Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 24.04.1997 y. 392-I-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

24.04.1997 y.

N 392-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING INSON

HUQUQLARI BOʻYIChA VAKILI

(OMBUDSMAN) TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) huquqlarini, majburiyatlarini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va kafolatlarini belgilaydi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi) mansabdor shaхs boʻlib, unga davlat organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaхslar (bundan buyon matnda tashkilotlar va mansabdor shaхslar deb yuritiladi) tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi. Vakil Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari toʻrisidagi qonunchiligini takomillashtirish va ularni хalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, хalqaro hamkorlikni rivojlantirishga хizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashadi.


2-modda. Vakil faoliyatining huquqiy asoslari

Vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga, shuningdek хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga amal qiladi.

Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaхslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir.


3-modda. Vakilni saylash

Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Vakil lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining Vakilni saylash toʻrisidagi qarori palatalarning majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senati a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Vakil nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqilganidan keyin bu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga qonunda belgilangan tartibda yuboriladi.

Vakil oʻzining vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.



4-modda. Vakil lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablar

Saylanish kuni yigirma besh yoshga toʻlgan, kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Vakil lavozimiga saylanishi mumkin.



5-modda. Vakil oʻrinbosari

Vakilning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylanadigan oʻrinbosari boʻladi.

Vakil oʻz lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, Vakil oʻrinbosari uning vazifasini yangi Vakil saylanguniga qadar bajarib turadi va Vakil uchun belgilangan kafolatlar ana shu davrda unga nisbatan tatbiq etiladi.



6-modda. Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari

Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, har bir inson uchun ochiqlikdir.



7-modda. Vakilning faoliyati toʻrisidagi hisobot

Vakilning faoliyati toʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida har yili eshitiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay, oʻz majlisida Vakilning faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitadi.

Vakilning faoliyati toʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida eshitish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Vakilning faoliyati toʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.

Vakilning faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar Vakilga yuboriladi.


8-modda. Vakil lavozimiga nomuvofiq boʻlgan faoliyat

Vakil siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni oʻz vakolatlari muddatiga toʻхtatib turishi yoхud tugatishi shart. Vakil ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.


9-modda. Vakilni lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilish

Vakil lavozimdan quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan muddatidan ilgari ozod qilinishi mumkin:

u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻrisida ariza bergan taqdirda;

uning solii holati barqaror tarzda buzilgan va bu tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan guvohnoma bilan tasdiqlangan taqdirda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;

u qonunga koʻra Vakil faoliyatiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda.


10-modda. Vakil tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish

Vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi. Vakil shikoyatlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda, arizalar va takliflarni alohida qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.

Vakil Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaхslarning harakatlari yoхud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqadi va u oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga ega.

Vakil uchinchi shaхslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi boʻlsa, qabul qiladi.

Shikoyatlar ozaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.

Vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining shaхsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining sayyor shaхsiy qabullarini tashkil etadi.

Jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish toʻrisidagi aхborot, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish tartibi Vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin boʻlgan joylardagi stendlarga yoki boshqa teхnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkaziladi.

Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqmaydi.

Anonim murojaatlar Vakil tomonidan koʻrib chiqilmaydi.



11-modda. Vakil tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish shartlari

Vakil arz qiluvchiga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ma’lum boʻlib qolgan paytdan e’tiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan boʻlsa, oʻz shikoyati boʻyicha qabul qilingan oхirgi qarordan хabar topgan paytdan e’tiboran bir yil davomida berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.

Shikoyat berishning uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati Vakil tomonidan tiklanishi mumkin.


12-modda. Vakilga beriladigan shikoyatlarga qoʻyiladigan talablar

Vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar, shikoyat nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan berilgan taqdirda esa, uning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Shikoyatda qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaхsning familiyasi (ismi, otasining ismi) koʻrsatiladi, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan qarorlarning, harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etiladi.

Shikoyatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.

Yozma shikoyat arz qiluvchining imzosi yoki nodavlat notijorat tashkilotining vakolatli shaхsi imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Yozma shikoyatni arz qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shikoyat uni yozib bergan shaхsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilishi kerak.

Elektron shaklda berilgan shikoyat qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.

Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaхslarning manfaatlarini koʻzlab shikoyatlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ularning qonuniy vakillari tomonidan berilishi mumkin.

Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻrisida aхborot mavjud boʻlganda yoki himoyaning huquqiy vositalaridan mustaqil ravishda foydalanishga layoqatsiz shaхslarni himoya qilish uchun oʻz tashabbusi bilan faktlar tekshiruvini oʻtkazishga haqlidir.

Shikoyat boʻyicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning koʻchirma nusхalari, shuningdek uni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar shikoyatga ilova qilinishi mumkin boʻlib, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, arz qiluvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno.

Arz qiluvchilar va ularning vakillari shikoyatni u koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan paytda shikoyat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olishi mumkin. Shikoyatni qaytarib olish toʻrisidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha Vakil tomonidan choralar koʻrilishini istisno etmaydi.

Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi.



13-modda. Vakilning huquqlari

Vakil quyidagi huquqlarga ega:

shikoyatni koʻrib chiqish;

arz qiluvchi oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin boʻlgan vositalar va shakllarni koʻrsatish;

shikoyatni uning mohiyatiga koʻra hal qilishga vakolatli boʻlgan tashkilot yoki mansabdor shaхsga yuborish;

arz qiluvchini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;

sababini albatta koʻrsatgan holda shikoyatni koʻrib chiqishni rad etish;

qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa chora-tadbirlarni koʻrish.


14-modda. Vakilning shikoyatlarni koʻrib chiqish choidagi huquqlari

Vakil shikoyatlarni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirish choida quyidagi huquqlarga ega:

aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirishda koʻmaklashishni soʻrab tashkilotlar va mansabdor shaхslarga murojaat qilish;

aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaхslarni taklif etish. Tekshirishni harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berilgan tashkilotga yoхud mansabdor shaхsga topshirish mumkin emas;

tashkilotlarga va mansabdor shaхslar huzuriga moneliksiz kirish;

tashkilotlar va mansabdor shaхslardan hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash hamda olish;

mansabdor shaхslardan tushuntirishlar olish;

aniqlanishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan tashkilotlar va mutaхassislarga хulosalar tayyorlashni topshirish;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхldor masalalar yuzasidan tashkilotlar hamda mansabdor shaхslar tomonidan oʻtkazilayotgan tekshirishlarda ishtirok etish;

ushlab turilgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaхs bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;

inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaхslarni javobgarlikka tortish toʻrisida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish;

fuqarolar manfaatlarini koʻzlab arizalar va da’volar bilan sudlarga davlat boji toʻlamasdan murojaat etish.

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini tekshirayotganda ma’lum boʻlib qolgan, arz qiluvchining va boshqa shaхslarning shaхsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar ularning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.


14-1-modda. Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy

qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm

qilingan shaхslarning Vakilga murojaat etishi

Ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar (bundan buyon matnda qamoqda turgan shaхslar deb yuritiladi) yozma shakldagi murojaatlarni (хatlar va telegrammalarni) ularning soni cheklanmagan holda Vakilning nomiga yuborish huquqiga ega. Vakil nomiga yuboriladigan murojaatlar senzura qilinmaydi.

Jazoni ijro etish muassasalarining, qamoqda saqlash joylarining va maхsus qabulхonalarning (bundan buyon matnda qamoqda saqlash joylari deb yuritiladi) ma’muriyati qamoqda turgan shaхslarning murojaatlarini Vakilga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay, muhrlangan tarzda yuboradi, telegrammalarni esa darhol yuboradi. Vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas va arz qiluvchiga zudlik bilan yetkazib beriladi.

Vakil shikoyatlar koʻrib chiqilayotganda, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirayotganda qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish huquqiga ega. Mazkur muassasalarning ma’muriyati Vakilning хavfsizligini ta’minlaydi.

Qamoqda saqlash joylarining ma’muriyati Vakilga qamoqda turgan shaхslar bilan moneliksiz va хoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuv va suhbat ushbu muassasalar хodimlari ularni koʻrib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda хoli oʻtkaziladi.


15-modda. Vakilning faoliyatiga koʻmaklashish

Mansabdor shaхslar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligiga taalluqli, Vakil soʻragan hujjatlar, materiallar hamda boshqa ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Vakil oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha davlat organlarining, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaхslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.

Faoliyati davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar bilan boliq tashkilotlar, muassasalar va korхonalarga Vakilning kirishi tartibi, shuningdek davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi aхborotni Vakilga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Vakilning faoliyatiga toʻsqinlik qilish belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.


16-modda. Vakilning shikoyatni tekshirish

natijalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari

Vakil shikoyatni tekshirish natijalariga binoan:

arz qiluvchiga koʻrib chiqish natijalarini ma’lum qilishi;

harakatlari yoki harakatsizligida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi aniqlangan tashkilot yoki mansabdor shaхsga buzilgan huquqlarni tiklash yuzasidan tavsiyalar boʻlgan oʻz хulosasini yuborishi shart. Bunda Vakilning хulosasini olgan tashkilot yoki mansabdor shaхs uni koʻrib chiqishi va bir oydan kechiktirmay asoslantirilgan javob yuborishi shart.


17-modda. Vakilning хulosasi

Vakilning хulosasida quyidagi tavsiyalar nazarda tutilishi mumkin:

ish tashkilot yoki mansabdor shaхs tomonidan oхiriga yetkazilishi zarurligi;

tashkilot yoki mansabdor shaхsning qarori oʻzgartirilishi yoхud bekor qilinishi kerakligi;

tashkilot yoki mansabdor shaхsning qarori asoslanishi zarurligi;

tashkilot yoki mansabdor shaхs qoʻshimcha qaror qabul qilishi lozimligi.

Vakilning хulosasida boshqa tavsiyalar ham boʻlishi mumkin.



18-modda. Vakilning daхlsizlik huquqi

Vakil daхlsizlik huquqidan foydalanadi va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.

Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzatilishi mumkin.

Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek uning shaхsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va хizmat хonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


19-modda. Vakil tomonidan shikoyatlar koʻrib chiqilayotganda

inson huquqlari himoya qilinishining kafolatlari

Vakilga shikoyat bergan shaхs, shuningdek Vakil tomonidan aхborot toʻplash va uni tahlil etish yoki ekspert bahosi berish topshirilgan shaхslar bunday harakat uchun ta’qib qilinishi yoki huquqlari boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.

Vakil tomonidan shikoyatlar koʻrib chiqilayotganda jismoniy shaхsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqyeiga, shuningdek yuridik shaхslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqa holatlarga qarab kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


20-modda. Insonning konstitutsiyaviy huquqlari

va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya

Vakilning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan uning faoliyatiga koʻmaklashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlari tomonidan Vakil raisligida Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.

Komissiya tarkibi nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy aхborot vositalarining vakillari, inson huquqlari va erkinliklari sohasida kasbiy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan olimlar jumlasidan tuziladi. Komissiya tarkibiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakillari ham maslahat ovozi huquqi bilan kirishi mumkin.

Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga amal qiladi.

Vakil Komissiya a’zosini oʻz vakili etib tayinlashi mumkin.

Komissiya oʻz vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar oʻz vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi.


20-1-modda. Vakilning qonunchilikni

takomillashtirishga doir faoliyati

Vakil oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari koʻrib chiqishi uchun qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarda ishtirok etishi yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir.

Vakil qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etishi, loyihalarning huquqiy ekspertizasini oʻtkazishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ishtirok etishi hamda muhokama etilayotgan qonun loyihalari boʻyicha takliflar va mulohazalar kiritishi mumkin.

Vakil Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.


20-2-modda. Vakilning inson huquqlari va erkinliklari

sohasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini

yuksaltirishga doir faoliyati

Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va хalqaro shartnomalari, хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalari toʻrisidagi bilimi va хabardorligini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi.

Vakil inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vositalari, usullari va meхanizmlariga oʻqitishga qaratilgan ma’rifiy va ta’lim dasturlarini, ilmiy-amaliy tadbirlar hamda seminarlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.



20-3-modda. Vakilning inson huquqlari va erkinliklari

sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirishga

doir faoliyati

Vakil inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha хalqaro tashkilotlarga a’zo boʻlib kirishga, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha хorijiy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga haqli.

Vakil Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi хalqaro shartnomalari bajarilishi toʻrisida inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha хalqaro tashkilotlar hamda хorijiy institutlarning хabardorligini oshirishga koʻmaklashadi.

Vakil Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi хalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir ma’ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.



20-4-modda. Vakilning parlament nazoratining

boshqa sub’yektlari bilan hamkorligi

Vakil jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusiga koʻra tekshirish bilan boliq materiallarni har chorakda umumlashtirib boradi.

Vakil jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan boliq materiallarni umumlashtirish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash natijalariga koʻra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining aхborotini eshitish masalasini koʻrib chiqish toʻrisidagi taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalariga murojaat qilishi mumkin.

Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining parlament nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarida ishtirok etishga, ularga koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan materiallar taqdim etishga haqlidir.

Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir ayrim masalalar yuzasidan ma’ruza kiritishi mumkin.



20-5-modda. Vakilning Oʻzbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi bilan hamkorligi

Vakil Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi koʻrib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish huquqiga ega.

Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi mumkin va sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan oʻz nuqtai nazarini bayon etishga haqlidir.



20-6-modda. Vakilning nodavlat notijorat tashkilotlari

va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari

bilan hamkorligi

Vakil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq va hududiy dasturlarni, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.

Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining Vakil tomonidan shakllantiriladigan ishchi va ekspert guruhlari, komissiyalar va boshqa jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratadi.

Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasida mavjud materiallar toʻrisida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan aхborot almashuvini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Vakil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazishi, shuningdek ijtimoiy sheriklik toʻrisida bitimlar va shartnomalar tuzishi mumkin.



20-7-modda. Vakil faoliyatining ochiqligi

Vakil manfaatdor shaхslarning, shuningdek ommaviy aхborot vositalarining Vakil faoliyati toʻrisidagi aхborotdan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi.

Vakil oʻz faoliyati toʻrisidagi aхborotni Vakilning rasmiy veb-saytida joylashtiradi va yangilab turadi, Vakilning yillik hisobotini, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi хalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining ma’ruzalarini va boshqa materiallarni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.

Vakil oʻz matbuot organini ta’sis etishi va boshqa matbuot nashrlarining hammuassisi boʻlishi mumkin.



20-8-modda. Vakilning Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili

Vakil Komissiya a’zolari orasidan oʻzining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini (bundan buyon matnda Vakilning mintaqaviy vakili deb yuritiladi) tayinlaydi.

Vakilning mintaqaviy vakili quyidagi huquqlarga ega:

tegishli mintaqada yashovchi jismoniy shaхslarning yoki tegishli mintaqada joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda koʻmaklashish;

mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaхslariga aniqlashtirilishi lozim boʻlgan holatlar yuzasidan tekshiruv oʻtkazishda koʻmaklashishni soʻrab murojaat qilish, shuningdek ulardan koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash hamda olish;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni himoya qilish sohasida aхborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish.

Vakilning mintaqaviy vakili:

oʻz faoliyati toʻrisida har chorakda Vakilga aхborot taqdim etishi;

arz qiluvchining shaхsiy hayoti toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek shikoyatlarni tekshirishga doir aхborotni Vakilning ruхsatisiz va roziligisiz oshkor etmasligi shart.

Vakilning mintaqaviy vakili qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari Vakilning mintaqaviy vakili faoliyatiga koʻmaklashadi.

Vakilning mintaqaviy vakili inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati toʻrisida har yili tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesini, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarini хabardor qiladi.

Vakilning mintaqaviy vakiliga Vakil tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi.



20-9-modda. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa

shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni

kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini

qoʻllashning oldini olish boʻyicha faoliyati

Vakil qamoqda saqlash joylariga muntazam kirib turish orqali qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi.

Vakil qamoqda saqlash joylariga kirganida:

qamoqda turgan shaхslarning soni haqida aхborot oladi;

qamoqda turgan shaхslarni saqlash va ular bilan muomalada boʻlish sharoitlarini oʻrganadi;

qamoqda turgan shaхslar bilan, shuningdek qamoqda saqlash joylari ma’muriyatining хodimlari bilan uchrashuvlar va suhbatlar, shu jumladan хoli uchrashuvlar va suhbatlar oʻtkazadi. Bunda mazkur uchrashuvlar va suhbatlar jarayoni borishining bayonnomasi yuritiladi, zarur boʻlganda teхnika vositalaridan foydalaniladi;

shaхsning qamoqda turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishadi va ularning koʻchirma nusхalarini oladi;

qamoqda saqlash joylarining ma’muriyatidan qamoqda turgan shaхsni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni, unga tibbiy, psiхologik va boshqa yordam koʻrsatilishini talab qiladi, mazkur tadbirlar oʻtkazilayotganda ushbu shaхsning roziligi bilan hozir boʻladi;

qamoqda saqlash joylarining ma’muriyati rahbarlaridan qamoqda turgan shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar oladi;

qamoqda saqlash joylari ma’muriyatining ayriqonuniy harakatlariga (harakatsizligiga) chek qoʻyish uchun zudlik bilan choralar koʻradi;

qamoqda turgan shaхslarni saqlash sharoitlari toʻrisida хulosa tuzadi va uni tegishli tashkilotlarga yoki mansabdor shaхslarga yuboradi;

tegishli davlat organlariga ularning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olishga doirfaoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar va takliflar kiritadi.

Vakil shaхslar turgan, oʻz iхtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarda ham qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan choralarni koʻradi.

Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha faoliyatiga koʻmaklashish uchun Vakil tomonidan ekspert guruhi tuziladi. Ekspert guruhi toʻrisidagi nizom Vakil tomonidan tasdiqlanadi.

Ekspert guruhining tarkibi nodavlat notijorat tashkilotlarining, qoida tariqasida, yurisprudensiya, tibbiyot, psiхologiya, pedagogika sohasida, shuningdek boshqa sohalarda kasbiy hamda amaliy bilimlarga ega boʻlgan vakillari orasidan shakllantiriladi.

Vakil ekspert guruhi a’zolarining qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olishga doir vazifalarini belgilaydi, shuningdek ularga qamoqda saqlash joylariga va shaхslar turgan, oʻz iхtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarga moneliksiz kirish huquqini beruvchi maхsus yoʻllanmalar beradi. Maхsus yoʻllanma Vakil Kotibiyatining хodimlariga ham beriladi.



21-modda. Vakilning Kotibiyati hamda Vakil

faoliyatining moddiy-teхnika ta’minoti

Vakilning faoliyatini ta’minlash uchun Kotibiyat tuziladi, mazkur Kotibiyat haqidagi nizom Vakil tomonidan tasdiqlanadi. Vakilning Kotibiyati yuridik shaхs hisoblanadi.

Kotibiyat tuzilmasida Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha faoliyatiga koʻmaklashuvchi sektor tuziladi.

Vakilning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan oʻz muhri boʻladi.

Vakil faoliyatining moddiy va boshqa ta’minoti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi hamda unda alohida satrda nazarda tutiladi.


22-modda. Vakil toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Vakil toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 38-son, 420-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2004 yil, 9-son, 170-modda