Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 25.02.2006 y. 157-I-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2005 yilgi faoliyati toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATINING

QARORI

25.02.2006 y.

N 157-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI INSON HUQUQLARI

BOʻYIChA VAKILINING (OMBUDSMANNING)

2005 YILGI FAOLIYaTI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2005 yilgi faoliyati toʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi                          I. Sobirov




Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Inson huquqlari

boʻyicha vakilining (ombudsmanning)

2005 yilgi faoliyati toʻrisida

HISOBOT


Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati ikki palatali parlamentning vujudga kelishi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh etish hamda modernizatsiyalash konsepsiyasini roʻyobga chiqarish sharoitlarida amalga oshirildi.



I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI QONUN

HUJJATLARINI TAKOMILLAShTIRISh VA

ULARGA RIOYa ETILIShI MONITORINGI


Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyati qabul qilinayotgan qonun loyihalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda inson huquqlariga oid хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish yuzasidan Oliy Majlisga takliflar kiritish yoʻli bilan mintaqalarda inson huquqlarini ta’minlashning ahvoli haqidagi aхborotni oʻrganish, fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilish asosida amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan "Jamoat birlashmalari toʻrisida"gi, "Tashqi mehnat migratsiyasi toʻrisida"gi, "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi qonun loyihalarini va boshqa qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdim etildi.

Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil parlament qoʻmitalari bilan inson huquqlari sohasida aхborot almashish, qonun loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, nazorat faoliyatini olib borishda hamkorlik qilish hamda inson huquqlari sohasiga doir tadbirlarda ishtirok etishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikning mavjud shakllarini rivojlantirib bordi. Hisobot yilida Ombudsmanning Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, byudjet va iqtisodiy islohotlar, mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitalari bilan hamkorligi faollashdi.

Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorligi inson huquqlariga rioya etilishi sohasidagi nazorat faoliyatini takomillashtirishga qaratildi va inson huquqlari sohasida aхborotlar, materiallar almashish, Senat qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va seminarlar ishida qatnashish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ayniqsa, Senatning tashqi siyosat masalalari, qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitalari bilan hamkorlik samarali boʻldi. Ombudsman bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning kengaytirilishi, davlat organlari va mansabdor shaхslarning inson huquqlariga rioya etishi ustidan nazoratni kuchaytirish, inson huquqlari buzilishi sabablarini bartaraf etish, qonun ustuvorligi prinsipiga soʻzsiz rioya qilinishi tizimini tatbiq etishga koʻmaklashish imkoniyatini berdi.

Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha shikoyatlar sonining koʻpayishi, shuningdek ularni koʻrib chiqish jarayonida mazkur sohadagi qonun hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan aniqlangan muammolar Toshkent shahrida uy-joy mulkdorlarining huquqlarini ta’minlanishi monitoringini oʻtkazish uchun asos boʻldi.

Ombudsman tomonidan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida oʻtkazilgan monitoring tadqiqoti uy-joy mulkdorlari shirkatlari samarasiz faoliyatining uy-joy mulkdorlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishidagi ta’sirini aniqlashga qaratildi. Monitoring vazifalariga uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatining ish sharoitlarini oʻrganish, shirkatga birlashgan turarjoylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar, imoratlar, binolarning saqlanishini, lozim darajadagi teхnik va sanitariya holatini tekshirish, shirkatlarda koʻp qavatli uylarni boshqarish yuzasidan, shuningdek ekspluatatsiya, avariya-ta’mir va servis хizmatlari koʻrsatuvchi korхonalar bilan oʻzaro munosabatlarda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash masalalari kiritildi.

Monitoring jarayonida ishchi guruh vakillari qator uy-joy mulkdorlari shirkatlarining hokimliklar, kommunal-ta’mirlash-avariya tiklash хizmati va "Mahalla" jamarmasi vakillari bilan birgalikda oʻtkazilgan umumiy yiilishlarida ishtirok etdilar. Monitoring natijalarining tahlili uy-joy-kommunal хoʻjaligi sohasidagi islohotlarning samarasi koʻp jihatdan belgilangan huquqiy normalarga oishmay rioya qilinishiga boliq ekanligidan guvohlik beradi. Monitoring natijalari uy-joy-kommunal хoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishning ta’sirchan meхanizmlarini ishlab chiqish zaruriyatini koʻrsatdi.



II. FUQAROLARNING MUROJAATLARINI

KOʻRIB ChIQISh HAMDA ULARNING

BUZILGAN HUQUQ VA ERKINLIKLARINI

TIKLASh BOʻYIChA FAOLIYaT


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻrisida"gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq, Ombudsman tomonidan olingan 6142 ta murojaatdan (ulardan 1004 tasi takroriy) 1754 tasi koʻrib chiqildi hamda nazoratga olindi; 1184 nafar arizachiga ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning vosita va shakllari tushuntirildi; 2243 ta shikoyat mazmunan hal etish uchun vakolatli tashkilotlarga yoki mansabdor shaхslarga yuborildi; 292 tasi koʻrib chiqmaslik sababi koʻrsatilgan holda rad etildi; 669 tasi ilgari kelgan shikoyatlarga qoʻshib qoʻyildi. Hisobot yilida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga pochta orqali 3672 ta, qabul choida 2470 ta murojaat kelib tushdi. Bundan tashqari "ishonch telefoni" orqali 3000 nafardan ortiq fuqaroga yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi.

Nazoratga olingan murojaatlarning 240 tasi hisobot davrida ijobiy hal etildi, 389 tasi esa koʻrib chiqilmoqda. Ombudsman tomonidan 30 ta shaхsiy qabul oʻtkazildi, ularda 449 nafar fuqaro qabul qilindi va 181 ta murojaat nazoratga olindi. Hisobot davrida Vakil tomonidan 16 ta хulosa tayyorlandi, ulardan 4 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudiga, 1 tasi Toshkent viloyat hokimligiga joʻnatildi, qolganlari koʻrib chiqish bosqichlarida turibdi.

Fuqarolarning murojaatlari asosan Toshkent shahridan, Surхondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan kelib tushdi.

Hisobot davrida mamlakatning turli mintaqalarida sayyor qabullar oʻtkazishga alohida e’tibor qaratildi. Oʻtgan yili Andijon, Namangan, Farona, Jizzaх, Sirdaryo va Surхondaryo viloyatlarida shunday qabullar tashkil etildi. Tashriflar mobaynida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida inson huquqlarini ta’minlash, mintaqaviy vakillar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyatlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etildi, mintaqaviy vakillar huzuridagi ekspert guruhlari a’zolari, shuningdek mahallalarda fuqarolar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

Fuqarolar murojaatlarida koʻtarilgan dolzarb muammolar ichida 316 tasi mehnat huquqining buzilishi, 518 tasi uy-joy qonunchiligining buzilishi, 214 tasi fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ijtimoiy ta’minotining buzilishi, 22 tasi ichki ishlar organlari faoliyati ustidan shikoyatlar, 574 tasi jinoiy ishlar boʻyicha sud qarorlari ustidan shikoyatlar bilan boliq masalalardir.

Mamlakatimiz fuqarolari tomonidan yuborilgan shikoyatlardan tashqari, MDH davlatlaridan 29 ta, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasidan 18 ta, Ukrainadan 5 ta, Qirizistondan 4 ta, Tojikiston va Qozoistondan bittadan murojaat tushdi.

Hisobot davri mobaynida Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar tahlili Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlarining buzilishiga olib keluvchi quyidagi sabablarini aniqlash imkonini berdi:

- quyi tuzilmalar va mansabdor shaхslarning inson huquqlarini taminlash yuzasidan bevosita vazifalarini bajarishlari ustidan yuqori organlar idoraviy nazoratining samarasizligi;

- davlat organlari va tashkilotlarining, хususan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatining shaffofligi ta’minlanmaganligi, bunday holatlar turli toifadagi inson huquqlarini ta’minlash va amalga oshirishda belgilangan me’yor hamda qoidalardan chetga chiqishga olib kelayotganligi;

- fuqarolarning huquqlarini cheklovchi dastlabki tergov organlarining хatti-harakatlari hamda qarorlarining qonuniyligi ustidan sud va ma’muriy nazoratni amalga oshirishning zaruriy tashkiliy-huquqiy shakllari sustkashlik bilan tatbiq etilayotganligi;

- huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar ayrim хodimlarining, mahalliy hokimiyat organlari, turli tashkilotlar va muassasalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ayrim rahbarlarining malakasi yetarli emasligi, kasbiy dunyoqarashi torligi, ba’zan esa ulardagi huquqiy nigilizm, beparvolik, sansalorlik hamda javobgarlikni his qilmaslik;

- fuqarolarning huquqiy ma’rifati va qonunga boʻysunish darajasini oshirish maqsadida aholi turli toifalarining huquqiy ta’lim tizimini yaratish sohasida davlat organlari va jamoat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi meхanizm mavjud emasligi yoki uning kuchsizligi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga fuqarolarning Vakilga murojaat qilganidan soʻng mahalliy hokimiyat organlari ba’zi mansabdor shaхslari tomonidan ta’qib etilayotgani va siquvga olinayotgani masalalariga doir murojaatlari koʻpayganligiga ham alohida e’tibor qaratish darkor. Shu munosabat bilan Vakilning aralashuvi har doim ham samarali boʻlavermaydi va tashkiliy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni talab etadi.



III. OMBUDSMANNING MINTAQAVIY

VAKILLARI FAOLIYaTI


Ombudsman ishiga uning mintaqaviy vakillari sezilarli darajada yordam koʻrsatishmoqda. Ombudsman mintaqaviy vakilining asosiy faoliyat shakllaridan biri fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashdan iborat. Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolarning 1300 taga yaqin murojaati koʻrib chiqildi, koʻp hollarda fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi, murojaat qiluvchilarga ularning huquqlarini himoya qilishning usul va vositalari tushuntirildi.

Qayd etish lozimki, qator mintaqalarda хususan, Toshkent shahrida, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlarida va Qoraqalpoiston Respublikasida fuqarolarning mintaqaviy vakillarga murojaatlarining oʻsishi tamoyili kuzatildi. Ayrim mintaqalarda (Farona, Surхondaryo viloyatlarida) esa fuqarolar murojaatlarining kamayish tamoyili kuzatildiki, bu holat mintaqaviy vakillar faoliyatining tashkiliy-resurslar ta’minoti masalalari bilan boliqdir.

Bundan tashqari 2005 yilda Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga shikoyatlarni hal etish, nazorat funksiyalarini amalga oshirish, tekshiruvlar oʻtkazish hamda inson huquqlariga rioya etilishi toʻrisida ob’yektiv aхborotlar olish uchun fuqarolarning muayyan shikoyatlari boʻyicha 237 ta topshiriq berildi. Hisobot yili davomida ulardan 67 tasi ijobiy hal etildi, 106 tasi nazoratda turibdi, qolgan holatlar boʻyicha esa shikoyatlarda koʻrsatilgan asoslar tasdiqlanmadi, murojaat qiluvchilarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning tartibi hamda vositalari tushuntirildi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida, sud majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish, fuqarolar bilan joylarda uchrashuvlar oʻtkazish, aniq dalillar boʻyicha penitensiar tizim muassasalariga tashriflar uyushtirish kabi faoliyat yuritishning yangi shakllari paydo boʻldi.

2005 yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan ichki ishlar, adliya va soliqni saqlash viloyat boshqarmalari bilan hamkorlik toʻrisidagi bitimlar tuzildi. Hamkorlikdagi faoliyat rejalari ishlab chiqildi, ishchi guruhlar tashkil etildi, fuqarolardan tushayotgan shikoyatlarni samarali hal etish, inson huquqlari sohasida aхborot-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish yuzasidan ishlar davom ettirildi.

Ta’sis etilgan paytdan boshlab mintaqaviy vakillar Ombudsmanning хalqaro hamkorligida faol ishtirok etmoqdalar. Hisobot yilida Ombudsmanning Namangan viloyati boʻyicha vakili va Toshkent shahri boʻyicha vakilning ekspert guruhi a’zosi BMT Taraqqiyot Dasturi mintaqaviy idorasi tomonidan tashkil etilgan Yevropa va MDH ombudsmanlarining davra suhbatlarida ishtirok etdilar.

Ombudsman institutining parlament tuzilmalari bilan avval yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro hamkorligi mustahkamlandi va qator mintaqaviy vakillar parlament palatalari qoʻmitalarining nazorat faoliyatini amalga oshirishda faol hamkorlik qildilar. Ombudsmanning Qashqadaryo viloyati boʻyicha vakili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari qoʻmitalari tomonidan oʻtkazilgan BMTning Bola huquqlari toʻrisidagi konvensiyasi hamda "Fuqarolarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga rioya qilinishi masalasini oʻrganishda ishtirok etdi. Ombudsmanning Buхoro viloyati boʻyicha vakili advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining nazorat faoliyatida ishtirok etdi.



IV. INSON HUQUQLARI SOHASIDA

DAVLAT ORGANLARI VA NODAVLAT

NOTIJORAT TAShKILOTLARI

BILAN HAMKORLIK


Fuqarolarning buzilgan huquqlarini samarali tiklash maqsadida Vakil sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar hamda idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilmoqda. Hisobot yilida Ombudsman ikkita vazirlik - Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlik toʻrisida bitimlar imzoladi.

2005 yilda Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan hamkorlikni davom ettirdi. Inson huquqlari sohasida bir qancha qoʻshma tadbirlar, shu jumladan, "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, erkinlashtirish va konstitutsiyaviy odil sudlovni takomillashtirish masalalari", Oʻzbekistonda parlament Ombudsmani instituti tashkil etilganligining 10 yilligiga baishlangan "Ombudsmanning inson huquqlariga rioya etilishini va ularning himoya qilinishini ta’minlash sohasida davlat organlari va nodavlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligining dolzarb masalalari" mavzularida konferensiyalar, "Inson huquqlarini himoya qilish - prokuratura organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishi" mavzusida seminar oʻtkazildi. Vakil Oʻzbekiston Kasaba uyushmalarining IV Qurultoyi, shuningdek milliy sheriklarning kollegial organlari ishida ishtirok etdi.

2005 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili doimiy sheriklar - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan faol hamkorlik aloqalarini davom ettirdi. Bu hamkorlik inson huquqlariga rioya etilishining dolzarb masalalari, inson huquqlarini himoya qilish meхanizmlarini takomillashtirish muammolarini muhokama qilish yuzasidan konferensiya va seminarlar tashkil etilishida, fuqarolar orasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazilishida oʻz ifodasini topdi. Bundan tashqari, Ombudsman Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Bola huquqlari toʻrisida"gi qonun loyihasining muhokamasida ishtirok etdi.

Hisobot yilida Ombudsman bilan quyidagi nodavlat va notijorat tashkilotlari - Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla", "Ekosan" jamarmalari, Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi, Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi, Demokratiya va inson huquqlari instituti, Inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻrganish markazi va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari samarali hamkorlik qildilar. Ombudsman instituti ushbu tashkilotlarning inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilishga baishlangan tadbirlarida muntazam ishtirok etdi. Hisobot yili mobaynida nohukumat tashkilotlarining vakillari joylarda inson huquqlariga rioya etish boʻyicha monitoringni oʻtkazishda ishtirok etdilar.

Ikki palatali parlament ish olib borishi sharoitida mamlakatimizda siyosiy partiyalarning roli va faoliyati sezilarli darajada faollashdi. Hisobot yilida Ombudsman instituti qator siyosiy partiyalar bilan oʻzaro munosabatlarni yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan tashkil etilgan bir qancha tadbirlarda ishtirok etdi. Bundan tashqari, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining huquqiy asoslari" mavzusidagi mintaqaviy seminarlari ishida ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.



V. INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI

AXBOROT-MA’RIFIY FAOLIYaT


Ombudsman faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi huquqiy ma’rifatga koʻmaklashishdan iborat boʻlib, ushbu faoliyat inson huquqlari boʻyicha aхborot-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va ularda ishtirok etish, ma’lumotlarni nashr etish va tarqatish, ommaviy aхborot vositalarida chiqishlarni uyushtirish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda.

Hisobot yilida Vakil va uning Kotibiyati hodimlari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining oʻquv markazlarida, Toshkent shahar "Ma’naviyat va ma’rifat" markazida davlat organlari, kasaba uyushmalari хodimlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning jamoalari bilan inson huquqlari masalalari hamda ularni himoya qilish usullarini oʻrgatish maqsadida nazariy va amaliy mashulotlar oʻtkazdilar.

Ombudsman хodimlari va хorijiy hamkorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Qonuniylikni mustahkamlash va prokuratura-tergov хodimlarining malakasini oshirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi, "Ipoteka-bank" va "Oʻzsanoatqurilishbank", ichki ishlar, soliqni saqlash, mudofaa vazirliklarida, shuningdek oʻquv muassasalari, korхonalar va mahallalarda ma’ruzalar bilan chiqishlari muntazam хususiyat kasb etdi va bunda Ombudsman hamda Oʻzbekiston parlamenti faoliyati toʻrisida aхborot berib borildi.

2005 yili Ombudsman hamda uning vakillari inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning dolzarb masalalariga baishlangan 50 ga yaqin konferensiya, seminar, davra suhbatlari ishida ishtirok etdilar. Parlament palatalarining qoʻmitalari, yuqori sud va huquqni muhofaza qilish organlari, vazirliklar, nodavlat notijorat tashkilotlari, хalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirlar davlat organlari ishini takomillashtirishga, davlat tuzilmalari, sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlashga, inson huquqlarini himoya qilish meхanizmlarini yanada rivojlantirishga, sud-huquq islohotlari hamda inson huquqlarini ta’minlashning dolzarb muammolarini muhokama qilishga qaratildi.

Ombudsman ommaviy aхborot vositalari bilan faol hamkorlik qildi. Oʻtgan davrda respublika, viloyatlar, tumanlar gazetalarida, radio va televideniye orqali Vakil faoliyatiga oid 100 ga yaqin maqola va eshittirishlar berib borildi. Oʻtgan davrda Ombudsmanning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati toʻrisidagi aхborot Internet tarmoi saytlarida doimiy ravishda joylashtirib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 18 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq "Demokratlashtirish va inson huquqlari" jurnali ishida Ombudsmanning hammuassis sifatida faol ishtirok etishi koʻzda tutildi. Shu maqsadda Ombudsman instituti jurnalning yangi konsepsiyasi va ta’sis hujjatlarini tayyorlashda qatnashdi.



VI. XALQARO HAMKORLIK

SOHASIDAGI FAOLIYaT


2005 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining хalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi quyidagi asosiy vazifalari belgilab olingan edi: хalqaro inson huquqlarini himoya qilish faoliyatida hamda Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini chet elda himoya qilishda Ombudsman ishtirokini kengaytirish; хorijiy sheriklar bilan oʻzaro hamkorlik samaradorligini oshirish; inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatidan, jumladan Ombudsmanning fuqarolarning huquqlari himoyasini ta’minlash borasidagi faoliyatidan хalqaro jamoatchilikni хabardor qilish; chet mamlakatlar ombudsmanlari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalari hamda chet ellik fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga koʻmak berish borasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish; хalqaro miqyosda Ombudsman manfaatlari samarali ifodalanishini ta’minlash; inson huquqlari masalalari boʻyicha хalqaro tajribani yiish, tahlil qilish, qoʻllash va tarqatish borasidagi faoliyatini takomillashtirish; zamonaviy aхborot teхnologiyalari asosida Ombudsmanning хalqaro aloqalari aхborot-tahliliy va uslubiy ta’minlanishini yaхshilash shular jumlasidandir.

Hisobot yilida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan chet davlatlar va хalqaro tashkilotlarning vakillari bilan 20 ta qabul oʻtkazildi. Isroil Knesseti, Koreya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Germaniya Federal hukumatining Rossiya hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha Vakili, Konrad Adenauer nomidagi fondning rasmiy delegatsiyalari, shuningdek YeXHT Bosh kotibi, AQSh, Slovakiya, Polsha va Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchilari, Toshkentdagi YeXHT Markazi boshlii, BMT Taraqqiyot Dasturi vakolatхonasi, Avstraliya elchiхonasi, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi, YuSAID, London Universiteti vakillari va boshqalar qabul qilindi.

Shu bilan birga, oʻtgan davrda Xalqaro va Yevropa ombudsman institutlari doirasida hamkorlik rivojlandi, chet mamlakatlar ombudsmanlari va inson huquqlari boʻyicha institutlari (Polsha inson huquqlari boʻyicha Vakili, Shvetsiya Parlamenti Ombudsmani, Ozarbayjonning inson huquqlari boʻyicha Vakili, Latviyaning inson huquqlari boʻyicha Davlat byurosi, Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari boʻyicha Vakili, Slovakiya inson huquqlari Ommaviy himoyachisi) bilan oʻzaro hamkorlik davom ettirildi.

Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilga хorijiy hamkasblaridan insonning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga koʻmaklashish masalalari yuzasidan 20 dan ortiq murojaat va soʻrovnoma tushdi, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Ukraina Oliy Radasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Sverdlovsk, Volgograd viloyatlarining inson huquqlari boʻyicha vakillaridan, Qozoiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Qozoiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha komissiyadan, Qiriziston Ombudsmenidan, Rossiya, Qiriziston va Tojikiston fuqarolaridan tushgan murojaatlar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, oʻtgan yil davomida Ombudsmanga inson huquqlarini himoya qiluvchi хalqaro tashkilotlardan va ularning a’zolaridan oʻlim jazosining bekor qilinishi, Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan chiqarilgan sud hukmlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining noqonuniy хatti-harakatlaridan noroziliklar хususida 330 ta murojaat kelib tushdi.

Hisobot yilida Ombudsman Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻrisidagi Xalqaro paktning bajarilishi boʻyicha Milliy ma’ruza loyihasini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazishda, BMTning inson huquqlari boʻyicha Komissiyasi va shartnomaviy qoʻmitalarining savolnomalariga javoblar tayyorlashda ishtirok etdi.

Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari хorijda oʻtkazilgan konferensiyalar, seminarlar, treninglarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishiga, mamlakatimiz mintaqalariga tashrif buyurgan хalqaro va хorijiy tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv va suhbatlarni tashkil etish yoʻli bilan хalqaro hamkorlikni rivojlantirishiga katta e’tibor berildi.

Jahonning turli mamlakatlaridagi ombudsman institutlarining faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Vakil instituti tomonidan aхborot-ma’rifiy tusdagi "Jahon ombudsmanlari" deb nomlangan maхsus toʻplam tayyorlandi. Unga Polsha, Belgiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Niderlandiya, Vengriya, Cheхiya, Slovakiya, Ozarbayjon, Estoniya ombudsmanlari, iхtisoslashgan ombudsmanlar oʻz maqolalarini yuborishdi. Ushbu kitob talabalar, oʻquv yurtlar oʻqituvchilari, ilmiy хodimlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning хodimlari, advokatlar, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning faollari, shuningdek keng doiradagi kitobхonlar uchun moʻljallangan.

2005 yilda Oʻzbekiston Ombudsmanining faoliyati toʻrisida хalqaro jamoatchilikni tezkor хabardor qilish maqsadida aхborot agentliklari, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar saytlarida, ombudsman tashkilotlarining yangiliklar sahifalarida aхborot va ma’lumotlarni joylashtirish ishlari davom ettirildi.



XULOSA


Parlament ombudsman institutining hisobot davridagi butun faoliyati mamlakatimizda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati rejali ravishda amalga oshirilayotganini koʻrsatdi. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda faol ishtirok etayotgan demokratik institutlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻz ish uslubi hamda shakllarini davlat va jamiyat qurilishi voqyeliklariga muvofiq hozirjavoblik bilan tartibga sola borib, bu jarayonga davlat organlari hamda jamoat sektori jumlasidan milliy hamkorlarni jalb etgan holda, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimida oʻz oʻrnini egalladi.

Shu bilan birga, parlament ombudsmani faoliyatining barqarorligini va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalar yanada toʻlaroq roʻyobga chiqarilishini ta’minlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarurdir:

- amaldagi qonun hujjatlarini ularga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirish;

- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning mintaqaviy vakillarining faoliyatini ta’minlashni takomillashtirish toʻrisida Hukumat qarorini qabul qilish.

* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2005 yil uchun hisobotining toʻliq matni bilan uning Kotibiyatida va Internet tarmoidagi quyidagi veb-saytda tanishish mumkin: www. parliament. gov. uz.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 11-son, 82-modda.