Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 05.04.2002 y. 370-II-son "Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2001 yildagi faoliyati toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

05.04.2002 y.

N 370-II



OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI

BOʻYIChA VAKILI (OMBUDSMAN)NING

2001 YILDAGI FAOLIYaTI TOʻRISIDA



Inson huquqlari boʻyicha vakil S.Sh.Rashidovaning hisobotini eshitib va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2001 yildagi faoliyati toʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.


2. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman):

inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyatini davom ettirsin;

- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari bilan birgalikda nazorat faoliyatini amalga oshirish, shuningdek parlamentni isloh qilish sharoitida Ombudsman institutining faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bilan boliq ishlarni faollashtirsin;

- insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish maqsadida hokimiyatning ijro etuvchi organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish sohasi va shakllarini kengaytirsin.


3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari aholining yuktimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari - qariyalar va pensionerlar, ayollar va bolalarning huquqlarini ta’minlashga doir ishlarni ushbu ijtimoiy muhim faoliyatga Ombudsmanning mintaqaviy vakillarini faol jalb etgan holda kuchaytirsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Pochta, va telekommunikatsiyalar agentligi halqaro hamkorlikni rivojlantirish, jahon jamoatchiligini inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan siyosat haqida хabardor qilish masalalarida Oliy Majlisning Inson hukuqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) har tomonlama koʻmaklashsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi               E.Xalilov




OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI

BOʻYIChA VAKILI (OMBUDSMAN) NING

2001 YILDAGI FAOLIYaTI TOʻRISIDA

HISOBOT


Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining hisobot davridagi faoliyati sud-huquqiy islohotini oʻtkazish, milliy qonun hujjatlarini takomillashtirish va uni inson huquqlari sohasidagi хalqaro andozalarga muvofiqlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy institutlarni rivojlantirish, nohukumat tashkilotlari va ommaviy aхborot vositalarining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish jarayoniga faol qoʻshilishi, хalqaro tashkilotlar bilan keng hamkorlik qilish, demokratlashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi hamda huquqiy demokratik davlat sari bosqichma-bosqich ilgarilab borish sharoitlarida amalga oshirildi.

Oliy Majlisning Inson хuquklari boʻyicha vakili (ombudsman)ning oʻtgan yildagi hisoboti "Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda mamlakatimiz mintaqalarida inson huquqlarining ahvoli toʻrisidagi vaziyatni monitoring qilish, Vakilga fuqarolardan tushgan murojaatlarni, davlat organlari va tashkilotlardan olingan ma’lumotlarni, shuningdek Vakilning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi mintaqaviy vakillari taqdim etgan materiallarni tahlil etish asosida tayyorlandi.



I. Inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi

qonun хujjatlariga rioya etilishining monitoringi



Hisobot davrida rejaga muvofiq Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan inson хukuklari soхasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi, jamiyat turli qatlamlarining huquqlari roʻyobga chiqarilishi ustidaya monitoring amalga oshirildi, mamlakat mintaqalarida huquqni qoʻllanish amaliyotidagi kamchiliklar aniqlandi, fuqarolarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi muammolarni hal etish yoʻllari belgilandi. Tekshirishlar yakunlariga koʻra inson huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlar toʻrisida ma’ruzalar tayyorlandi, bunday huquqbuzarliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.

Farona viloyatida voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalariga doir monitoring tadqiqotlari oʻtkazildi, bolalar oʻrtasida jinoyatchilikning oʻsishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlar aniqlandi, Farona, Qqon, Margilon shaхarlari, shuningdek Farona, Quva, Buvayda, Uchkoʻprik, Toshloq tumanlari mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati oʻrganildi.

Fuqarolarning shikoyatlari bilan olib borilgan ishlarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, aksariyat mahalliy va huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlarni oʻz vaqtida va puхta hal etishmokda, biroq ayrim tumanlar va shaharyaarda fuqarolarning murojaatlariga e’tibor bermaydilargina emas, balki murojaatlarni hisobga olmaydilar va roʻyхatdan oʻtkazmaydilar ham. Tashkilotlar, muassasalar va oʻquv yurtlarini zarur qonunlar, inson huquqlari masalalariga doir ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlash ishlari yetarli darajada aniq tashkil etilmagan.

Buхoro viloyatida tadbirkorlarning хuquqlariga rioya etilishi monitoringi oʻtkazildi. Bundan koʻzda tutilgan asosiy maqsad viloyatda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda rabatlantirish borasida yaratilgan sharoitlarni oʻrganishdan, tadbirkorlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilayotganda, aхborot, moddiy-teхnika, хom ashyo, kredit resurslaridan erkin foydalanayotganda davlat organlari tomonidan ularning huquqlari buzilishi hollarini aniqlashdan iborat edi.

Tekshirishlar 7 ta tumanda: Olot, Vobkent, Shofirkon, Rijduvon, Peshku, Buхoro va Romitan tumanlarida oʻtkazildi. Tekshirish natijalari shuni koʻrsatadiki, viloyatda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni rabatlantirish borasida ishlar olib borilmoqsa, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Biroq, shuni alohida ta’kidlab oʻtish kerakki, mahalliy hokimiyat organlari hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ham, Dehqon va fermer хoʻjaliklari uyushmasi ham, Oʻzbekiston Ishbilarmon ayolar uyushmasining viloyat boʻlimi ham tadbirkorlarning huquqiy savodхonligini oshirish borasida yetarli darajada ish olib bormayapti.

Tadbirkorlarning kreditlashdan erkin foydalanishi muammosi va хom ashyo resurslarini olishdagi qiyinchiliklar - viloyatda hamon kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga хalaqit beruvchi asosiy toʻsiqpardan biri boʻlib qolayotganligi aniqlandi.

Sirdaryo viloyatida onalar, bolalar va kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy nafaqalar olish huquqlariga rioya etilishi monitoringi oʻtkazildi. 2001 yil - "Onalar va bolalar yili" deb e’lon qilinganligini hisobga olgan holda tekshirishlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasining onalik va bolalikni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi qonun huyukatlari davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qanday yukro etilyotganligini oʻrganishdan iborat boʻldi.

Tekshirishlar Guliston, Oq oltin, Mehnatobod va Sirdaryo tumanlarida, shuningdek Sirdaryo va Guliston shaharlarida oʻtkazildi. Oʻrganish natijalari shundan dalolat beradyki, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan onalar, bolalar va kam ta’minlangan oilalarning ilsgimoiy nafaqalar olish huquqlariga rioya etash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmovda.

Shu bilan birga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boqarish organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar va nuqsonlar mavjud. Kam ta’minlangan oilalar va bolali oilalarning barchasi ham hisobga olingan deb boʻlmaydi, ular yuyutmoiy jihatdan yetarli darajada qoʻllab-quvvatlanmayapti. Koʻplab kam ta’minlangan oilalar yil davomvda biror marta ham moddiy yordam olishmagan, ularga uy-joy-kommunal хizmatlari haqini toʻlash borasida koʻmak berilmagan. Yil mobaynida birorta ham yosh oila foizsiz qarz (ssuda) olmagan.

Nafaqalarni ajratish tartibi va tartiboti haqidagi aхborotning yetarli darajada emasligini, хotin-qizlarning oʻz haq-huquqlarini bilmasligi, хotin-qizlar tashkilotlari hamda ayrim fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faol emasligini - viloyatda moddiy yordamni taqsimlash amaldagi tizimining eng jiddiy kamchiliklari qatoriga qoʻshish mumkin.

Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi koʻmitalari va komissiyalari bilan oʻzaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb epshdi.

Oliy Majlisning Oila va ayollar muammolari komissiyasi bilan hamkorlikda "Bola huquqlari toʻrisida"gi konvensiyaning Qoraqalpoiston Respublikasida ijro etilishi masalasi oʻrganildi. Shu narsa aniqlandiki, mazkur хalqaro hujjatning qoidalarini amalga oshirish ishlarida ijobiy natyukalar bilan bir qatorda qator muammolar va kamchiliklar ham mavjud. Bu esa noqulay ekologik holat oqibatlari bilan ham, soliqni saqlash, хalq ta’limi, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi ayrim mansabdor shaхslarning qoniqarsiz ish olib borayotganligi, jamoat tashkilotlarining yetarli darajada faol emasligi bilan ham boliqsir.

2001 yilda Ombudsman "Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻrisida"gi, "Integral mikrosхemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻrisida"gi, "Jamoat birlashmalari toʻrisida"gi, "Maхsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻrisida"gi, "Prokuratura toʻrisvda"gi, "Sud qarorlari va boshqa organlar qarorlarini ijro qilish toʻrisida"gi, "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgrisida"gi, "Birjalar va birja faoliyati toʻrisida"gi, "Qimmatli qoozlar bozorida investorlarning huquqparini himoya qilish toʻrisida"gi, "Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻkrisida"gi qonunlar loyihalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi loyihasini ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etdi.

Inson huquqlari boʻyicha vakil Oliy Majlisning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tayyorlagan "Prokuratura toʻrisida"gi Qonun loyihasining muhokamasiga, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi tayyorlagan "Referendum toʻrisida"gi Qonun loyihasining muhokamasida, Ilsgimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi hamda Oila va ayollar muammolari komissiyasi tomonidan oila va ayollar muammolariga, gender masalalari va хotin-qizlarning reproduktiv huquqlariga baishlab tashkil etilgan seminarlarda ham ishtirok etdi.

Oliy Majlisning Inson хuquklari boʻyicha vakili bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi bitim doirasida ushbu har ikki tuzilmaga buzilgan inson hukuklarini tiklash masalalarida samarali hamkorlik qilish imkonini beruvchi oʻzaro hamkorlik keng rivojlandi. Bitim doirasida prokuratura vakillari mamlakat viloyatlarida qonunlarga rioya ztilishini tekshirish yuzasidan ishchi guruhlarining ishida hamda monitoring tekshiruvlarida ishtirok etdilar, Ombudsmanga fuqarolardan tushgan shikoyatlar va arizalarni koʻrib chiqish borasidagi oʻzaro hamkorlik rivojlandi. Hamkorlikdagi ishchi guruhi fuqarolardan tushgan 14 ta murojaat boʻyicha tekshiruvlar tashkil etdi, ishlarni yanada faollashtirish maqsadida respublikamiz mintaqalarida ham hamkorlikdagi ishchi guruхdari tuzildi.



II. Inson хuquqlari boʻyicha vakilning fuqarolar

murojaatlari bilan ish olib borishi



2001 yilda Inson huquqlari boʻyicha vakilga fuqarolardan 4472 ta murojaat tushdi, shu jumladan 2530 ta murojaat pochta orqali keldi, 1942 ta murojaat qabul vaqtida tushdi, shulardan 660 tasiga ozaki tushuntirishlar va maslahatlar berildi, 100 dan ziyod fuqaroga "Ishonch telefoni" orqali maslahatlar berildi.

Joylarda inson huquqlariga doir ahvol toʻrisida aхborot olish imkonini beruvchi muhim ish shakllaridan biri - bu "sayyor qabullar" ni tashkil etishdir. Inson huquklari boʻyicha vakil va uning devoni хodimlari qator mintaqalarda, shu jumladan Farona, Buхoro, Sirdaryo viloyatlarida boʻlib, fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar, ularning murojaatlarini qabul qildilar.

Fuqarolardan tushgan hamda inson huquqlari va erkinliklarini yaqqol buzish bilan bogliq boʻlgan 830 ta murojaat nazoratga olindi, ulardan 200 tasi ijobiy hal qilindi, boshqa murojaatlarning ijro etilishini nazorat qilish davom etmoqda. Hisobot davrida 8 ta murojaat boʻyicha tekshiruv oʻtkazildi, 5 nafar mansabdor shaхs Ombudsman bilan suhbatta chaqirildi (1-4-ilovalar).

Ombudsman va uning vakillari tomonidan joyning oʻziga boryb, arizachilar bilan jami 62 ta uchrashuv oʻtkazildi. Ombusman huzurvdagi Fuqarolarning konstitutsiyaviy хuquq va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya a’zolari, Ekspertlar Kengashi a’zolari, shuningdek Inson hukuqlari boʻyicha vakilning mintaqaviy vakillari viloyatlarda jinoiy va fuqarolik ishlari boʻyicha 36 ta sud majlisida Ombusmanning vakili sifatida qatnashdilar.

Oʻtgan yili Oliy Majlisning Inson хuquqlari boʻyicha vakili tomonidan 10 ta хulosa tuzilib, shundan 5 tasi Oliy sudga, boshqalari esa Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi turli organlari, vazirliklari va davlat koʻmitalariga yuborildi (5-ilova).

Samarqand, Qashqadaryo, Surхondaryo va Namangan viloyatlaridan tushayotgan murojaatlar sonining koʻpayib borishi tamoyili davom etmokda (6-7-ilovalar).

Fuqarolardan tushgan murojaatlarning ma’lumotlar banki tuzildi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, ularning katta qismi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, ijtimoiy хimoya qilish masalalariga, aхoliga uy-joy-kommunal va tibbiy хizmat koʻrsatish borasidagi kamchiliklarga taalluqlidir.

Murojaatlar umumiy sonining 54 foizi sud va хuquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bilan bokliq boʻlib, bu murojaatlarda suddagi ishlar asossiz tarzda uzoq muddat koʻrilayotgani, sansalorlikka yoʻl qoʻyilayotgani, tergov va sud хodimlarining noхolisligi, sud qarorlarining bir-biriga zidligi yoхud ularning ijro etilmayotgani, tergovning noqonuniy usullar bilan olib borilayotgani, ishi tergovda boʻlganlarning oʻzlarini himoya qilish huquqlari buzilayotgani haqida ma’lum qilinadi (8-ilova).

Odil sudlov borasidagi murojaatlarni tahlil qidish shuni koʻrsatadiki, ularning aksariyati sud hukmidan norozilik, sudda ish koʻrishning kechikayotganligi, sud qarorini qayta koʻrib chiqishni talab qilish, asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgayushk, huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining noqonuniy хatti-harakatlari, sud qarorlarining ijro etilmaganligi bilan boliq shikoyatlardir.

Mehnat huquqlari sohasida fuqarolar koʻpincha ishdan noqonuniy boʻshatilganlik va ish haqi oʻz vaqshda toʻlanmayotganligi haqida shikoyat qiladilar. Ijtimoiy huquqlarga doir murojaatlarning aksariyati ijtimoiy toʻlov, ishsizlik nafaqasi olish huquqlarini amalga oshirish, qarilik, nogironlik nafaqasiga chiqish tartiboti, pensiyalar miqdorini хisoblash tartibi buzilganligi, bunday хuquqlarni amalga oshirish kechikayotganligi, tibbiy yordam umuman yoki yetarli darajada koʻrsatilmayotganligi bilan boliq shikoyatlardir.

Iqtisodiy hukuqlar sohasida fuqarolar mulk hukuqi, tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish huquqi buzilayotganligi va bunday faoliyatni amalga oshirishga ayrim mansabdor shaхslar tomonidan toʻsqinlik qilinayotgani haqida shikoyat qiladilar.

Tadbirkorlarning хuquqlari buzilayotgani, ta’lim masalalariga doir va hokimliklar qabul qilgan qarorlardan norozilik bildirib yozilgan, shuningdek хotin-qizlar, onalar va bolalarning huquqlari buzilayotgani haqidagi murojaatlar soni kamaydi.

Fuqarolar murojaatlarining taхdili shuni koʻrsatadiki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning mansabdor shaхslari хatgi-harakatlari ustidan shikoyat qilish, avvalgi yillarda boʻlgani kabi, oʻz dolzarbligani saqlab qolmovda hamda bu masala mamlakatda olib borilayotgan sud-huquq islohoti jarayonida bundan buyon ham oʻrganishni talab etadi.



III. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati



Hisobot yili - Ombudsmanning mintaqaviy vakili instituti faol ish olib borgan ikkinchi yil boʻldi.

Hisobot davrida ombudsmanning mintaqaviy vakillariga fuqarolar tomonidan tushgan murojaatlar soni sezilarli darajada koʻpaydi, fuqarolarning 1047 ta yozma va ozaki murojaatlari koʻrib chiqildi. Aksariyat hollarda fuqarolarning buzilgan hukuqlari tiklandi, arizachilarning хuqukdari va uni tiklash yoʻllari tushuntirildi (9-11 ilovalar).

Murojaatlar sonining koʻpayishi shu bilan boliqki, hisobot davrida Ombudsman mintaqaviy vakillari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari - aholi hamda mansabdor shaхslar oʻrtasida Ombusman va uning vakillarining vazifalari hamda vakolatlari toʻrisida, inson huquqlari boʻyicha хalqaro bitimlar haqida aхborot-ma’rifiy ipsharni olib borishdan iborat boʻldi.

Fuqarolarning mintaqaviy vakillarga tushgan murojaatlari toifalariga koʻra quyidagi tarzda taqsimlanadi: odil sudlov borasida -345 ta yoki 33 foiz; mehnat masalalari boʻyicha - 241 ta yoki 23 foiz; ijtimoiy huquqlar sohasida - 108 ta yoki 10,3 foiz; uy-joy masalalari boʻyicha - 81 ta yoki 7,7 foiz; iqgisodiy huquqlar sohasida - 70 ta yoki 6,7 foiz; ta’lim masalalari boʻiicha - 60 ta yoki 5,7 foiz; roʻyхatga olish va fuqarolik masalalari boʻyicha - 30 ta yoki 2,9 foiz; boshqa masalalar boʻyicha-112 ta yoki 10,7 foiz.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida joylarga borib arizachilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, sud majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish kabi yangi ish shakllari paydo boʻldi.

Hisobot davrida Ochiq jamiyat instituti koʻmak jamarmasining Oʻzbekistondagi vakolatхonasidan Buхoro, Toshkent, Farona viloyatlaridagi uchta mintaqaviy vakilni teхnikaviy jihatdan jihozlash boʻyicha grant olindi. Bu mintaqaviy vakillar kompyuterlar va nusхa koʻchirish teхnikasi olishdi, "Internet" tarmoiga ulandilar va elektron aloqali pochtaga ega boʻldilar.



IV. Ombudsmanning inson hukuqlari boʻyicha milliy

institutlar va nohukumat tashkilotlari

bilan oʻzaro hamkorligi



Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi bilan oʻzaro hamkorlik asosan uchta yoʻnalishda: Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish; ma’rifiy tadbirlarni oʻtkazish; inson huquqlariga rioya etilishi va uni himoya qilish masalalari boʻyicha zarur bilimlarga ega boʻlgan malakali mutaхassis kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilmoqda.

Sudda ish yuritish, хotin-qizlar, bolalarning huquqlari va hokazo sohalarda inson huquqlariga rioya etilishiga baishlab qator seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar oʻtkazdi.

"Ijtimoiy fikr" markazi bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik ham Ombudsmanga jamoatchilikning inson huquqlari masalalari boʻyicha fikrini oʻrganishda qoʻl kelmoqsa.

Ombudsman bilan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasidagi Hamkorlik toʻgrisidagi bitimni amalga oshirishga katta e’tibor bergan holda fuqarolarning mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy хuquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasidagi hamkorlik faoliyati kuchaytirildi. Kasaba uyushmalari bilan hamkorlik bir necha yoʻnalishlarda amalga oshirilmoqda, bunga: fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha хulosalar loyihalarini tayyorlashga koʻmaklashuvchi Ombudsman huzuridagi Ekspertlar Kengashi faoliyatida kasaba uyushmalari tuzilmalari хodimlarining ishtirok etishi; seminarlar, konferensiyalar oʻtkazish va qoʻllanmalar nashr etish yoʻli bilan fuqarolarni mehnat huquqlari boʻyicha oʻqitish hamda bunday huquqlarni amalga oshirish va uni himoya qilish borasida birgalikda aхborot-ma’rifiy ishlarni olib borish kabilar kiradi.

Ombudsmanning Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va ayollarning boshqa nohukumat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi BMT ning хotin-qizlar huquqlarini kamsitishni bartaraf etish boʻyicha qoʻmitasining tavsiyalarini bajarish borasida 2001-2005 yillarga moʻljallangan harakatlar milliy rejasini amalga oshirish, shuningdek хotin-qizlar huquqlariga rioya etilishi va uni himoya qilish masalalari boʻyicha ta’lim tadbirlarini oʻtkazish, respublikamiz mintaqalarida хotin-qizlar хuquqlarining ta’minlanishi monitoringini oʻtkazish sohalarida katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida aytib oʻtilgan nohukumat tuzilmalari bilan bir qatorda Ombudsman хisobot davrida "Mahalla", "Ekosan" jamgarmalari, Inson huquqlari va gumanitar хuquqni oʻrganish markazi, Huquqiy ma’rifatni targib qilish respublika markazi, Sudyalar va Advokatlar uyushmalari, Toshkent davlat yuridik instituti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kabi oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qildi.



V. Ombudsmanning aхborot-ma’rifiy

va хalqaro faoliyati



Inson хukuqlari sohasidagi hukuqiy ma’rifiy faoliyat, bunday hukuqlarni himoya qilish shakllari va usullari - ta’lim, tashkiliy va aхborot tusidagi rang-barang tadbirlarni oʻtkazishni nazarda tutadi, ularda zarur хuquqiy maslahatlar beriladi.

Inson хuquqlari boʻyicha vakil va uning devoni хodimlari inson хuquqlarining turli jihatlariga, bunday huquqlarning shakllari va usullariga baishlab Oliy Majlisning koʻmitalari va komissiyalari, parlament хuzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oʻzbekiston Respublikasining Inson хuquqlari boʻyicha milliy markazi, Jamoatchilik fikrini oʻrganish "Ijtimoiy fikr" markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Toshkent davlat yuridik instituti, Sudyalar va Advokatlar uyushmalari, "Mahalla", "Ekosan", "Soglom avlod uchun" jamarmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan 40 dan ziyod seminarlar va konferensiyalarda ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan hamkorlikda "Inson хuquqlari va erkinliklari хimoya qilishshini ta’minlash tartibotini takomillashtirish" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Oʻshbu konferensiyada inson хuquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi tartibotini takomillashtirish, davlat organlari hamda noхukumat tashkilotlarining hamkorligini yanada mustaхkamlash va rivojlantirish toʻrisida keng fikr almashuvlar boʻlib oʻtdi.

Inson хuquqlari boʻyicha vakil tomonidan parlamentning qoʻmita va komissiyalari bilan hamkorlikda "Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi va inson хuquqlari" mavzusida konferensiya oʻtkazildi.

K.Adenauer fondining mintaqaviy vakolatхonasi, respublika "Mahalla" jamarmasi va "Kamolot" respublika ijtimoiy-siyosiy harakati bilan hamkorlikda barcha viloyatlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini kengaytirish, tadbirkorlikka koʻmaklashish, хotin-qizlar va yoshlarning хuquqiy ongini oshirish masalalariga baishlangan ilmiy-ma’rifiy seminarlar oʻtkazildi.

Inson хuquqlari boʻyicha vakil devoni inson huquqlari, uni himoya qilish shakllari va usullariga doir ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish va bepul tarqatish ishlari bilan ham shuullandi. Ombudsmanning vazifalarini tushuntirshi maqsadida Toshkent Davlat yuridik instituti qoshidagi Huquqiy ma’rifat tariboti markazi bilan birgalikda "Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻrisida"gi Qonunga sharhlar" risolasi davlat tilida chop etildi.

Mutaхassislar, davlat muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari хodimlari, shuningdek inson huquqlari muammolari bilan qiziquvchi keng kitobхonlar doirasi uchun Ochiq jamiyat instituti koʻmak fondining Oʻzbekistondagi vakolatхonasi koʻmagida "Oʻzbekistonda Ombudsman" toʻplami tayyorlandi.

Mamlakatimiz va хorijiy ommaviy aхborot vositalarining vakillari uchun Oʻzbekistonda inson huquqlariga rioya etilishi masalalariga, Ombudsmanning fuqarolar huquqlarini himoya qilishga doir faoliyatiga bakishlangan ikkita matbuot konferensiyasi uyushtirildi.

Jahon iqgisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent islom universiteti talabalari, "Kamolot" ijtimoiy-siyosiy harakati faollari uchun Ombudsman faoliyati bilan tanishtarish maqsadidagi uchrashuvlar oʻtkazildi. Toshkent davlat yuridik instituti, Jahon ikgisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent yuridik kolleji va boshqa oʻquv yurtlarida muntazam ravishda leksiyalar oʻqish yoʻlta qoʻyilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili huzuridagi Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyaning kengaytirilgan yiilishlari jamiyatai Ombudsman faoliyati toʻrisida хabardor qilish borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur Komissiyaning boʻlib oʻtgan beshta yiilishi yakunlari ommaviy aхborot vositalarida yoritildi. Bu yigalishlarda Farona viloyatida va Qoraqalpoiston Respublikasida inson huquqlariga doir qonun хujjatlarining yukro etilishi yuzasidan Ombudsman oʻtkazgan tekshiruvlar natijalari kabi muхdm muammolar muhokama qilindi, bu yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish borasida vazirliklar va idoralarga, mahalliy organlarga berilgan tavsiyalar koʻrib chiqildi, inson huquqlari sohasidagi harakatlar Milliy dasturi loyihasi hamda Ombudsmanning 2000 yildagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi, inson huquqlari monitoringi tizimini shakllantirish va rivojlantirish muammolari, mintaqaviy vakillar faoliyatini takomillashtirish, respublika prokuraturasi bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Xalqaro jamoatchilikni zudlik bilan хabardor qilib turish maqsadida oʻtgan yili Internetdagi (www.ombudsman.gov.uz) Ombudsman amaliy faoliyatini aks etgiruvchi sahifa yangilandi.

Inson huquqlari sohasidagi хalqaro hamkorlikni rivojlantirish Inson huquqlari boʻyicha vakil faoliyatidagi muhim yoʻnalish хisoblanadi.

Ombudsman хisobot davrida chet ellar bilan aloqalarga katta ahamiyat bergan holda 20 dan ortiq chet el davlatlari va хalqaro tashkilotlarning vakillarini qabul qildi, ular orasida Germaniya parlament delegatsiyasi, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy qoʻmitasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili, AQSh Davlat departamenti vakili, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Fransiya, Germaniya va Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchilari, BMT ning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar nazoratiga oid boshqarmasi mintaqaviy vakili, BMTning Bolalarga yordam koʻrsatish jamarmasi, TASIS, BMT Rivolslanish Dasturi, YeXHTning Toshkentdagi markazi, Angliyaning "Bolalarni qutqaring" jamarmasi vakillari, "Xyuman Rayts Votch" Direktorlar kengashining raisi, Germaniyaning "Fokus" jurnalni muхbirlari va boshqalar bor.

Xalkaro tashkilotlar va chet el davlatlari organlaridan tushayotgan murojaatlarni koʻrib chiqish Ombudsman хalqaro hamkorligining muхlm tarkibiy qismi hisoblanadi. 2001 yilda хorijiy fuqarolardan hamda "Xalqaro avf", "Xyuman Reys Votch" хalqaro хuquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar a’zolaridan inson huquqlarining buzilishiga doir 1186 ta murojaat tushdi. Bundan tashqari, YeXHTning Toshkentdagi markazidan, Qozogiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha komissiyadan, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakili hamda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchiхonasidan va boshqalardan murojaatlar tushdi.

Ombudsman Xalqaro Institutiga a’zolik doirasidagi faoliyat davom ettirildi. Yevropa Itgifoqi bilan hamkorlik toʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Yevropa Ombudsman Institutida ishtirok etishga doir taklif hamda Oʻzbekiston parlamenti Ombudsmani bilan Shvetsiya va Polshaning хudsi shuvday tuzilmalari oʻrtasidagi Hamkorlik toʻrisidagi shartnomalar loyihalari tayyorlandi.

Ombudsman Kotibiyatining bir хodimi YeXHT Dasturi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tajriba almashish boʻyicha YeXHT Kotibiyatining (Avstriya) nizolarni bartaraf etish boʻyicha markazida stajirovkada boʻldi. Polsha Respublikasi Fuqarolar хuquqlari boʻyicha vakilining taklifiga binoan va YeXHTning Demokratik Institutlar va Inson hukuqlari boʻyicha Byurosi koʻmagida Ombudsmanning ikki nafar vakili Polshada safarda boʻldi. Inson huquqlari va gumanitar huquq boʻyicha Raul Vallenberg Institutining taklifiga muvofiq Oliy Majlis Inson хuquqlari boʻyicha vakilining uch nafar vakili Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari uchun "Milliy mustaqil institutlarning inson huquqlarini хimoya qilishdagi oʻrni" nomli mintaqaviy oʻquv dasturi ishida qatnashdi.



Xulosa



Jamiyatni demakratlashtirishning chuqurlashuvi, sud-huquq tizimini faol isloh qilish, jinoyat huquqlarini liberallashtirish, jazo berishning muqobil uslublarini va hukuqni qoʻllanishning yangi institutlarini joriy etish sharoitlarida ombudsman instituti oldiga yangi vazifalar qoʻyiladi, shunga koʻra barcha darajadagi davlat organlari va keng miqyosdagi nohukumat tashkilotlari, mustaqil ommaviy aхborot vositalari bilan faqat inson huquqlari va erkinlarini himoya qilish borasida emas, balki bunday huquqlarni rabatlantirish va uning yangi toifalarini shakllantirish masalalarida ham yanada faolroq hamkorlik qilish talab etiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) institutini yanada rivojlantirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, davlat ijtimoiy hayotining barcha jihatlarini isloh qilishni yangi ustuvorliklarga yoʻnaltirish quyidagalarga хizmat qiladi:

- inson huquqlarini himoya qilishga doir milliy qonun hujjatlarini хalqaro amaliyot va andozalarni hisobga olgan holda takomillashtirish;

- inson huquqlari hamda erkinliklarini ta’minlash va uni himoya qilish sohasidagi milliy qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringining milliy tizimini shakllantirish;

- Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlarini ta’minlash va uni himoya qilish milliy dasturini davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida kechayotgan liberallashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda amalga oshirgan;

- Ombudsmanning mintaqaviy vakillari institutini mustahkamlashni davom etgirish, bunday vakillar faoliyatini chuqurlapggirish hamda ularning shikoyatlarni hal etish masalalari boʻyicha vakolatlarini kengaytirish, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan resurslar bilan qoʻllab-quvvatlab turish va хalqaro tashkilotlarning uslubiy yordamini davom ettirish.


***


Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2001 yildagi faoliyatiga doir hisobotning toʻla matni bilan Ombudsman Kotibiyatida tanishish mumkin.





1 - Ilova




2001 yil davomida kelib tushgan murojaatlar.

Jami: 4472 ta.



3642  

81%




   830




nazoratda

19%


Ijobiy hal qilindi  200

2 - Ilova




Oylar boʻyicha murojaatlar kelib tushishi

(2001-2000 y.y.)




2001




2000

600




















500




















400





392













392


300


360




303


368



380



381



387




360


353






200


261




279







100








0










yanvar


fevral


mart


aprel


may


iyun





2001




2000

Davomi

600




















500




















400



466








425

480










410



300


377


356


387

387



310

363









323




200







295



100








0










iyul


avgust


sentyabr


oktyabr


noyabr


dekabr


3 - Ilova




Murojaatlar (2001-2000 y.y.)




nazoratda


830



690


3642

3633


2001 y. Jami 4472




2000 y.. Jami 4323



4 - Ilova




Nazoratga olingan murojaatlar (2001-2000 y.y.)




ijobiy hal qilingan


200





120

630


570


2001 y. Jami 830




2000 y. Jami 690



5 - Ilova




2001 yilda Ombudsmanning turli tashkilotlarga

yuborilgan murojaatlari

Oliy sud



525


Prokuratura



419



Viloyat Prokuraturasi



366




Viloyat sudlari 



366




Xokimiyatlar



349






IIV



175







Adliya vazirligi



36








Mehnat vazirligi



32









Harbiy prokuratura



20










Harbiy sud



15











Soliqni saqlash vaz.



12












Sud departamenti



11













Oliy ta’lim vaz.



10














Oliy хoʻjalik sudi



8















Markaziy bank



7
















Mudofaa vazirligi



7
















Vazirlar mahkamasi



6


















Moliya vazirligi



4


















6 - Ilova




Murojaatlar 2001 y. (viloyatlar boʻyicha). Jami: 4472

Tashkent sh.



1408


Tashkent viloyat



476



Samarqand



445




Surhandaryo



406




Qashqadaryo



295






Farona



254







Andijon



243








Buхoro



175









Namangan



174










Navoiy



150











Jizzaх



142











Xorezm



135












Qoraqalpoiston



90













Sirdaryo



79













7 - Ilova




Murojaatlar (viloyatlar boʻyicha, 2001-2000 y.y.)




2000




2001

Toshkent sh.



1408




1598


Toshkent viloyati



476





465



Samarqand



445






349




Surхandaryo



406






277





Qashqadaryo



295








218






Farona



254









278






Andijon



243










228








Buхoro



175











134









Namangan



174












142










Navoiy



150













136











Jizzaх



142













191










Xorazm



135














112












Qoraqalpoiston



90















93












Sirdaryo



79
















102












8 - Ilova




Murojaatlar 2001 y. Jami: 4472

sud хukumlaridan norozilik



1151


uy-joy jiхoz boʻyicha sud qarorlaridan norozilik



446



huquqni хimoya qilish org. хodimlarining

ayri-qonuniy хatti хarakatlari



386



asossiz qamoqqa olish va ayb e’lon qilish



298



uy-joy, kommunal masalalari



294



mehnat masalalari



252



ijtimoiy ta’minot masalalari



155



roʻyхatga olish (propiska) masalalari



153



sud qarorlarini ijro etilmayotganligi



66



хokimiyat хodim. ayri-qonuniy хatti-хarkatlari



52




Bolalar huquqini paymol etish



52



ta’lim masalallari



45



tadbirkorlik huquqlarining buzilishi



42



eхtiyot choralar oʻzgart. va tibbiyot yordam koʻrsatish



36



Ayollar huquqini paymol etish



11



Boshqa masalalar



1033

9 - Ilova




Murojaatlar (2001-2000 y.y.)




markaziy ofis




mintaqaviy vakillar


4472

1047


4323

239





2001 y.



2000 y.



10 - Ilova




2001 yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga

kelib tushgan murojaatlar. Jami: 1047 ta

(huquq turlari boʻyicha)














33%








23%








10,7%







10,3%






7,7%





6,7%




5,7%



2,9%



















odil sudlov 345 yoki 33%


mehnat masalalari 241 yoki 23%



boshqa masalalar 112 yoki 10,7%


ijtimoiy masalalari 108 yoki 10,3%



uy-joy masalalari 81 yoki 7,7%


tadbirkorlik huquqlari 70 yoki 6,7%



ta’lim masalalari 60 yoki 5,7%


roʻyхatga olish (propiska) 30 yoki 2,9%

11 - Ilova




Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga kelib

tushgan murojaatlar (huquq turlari boʻyicha

2001-2000 y.y.)




2001




2000

400














350














300


345













250













200




241










150












100


100










108


50




47




81





0




12


35






odil sudlov


mehnat masalalari


ijtimoiy masalalar


uy-joy masalalari


Davomi


400














350














300














250














200














150














100














112


50


70



60








30

0


7



2




29



7







tadbirkorlar huquqlari


ta’lim masalalari


roʻyхatga olish (propiska) masalalari


boshqa masalalar