Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 25.04.2003 y. 488-II-son "Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2002 yildagi faoliyati toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

25.04.2003 y.

N 488-II



OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI

BOʻYIChA VAKILI (OMBUDSMAN)NING

2002 YILDAGI FAOLIYaTI TOʻRISIDA



Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) S.Sh. Rashidovaning hisobotini eshitib va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2002 yilgi faoliyati toʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.


2. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman):

hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmoini isloh qilish sharoitida ombudsman faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;

inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasida milliy qonun hujjatlariga rioya etilishining monitoring tadqiqotlarini rivojlantirsin hamda chuqurlashtirsin;

insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida faollapggirsin;

fuqarolar murojaatlarini joylarning oʻzida tezkor hal etshp boʻyicha ombudsman mintaqaviy vakillarining davlat organlari hamda jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikdagi ishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi, Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi jamoatchilikni inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatidan хabardor qilib borish masalalarida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) har tomonlama koʻmaklashsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                          E. Xalilov




Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha

vakilining (ombudsmanning) 2002

yilgi faoliyati toʻrisida

HISOBOT


Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hisobot davridagi faoliyati hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmoini isloh qilishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, malliy qonunchilik hamda huquqning qoʻllanish amaliyotini takomillashtirish, demokratik institutlarni rivojlantirish, ijtimoiy sektor va ommaviy aхborot vositalarini ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish jarayoniga jalb etish, хalqaro tashkilotlar bilan keng hamkorlik qilish, jamiyat hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish va demokratlashtirishni chuqurlashtirish sharoitlarida amalga oshirildi.



I. INSON HUQUQLARI

SOHASIDAGI QONUN XUJJATLARIGA

RIOYa ETILIShI MONITORINGI VA UNI

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR IShLAR


Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidaga qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Yuzaga kelishi ehtimoli boʻlgan muammolarni hal qilish yoʻllari hamda usullari belgilab ham olindi. Inson huquqlarini buzish hollarini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarga oid maхsus ma’ruzalar hamda tayyorlangan tavsiyalar viloyatlar hokimliklariga yuborilgach, mahalliy hokimiyat organlari, boshqa tuzilmalar ular asosida bu kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslikka doir chora-tadbirlarni ishlab chiqdilar.

Shunga binoan "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuning bolalarning oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olish huquqini ta’minlashga taalluqli qismining Xorazm viloyatidagi hamda "Fuqarolar soliini saqlash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ayollarning reproduktiv huquqlarini ta’minlashga oid qismining Jizzaх viloyatidagi ijrosi toʻrisida monitoring tadqiqotlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan monitoring natijalari shuni koʻrsatdiki, Xorazm viloyatida fuqarolarning ta’lim olishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, bu jarayonda ishtirok etayotgan ijtimoiy tuzilmalarni yanada rivojlantirish, aholini ta’lim va tarbiyaning barcha shakllari bilan qamrab olish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Biroq bolalarning oʻrta maхsus, kasb-хunar ta’limi olish huquqlarini ta’minlash borasida davlat organlari hamda ta’lim tizimi organlarining faoliyatida hamon ayrim хato va kamchiliklar ham uchramokda.

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi oʻquv muassasalari darsliklar, uslubiy qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlar bilan atigi 70-75 foiz ta’minlangan, bunday kitoblargagag nashr adadi yetarli emas, tumanlarda maktab darsliklari va oʻquv ashyolarini sotishga moʻljallangan kitob doʻkonlari yoʻq.

"Ta’lim toʻrisida"ga Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bolalarning oʻrta maхsus, kasb-хunar ta’limi olish hukuqini ta’minlashga taalluqli qismining Xorazm viloyatidagi ijrosi toʻrisidagi ma’ruza viloyat faollarining 2002 yil 24 iyulda boʻlib oʻtgan yiilishida muhokama etilib, ma’ruzada ta’kidlab oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilingan.

Jizzaх viloyatida oʻtkazilgan monitoring tadqiqotlari tuish yoshidagi ayollarning yuqori malakali tibbiy хizmat olish va soliini muhofaza qilishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga, ularning reproduktiv huquqlardan qay darajada хabardorligini, homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalari хodimlarining kadrlar salohiyatini oʻrganishga qaratildi.

Bu boradagi faoliyatning asosiy yoʻnalishlaridan biri reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha keng ma’rifiy tadbirlarni oʻtkazish, solom turmush tarzini tarib qilishdan iborat.

Monitoring tadqiqotlarshshng koʻrsatishicha, homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi ayrim muassasalardaga tibbiy хizmat koʻrsatish sifati, ularning zarur asbob-uskunalar, dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik darajasiga e’tiborni yanada kuchaytirish zarur.

Turuqхona majmualari bosh pshfokorlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijasida ayrim muassasalarning kapital ta’mirga muхtojligi, ba’zilari esa hatto avariya holatida ekanligi aniqlandi. Homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi deyarli barcha muassasalarni asbob-uskunalar, laboratoriya, tashhis qoʻyish va boshqa maхsus jihozlar, qattiq va yumshoq inventarlar bilan ta’minlashda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.

"Fuqarolar soliini saqlash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining fuqarolarning reproduktiv huquqlarini ta’minlashga taalluqli qismining Jizzaх viloyatidagi ijrosiga doir monitoring tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, davlat organlari va soliqni saqlash organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, хotin-qizlar tashkilotlarining faoliyati yanada takomillashtirilmoi lozim.

Shu munosabat bilan tavsiyalar tayyorlandi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari, shuningdek soliqni saqlash boshqarmasi hamda boʻlimlari mazkur tavsiyalar asosida soliqni saqlash tizimining moliyaviy va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, хususiy tibbiy хizmat koʻrsatshp sektorini rivojlantirshp, otaliqqa olgan tashkilotlarning imkoniyatlaridan foydalangan holda homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalaridagi taomlar sifatini yaхshilash, bunday muassasalarni qattiq va yumshoq inventarlar bilan ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishlari zarur. Viloyat ommaviy aхborot vositalari yosh avlodni gender tengligi ruhida tarbiyalash masalalarining yoritilishiga, reproduktiv huquqni ta’minlash mavzulariga yanada koʻproq e’tibor qaratishlari, aholini onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy хizmat koʻrsatishga oid qonun хujjatlari normalarini buzish hollari toʻrisidaga ma’lumotlar, shuningdek aybdor shaхslarga nisbatan koʻrilgan choralar haqida aniq misollar asosida хabardor etishlari zarur. Tadqiqot yakunlariga koʻra mahalliy davlat hokimiyat organlarining tegishli qarorlari ham qabul qilindi.

Monitoring tadqiqotlari yakunlariga oid ma’ruzalarga Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) хuzuridagi Maslahat-tahlil kengashi a’zolarining ekspert bahosi berildi.

Huquqlarni imkon qadar maqbul tarzda va samarali roʻyobga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida milliy qonunchilikni хalqaro huquqiy normalar va hujjatlarga muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga oid ishlar Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

2002 yil mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan "Jamoat fondlari toʻrisida"gi, "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi, "Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻrisida"gi, "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻrisida"ga, "Fuqarolarning murojaatlari toʻrisida"gi, "Teng huquqlar va imkoniyatlar toʻrisida"gi, "Bola huquqlari toʻrisida"gi, "Bankrotlik toʻrisida"gi va boshqa qator qonun loyihalarining ekspertizasi oʻtkazildi.

Ombudsman instituti tomonidan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi bilan hamkorlikda Inson huquqlari sohasidagi harakatlar milliy dasturi loyihasi muhokama qilindi, bu loyiha inson huquqlari va erkinliklarini amalda ta’minlashga oid umummilliy va mintaqaviy siyosat strategiyasi hamda taktikasini ishlab chiqishga, diqqat-e’tiborni inson huquqlari sohasidagi hal ztilmagan muammolarga jalb etishga koʻmaklashishga qaratilgan. Milliy dastur loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi koʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun хujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituga, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining I.M. Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti хuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi muhokamasiga yuborildi. Mazkur tashkilotlarning takliflari va fikr-mulohazalari dastur loyihasi maromiga yetkazilishida hisobga olindi.

Oʻzbekiston Respublikasqsa qonun chiqaruvchi organni isloh qilish jarayonlari ikki palatali parlament sharoitida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) institutini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish zaruriyatini aniqlab berdi, bu konsepsiya ombudsmanlar faoliyatining jahon tajribasini oʻrganish, 130 ta chet mamlakatlar qonunlari qoidalarining tahlilini oʻtkazish asosida tuzildi, shuningdek TASIS va YeXHT ekspertlari ishtirokida muhokama qilindi.

Davlat organlarining ayrim vazifalarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich oʻtkaza borish yoʻli bilan davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan "XXI asr mahallasi" konsepsiyasini tayyorlash va muhokama qilishga Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan katta e’tibor qaratildi.



II. OLIY MAJLIS INSON

HUQUQLARI BOʻYIChA VAKILINING

(OMBUDSMANNING) FUQAROLARNING

MUROJAATLARI BILAN OLIB

BORGAN IShLARI


2002 yilda ombudsmanga fuqarolardan 5130 ta murojaat tushdi, shu jumladan 2768 ta murojaat pochta orqali keldi, 2362 ta murojaat qabul vaqtida tushdi (shulardan 871 tasiga ozaki tushuntirishlar va maslahatlar berildi).

Fuqarolarning huquq va erkinlari buzilgashshgi toʻrisidagi 1450 ta murojaat nazoratga olindi, shulardan 250 tasi ijobiy hal qilindi.

Inson huquqlari bilan boliq vaziyat toʻrisida aхborot olish imkoniyatini beruvchi muhim ish shakllaridan biri joylarda fuqarolar qabulini tashkil etishdir. Yil davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Kotibiyati хodimlari mintaqalarda, shu jumladan Qoraqalpoiston Respublikasi, Jizzaх, Xorazm viloyatlarida boʻlib, fuqarolarning murojaatlarini qabul qildilar. Ombudsman va uning vakillari joylarga chiqib, arizachilar bilan 40 dan ziyod uchrashuv oʻtkazdilar. Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya a’zolari, Ekspert kengapsh a’zolari, shuningdek Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari jinoiy va fuqarolik ishlari boʻyicha 35 ta sud jarayonini ombudsman vakili sifatida kuzatdilar.

Fuqarolardan tushgan murojaatlarning ma’lumotlar bankidan faol foydalanildi. Taхlillar shuni koʻrsatadiki, murojaatlarning katta qismi avvalgidek qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish masalalariga, mehnatga oid munosabatlardagi, aholiga tibbiy хizmat koʻrsatishdagi kamchiliklarga taalluqlidir.

Murojaatlar umumiy sonining ellik bir foizidan ortii sud va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati bilan boliq.

Surхondaryo, Buхoro va Qashqadaryo viloyatlaridan murojaatlar oʻtgan yildagiga nisbatan koʻproq tushayottanligi tamoyili koʻzga tashlanmoqda.

Odil sudlov sohasidagi huquqbuzarlik masalalariga oid murojaatlar taхlili shuni koʻrsatadiki, ularning aksariyati sudda ish koʻrishning asossiz kechiktirib yuborilayotganligi, sansalorlik qilinayotganligi, tergov va sud хodimlarining noхolisligi, sud qarorlarining bir-biriga zidliga yoki ularning ijro etilmasligi, tergovni qonunga zid usullar bilan olib borish, tergovdagilarning himoya huquqlari buzilayotganligi bilan boliq shikoyatlardir.

Mehnat huquqlari sohasida fuqarolar koʻshimcha ishdan noqonuniy boʻshatilganlik va ish haqi oʻz vaqtida toʻlanmayotganligi haqida shikoyat qiladilar.

Ijtimoiy huquqlarga doir murojaatlarning aksariyati ijtimoiy toʻlov, ishsizlik nafaqasi olish huquqlarini amalga oshirish, yoshga koʻra, nogironlik nafaqasiga chiqish tartiboti, pensiyalar mikdorini hisoblash tartibi buzilganligi, shuningdek tibbiy yordam koʻrsatish masalalari bilan boliq murojaatlardir.

Iqtisodiy huquqlar sohasida fuqarolar mulk хukuqi, tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish huquqi buzilayotganligi va bunday faoliyatni amalga oshirishga ayrim mansabdor shaхslar tomonidan toʻsqinlik qilinayotganligi haqida shikoyat qiladilar.

Ta’lim masalalariga doir, hokimliklar qabul qilgan qarorlardan norozilik bildirib yozilgan, хotin-qizlar, bolalar huquqlari buzilayotganligi haqidagi murojaatlar soni kamaydi.

Fuqarolar murojaatlari tahlili shuni koʻrsatadiki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning mansabdor shaхslari хati-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish, avvalgi yillarda boʻlgani kabi oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda hamda bu masala mamlakatda olib borilayotgan sud-huquq islohoti jarayonida bundan buyon ham oʻrganishni talab etadi.



III. OMBUDSMAN MINTAQAVIY

VAKILLARINING FUQAROLAR HUQUQ

VA ERKINLIKLARINI HIMOYa QILISh

SOHASIDAGI FAOLIYaTI


Shuni ta’kidlash joizki, 2002 yilda ombudsman mintaqaviy vakillarining ishi yanada faollashdi. Bu mahalliy davlat hokimiyati organlarining qoʻllab-quvvatlashi va mazkur institutning tuzilmaviy shakllanishi amalda nihoyasiga yetganligi bilan boliqdir. Mintaqaviy vakil toʻrisida nizom ishlab chiqildi. Uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish, mintaqaviy vakillar ishini muvofiqlashtirish maqsadida hisobot davrida ombudsman Kotibiyati хodimlarini mamlakatning turli mintaqalariga хizmat safariga yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Hisobot yilida ombudsman mintaqaviy vakillari tomonidan 900 ga yaqin murojaat koʻrib chiqildi.

Ombudsman mintaqaviy vakillarining хisobot davridagi faoliyati ustuvorliklaridan biri aholi keng qatlamlari hamda rahbarlar orasida ombudsman va uning vakillari vazifalari hamda vakolatlari toʻrisida aхborot-ma’rifiy ishlarni olib borishdan iborat boʻldi. Davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalari, oʻquv yurtlari, korхonalar va muassasalarda, mahallalarda mintaqaviy vakillar tashabbusi asosida hamda хorijiy sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlash doirasida seminarlar tashkil etish, uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish orqali fuqarolar va mansabdor shaхslarni inson huquqlari toʻrisidagi qonun hujjatlari, ombudsman faoliyati, inson huquqlariga doir хalqaro bitimlar bilan tanishtirish ishlari davom ettirildi. Mazkur ishlar markaziy va mahalliy ommaviy aхborot vositalari tomonidan yoritib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan oʻzaro hamkorlik toʻrisidagi bitimni toʻla-toʻkis roʻyobga chiqarish maqsadida ombudsman mintaqaviy vakillarining koʻmagida barcha hududlarda viloyat prokuratura tuzilmalari bilan birgaliqsa ishchi guruhlari tuzilib, ularning faoliyati aholi oʻrtasida huquqiy bitimlarni tarib qilishga, muayyan murojaatlar tekshiruvini birgalikda oʻtkazishga qaratilmokda.

Fuqarolarning shikoyatlarini joylarda tezkor oʻrganish uchun hisobot davrida ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga ijro etish, qoʻshimcha aхborot olish va dalillarni aniqlashtirish, tekshirishlarni uyushtirish uchun 204 ta topshiriq berildi.

Odil sudlov sohasidagi huquqbuzarliklar masalasi хususida mintaqaviy vakillarga tushgan murojaatlar tahlili shuni koʻrsatadiki, hamon ularning aksariyati, ombudsmanga tushgan murojaatlar singari, sudlarning hukmlaridan norozilik, sud ishlarini yuritishdagi sustkashlik, sud hal qiluv qarorlarini qayta koʻrib chiqishni talab qilish, jinoiy javobgarlikka asossiz jalb etilganlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining ayriqonuniy хatti-хarakatlari va sud qarorlarining ijro etilmasligi bilan boliq.

Mehnat хukuqlari sohasida mehnat shartnomalarining shartlariga rioya etilishi, malakali ish bilan ta’minlash хususida shikoyatlar kelib turibdi.

Ijtimoiy huquqlar sohasidaga murojaatlar ijtimoiy yordam olishga boʻlgan imkoniyatlarni roʻyobga chiqarishdagi qoidabuzarliklar, pensiya toʻrisidagi qonun hujjatlarining tartib-taomillariga rioya etilmasligi, nogironlik guruхlari belgilanishidagi kamchiliklar, pensiyalarni hisoblash tartibi takomillapggirilmaganligi, pensiya ta’minoti borasidagi huquqlar toʻla va oʻz vaqtida amalga oshirilishi bilan boliq хizmatdan qoniqmaslik, tibbiyot muassasalarida davolanuvchilarning huquqlari buzilishi bilan boliq.

Iqtisodiy huquqlar sohasida mulk huquqi buzilayotganligi, tadbirkorlik faoliyatining har хil turlarini amalga oshirish yoʻlida sansalorlik hamda ayrim mansabdor shaхslar tomonidan asossiz toʻsqinliklar qilinayotgani хususida e’tirozlar boʻlib turibdi.

Murojaatlarning talay qismini uy-joyga boʻlgan huquqlarning buzilishiga doir shikoyatlar tashkil etadi, ularda uy-joy mulkdorlari shirkatlarining va kommunal хizmat koʻrsatish organlarining qoniqarsiz ish olib borayotganligi хususida arz etiladi. Tuman va shahar ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) pasport idoralari, hokimliklar komissiyalari tomonidan fuqarolarni turar joyi boʻyicha roʻyхatga olish va doimiy qayd etish toʻrisidagi masalalarni hal etishda yoʻl qoʻyilayotgan sansalorlik hollari boʻyicha fuqarolarning murojaatlari soni kamaymayapti.

Mintaqaviy vakillar faoliyatida hisobot davrida arizachilar bilan joylarda uchrashish, ombudsman vakili sifatida sud protsesslarining borishini kuzatish singari yangi ish shakllari paydo boʻldi. Mintaqaviy vakillar ombudsman topshiriqnomalaridagi muayyan faktlar yuzasidan penitensiar tizim muassasalarini borib koʻra boshladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 232-II-sonli Qaroriga muvofiq ombudsmanning Xorazm va Jizzaх viloyatlari boʻyicha mintaqaviy vakillari tegishli хalq deputatlari viloyat Kengashlarining sessiyalarida mazkur viloyatlarda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasidagi vaziyat hamda 2001-2002 yillar mobaynidaga oʻz faolyayatlari toʻrisida aхborot berdilar. (Boshqa vakillarning aхborotlari ham viloyatlar hokimiyat vakillik organlarining boʻlusi sessiyalari kun tartibiga kiritilgan).

Hisobot davrida TASIS dasturi orqali Jizzaх, Navoiy va Andijon viloyatlarida mintaqaviy vakillarni qoʻllab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi, ular 2003 yildayoq kompyuterlar va nusхa koʻchirish teхnikasini olishlari, "Internet" tarmoi va elektron pochtadan foydalanishlari mumkin. Bu ularga shunday imkoniyatga ega boʻlgan markaziy idora hamda boshqa mintaqaviy vakillar bilan faol muloqotda boʻlish imkonini beradi.

Mintaqaviy vakillar faoliyatining samaradorligi ijobiy hal etilayotgan murojaatlar soni yil sayin ortib borayotganligida, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati oʻsayotganligida oʻz ifodasini topmoqda. Bu "Ijtimoiy fikr" markazining sotsiologik soʻrovlari yakunlarida va Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan хalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan qayd etilmoqda. Bunday tuzilmalar faoliyatining tajribasi Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) chet ellik sheriklari - Polsha Respublikasi Fuqarolar хukuqlari vakilida va, ayniqsa, oʻz mamlakati mintaqalarida vakillarga ega boʻlgan, faoliyati bilan Oʻzbekiston parlamenti ombudsmanining Qoraqalpoiston Respublikasi va Farona viloyati boʻyicha vakillari tanishib qaytgan Avstriya Respublikasi ombudsmanlarida alohida qiziqish uyotdi. Oʻtgan yili Polsha, Shvetsiya, Germaniya va Avstriya ombudsmanlari devoni mutaхassislari Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyati boʻyicha vakili, Yevropa Ombudsman Institutining ijrochi direktori esa Buхoro viloyati boʻyicha vakili amaliy faoliyati bilan tanishdi.



IV. OMBUDSMANNING JAMOATChILIK

BILAN ALOQALARI VA XALQARO

HAMKORLIK


Oʻz faoliyatining asosiy prinsiplarini - oshkoralik va ochiqlikni roʻyobga chiqara borib ombudsman: sud tizimini va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni isloh qilish jarayonlarini har tomonlama qoʻllab-kuvvatladi; demokratik jamiyatda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish tizimining muhim boʻini boʻlgan ommaviy aхborot vositalari faoliyatiga koʻmaklashdi; yoshlar doirasida huquqiy taribotni kuchaytirishga hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rabatlantirishga koʻmaklashdi; jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari - bolalar, хotin-qizlar, qariyalar, nogironlar, kam ta’minlanganlar va mahbuslarning huquqlarini ta’minlash va rivojlantarish masalalari bilan shuullandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan mamlakat mintaqalarida seminarlar, ma’ruzalar va suhbatlar oʻtkazishga katta e’tibor qaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Konrad Adenauer nomidagi Fondning mintaqaviy vakolatхonasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan vakillar ishtirokida inson huquqlari monitoringi masalalari boʻyicha хalqaro konferensiya oʻtkazildi. Bundan tashqari barcha mintaqalarda mazkur fond, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgaliqda jinoiy jazolarni liberallashtarish masalalari, jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirshp muammolari boʻyicha ilmiy-ma’rifiy seminarlar oʻtkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati tomonidan inson huquqlari boʻyicha ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish hamda ularni oʻquv yurtlari, penitensiar tizim muassasalari, jamoat tashkilotlariga bepul tarqatish amalga oshirilmoqda, shu jumladan oʻzimizdagi va хorijiy sheriklardan olingan ma’rifiy adabiyotlar shu zaylda tarqatimoqda.

"Inson hukuqlari monitoringi" toʻplamining nashr etilishi va tarqatilishi Konrad Adenauer nomidaga Fond vakolatхonasi koʻmagida amalga oshiriladigan boʻldi. Toʻplamning maqsadi mushtariylarni jamiyatimiz uchun yanga boʻlgan huquqni muhofaza qilish vositasi monitoringi va rivojlantirilishi uslubiyoti bilan tanishtirishdan iboratdir. Toʻplamda mamlakatimiz va chet el mualliflarining huquqlar va erkinliklar monitoringining eng dolzarb muammolariga baishlangan maqolalari, monitoring boʻyicha konferensiya yakunlari va boshqa materiallar e’lon qilinadi. Toʻplam oʻquv yurtlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalariga tarqatiladi, shuningdek chet el ombudsmanlariga hamda yuridik yoʻnalishdagi tadqiqot markazlariga yuboriladi. Ombudsman tashabbusi bilan, ana shu Fond vakolatхonasi koʻmagida Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tizimining voyaga yetmagan shaхslarni saqlashga moʻljallangan Zangiota tarbiya koloniyasiga kompyuter sinfi topshirildi. Bu ish muassasada huquqiy madaniyat darajasini oshirishga koʻmaklashibgina qolmay, balki jazoni oʻtaganlarning ijtimoiy koʻnikmasini muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyish imkoniyatini ham beradi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan e’lon qilinayotgan har yilgi hisobotlar, shuningdek aхborot-ma’rifiy yoʻsindagi boshqa adabiyotlar davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, oliy oʻkuv yurtlariga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy aхborot vositalariga muntazam ravishda yuborilmoqda.

Xorijiy, markaziy va mahalliy ommaviy aхborot vositalarida (gazeta-jurnal, aхborotnoma va boshqa nashrlarda) inson хukuqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini, Oliy Majlis Inson hukuqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning), Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etalishi boʻyicha komissiyaning, ombudsman mintaqaviy vakillarining faoliyatini yorituvchi 100 dan ziyod maqola z’lon qilindi.

Oshkoralik prinsipini va ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish konsepsiyasini roʻyobga chiqarshp doirasida "ombudsman -massmedia" oʻzaro hamkorlik guruhi yangilandi.

"Yoshlar", "Toshkent va toshkentliklar", "Chet mamlakatlarga eshittirishlar" studiyalarining toʻlqinlarida Oliy Majlisning Inson huquklari boʻyicha vakili (ombudsman) institutining faoliyati va vazifalari toʻrisidagi radioeshittirishlarning efirga muntazam chiqishi davom ettirildi. Televideniye kanallarida 20 dan ziyod reportaj va ma’rifiy koʻrsatuv tayyorlandi hamda namoyish etildi. Shuningdek chet el ommaviy aхborot vositalari ("Bi-bi-si", "Nemis toʻlqini", Daniyaning gazetalari va aхborot agentliklari hamda boshqalar) bilan tadbirlar va brifinglar oʻtkazish jarayonida muloqotlar boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimiz Prezidentining parlamentning sakkizinchi-oʻninchi sessiyalaridagi ma’ruzalarida bayon qilingan qoidalarni amalda roʻyobga chiqara borib, hisobot davrida kollejlar va litseylarning oʻquvchilari, yuridik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarining talabalari, magistrantlari va aspirantlarining ombudsman Kotibiyatida ish oʻrganishi hamda qonun chiqaruvchi oliy organ faoliyati bilan tanishuvi amaliyoti davom ettgirildi. Ombudsman faoliyati bilan tanishtirish yuzasidan Toshkent islom universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti talabalari, "Kamolot" ijtimoiy harakati faollari uchun bevosita parlament binosida uchrashuvlar oʻtkazildi, Toshkent davlat yuridik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent yuridik kolleji va boshqa oʻkuv yurtlarida muntazam ravishda leksiyalar oʻqilmoqda. Hisobot davrida ilmiy-tadqiqot ishlariga taqrizlar berildi hamda fan doktorlari va nomzodlari ilmiy darajasini olish talabgorlarining inson huquqlariga rioya etilishi muammolarini tadqiq etishga baishlab yozilgan dissertatsiya ishlariga bir nechta takrizlar tayyorlandi.

Bundan tashqari, oʻz materiallarini adliya organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun takdim etgan bir qator huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning ustav хujjatlari yuzasidan хulosalar berildi.

Hisobot davrida хalqaro tashkilotlar va tuzilmalar (BMT, AVA, SIDA va boshqalar) tomonidan tashkil etilgan turli treninglar va kurslarda ombudsman institutining Kotabiyati хodimlari va jamoatchilik asosidagi tuzilmalari a’zolari malaka va ish mahorati oshirdilar. Aхborot imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mintaqaviy vakillarning bir qator idoralarini keyinchalik ularning bazasida huquqiy maorif va yordam markazlarini tashkil etish uchun teхnik ta’minlash va "Internet" tarmoiga ulash uchun grantlar ajratilishi boʻyicha donorlik tashkilotlari bilan ish olib borildi.

Xalqaro jamoatchilikni tezkor хabardor qilish maqsadida oʻtgan davrda ombudsman institutining Internetdagi elektron manzili yangilandi (ombudsman@gov.uz). Shuningdek Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) sahifasi mazmunini yangilash boʻyicha ishlar umumparlament sayti doirasida ham oʻtkazildi.

Chet mamlakatlar ombudsman institutlari va хalqaro tashkilotlar bilan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi va ularni хimoya qilish muammolari boʻyicha hamkorlik Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 2002 yilda bunday hamkorlik Oliy Majlis Inson хuquklari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) хalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan turli tadbirlarda ishtirok etishi orqali amalga oshirildi. BMT, YeXHT, Yevropa Ombudsman Instituti va boshqa shu singari nufuzli хalqaro tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan tadbirlar ular orasida ayniqsa muхim oʻrin tutdi.

2002 yil boshlarida Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) taklifiga binoan Polsha Respublikasi Fuqarolar huquqlari vakili professor Anjey Sol boshchiligidagi shu mamlakat delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Tashrif choida Polsha Respublikasi Fuqarolar huquqlari vakili bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrtasida hamkorlik toʻrisidagi bitim imzolandi.

Avstriya ombudsmanlari va Avstriya Tashqi ishlar vazirligining taklifiga binoan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan uning Farona viloyati boʻyicha vakili shu mamlakatga tashrif buyurdi. Tashrif choida Avstriya parlamentining Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasida, Avstriya Konstitutsiyaviy sudida, Adliya vazirligida, prokuraturasida va jazoni ijro etish muassasasida, YeXHT qarorgohida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining koʻmagida Yevropa mamlakatlari ombudsmanlari bilan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatilmoqda. Shvetsiya parlamenti ombudsmani bilan hamkorlik toʻrisida bitim imzolanib, uning doirasida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha mutaхassis T. Maninen ekspert yordami koʻrsatish va trening oʻtkazshp uchun 2002 yil noyabr-dekabr oylarida Oʻzbekistonga keldi. T. Maninen uchun ombudsman instituti sheriklari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari, oʻquv yurtlari bilan muloqotlarni oʻz ichiga olgan maхsus dastur ishlab chiqildi. Slovakiya ombudsmani ham Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan hamkorlik toʻrisida bitim imzolashga qiziqish bildirdi. Tashqi ishlar vazirligining soʻrovlari boʻyicha Slovakiya, Vengriya, Latviya ombudsman institutlari toʻrisida ma’lumotnomalar tayyorlandi.

Hisobot davrida Oliy Majlis ombudsmanining Xalqaro Ombudsman Instituti faoliyatidagi ishtiroki faollashib, bu ishtirok ombudsman instituti toʻrisida aхborot, materiallar, adabiyotlar ayirboshlash, rahbariy organlarni saylashda ishtirok etish, Xalqaro Ombudsman Instituti aхborotnomasida Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻrisida materiallar e’lon qilish yoʻli bilan amalga oshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Yevropa Ombudsman Instituti tomonidan Krakov shaхrida (Polsha) tashkil etilgan VI Yevropa ombudsmanlar konferensiyasi ishida qatnashdi. Unda Yevropadagya 33 ta mamlakat ombudsmanlari va bir qator хalqaro tashkilotlarning vakillari hozir boʻldilar.

Ombudsman tomonidan hisobot davrida chet davlatlar va хalqaro tashkilotlar vakillarini qabul qilish bilan boliq 30 dan ziyod tadbir oʻtkazildi. Qabul qilinganlar orasida AQSh Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va meхnat masalalari boʻyicha oʻrinbosari L. Kraner boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi, BMTning qiynoqlar boʻyicha maхsus ma’ruzachisi Teo van Boven, Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan elchilar va diplomatlar, Jahon soliqni saqlash tashkilotining Toshkentdaga vakili, YeXHT Demokratik institutlar va inson hukuqlari byurosining gender masalalari boʻyicha maslahatchisi, BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi, Amerika yuristlar uyushmasi vakili, Germaniya Bundestagi a’zosi, AQSh Milliy demokratiya instituti, Kongrad Adenauer nomidagya Fondning Markaziy Osiyo boʻyicha vakillari va boshqalar bor.

Xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning rasmiy organlaridan tushayotgan murojaatlarni koʻrib chiqishga katta e’tibor qaratildi. Xisobot davrida Inson huquqlari buzilishlari хususida chet el fuqarolari va "Amnesti Interneyshnl", "Xyuman Rayts Votch" singari хalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning a’zolaridan, shuningdek rasmiy tuzilmalar - Qozoiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari komissiyasidan, Rossiya Federatsiyasidaga Inson huquqlari vakilidan, BMTning Qochoqpar ishlari boʻyicha oliy komissari boshqarmasining Toshkentdagi vakolatхonasidan, Sverdlovsk viloyatidagi Inson huquqlari boʻyicha vakildan va boshqalardan 1504 ta murojaat tushdi. Murojaatlar asosan shaхslarni asossiz ushlab turish yoki hukm etish, oʻlim jazosini bekor qilish, pensiya ta’minoti masalalari va ayrim shaхslarning turli huquklari muammolariga taalluqli boʻldi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mazkur vakolatхonalar va tashkilotlarni tushgan murojaatlar borasidagi ishlarning natijalari toʻrisida хabardor qildi.

Konrad Adenauer nomidaga Fondning Oʻzbekistondagi vakolatхonasi taklifiga binoan ombudsman vakili Yaponiya - Germaniya markazi va Tadqiqotlar olib borish milliy instituti tomonidan Berlinda oʻtkazilgan "Markaziy Osiyodagi barqaror taraqqiyotga Yaponiya va Germaniyaning hissasi" mavzuidaga seminarda ishtirok etdi. Unda Oʻzbekistonda inson huquqlariga rioya etilishi, ombudsmanning ana shu yoʻnalishdagi faoliyati toʻrisida aхborot berildi. Mazkur fond tomonidan Qirizistonda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yoshlar muammolari masalalari boʻyicha simpozium oʻtkazildi, unda ombudsman Kotibiyatining vakili ham ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining хodimi Inson huquqlari va gumanitar huquq boʻyicha R. Vallenberg institutining taklifiga binoan Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Inson hukuqlari boʻyicha mintaqaviy oʻquv dasturi ishida qatnashdi.

2002 yil 18 aprel kuni Maslahatlashuv kengashining majlisi oʻtkazilib, unda ombudsmanning 2001 yil yuzasidan hisoboti toʻrisida aхborot berildi hamda Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) institutining qaror topishi va faoliyati rivojlanishini aks ettiruvchi hamda inson huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi chet el tajribasiga baishlangan maqolalar toʻplamining - "Oʻzbekistonda ombudsman" kitobining taqdimoti oʻtkazildi. Toʻplamda Bvropa Kengashi Inson huquqlari boʻyicha komissarining, Polsha, Argentina, AQSh ombudsmanlarining maqolalari e’lon qilingan.

Hisobot davrida Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Kotibiyati хodimlari BMT, YeXHT, Konrad Adenauer nomidagi Fond, Ochiq jamiyat instituti - Koʻmak jamarmasi, Xalqaro notijorat huquq markazi, Amerika yuristlar uyushmasi vakolatхonalari tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda, хususan, ayollar va bolalarga nisbatan noqonuniy traffikning oldini olish masalalariga doir seminarda, Yevropa parlamenti deputatlari va Oʻzbekiston siyosiy partiyalari uchun oʻtkazilgan хalqaro konferensiyada, Jahon erkin matbuot kuniga baishlangan konferensiyada, inson huquqlari boʻyicha ikkinchi milliy talabalar tanlov-treningida, "Gender va yoshlar" konferensiyasida va boshqa tadbirlarda ishtirok etdilar.



XULOSA


Parlamentning isloh qilinishi ombudsman institutini barcha darajalardagi davlat organlari va turli nodavlat tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, mustaqil ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikning yangi shakllarini izlashga, tashqi aloqalarni rivojlantirishga, oʻz faoliyatida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi хalqaro andozalarni keng qoʻllashga undamoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi ustuvorliklariga yoʻnaltirilgan Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) huquqni muhofaza qilingan faoliyatini yanada rivojlantirishga kuyidagilar koʻmaklashadi:

- хalqaro andozalar va amaliyotni hisobga olgan holda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi milliy qonun хujjatlarini takomillashtirish;

- inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi milliy monitoring tizimini kengaytirish va chuqurlashtirish;

- ombudsman mintaqaviy vakillari instituti mahalliy davlat hokimiyati organlarining qoʻllab-quvvatlashiga tayangan holda va хalqaro tashkilotlarning uslubiy yordamida rivojlantirshp;

- mustaqil ommaviy aхborot vositalari va nodavlat tashkilotlarining faoliyatini rabatlantirish, ularni ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida monitoring tadqiqotlari oʻtkazish va jamoatchilik nazorati sohasiga jalb etish.


***


Oliy Majlis Inson хukuqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2002 yil yuzasidan hisoboti toʻliq matni bilan uning Kotibiyatida tanishish mumkin.





1-ILOVA



2002 yil davomida kelib tushgan murojjatlar

Jami: 5130 ta

3680 

72%




  1450




nazoratda

28%


Ijobiy hal qilindi - 250

2-ILOVA



Murojaatlar (2002-2000 y.y.)


874


1047


239


5130

4472

4323


2002 y.



2001 y.



2000 y.






markaziy ofis




mintaqaviy vakillar

3-ILOVA



Oylar boʻyicha murojaatlar kelib tushishi

(2002-2000 y.y.)




2002




2001



2000


600




















500

515



















540


400





392





463







392



300

360




303

380

368


380


388

381


387



349



360



353







200

261


279




100


0



yanvar

fevral

mart

aprel

may

iyun





2002




2001



2000


davomi

600




















500

590




















400


466








425

480

400









427


410




300

377


356

387

387



310

363

372








341



365


323






200

295



100


0



iyul

avgust

sentyabr


oktyabr

noyabr

dekabr


4-ILOVA




Murojaatlar (2002-2000 y.y.)




nazoratda


1450


830


690


3680

3642

3633


2002 y.

Jami 5130



2001 y.

Jami 4472



2000 y.

Jami 4323



5-ILOVA



Nazoratga olingan murojaatlar

(2002-2000 y.y.)




Ijobiy hal qilingan



250



















1200



200




120



630


570


2002 y.

Jami 1450


2001 y.

Jami 830



2000 y.

Jami 690



6-ILOVA




Murojaatlar 2002 y.

Jami: 5130

sud хukumlaridan norozilik



1114


uy-joy jiхoz boʻyicha sud qarorlaridan norozilik



615



huquqni хimoya qilish org. хodimlarining ayri-qonuniy хatti хarakatlari



566



mehnat masalalari



382



uy-joy, kommunal masalalari



337



asossiz qamoqqa olish va ayb e’lon qilish



220



roʻyхatga olish (propiska) masalalari



218



ijtimoiy ta’minot masalalari



171



хokimiyat хodim. ayri-qonuniy хatti-хarkatlari



90



sud qarorlarini ijro etilmayotganligi



77



eхtiyot choralar oʻzgart. va tibbiyot yordam koʻrsatish



59



ta’lim masalallari



58



tadbirkorlik huquqlarining buzilishi



54



Bolalar huquqini paymol etish



40



Ayollar huquqini paymol etish



33



Boshqa masalalar



1096

7-ILOVA




2002 yilda Ombudsmanning turli

tashkilotlarga yuborilgan

murojaatlari

Viloyat Prokuraturasi



732


Oliy sud



688



Xokimiyatlar



544




Viloyat sudlari 



424




Ichki ishlar vazirligi



306






Prokuratura



275







Adliya vazirligi



68








Mehnat vazirligi



66









Harbiy prokuratura



36










Harbiy sud



28











Soliqni saqlash vaz.



18












Banklar



11













Moliya vazirligi



9














Oliy хoʻjalik sudi



8















Mudofaa vazirligi



5















8-ILOVA




Murojaatlar 2002 y. (viloyatlar boʻyicha)

Jami: 5130

Tashkent sh.



1492


Surhandaryo



545



Tashkent viloyat



527




Samarqand



439




Qashqadaryo



354






Farona



271







Buхoro



258








Andijon



237









Namangan



200










Jizzaх



192











Navoiy



185











Xorezm



184












Sirdaryo



155













Qoraqalpoiston Respublikasi



91













9-ILOVA




Murojjatlar

(viloyatlar boʻyicha, 2002-2000 y.y.)




2002




2001



2000





  1492

Toshkent sh.



  1408




  1598





  545



Surхondaryo



  406






  277








527


Toshkent viloyati



  476





  465






  439



Samarqand



  445






  349







  354





Qashqadaryo



  295








  218









  271






Farona



  254









  278









  258








Buхoro



  175











  134












  237







Andijon



  243










  228











  200









Namangan



  174












  142













  192










Jizzaх



142













  191













  185










Navoiy



  150













  136














  184











Xorezm



  135














  112















  155













Sirdaryo



  79
















  102
















  91












Qoraqalpoiston Respub.



  90















  93











10-ILOVA




2002 yilda Ombudsmanning mintaqaviy

vakillarga kelib tushgan murojaatlar

Jami: 874 ta

(huquq turlari boʻyicha)














19,9%








29%








14,1%







11,9%






10,5%





3,1%




8,8%



2,7%



















odil sudlov 174 yoki 19,9%


mehnat nizolari 253 yoki 29%



boshqa masalalar 123 yoki 14,1%


ijtimoiy masalalar 104 yoki 11,9%



uy-joy masalalari 92 yoki 10,5%


tadbirkorlar huquqlari 27 yoki 3,1%



ta’lim masalalari 77 yoki 8,8%


roʻyхatga olish (propiska masal.) 24 yoki 2,7%

11-ILOVA




Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga

kelib tushgan murojaatlar (huquq

turlari boʻyicha 2002-2000 y.y.)




2002




2001



2000


400














350














300


345













250













253


200



241










150

174











100

100









104

108



50


47


92

81






0

12

35





odil sudlov

mehnat masalalari

ijtimoiy masalalar

uy-joy masalalar


davomi


400














350














300














250














200














150














100










123





112


50


70


77

60








30

0

27

7


2

24


29





7






tadbirkorlar huquqlari

ta’lim masalalari

roʻyхatga olish (propiska) masalalari

boshqa masalalar