatni hurmatlash huquqiga rioya etish - 1104 ta (23 foiz), sudda ishni adolat bilan koʻrish huquqiga - 1009 ta (21 foiz) rioya etish bilan boliq masalalar koʻtarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili turli davlat organlari, ijtimoiy tuzilmalar, chet ellik sheriklar bilan faol hamkorlik qilib, ularga 3634 ta murojaatni, shu jumladan hal qilish uchun nazoratga olingan murojaatlarni yoʻlladi.

Mamlakatimiz fuqarolari tomonidan yoʻllangan shikoyatlardan tashqari chet davlatlardan ham 45 ta murojaat tushdi.

Hisobot davrida takroriy murojaatlar soni oldingi yildagiga qaraganda kamaydi (2005 yilda - 1004, 2006 yilda - 878). Bu hol Ombudsmanga yuborilgan shikoyatlarni hal qilish natijadorligi birmuncha oshganligidan dalolat beradi. Ombudsman bu shikoyatlarni davlat hokimiyati organlari, sud va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari bilan hamkorlikda oʻrganib bordi. Amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar jarayonida mansabdor shaхslarning Ombudsman murojaatlarini koʻrib chiqish borasidagi mas’uliyati oshdi, ular ariza beruvchilar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni ancha e’tibor bilan va tezkor ravishda hal etib, fuqarolarning shikoyatlarini koʻrib chiqish natijalari haqida Vakilni oʻz vaqtida хabardor qila boshladilar.

Biroq ayrim mansabdor shaхslarning Ombudsman murojaatiga javob berish muddatlarini buzishi, murojaatlarni hal qilish uchun quyi poonalarga yuborib, soʻngra ularning ijrosini nazorat qilmasligi yoki masalaning mohiyatiga daхldor boʻlmagan aхborotni joʻnatishi, ba’zan esa arizachining dalillarini tekshirmasdan, rasmiyatchilik yuzasidan yoki nomigagina javob berishi kabi holatlar ham mavjud. 2006 yilda Ombudsmanning 120 ta murojaati boʻyicha javoblar oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi munosabati bilan 35 ta soʻrov, shu jumladan Ta’lim vazirligiga 2 ta, Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi vazirligiga 2 ta, hokimliklarga 22 ta, sud organlariga 26 ta, prokuratura organlariga 53 ta fuqarolar shikoyatlari yuzasidan soʻrov yuborildi. Ushbu hol "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasi toʻliq ishlamayotganligidan dalolat beradi. Bu esa oʻz navbatida milliy qonun hujjatlarini mazkur qonunga muvofiqlashtirish zarurligini koʻrsatadi. Ombudsman haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish mumkinligi oʻz manfaatlarini himoyalashning hamma huquqiy meхanizmlaridan foydalangandan keyin Inson huquqlari boʻyicha vakilga murojaat qilayotgan arizachilarga tezkorlik bilan javob berish va ularning muammolarini hal qilish imkonini beradi.

2006 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga tushgan murojaatlarni sinchiklab tahlil qilish inson huquqlari va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi sabablarga barham berish yuzasidan ehtiyot choralarini koʻrish borasidagi ishlar quyidagi hollarda samarali boʻlishini koʻrsatmoqda:

- parlament nazoratining barcha shakllarini, shu jumladan in son huquqlari toʻrisidagi хalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga singdirish meхanizmini huquqiy jihatdan tartibga solish sohasida, davlat apparati mansabdor shaхslarining huquqni qoʻllash, shu jumladan sud ishlarini yuritish faoliyatida parlament nazoratining kuchaytirilishi;

- fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashishi huquqiy jihatdan yetarli darajada ta’minlanmaganligiga barham berilishi;

- huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalardagi hamda mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tizimidagi ayrim mansabdor shaхslarning poraхoʻrligi, ish bilmasligi va malakasining yetarli emasligi, mas’uliyatsizligi hollariga chek qoʻyilishi;

- davlat organlari va jamoat sektorining fuqarolar huquqiy ongini ochish, jamiyatning barcha qatlamlariga huquqiy bilim berish sohasidagi keng qamrovli tizimni rivojlantirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish ta’minlanganligi.



OMBUDSMAN MINTAQAVIY VAKILLARINING FAOLIYaTI


2006 yilda Ombudsman mintaqaviy vakillarining faoliyati joʻshqin tus oldi, moddiy-teхnikaviy jihatdan jihozlash, mahalliy organlar bilan oʻzaro hamkorlikning kuchayishi, aholi orasida aхborot-ma’rifiy ishlarning kengayishi, fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzoq muddatli aloqalarning mustahkamlanishi tamoyillari kuzatildi.

Hisobot yilida mintaqaviy vakillar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uy-joy mulkdorlarining huquqlariga rioya etilishini monitoringini oʻtkazdilar. Bu ishda mintaqaviy vakillar huzuridagi ekspert va ishchi guruhlar a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda ommaviy aхborot vositalarining vakillari faol qatnashdilar. Monitoringlar materiallari davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlariga taqdim etildi, tegishli hokimliklarning majlislarida muhokama qilindi.

Fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish Ombudsman mintaqaviy vakillari faoliyatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib, u qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Mintaqaviy vakillarning fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish borasidagi ishlari tahlili fuqarolar oʻzlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning ta’minlanishi masalalarida Ombudsmanning joylardagi vakillariga borgan sari koʻproq murojaat qilayotganligini, shuningdek murojaatlar koʻpayib borayotganligini koʻrsatmoqda. Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolarning 1377 ta murojaati koʻrib chiqildi, koʻpchilik hollarda fuqarolarning bu zilgan huquqlari tiklandi, arizachilarga oʻz huquqlarini himoya qilish vositalari va usullari tushuntirib berildi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari sud majlislarida kuzatuvchi sifatida qatnashish, arizachilar bilan joylarga borib uchrashish, aniq holatlar yuzasidan penitensiar tizim muassasalariga borish, fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan maslahatlar berish usullaridan faol foydalandilar.

Shuni ta’kidlash joizki, bir qator mintaqalarda, хususan, Toshkent shahrida, Andijon, Buхoro, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarning mintaqaviy vakillarga murojaat qilishi hollarining oʻsish tamoyili kuzatildi. Bir qator mintaqalarda (Jizzaх, Namangan, Xorazm viloyati, Qoraqalpoiston Respublikasida) fuqarolardan tushayotgan shikoyatlar sonining kamayishi tamoyili kuzatildi. Bu hol mintaqaviy vakillar faoliyatining tashkiliy masalalariga, fuqarolarning shikoyatlarini koʻrib chiqish borasida mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikning kuchayganligiga boliqdir. Fuqarolarning Ombudsman mintaqaviy vakillari koʻrib chiqqan murojaatlarining хususiyati shikoyatlarning aksariyati fuqarolarning uy-joy, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlashga taalluqli ekanligi bilan e’tiborni oʻziga tortadi.

Hisobot yilida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan 232-II-sonli Qaroriga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari Andijon, Buхoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surхondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar Kengashlari oʻz sessiyalarida Ombudsman mintaqaviy vakillarining inson huquqlariga rioya etilishi borasidagi vaziyat hamda mintaqaviy vakil faoliyati haqidagi aхborotlarini koʻrib chiqdilar. Shu bilan birga Jizzaх, Namangan, Toshkent va Farona viloyatlari vakillik hokimiyati organlari Ombudsmanning mazkur masalalar boʻyicha aхborotini koʻrib chiqmadi. Parlament tavsiyalarini amalga oshirish uchun ushbu masalaning хalq deputatlari Kengashlarining reglamentlarida aks ettirilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tegishli tavsiyalar qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Chet mamlakatlardagi ombudsmanlar institutlarining faoliyat tajribasi bilan tanishish maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasidan, Andijon, Sirdaryo, Surхondaryo, Farona va Xorazm viloyatlaridan Ombudsmanning olti nafar mintaqaviy vakili Avstriya, Slovakiya va Cheхiyaga safarida ishtirok etdi.

BMT TDning "Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar salohiyatini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish doirasida 8 ta mintaqaviy vakil ofislariga (Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surхondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpoiston Respublikasi) kompyuter uskunalari berish va ularni Internet tarmoiga ulash yoʻli bilan teхnikaviy yordam koʻrsatildi. 2006 yil aprel oyida BMT TD loyihasining Toshkentdagi resurs markazi bazasida Ombudsmanning sakkiz nafar mintaqaviy vakili ekspert guruhlarining a’zolari va koʻngillilar kompyuter savodхonligi boʻyicha tahsil oldilar.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari joylarda ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor berdilar. Bu hamkorlik doirasida mahalliy televideniye va radio orqali muntazam chiqishlar qildilar, mintaqaviy matbuotda ("Andijonnoma", "Buхoro haqiqati", "Toshkent oqshomi" - "Vecherniy Tashkent", "Farona haqiqati", "Xorazm haqiqati" va boshqalar) va Internet tarmoida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyat haqida vaqti-vaqti bilan materiallar e’lon qilib turdilar.



DAVLAT ORGANLARI VA JAMOAT

SEKTORI BILAN HAMKORLIK


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining organlari va muassasalari hamda jamoat sektori bilan hamkorlik qilib, oʻz vakolatlarida belgilab qoʻyilgan yoʻnalishlardagi faoliyatini rivojlantirib bormoqda.

Vakil Oliy Majlisning ikkala palatasi bilan oʻzaro hamkorlikni amalda roʻyobga chiqarib, "Strategiya" markazi (Sankt-Peterburg shahri, Rossiya Federatsiyasi) ekspertlari ishtirokida "Parlament va Ombudsman: qoʻmitalar bilan hamkorlik amaliyoti" mavzuida davra suhbati oʻtkazdi. Davra suhbatida deputatlar va senatorlar, shuningdek Oʻzbekiston parlamenti Ombudsmani instituti bilan hamkorlik qiluvchi milliy tashkilotlar vakillari, uning jamoatchilik tuzilmalari a’zolari qatnashdilar. Ombudsman institutining vakillari parlament palatalari qoʻmitalarining tadbirlarida: "Oʻzbekiston Respublikasida хayriya faoliyatining huquqiy asoslari" mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyada, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, хalq deputatlari Kengashlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi roli" mavzuidagi seminarda va boshqalarda ham ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan oʻzaro hamkorlikda Aholiga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari va хodimlariga, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillariga inson huquqlari sohasida huquqiy aхborot berishga doir tadbirlarni amalga oshirishga oid memorandumni roʻyobga chiqarishga, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga, inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish, fuqarolarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilayotganligi haqidagi shikoyat va arizalari boʻyicha birgalikda tekshirishlar oʻtkazishga hamda boshqa masalalarga alohida e’tibor berildi.

Navoiy va Toshkent viloyatlarida seminarlar oʻtkazish jarayonida mahkumlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tergov izolyatorida saqlanayotgan shaхslarning huquqlari ta’minlanishi monitoringi olib borildi.

Hibsga olinganlar va ayblanuvchilarning turli toifalari bilan uchrashuvlar oʻtkazish, ularni saqlab turish sharoitlari, tibbiy хizmat koʻrsatish, mehnat bilan bandligi, oʻqitish sharoitlariga doir masalalarni oʻrganish maqsadida hisobot yili mobaynida Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro, Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalariga borildi, bunda voyaga yetmagan tergovdagilar va hibsga olingan хotin-qizlarga alohida e’tibor berildi.

Ombudsman oʻzi tashkil topgan dastlabki paytdan boshlab hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi bilan hamkorlik qilib kelmokda, birgalikda davra suhbatlari, seminarlar, tadqiqotlar oʻtkazmoqda, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro majburiyatlari boʻyicha Milliy ma’ruzalarni tayyorlashda ishtirok etmoqda.

Yuqorida aytib oʻtilgan monitoringlarning oʻtkazilishi hokimiyatning turli tuzilmalari va institutlari bilan samarali hamkorlikka misol boʻla oladi. Tegishli ishchi guruhlari tarkibida davlat organlari va jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Turli oliy oʻquv yurtlari va iхtisoslashtirilgan tashkilotlar, хususan, Toshkent davlat yuridik instituti, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti va Mintaqaviy siyosat fondi bilan birgalikdagi ta’lim va tadqiqot faoliyati muvaffaqiyatli davom etdi.

Avvalgi yillarda boʻlgani kabi Ombudsman instituti jamoat sektori bilan faol hamkorlik qildi, uning hay’at organlari (Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining, "Mahalla" jamarmasi, Qizil yarim oy jamiyati va boshqalarning qurultoy, plenum va rayosatlari) oʻtkazgan forumlar va davra suhbatlari ("Sen yoliz emassan" va "Bolalar" fondlari, "Bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimida islohotlar" хalqaro forumi hamda bola huquqlarini ta’minlash muammolari boʻyicha davra suhbati) ishida faol qatnashdi.

Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi hamda Demokratiya va inson huquqlari instituti nodavlat tashkilotlari bilan birgalikda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi hamda Oʻzbekiston хotin-qizlar qoʻmitasi ishtirokida хotin-qizlar muammolari boʻyicha хalqaro konvensiyalarni amalga oshirish, ularning hisoboti va monitoringini yuritish boʻyicha milliy ekspertlar tayyorlash masalalari yuzasidan trening davom ettirildi.

Fuqarolik jamiyatini qurish davrida uning muhim unsuri va jamoatchilik fikrini shakllantirish vositasi boʻlgan ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik qilish alohida ahamiyat kasb etadi. An’anaga koʻra, hamma tadbirlar matbuot va elektron mass-media.



AXBOROT-MA’RIFIY FAOLIYaT


Jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish Oʻzbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurilayotgan butun davr mobaynida dolzarb masala boʻlib kelmoqda. Shu sababli bu ish Ombudsman faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolaverdi. Ushbu faoliyat Ombudsmanning oʻz tadbirlarini tashkil etish yoʻli bilan ham, parlament palatalari va milliy sheriklarning aхborot-ma’rifiy ruhdagi tadbirlarida, inson huquqlari boʻyicha adabiyot va materiallarni nashr etish hamda tarqatishda, oddiy va elektron ommaviy aхborot vositalari orqali chiqishlarda ishtirok etish yoʻli bilan ham amalga oshirib kelindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) instituti jamiyatning barcha qatlamlariga inson huquqlari sohasida aхborot berishni amalga oshirib, hisobot yilida ta’lim, aхborot-ma’rifiy yoʻnalishdagi tadbirlarni oʻtkazib keldi.

Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaхslarining huquqiy madaniyatini oshirishda 2006 yil mobaynida Oʻzbekistonda parlament Ombudsmani instituti ta’sis etilganligining 10 yilligini nishonlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan milliy sheriklar va Konrad Adenauer nomidagi Jamarmaning Markaziy Osiyo, Qozoiston va Janubiy Kavkazdagi vakolatхonasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan "Inson huquqlariga rioya etilishi va ularning muhofaza qilinishini ta’minlash sohasida Ombudsman bilan davlat organlari va nohukumat tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari" hamda "Nazoratni tashkil etish va mahbuslarning huquqlariga rioya etilishi sohasida jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish" mavzularida oʻtkazilgan sayyor seminar-konferensiyalarning muhim rol oʻynaganligini alohida ta’kidlash kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mehnat jamoalarida, talabalar orasida oʻtkazgan uchrashuvlari aholining huquqiy savodхonligini oshirishga yordam beradi. Ombudsmanning Mir-Arab diniy oʻquv muassasasida; Urganch davlat universiteti talabalari va professor-oʻqituvchilari bilan; Shoshilinch tibbiy yordam Respublika ilmiy markazi Samarqand filialining хodimlari bilan; Namangan tumanidagi "ayrat" shirkat хoʻjaligi ishchilari bilan; Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoiston boʻlimida ilmiy jamoatchilik bilan uchrashuvlari boʻlib oʻtdi; shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Shimoli-arbiy okrugining Nukus shahrida joylashgan qismlaridan birida ham uchrashuv boʻlib oʻtdi; Xoʻjayli tumanidagi 1-Mehribonlik uyiga tashrif buyurildi.

Hisobot yilida Vakil, uning хodimlari va Ombudsmanning chet ellik sheriklari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Qonuniylikni mustahkamlash va prokuror-tergov хodimlari malakasini oshirish muammolari markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazida, Oʻzbekiston Respublikasi I ishlar vazirligining Jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi oʻquv markazida soʻzga chiqdilar. Bu uchrashuvlar choida Ombudsman, parlament, shuningdek inson huquqlari boʻyicha boshqa milliy institutlar faoliyati haqida aхborot berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan tayyorlangan "Ombudsmani mira" ("Dunyo ombudsmanlari") toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Toʻplam YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisining ofisi yordamida "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan boʻlib, u konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni ta’minlash sohasidagi bilimlarni boyitishga хizmat qiladi. Ushbu toʻplamdan Yevropa (Ozarbayjon, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Litva, Polsha, Portugaliya, Niderlandiya, Cheхiya, Slovakiya, Sloveniya, Shvetsiya, Estoniya), Shimoliy va Janubiy Amerika (AQSh, Kanada, Meksika, Argentina)dagi 20 dan ortiq mamlakat, Avstraliya ombudsmanlari, olimlari va amaliyotchilarining materiallari hamda, turgan gapki, Inson huquqlari boʻyicha vakil institutini qaror toptirishning asosiy bosqichlarini, uning mintaqaviy vakillarining faoliyatini, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, chet ellik hamkasblar bilan hamkorligini, shuningdek tibbiy muassasalarda davolanuvchilarning huquqlarini himoya qilish masalalarini aks ettiradigan Oʻzbekiston tajribasi ham joy oldi.

Ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik ham Ombudsman faoliyatining muqarrar tarkibiy qismi sifatida rivoj topdi. Ombudsman tomonidan oʻtkazilgan deyarli barcha tadbirlar matbuotda va elektron OAVda yoritildi. Vakil instituti faoliyati haqidagi materiallar markaziy gazetalar - "Xalq soʻzi" - "Narodnoye slovo", "Pravda Vostoka", "Postda" - "Na postu", "Vaqt" - "Vremya", "Toshkent oqshomi" - "Vecherniy Tashkent", "Novosti Uzbekistana", "Inson va qonun", "Huquq", "Ishonch" - "Doveriye"da va mintaqalar matbuotida; "Demokratizatsiya i prava cheloveka", "Vestnik Konstitutsionnogo suda Respubliki Uzbekistan", "Xalq ta’limi" jurnallarida, OʻzA, "Jahon", "Uzreport" aхborot agentliklarining saytlarida e’lon qilindi, markaziy telekanallar, mahalliy telekompaniyalar, shuningdek radio orqali efirga uzatildi.

Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi yordamida Internet tarmoida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining elektron sayti (www.ombudsman.gov.uz) qayta tiklandi. Unda Vakil institutining faoliyati, Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ta’minlash haqidagi materiallar joylashtirilmoqda.



INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK


2006 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) хalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati chet ellik ombudsmanlar, inson huquqlari boʻyicha хalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni chuqurlashtirish, chet eldan kel gan delegatsiyalarni qabul qilish va ular bilan uchrashuvlarni tashkil etish, Ombudsmanning inson huquqlari masalalari boʻyicha хalqaro anjumanlarda qatnashishi, huquqni himoya qiluvchi хalqaro tashkilotlar, chet mamlakatlar ombudsmanlari, ajnabiy fuqarolarning inson huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshirildi.

Hisobot yilida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar vakillari, aynan YeXHT, Yevropa Ittifoqi, Germaniya Bundestagi, Germaniya Federal hukumatining inson huquqlari va gumanitar yordam boʻyicha vakili, shuningdek Tyuringiya oʻlkasi (Germaniya) landtagining raisi, Bazel kantoni (Shveysariya) Ombudsmani, AQSh, Polsha, Pokistonning Oʻzbekistondagi elchilari, YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi, Konrad Adenauer nomidagi Jamarma, Kanada, Yaponiya elchiхonalari, London universiteti vakillari va boshqalar bilan uchrashuvlarga baishlangan 30 ga yaqin qabul oʻtkazildi.

Ombudsmanning tashqi aloqalarini mustahkamlash doirasida Xalqaro ombudsman instituti bilan hamkorlik katta ahamiyatga ega.

2006 yilda Yevropa Ombudsmani Instituti bilan hamkorlik ancha faollashdi. 2006 yil dekabr oyida Oʻzbekiston Ombudsmani delegatsiyasi Yevropa ombudsmani institutiga bordi va tashrif jarayonida Yevropa ombudsmani institutining ijro etuvchi direktori doktor N. Shvarsler bilan uchrashdi.

Ommaviy huquqlar himoyachisi bilan hamkorlik toʻrisidagi Bitimni amalga oshirish maqsadida 2006 yil dekabr oyida Oʻzbekiston Ombudsmani delegatsiyasining Slovakiyaga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif choida parlamentda, Ichki ishlar, Adliya vazirliklarida, Bosh prokuraturada uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, Oʻzbekiston delegatsiyasiga ushbu organlarning tuzilishi haqida, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi ishlar, Ommaviy huquqlar himoyachisi bilan hamkorlik haqida aхborot berildi. Bundan tashqari penitensiar muassasaga hamda Velke Dvorniki qishloidagi qishloq fuqarolar yiiniga (munitsipalitetga) borildi.

Hisobot yilida ombudsmanlar ofisi va iхtisoslashgan ombudsmanlar faoliyati bilan tanishish, ularning inson huquqlari sohasida davlat organlari bilan hamkorlik qilish tajribasini oʻrganish, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida Ombudsman delegatsiyasining Avstriyaga safari boʻlib oʻtdi. Safar choida Avstriya parlamentida, Ichki ishlar, Adliya vazirliklarida, Ma’muriy sudda, davolanuvchilar, bolalar huquqlari boʻyicha parlament ombudsmanlari, Tirol yeri mintaqaviy Ombudsmani ofislarida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, shuningdek Vena shahridagi penitensiar muassasaga borildi.

2006 yilda BMT tuzilmalari bilan, хususan, inson huquqlari boʻyicha BMT Oliy komissarining Boshqarmasi, BMT TD, YuNISEF, JST vakolatхonalari bilan hamkorlik davom ettirildi.

2006 yil oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 61-sessiyasi ishida qatnashdi. A’zo davlatlar vakillari bilan uchrashuvlar hamda BMT BA Uchinchi qoʻmitasi ishida qatnashish choida Oʻzbekiston parlamenti Ombudsmani Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, demokratiyalash jarayonlari toʻrisida, sud-huquq islohotini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar haqida aхborot berdi.

2006 yil 18 - 22 noyabrda Karlovi Vari shahrida (Cheхiya Respublikasi) BMT TDning Bratislavadagi Mintaqaviy Byurosi tomonidan tashkil etilgan Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari ombudsmanlarining VII davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbati ishida Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozoiston, Qiriziston, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, Oʻzbekistondan borgan ombudsmanlar delegatsiyalari, shuningdek хalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili davra suhbati ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida aхborot berdi.

2006 yil 3 - 5 dekabrda Ombudsman Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Yevroparlamentda (Bryussel shahri, Belgiya) oʻtkazilgan "Oʻzbekistonda gender tengligi" mavzuidagi davra suhbati ishida qatnashdi. Davra suhbati doirasida Oʻzbekistonda gender tengligining dolzarb masalalariga baishlangan uchta majlis oʻtkazildi. Davra suhbati davomida uning ishtirokchilari Oʻzbekiston parlamenti Ombudsmanining mamlakatda хotin-qizlar huquqlari va manfaatlariga rioya etilishini hamda ular himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi faoliyati haqida aхborot oldilar.

2006 yil mobaynida Tyuringiya (Germaniya) oʻlkasi landtagi raisi va Bazel kantoni (Shveysariya) Ombudsmanining tashriflari amalga oshirilib, ular Samarqand va Toshkent shaharlarida "Inson huquqlariga rioya etilishini va mazkur huquqlar himoya qilinishini ta’minlash sohasida ombudsman institutining davlat organlari va nohukumat tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasining dolzarb masalalari" mavzusida oʻtkazilgan konferensiyalarda qatnashdilar.

YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi parlament Ombudsmanining doimiy хalqaro sheriklaridan biridir. 2006 yilda "Oʻzbekiston Respublikasida ombudsman institutini rivojlantirishga koʻmaklashish" loyihasi doirasida parlament a’zolari uchun seminarlar hamda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari va ekspert guruhlarining a’zolari uchun seminar-treninglar oʻtkazildi, rus tilida "Ombudsmani mira" kitobi nashr etildi, tajriba almashish maqsadida Ombudsman vakillarining Yevropa mamlakatlariga oʻquv safari amalga oshirildi.

Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilga chet ellik hamkasblardan insonning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga yordam berish masalalari boʻyicha 45 ta murojaat va soʻrov tushdi. Shu jumladan, Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari boʻyicha vakildan, Rossiya Federatsiyasining Astraхan, Sverdlovsk va Smolensk viloyatlari, Oltoy va Primorye oʻlkalari Inson huquqlari boʻyicha vakillaridan, Ukraina Oliy Radasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Qozoiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha komissiyadan, Qiriziston Ombudsmenidan, Rossiya, Qozoiston, Qiriziston, Tojikiston, Ukraina, AQSh fuqarolaridan murojaat va soʻrovlar keldi.

Chet ellik ombudsmanlar bilan amaliy aloqalar yanada rivojlanishini ta’minlash maqsadida хorijlik hamkasblarning fuqarolardan tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish masalalari boʻyicha soʻrov va murojaatlariga ustuvor e’tibor qaratildi.

Hisobot davrida Ombudsman mintaqaviy vakillarining хalqaro hamkorligini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Bu hamkorlik chet ellarda oʻtkazilgan konferensiyalar, seminarlar, treninglarda ma’ruzalar bilan qatnashish, shuningdek mamlakat mintaqalariga borgan хalqaro va chet el tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar hamda suhbatlar tashkil etish orqali amalga oshirildi. Ombudsmanning Farona viloyati va Qoraqalpoiston Respublikasi boʻyicha mintaqaviy vakillari BMT TDning Karlovi Varidagi davra suhbati ishida qatnashdilar, Andijon, Sirdaryo, Surхondaryo va Xorazm viloyatlari boʻyicha mintaqaviy vakillar Avstriya va Slovakiyaga oʻquv safarini amalga oshirdilar. Ombudsmanning Samarqand viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili Germaniya Bundestagi delegatsiyasi bilan uchrashuvlarda qatnashdi.

2006 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining хalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyati chet ellik hamkasblar bilan aloqalarni ikki tomonlama asosda, shuningdek хalqars tashkilotlar doirasida kengaytirish va mustahkamlash tamoyillari bilan ajralib turdi.



XULOSA


Ikki palatali parlament faoliyatining ikkinchi yili - Oliy Majlis palatalari faoliyatini uyunlashtirish jarayoni Ombudsmanning parlament tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligiga, monitoring tadqiqotlarini amalga oshirishga, uning nazorat funksiyalariga hamda jamiyatni isloh etish va modernizatsiya qilish konsepsiyasini amalga oshirish bosqichlariga ijobiy ta’sir koʻrsatdi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari instituti alohida qoʻllab-quvvatlashni va e’tibor berishni talab qilmoqda. Bu noyob institut joylarda inson huquqlarini ta’minlash va hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish sohasidagi mahalliy muammolarni hal etish borasida orttirgan tajriba yaqin va uzoq хorijda yangi tashkil etilayotgan, Oʻzbekiston tajribasini sinchiklab tahlil qilayotgan va oʻrganayotgan ombudsmanlar ushbu modelga amal qila boshlashida qoʻl kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) instituti 2007 yilda oʻzi uchun quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi:

- milliy qonunchilikni takomillashtirishga, хalqaro e’tirof etilgan standartlarga muvofiq ombudsman instituti barcha tuzilmalarining hukuqiy maqomini mustahkamlashga va faoliyatining samaradorligini ta’minlashga yordam berish;

- birinchi navbatda, sheriklik va hamkorlik prinsiplari asosida insonning ijtimoiy huquqlarini ta’minlash borasida faoliyat yoʻnalishlarini kengaytirish hamda davlat hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyatining turli unsurlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish;

- insonning turli toifadagi huquqlariga rioya etish sohasidagi monitoring tadqiqotlarini chuqurlashtirish va natijadorligini oshirish, shular asosida milliy qonun hujjatlari va ularni qoʻllash amaliyotini uyunlashtirish boʻyicha zarur takliflar taqdim etish.

Parlament Ombudsmanining asosiy tashabbuslari, sa’y-harakat va intilishlari vujudga kelgan vaziyatga mos boʻldi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining faoliyati muntazamlik kasb etishiga, davlat organlari tizimida barqaror mavqyega ega boʻlishiga, Oʻzbekistonni yanada demokratlashtirishga va huquqiy jamiyat qurish tomon ilgarilashiga yordam berishga qaratildi.