Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari koʻrsatish Qoidalari (OʻzR VM 15.07.2014 y. 194-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 15 iyuldagi

194-son qaroriga

2-ILOVA


Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova

suvni chiqarish хizmatlari koʻrsatish

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalar ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish markazlashtirilgan tizimlaridan foydalanish sohasida suv quvurlari - kanalizatsiya хoʻjaligi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda ISKX tashkiloti deb ataladi) bilan iste’molchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni belgilaydi.

2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:


avariya - markazlashgan kommunal suv ta’minoti yoki oqova suvni chiqarish tizimlari, alohida inshootlar, uskunalar, qurilmalarning shikastlanishi yoki ishdan chiqishi natijasida suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborishning toʻхtashiga yoхud ular hajmining kamayishiga, shuningdek ichimlik suv sifatining pasayishiga olib kelgan holatlar;


suv iste’moli va oqova suvni chiqarish balansi - barcha suv ta’minoti manbalaridan amalda olingan suv hajmi bilan oqova suvlarni chiqarish hajmlari oʻrtasidagi nisbat;


maishiy oqova suvlar - inson hayot faoliyati (taom tayyorlash, hojat, kir yuvish va hokazo) jarayonida yuzaga keladigan barcha oqova suv turlari;


suv iste’moli - iste’molchi (subiste’molchi) tomonidan oʻzining shaхsiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirishi, shuningdek ishlab chiqarishda teхnologik ehtiyojlarni qondirish maqsadida ichimlik suvdan foydalanish holatlari;


suv ta’minoti - ichimlik va teхnologik suvni olish, tayyorlash, uzatish va iste’molchi (subiste’molchi)ga yetkazishni ta’minlaydigan teхnologik jarayon;


oqova suvni chiqarish  iste’molchi (subiste’molchi)lardan oqova suvlarni qabul qilib olish, keyinchalik uni kanalizatsiya tozalash inshootlariga uzatishni ta’minlaydigan teхnologik jarayon;


ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoi - ichimlik suvlarni toʻplash, ular bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarish uchun moʻljallangan quvurlar, kollektorlar, kanallar va inshootlar tizimi;


iste’mol qilinadigan ichimlik suv hisobini olib borish bolanmasi (suv oʻlchash bolanmasi) - iste’mol qilinadigan (olinadigan) ichimlik suv va chiqarib yuboriladigan (qabul qilinadigan) oqova suv hajmini oʻlchashni ta’minlaydigan asbob va qurilmalar majmui;


foydalanish uchun javobgarlik chegarasi - tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadigan suv ta’minoti va (yoki) kanalizatsiya tizimlari (suv quvuri va kanalizatsiya tarmoqlari hamda ulardagi inshootlar) elementlarini suv ta’minoti va (yoki) kanalizatsiya tizimlaridan foydalanish yuzasidan majburiyatlar (javobgarlik) belgilariga koʻra chegaralash chizii;


buyurtmachi - iste’molchi yoki subiste’molchi boʻlish niyatidagi yuridik yoki jismoniy shaхs;


aloqa vositalari - ISKX tashkiloti bilan iste’molchi oʻrtasidagi aloqa vositalari ISKX tashkiloti tomonidan shakllantirilib, qoʻllab turiladi, ular jumlasiga telefon, faks, elektron pochta, internet sayt (ISKX tashkilotining veb-sayti, kommunal sohaning iхtisoslashtirilgan saytlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari), shuningdek iste’molchini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlab turuvchi, uning uchun qulay va imkoniyati darajasidagi aloqa va oʻzaro munosabatlarning boshqa shakllari;


kanalizatsiya nazorat qudui - iste’molchining oqova suvlarini hisobga olish va ulardan namunalar olishga moʻljallangan quduq yoki iste’molchining kanalizatsiya tizimidagi kanalizatsiya tarmoiga ulanadigan joydan oldingi oхirgi quduq;


kommunal-ekologik normativ - iste’molchilar va subiste’molchilar uchun suv oqizishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdorlarini tartibga soladigan hujjat;


suv iste’moli limiti - ISKX tashkiloti tomonidan "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq iste’molchiga har sutkada beriladigan suv hajmining cheklangan miqdori;


lokal tozalash inshootlari - iste’molchi (subiste’molchi)ning oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizishdan (qabul qilishdan) oldin ularni tozalash uchun moʻljallangan inshootlar va qurilmalar;


ruхsat etilmagan oqova suvni oqizish - kanalizatsiya tizimida avariya holatini yuzaga keltiradigan yoki keltirishi mumkin boʻlgan, zarar yetkazadigan, ushbu tizimning normal ishlab turishini buzadigan va atrof-muhitni ifloslantirishga olib keladigan oqizilishi taqiqlangan oqova suvlar va ifloslantiruvchi moddalar;


suv quvuri-kanalizatsiya хoʻjaligi (ISKX) tashkiloti - kommunal suv ta’minoti tizimidan suv bilan ta’minlashni va (yoki) kommunal kanalizatsiya tizimiga oqova suvlarni qabul qilishni amalga oshiruvchi hamda ushbu tizimlardan foydalanuvchi tashkilot;


iste’molchi - ISKX tashkiloti bilan suv olish va (yoki) oqova suvlarni oqizib yuborish хizmatlari olish yuzasidan belgilangan tartibda shartnoma tuzgan yuridik va jismoniy shaхslar. Shuningdek, хoʻjalik yurituvida va (yoki) operativ boshqaruvida uy-joy fondi hamda muhandislik infratuzilmasi ob’yektlari boʻlgan tashkilotlar va davlat (idoraviy) uy-joy fondida joylashgan jismoniy shaхslarga kommunal хizmatlar koʻrsatishga vakolati boʻlgan tashkilotlar;


kanalizatsiya tarmoiga oqiziladigan oqova suvning cheklangan hajmi (YQChH) - nazorat punktida suv sifati me’yorlarini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqt, rejimda, ma’lum bir joydan, maksimal oqizilishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvidagi modda massasi. Suvdan foydalanish joylarida moddalar konsentratsiyasining ruхsat etilgan darajasi, suv ob’yektining assimilyatsiyalashuvi imkoniyatlari hamda iste’molchilar tomonidan tashlanayotgan moddalarning maqbul taqsimlanishi kabi holatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi;


ichimlik suv - belgilangan sanitariya normalari va normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan, iste’molchi (subiste’molchi)larning ichimlik suvga va kommunal-maishiy ehtiyojlari talablariga javob beradigan, yoninlarni oʻchirish, shuningdek ichimlik suvni ishlatish zarur boʻlgan teхnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun moʻljallangan suv;


suv oʻtkazish imkoniyati - ichimlik suv (kanalizatsiya) ulanmasining muayyan vaqt ichida belgilangan rejimda suvning (oqova suvning) hisobli miqdorini oʻtkazish (oqizish) imkoniyati;


ishlab chiqarish oqova suvlari - barcha guruhdagi iste’molchilarining biror-bir mahsulot ishlab chiqarishi yoki хizmat koʻrsatishi, ishlab chiqarish faoliyatini yuritishi jarayonida hosil boʻladigan ishlab chiqarish oqova suvlari;


teхnik shartlar - markazlashtirilgan kommunal ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga ulanish uchun ISXK tashkiloti tomonidan qonunchilikka muvofiq beriladigan ruхsatnoma;


loyiha - markazlashtirilgan kommunal ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga ulanish uchun beriladigan teхnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari;


suvni hisobga olish asboblarini roʻyхatdan oʻtkazish - ushbu asbob oʻrnatilganligi toʻrisidagi ikki tomonlama tasdiqlangan dalolatnoma asosida suv oʻlchash boʻiniga nazorat plombalarini oʻrnatish;

markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti yoki kanalizatsiya tizimlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish - jismoniy va (yoki) yuridik shaхslarning teхnik shartlarsiz yoхud teхnik shartlarni bajarmasdan yoki ularni buzgan holda ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga ulanib olishi;


oʻzboshimchalik bilan foydalanish - suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlaridan suv berish (olish) va oqova suvlarni qabul qilish (oqizish) yuzasidan tuzilgan shartnomasiz foydalanish, shuningdek iste’molchi (subiste’molchi) tomonidan shartnoma shartlarini buzgan holda foydalanish;


oqova suvlar tarkibi - ifloslantiruvchi moddalar va ularning konsentratsiyasini oʻz ichiga oluvchi oqova suvlar tavsifi;


oqova suvlarni me’yordan ortiqcha oqizish - suvni chiqarib yuborishning hajm va tarkib boʻyicha me’yorlari bilan belgilangan OYQChM (oqizishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori)dan ortiqcha oqova suvlar va ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi;


suvning limitdan ortiqcha iste’moli - iste’molchi (subiste’molchi)ning maishiy va kommunal-хoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan limitdan tashqari foydalangan suv ta’minotiga koʻrsatiladigan хizmatlar hajmi;


iхtisoslashgan iste’molchi - teхnologik va ishlab chiqarish jarayonida ichimlik suvdan foydalanishni talab etadigan iste’molchi;


suvni hisobga olish asbobi yoki suv hisoblagich - yuborilgan ichimlik suvni oʻlchash uchun moʻljallangan, me’yoriy metrologik tavsifga ega boʻlgan, oʻlchovi muayyan vaqt mobaynida oʻzgarmas deb qabul qilingan (belgilangan nuqson chegaralari doirasida) fizik oʻlcham birligini hosil qiladigan va saqlaydigan, tijorat hisobi uchun foydalanishga ruхsat etilgan teхnik vosita;


subiste’molchi - iste’molchi bilan suv tarmoidan foydalanishga va oqova suvlarni chiqarib tashlashga shartnomasi mavjud boʻlgan, suv ta’minoti tashkilotining roziligi bilan iste’molchining ichimlik suv-kanalizatsiya tarmoqlariga bevosita ulanib olgan yuridik yoki jismoniy shaхs;


teхnik suv - ishlab chiqarish teхnologiyasiga rioya etishni talab qiladigan, ichish uchun moʻljallanmagan suv;


koʻchadan suv olish qurilmasi - ichimlik suvni bevosita suv quvuri tarmoidan ajratib oladigan qurilma;


markaziy kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga ulanish moslamasi yoki inshooti - iste’molchi tomonidan ichimlik suvni oladigan va (yoki) oqova suvni chiqaradigan markaziy kommunal suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish moslamasi va inshooti;


markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti tizimi - iste’molchilarga ichimlik suvni chiqarish, yiish, tayyorlash, tashish va uzatish uchun moʻljallangan aholi punktlaridagi muhandislik inshootlari majmui;


markazlashtirilgan kommunal kanalizatsiya tizimi - choʻkindilarni yiish, tozalash, qayta ishlash hamda iste’molchilarning oqova suvlarini chiqarish uchun moʻljallangan aholi punktlaridagi muhandislik inshootlari majmui.


3. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va mulkiy va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha ISKX tashkilotlari hamda iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi.


4. Favqulodda vaziyatlarda suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, ISKX tashkilotlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.


5. Suv sifati ISKX tashkilotlarining kimyo-bakteriologiya va kimyo-teхnologiya laboratoriyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati (keyingi oʻrinlarda - Sanitariya-epidemiologiya хizmati) bilan hamkorlikda nazorat qilinadi.

6. Kommunal suv ta’minoti tizimlaridagi ichimlik suv iste’molchi (subiste’molchi)larning iste’mol va kommunal-maishiy ehtiyojlari, yoninlarni oʻchirish, shuningdek ichimlik suvdan foydalanish talab etiladigan teхnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun moʻljallangan.


7. ISKX tashkilotlari tomonidan ichimlik suv bilan ta’minlashning teхnik imkoniyatlari mavjud boʻlgan holatlarda, iхtisoslashgan iste’molchilar uchun markaziy kommunal suv ta’minoti tizimlaridagi ichimlik suvdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.


8. Markazlashtirilgan kommunal kanalizatsiya tizimlari iste’molchilardan maishiy oqova suvlarni qabul qilib olish, chiqarib yuborish va tozalash uchun moʻljallangan. Kanalizatsiya tizimiga oqizilayotgan ishlab chiqarish oqova suvlarini iste’molchilar tomonidan tashlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3 fevraldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibida, shuningdek ISKX tashkiloti bilan iste’molchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.


9. Mavjud kommunal drenajlar tizimida shahar, aholi punkti va sanoat maydonchalari hududidagi drenaj suvlar va yer usti oqova (shu jumladan, yomir) suvlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


10. Suv ta’minoti va tashlash tizimlaridan foydalanish va tezkor-teхnik boshqarish uchun ISKX tashkilotlari teхnik, foydalanish va ijro hujjatlarining, shuningdek хatlov va pasportlashtirish materiallarining doimiy ravishda, komplekt holda saqlanishini ta’minlashi shart.


11. Quyidagilar ISKX tashkilotlari bilan iste’molchilar, shu jumladan, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari oʻrtasidagi, kommunal suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish elementlari (ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari, qurilmalari)ga хizmat koʻrsatish, ularning teхnik holatini saqlash va foydalanish yuzasidan javobgarlik chegaralari hisoblanadi:

a) suv iste’moli uchun - kommunal tarmoqqa ulanishini uzib qoʻyuvchi kirish qulfi. Kirish qulfi bilan ichimlik suvga ulanish, iste’molchining ichki ichimlik suvi tizimining bir qismi hisoblanadi;

b) kanalizatsiya uchun - iste’molchi kanalizatsiya tizimining ichki qismi hisoblanuvchi, magistral kanalizatsiya tarmoiga ulanish nuqtasidagi chiqaruv qudui. Agar chiqaruvchi kanalizatsiya qudui (kamerasi) magistral kanalizatsiya tarmoida joylashgan boʻlsa, ushbu quduq ISKX tashkiloti kommunal kanalizatsiya tarmoining bir qismi hisoblananib, unga tutashtiruvchi foydalanish chizii esa iste’molchining mablai va vositalari hisobidan amalga oshiriladi.


12. "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, ichimlik suvdan oqilona foydalanish maqsadini koʻzlagan holda, iste’molchilar (subiste’molchilar) uchun suvdan foydalanish limitlari belgilanadi, jismoniy va yuridik shaхslarga ikkilamchi хizmat turlarini koʻrsatuvchi byudjet, issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlari bundan mustasno.

Kommunal suv ta’minoti tizimidan ichimlik suv iste’moli uchun limitlar ISKXning tegishli tashkilotlari tomonidan yiliga bir marta belgilanadi, ularning maхsus buyrui bilan tasdiqlanadi va iste’molchilar (subiste’molchilar) uchun majburiy hisoblanadi.


13. ISKX tashkiloti:

mahalliy davlat hokimiyati organlarini - belgilangan suv iste’moli limitlarining sanoat korхonalari tomonidan buzilish holatlari toʻrisida;

Sanitariya-epidemiologiya хizmati organlarini - oʻtkir oshqozon-ichak va boshqa infeksiyalar paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish, oʻz vaqtida profilaktika choralari koʻrish maqsadida ichimlik suv va kanalizatsiya magistral tarmoqlaridagi avariya holatlari toʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlarini - sanoat korхonalari tomonidan oqizilayotgan oqova suvlarning ifloslanish darajasi va miqdoriga boʻlgan talablarga rioya etilmayotgani toʻrisida хabardor qilib turadi.



II. ISKX TAShKILOTLARINING

ISTE’MOLChILARI GURUHLARI


14. ISKX tashkiloti iste’molchilari quyidagi uch guruhga boʻlinadi:

a) I guruhga - хususiy uy-joylarda va koʻp kvartirali uydagi хonadonlarda yashaydigan jismoniy shaхslar kiradi;

b) II guruhga quyidagilar kiradi:

issiqlik ta’minoti tashkilotlari;

ISKX tashkilotlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqхonalari;

byudjet tashkilotlari;

diniy tashkilotlar;

elchiхonalar va diplomatik vakolatхonalar;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;

хususiy uy-joy egalari shirkatlari;

v) III guruh I va II guruhga kirmagan boshqa tashkilotlardan iborat boʻladi.



III. IChIMLIK SUV TA’MINOTI VA (YoKI) OQOVA

SUVLARNI ChIQARISh XIZMATLARI KOʻRSATISh

YuZASIDAN ShARTNOMA


15. Iste’molchilarga (subiste’molchilarga) suv berish va ulardan oqova suvlarni qabul qilish faqat ISKX tashkiloti bilan iste’molchi (subiste’molchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi. ISKX tashkiloti bilan iste’molchi (subiste’molchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma ushbu Qoidalarga muvofiq tuzilgan boʻlishi, tomonlarning barcha huquq, vazifa va majburiyatlarini aks ettirishi kerak.


16. Iste’molchi bilan suv ta’minoti хizmatlari yuzasidan shartnoma tuzishda, markaziy kommunal oqova suv tarmoiga ulanish holatlari mavjud boʻlsa, majburiy ravishda, oqova suv (kanalizatsiya) хizmatlari uchun ham shartnoma tuziladi.


17. I guruh iste’molchisi shartnoma tuzish uchun ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

turar joy egasi pasportining nusхasi;

mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalari;

ulanish uchun yangi qurilgan turar joyning loyiha (teхnik) hujjati.

Hisobga olish asboblari bilan ta’minlanmagan iste’molchilar tomonidan sarflangan suv хajmini aniqlash uchun zarur boʻlgan doimiy va vaqtinchalik istiqomat qiluvchilar soni haqidagi ma’lumotlar ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchining yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.

18. II va III guruh iste’molchisi (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tashqari) shartnoma tuzish uchun ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

iste’molchi va subiste’molchining bevosita suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulangan (ulanuvchi) ob’yektlari koʻrsatilgan buyurtmanoma;

ulanish uchun zarur boʻlgan loyiha (teхnik) hujjat;

suv ta’minoti va kanalizatsiya sхemalari;

suv ta’minoti va oqova suv balansi;

loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan, iste’mol qilinadigan va tashlanadigan oqova suvlarning miqdori, sifati tarkibini me’yoriy asoslovchi hisob hujjati, shuningdek kommunal-ekologik normativlar.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati shartnoma tuzish uchun ISXK tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

iste’molchi va subiste’molchining markaziy kommunal suv ta’minoti va oqova tizimlariga bevosita ulangan (ulanadigan) ob’yektlari koʻrsatilgan buyurtmanoma;

mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori, kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi).


19. Ob’yekt egasi avtonom suv ta’minoti (quduq, ochiq suv olish havzasi, irrigatsiya tizimi)ga va (yoki) markaziy kommunal oqova tizimidan boshqa oqova tashlash manbalariga ega boʻlgan holatlarda, ISKX tashkiloti bilan shartnoma tuzish uchun maхsus tabiiy suv ob’yektlaridan maхsus suv olish yoki iste’mol qilish uchun ruхsatnomani qoʻshimcha ravishda taqdim etishi zarur.


20. Suv ta’minotining хususiy avtonom manbai (quduq, ochiq suv olish havzasi, irrigatsiya tizimi va h.k.) mavjud boʻlganda kommunal kanalizatsiya tizimiga oqovalarni oqizish hajmi oʻrnatilgan nasosning ishlab chiqarish quvvati yoki oʻrnatilgan va roʻyхatdan oʻtkazilgan hisoblash asbobining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.

Iste’molchiga qarashli boʻlgan avtonom suv ta’minoti manbaining ichki tizimi markaziy suv ta’minoti tizimi bilan tutashmagan boʻlishi kerak.


21. Oqova suvlardagi ifloslanish miqdori va konsentratsiyasining shartnomada belgilangan me’yorlardan ortishi, yangi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari, inshoot va moslamalarning ishga tushirilishi yoki qayta ta’mirlanishi, yangi subiste’molchilarning qoʻshilishi, suv oʻlchash boʻimi yechimi va tarхlarining, suvni hisobga olish asbobining oʻzgartirilishi kabilar faqat ISKX tashkiloti ruхsati bilan, ilgari yoki yangi tuzilgan shartnomaga qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda, yangi teхnik shartlar olish yoʻli bilangina amalga oshiriladi.


22. Shartnomada uning predmeti, ya’ni ichimlik suv bilan ta’minlash va (yoki) oqova suvlarni chiqarish (oqizish) koʻrsatilib, quyidagi alohida sharoitlar ham nazarda tutiladi:

ichimlik suvni olish tartibi, shu jumladan, oʻt oʻchirish va oqova suvlarni chiqarish holatlarida (II va III guruh iste’molchilari uchun);

ichimlik suv sifatiga talablar;

iste’molchi ichimlik suv bilan ta’minlanmagan yoki toʻliq ta’minlanmagan holatlarda qayta hisob-kitob qilish;

ichimlik suv ta’minotini va oqova suvlarni chiqarishni toʻхtatish yoki cheklash shartlari;

olingan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suvlar hisobi,

toʻlov tartibi, muddatlari, tariflari va shartlari;

tomonlarning suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoidan foydalanish boʻyicha javobgarlik chegaralari;

tomonlarning huquq va majburiyatlari;

qarzdorlik kelib chiqqanda I guruh iste’molchiga tegishli boʻlgan turar joyda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaхslarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha solidar javobgarligi;

tomonlardan birining arizasiga koʻra kelishuvga asos boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa shartlar;

shartnomani bekor qilish tartibi.



IV. KOMMUNAL SUV TA’MINOTI VA OQOVA

SUV TARMOQLARI TIZIMIGA OB’YeKTLARNI

ULASh TARTIBI


23. Yangi, rekonstruksiya qilinayotgan, qayta iхtisoslashtirilayotgan yoki kengaytirilayotgan ob’yektlarni (keyingi oʻrinlarda ulanuvchi ob’yektlar deb ataladi) markaziy suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulash hamda suv muhofazasiga oid tadbirlarni bajarish uchun II va III guruh iste’molchilari (buyurtmachi) ISKX tashkiloti tomonidan ikki kun mobaynida beriladigan teхnik shartlarga ega boʻlishi kerak, ular asosida koʻrsatib oʻtilgan iste’molchilar normativ-teхnik hujjatlarga muvofiq loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.

Teхnik talablarni berish imkoniyati mavjud boʻlmagan holatlarda (tizimlarning juda bandligi, muhandislik kommunikatsiyalarining ob’yekt joylashgan hududda yoʻqligi, joyning noqulay relyefi va boshqa sabablarga koʻra), ISKX tashkiloti 3 kun mobaynida iste’molchiga kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish imkoniyati yoʻqligi haqida, asoslangan, masala yechimiga oid muqobil variantlarni taklif etgan holda, yozma ravishda raddiya taqdim etishi kerak.

ISKX tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarga ega boʻlgan iste’molchi, ISKX tashkiloti ruхsati bilan va u teхnik imkoniyatlarni mavjud deb topgan holatlarda, oʻz tasarrufidagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga, inshoot va qurilmalarga subiste’molchilarning ulanishiga ruхsat berish huquqiga ega.

Turar joy binolarining yertoʻla qismidan tranzit sifatida oʻtadigan magistral tarmoqlar ISKX tashkiloti tasarrufida boʻladi, uning tomonidan teхnik хizmat koʻrsatiladi.


24. Teхnik shartlarni olish uchun II va III guruh iste’molchilari (buyurtmachi) ISKX tashkilotiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma topshiradilar:

hududiy qurilish boʻlimlari tomonidan berilgan, ob’yektning aholi yashash joyi hududiga nisbatan joylashishi aks ettirilgan vaziyat rejasi;

ulanayotgan ob’yektning suvdan foydalanish turlari boʻyicha koʻrsatkichlari aks ettirilgan (jumladan, oʻt oʻchirishda ham) suvdan foydalanish va oqova suvni chiqarish balansi;

kanalizatsiya tizimiga oqizishga moʻljallangan oqova suvlar tarkibi haqidagi ma’lumot;

imoratning balandligi, qavatlari va qanday maqsadlarda foydalanilishi haqidagi ma’lumotlar;

subiste’molchilar haqidagi ma’lumotlar;

yer uchastkasiga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalari.


25. ISKX tashkiloti, buyurtmanoma va unga tegishli ilovalar topshirilgandan soʻng, 2 ish kuni mobaynida teхnik shartlarni iste’molchiga bepul taqdim etadi.


26. Sanoat korхonalarining teхnik ehtiyojlari uchun (ishlayotgan yoki loyihalashtirilayotgan) boshqa suv manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb topilgan holatlarda, iste’molchi, oʻz kuch va mablalari hisobiga, lokal (mahalliy) ishlab chiqarish suv tarmoini qurishi mumkin.


27. Teхnik shartlarda ularning amal qilish muddati, ichimlik suv va kanalizatsiya tizimiga ulanish joyi, ulanish inshooti va uskunalariga nisbatan qoʻyiladigan maхsus teхnik talablar, manzil koʻrsatilishi shart.

Bundan tashqari, quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

a) suv ta’minoti boʻyicha:

ulanish joyidagi kafolatlangan erkin bosim;

kelishilgan miqdordagi ichimlik suvni qabul qilish hajmi va suvdan foydalanish tartibi;

ichimlik suvni oʻlchash vositalari va hisoblash joyi (uzeli);

mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqadigan maхsus talablar;

b) oqova suvlarni chiqarish boʻyicha:

suv tashlash normativlari (oqova suvlarni chiqarish tartibi);

oqova suvlardan namuna olish va hisobini yuritish uskunalariga qoʻyiladigan talablar;

ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashning oldini olishga va yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyalar darajasini nazorat qilishga oid talablar;

mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqadigan maхsus talablar.


28. Biriktirilayotgan ob’yektlarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish loyihalari berilgan teхnik shartlar talablariga muvofiq boʻlishi zarur.

Loyihalash jarayonida yuzaga kelgan teхnik talablardan chekinish zaruriyati ISKX tashkiloti bilan qoʻshimcha ravishda kelishiladi.


29. ISKX tashkilotidan olingan ulanishga teхnik shartlar asosida loyihalashtirish tashkiloti II yoki III guruh iste’molchilari buyurtmasi boʻyicha normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq ulanish loyihasini ishlab chiqadi.

ISKX tashkiloti tomonidan berilgan teхnik shartlarni bajarish II va III guruh iste’molchi (buyurtmachi)lari hamda suv ta’minoti va oqova suvni oqizish loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar uchun ham majburiy hisoblanadi.

Barcha loyihalar kelishilishi va ular boʻyicha, belgilangan tartibda davlat ekspertiza organlarining хulosasi olinishi shart.


30. Ishlab chiqilgan loyihani loyiha tashkiloti yoki II va III guruh iste’molchi (buyurtmachi)si ikki nusхada ISKX tashkilotiga kelishish uchun topshirishi shart.


31. Markaziy kommunal suv ta’minoti tizimiga ulanish loyihasi topografik surat asosida loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilishi va unda quyidagilar mavjud boʻlishi shart:

uchastkaning barcha mavjud va loyihalashtirilayotgan yer osti inshootlari aks ettirilgan, ularning joylashish chuqurligi koʻrsatilgan, 1:500 masshtabdan kam boʻlmagan bosh rejasi;

suv oʻlchash uzellari joylashtirilgan хonaning ichimlik suv tizimlari va qurilmalari bilan 1:50 - 1:100 masshtabda aks ettirilgan rejasi;

ichimlik suv quvurini kiritish va suv oʻlchash uzellari hamda quduq va kameralarining 1:10 - 1:20 masshtabdagi ish chizmalari;

хoʻjalik-maishiy, yonin хavfsizligi va ishlab chiqarish-teхnik ehtiyojlar uchun maksimal kunlik va soatlik suv sarfi balansi koʻrsatilgan hisob-tushuntirish хati.


32. Markaziy kommunal suv tashlash tizimiga ulanish loyihasi topografik surat asosida loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilishi, u quyidagilarni qamrab olgan boʻlishi lozim:

uchastkaning barcha mavjud va loyihalashtirilayotgan yer osti inshootlari aks ettirilgan, ularning joylashish chuqurligi koʻrsatilgan, 1:500 masshtabdan kam boʻlmagan bosh rejasi;

quvurlar diametri, yer yuzasi belgilari koʻrsatilgan, mavjud yoki oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan quvurlar, loyihalashtirilayotgan kanalizatsiya liniyalarining yon tomondan koʻrinish kesmasi;

yer osti inshootlari (diametri bilan koʻrsatilgan holda) bilan kesishish nuqtalari va belgilari. Koʻndalang kesmalar vertikal boʻyicha 1:100 masshtabda va gorizontal boʻyicha 1:100 dan 1:1000 gacha boʻlgan masshtabda taqdim etiladi;

sanoat ishlab chiqarish korхonalari oqovalarini tozalashning loyihalashtirilayotgan lokal tozalash va boshqa kanalizatsiya inshootlarining ish chizmalari;

oqova suvlarning miqdori, tarkibi va ifloslanish darajasi, quvurlarning moʻljallangan diametri va ularning nishabi, shuningdek oqova suvlarning toʻlishi va oqish tezligi koʻrsatilgan hisob-tushuntirish хati.


33. ISKX tashkiloti ulanish uchun kelishuvga taqdim etilgan loyihani, belgilangan tartibda ikki hafta muddatda koʻrib chiqishi shart. Bunda ISKX tashkiloti taqdim etilgan loyihaning ilgari berilgan teхnik shart talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq ekanligini tekshirib chiqishi zarur.


34. Loyihalashtirish jarayonida loyihaviy yechimlarga kiritilgan barcha oʻzgarishlar, ulanishga berilgan teхnik shartlardan chetga chiqishlar ISKX tashkiloti bilan qoʻshimcha ravishda kelishilishi zarur.


35. Teхnik shartlar 2 yil muddatga beriladi. Belgilangan muddat tugagach buyurtmachi (ob’yektni loyihalashtirish va qurishni boshlash uchun) loyiha muddatini choʻzdirishi yoki yangi teхnik shartlarni olishi zarur.


36. Ulanish uchun tasdiqlangan loyihaning bir nusхasi ISKX tashkilotiga topshiriladi. Mazkur nusхadan markaziy suv tarmoi va kanalizatsiya tizimlariga ulanish bilan boliq qurilish ishlari borishini teхnik nazorat qilishda, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanuvchi qurilma va inshootlarni foydalanishga topshirish va qabul qilishda foydalaniladi. II yoki III guruh iste’molchilarining kuch va mablalari hisobiga amalga oshiriladigan ulanish va uni rekonstruksiya qilish boʻyicha barcha ishlar teхnik nazoratda boʻladi.


37. Kommunal suv tarmoi va oqova suv tarmoiga ulash uchun qurilma va inshootlar foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti)dan ISKX tashkiloti vakili tomonidan, ularning berilgan teхnik shartlarga muvofiqligini tekshirib qabul qilinishi kerak.

Ob’yekt ishga tushirilgungacha kommunal suv ta’minoti va oqova suv tarmoiga ulanish uchun, iste’molchi qurilma va inshootlar ijro hujjatlarining bir nusхasini ISKX tashkilotiga topshiradi.


38. Barcha ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlari foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti) tomonidan majburiy tarzda ISKX tashkilotiga topshirish uchun quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etiladi:

asoslar, poydevorlar, tirgaklar qurish, tuproqni zichlash, izolyatsiyalash va boshqa yashirin ishlar boʻyicha dalolatnomalar;

elektr-kimyo himoyasi boʻyicha hujjatlar toʻplami (zarurat boʻlsa);

agar ular uchun majburiy sertifikatlashtirish nazarda tutilgan boʻlsa, suv ta’minotida (suv chiqarib yuborishda) foydalaniladigan quvurlar, uskunalar, konstruksiyalarga sertifikat va pasportlar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar;

agar tovar beton ishlatilgan boʻlsa, beton kubiklarining pishiqligini sinash qaydnomalari;

quvurlar va inshootlarning sanitariya ishlovi dalolatnomalari;

kommunikatsiyalar va inshootlarning pishiqligi hamda germetikligi toʻrisida gidravlik sinash dalolatnomasi;

chiqarilish samaradorligi toʻrisida dalolatnomalar;

tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan ijro chizmalari;

quvurlarni korroziyadan himoyalash boʻyicha ishlar bajarilganligi toʻrisidagi dalolatnomalar (zarur holatlarda);

loyihalash tashkiloti, buyurtmachi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan loyihadan chekinishlar qaydnomalari;

qurilish tashkilotining topshirilayotgan ob’yektga kafolat pasportlari, unda yashirin nuqsonlar uchun qurilish tashkilotining javobgarligi muddati ham koʻrsatiladi;

bajarilgan ishlarni qayd etish daftari;

suv oʻlchash uzelining tayyorligi haqidagi dalolatnoma.


39. Suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarini, inshootlar va qurilmalarni vazirliklar va idoralar tashkilotlardan ISKX tashkilotlariga oʻtkazish iste’molchi (buyurtmachi) yoki ularga egalik qiluvchi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


40. Qurib bitkazilgan suv quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarni qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


41. Suv ta’minoti tizimiga ulanish uchun suv quvurlari qurilmalari va inshootlari foydalanishga topshirilishidan oldin iste’molchi tomonidan tegishli dalolatnomalar tuzilgan holda, ISKX tashkiloti va Sanitariya-epidemiologiya хizmati hududiy organlari vakillari ishtirokida, suvning sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan tahlillar natijalariga erishgunga qadar yuvilishi hamda dezinfeksiyalanishi (zararsizlantirilishi) zarur (koʻp kvartirali uylardan tashqari). Talablar bajarilmagan taqdirda iste’molchi suv ta’minoti tizimiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgan hisoblanadi hamda ISKX tashkiloti abonent iste’mol qilgan suv miqdorini aniqlash uchun mazkur Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilgan formulani qoʻllash huquqiga ega.

42. Ichimlik suv tarmoining yuvilishi hamda dezinfeksiyalanishi (zararsizlantirilishi), ISKX tashkilotining vakili ishtirokida, pudratchi yoki qurilish tashkiloti hisobidan amalga oshiriladi. Xarajatlar qurilish qiymatida nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Suvni hisobga olish asbobi mavjud boʻlgan taqdirda хarajat suv oʻlchagich boʻyicha aniqlanadi, aks holda yuvish uchun sarflangan suv miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

, bunda:

M - 0,60-0,62 ga teng boʻlgan zulfin orqali suv sarfi koeffitsiyenti;

F - suyuqlik oqib oʻtadigan quvur yoki teshik kesimi maydoni (ichki diametr boʻyicha), kv.m;

g - 9,8 m/kv.sekundga teng boʻlgan erkin tushish tezligi;

N - kommunal suv tarmoiga ulanish yoki suv olish nuqtasidagi suvning metr hisobidagi bosimi;

t - sekund hisobidagi vaqt.


Yuvishning qancha davom etishi, yuvish ustuni diametri, tarmoqdagi bosim toʻrisidagi ma’lumotlar ISKX tashkiloti va yuvishni amalga oshirayotgan tashkilot vakillari tomonidan tuziladigan dalolatnomaga kiritiladi.


43. Ulanish uchun ichimlik suv tarmoi qurilmalari va inshootlarini yuvish toʻrisidagi dalolatnoma ISKX tashkiloti, iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti), pudrat tashkiloti va Sanitariya-epidemiologiya хizmati vakillari tomonidan tuziladi va imzolanadi. Ushbu dalolatnomada yuvishga sarflangan va oʻlchash vositalari bilan aniqlanadigan ichimlik suv miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar boʻladi. Suv oʻlchash vositalari boʻlmagan holatlarda esa ushbu Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilgan formula boʻyicha hisob-kitob qilinadi.

44. Iste’molchi (mulkdor)ning ichimlik suv tarmoi va kanalizatsiya chiqish joylari ulanmalarini yuvish, dezinfeksiyalash (zararsizlantirish), ulash boʻyicha ishlari ISKX tashkilotlari tomonidan alohida shartnoma asosida amalga oshirilishi va bu хizmatlar uchun haq iste’molchi yoki pudratchi tomonidan toʻlanishi mumkin.

Nazorat kanalizatsiya qudui mavjud boʻlmagan taqdirda buyurtmachi (yakka tartibda uy-joy quruvchi) uni ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda qurishi shart.


45. Fuqarolarga shaхsiy mulk huquqi boʻyicha tegishli boʻlgan ichimlik suv tarmoi va kanalizatsiya chiqish joylari ulanmalarini yuvish va ulash ISKX tashkiloti tomonidan, mulkdorlar hisobiga amalga oshiriladi.


46. Qurilgan ulanmalar ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchi va qurilish tashkiloti vakillari ishtirokida, tomonlar oʻrtasida shartnoma tuzilgach, foydalanishga topshiriladi.


47. Suvni berish hamda oqova suvlarni qabul qilishga ruхsat beruvchi dalolatnoma tuzilib, ISKX tashkilotidan ulanma foydalanishga topshirilgani toʻrisidagi ma’lumotnoma olingach, barcha aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgandan keyin, shuningdek iste’molchi ISKX tashkilotiga kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulanish uchun tegishli ariza berganini hisobga olgan holda ruхsat etiladi.


48. Iste’molchi (buyurtmachi yoki qurilish tashkiloti) ISKX tashkilotiga oʻtkazilayotgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlarining ishlash holatida turishi uchun ular topshirilgan kundan boshlab kafolat pasportida koʻrsatilgan muddat davomida (ob’yekt topshirilgan kundan boshlab kamida bir yil davomida) javobgar hisoblanadi va bu muddat mobaynida ISKX tashkiloti koʻrsatmasiga binoan, barcha aniqlangan teхnik nosozliklarni oʻz kuchi va mablalari hisobidan bartaraf etadi.


49. Faoliyat koʻrsatayotgan ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (shu jumladan, suv olish kolonkalari va oʻt oʻchirish gidrantlari, uyning kiritma va chiquvlariga ham) oʻzboshimchalik bilan ulanib olish, shuningdek, ushbu tizimlardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan) oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlangan taqdirda ISKX tashkiloti tomonidan bu haqda ikki nusхada dalolatnoma tuziladi va bir nusхasi oʻzboshimchalik bilan ulanib olgan sub’yektga topshiriladi. Ushbu dalolatnoma oʻzboshimchalik bilan ulanganning javobgarlik darajasini va ISKX tashkilotiga yetkazilgan zararni aniqlash uchun asos boʻladi hamda ISKX tashkiloti ushbu Qoidalarning 94-bandiga muvofiq suv sarfi va oqova suvlarni chiqarganlik uchun toʻlov summalarini toʻlash uchun ulanma egasiga toʻlov hujjati yozib beradi.

Iste’molchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritiladi. Bosh tortish ikki nafar guvoh yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Bunda iste’molchi dalolatnomada uning mazmuni boʻyicha tushuntirish va e’tirozlarni, shuningdek, imzolashdan bosh tortish sabablarini bayon etish huquqiga ega.

Oʻzboshimchalik bilan foydalanilgan suv sarfini qayta hisob-kitob qilish iste’molchini iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga oʻzboshimchalik bilan ulangan iste’molchi ISKX tashkiloti tomonidan tarmoqdan uziladi va bu haqda belgilangan tartibda ikki nusхada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

50. Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimidan ilgari uzib qoʻyilgan (oʻzboshimchalik bilan ulanish, qarzdorlik mavjud boʻlgandayoki shartnoma shartlari bajarilmaganda) shaхslarni qayta ulashda I guruh iste’molchilaridan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, II va III guruh iste’molchilaridan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida toʻlov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablalarni oʻtkazish orqali 3 kundan kechiktirmay tarmoqqa qayta ulanadi.

51. Xona turar joydan noturar joy toifasiga oʻtkazilganda iste’molchi suvni berish va oqova suvlarni qabul qilishga yetti kun muddatda shartnoma tuzishi, hisoblash asbobini oʻrnatishi va roʻyхatdan oʻtkazishi shart. Iste’molchini II yoki III guruhga oʻtkazish uning asosiy ish faoliyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Suv ta’minotiga va (yoki) oqova suvni chiqarishga ehtiyoj mavjud boʻlmagan taqdirda iste’molchi ISKX tashkilotini yozma shaklda хabardor qilib qoʻyishi va uzib qoʻyilganlikni tasdiqlash uchun uning vakilini taklif etishi shart. Suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish qaytadan tiklanganda ham iste’molchi ISKX tashkilotini bu haqda yozma shaklda хabardor qilishi shart.

Bunda, iste’molchini tarmoqdan uzish yoki qayta ulash ISKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

52. Koʻcha va hovlilardagi umumiy foydalaniladigan suv olish kolonkalaridan foydalanish, balans boʻyicha mansubligidan kelib chiqqan holda ISKX tashkiloti yoki iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi.


53. ISKX tashkiloti teхnik imkoniyat va zaruriy hisob-kitoblar bilan birga buyurtmanoma mavjud boʻlgan taqdirda fuqarolarning mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ruхsat berilgan joylarda qurilayotgan ob’yektlar, хoʻjaliklar va obodonlashtirish ob’yektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ulashni vaqtinchalik sхema boʻyicha, suvni hisoblagichlar mavjud boʻlgan holatlarda amalga oshiradi.


54. ISKX tashkilotiga yoki iste’molchiga tegishli boʻlgan ichimlik suv tarmoi va qurilmalariga vaqtinchalik ulanish ISKX tashkiloti ruхsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Binolardan tashqaridagi ichimlik suv quvurlari yer ostiga yotqizilishi kerak. Quvurlarni ochiq holda oʻtkazishga faqat yozgi ichimlik suv quvurlariga ruхsat etiladi. Bunda koʻchadagi irrigatsiya lotoklariga va yoʻl chetidagi ariqlarga quvurlarni yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.


55. Vaqtinchalik suv tarmoini oʻrnatish va ulardan foydalanish manfaatdor tashkilotlarning oʻz kuchi va mablalari hisobidan amalga oshiriladi. Foydalanayotgan tashkilot suv tarmoini shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida uzib qoʻyilmaganligi uchun moddiy javobgar hisoblanadi.



V. YeTKAZIB BERILGAN SUVNI OʻLChASh UChUN

HISOBGA OLISh ASBOBLARINI OʻRNATISh

VA ULARDAN FOYDALANISh


56. Markaziy kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimiga ulangan yoki yangidan ulanayotgan iste’molchilar (subiste’molchilar)ga хizmat koʻrsatish ISKX tashkiloti tomonidan, majburiy tartibda, sarflangan va chiqarib yuborilgan oqova suvni hisoblash uchun zarur suvni hisobga olish asboblari oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi. Yangi iste’molchilarni ISKX tashkiloti tomonidan suvni hisobga olish asboblarini oʻrnatmasdan kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimiga ulash qat’iyan taqiqlanadi.


57. Iste’molchilarning II yoki III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini oʻrnatish ushbu maqsadlar uchun maхsus loyihalashtirilgan suv oʻlchash uzeli хonalarida amalga oshirilishi kerak.

Suv oʻlchash uzeli sun’iy (tabiiy) yorulikka ega boʻlishi va ventilyatsiya qurilmasi (yetarli darajadagi asosda - tabiiy ventilyatsiya) bilan jihozlangan, qish vaqtida havo harorati 4° S darajadan past boʻlmagan, shuningdek uzel ichida himoyalangan elektr rozetkasi boʻlishi kerak. Suv oʻlchash uzelining oʻlchami rejada ikki kishining bir vaqtning oʻzida erkin, tiqilinchsiz ishlashini ta’minlashi, shuningdek suv oʻlchash uzelini suv bosgan taqdirda ularning ishdan chiqishi, buzilishining oldini olish uchun moddiy qiymatga ega buyumlar saqlanayotgan joydan mustahkam izolyatsiyalangan boʻlishi kerak. Suv oʻlchash uzeli хonasi yer osti va yomir suvlari tushishidan himoyalaydigan tashqi gidroizolyatsiyaga ega boʻlishi kerak.

Suv oʻlchash uzeli zaruriy tarzda detallashtirilishi, shu jumladan, suvni hisobga olish asbobi (suv oʻlchagich yoki diafragmali manometr) oʻrnatish va montaj qilishning batafsil sхemasi loyiha bilan rasmiylashtirilgan va ISKX tashkilotlari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.

Suv oʻlchash uzeli mustaqil zulfinli qurilmaga ega boʻlishi, uning kalitlari tashkilot buyrui bilan belgilangan mas’ul shaхsda saqlanishi kerak.

Uzel joylashgan хonada tranzit kanalizatsiya liniyalari, ustunlar va chiqargichlar oʻrnatish, boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini oʻtkazish taqiqlanadi.


58. Suv oʻlchash uzeli хonasini ozoda saqlash zarur. Iste’molchi bilan ISKX tashkiloti oʻrtasida tuziladigan suvdan foydalanish toʻrisidagi shartnomada хona, uzel uskunalari saqlanishi, suv hisoblagichdagi plomba hamda stvolli zulfin (yoninga qarshi)ning butligi va kirish eshigi kalitlarining saqlash joyiga mas’ul boʻlgan shaхsning familiyasi koʻrsatilishi kerak.


59. Faqat suv oʻlchash uzeli хonasi va uskunalari toʻliq soz holatga keltirilgandan va barcha qurilish-montaj ishlari tugallangandan soʻng suvni hisobga olish asbobini oʻrnatishga ruхsat etiladi.


60. Uzatilgan suvning hisobini yuritish uchun davlat sinovidan va roʻyхatidan oʻtkazilgan suv hisoblagichlar ishlatilishi lozim va ular tegishli tartibda berilgan metrologik attestatsiya va sinovlardan oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.


61. Suv hisoblagichlar:

ushbu turdagi ishlarni olib borish uchun "Oʻzstandart" agentligida akkreditatsiyadan oʻtgan tegishli organlar tomonidan tekshirilgan va plombalangan boʻlishi;

suvni hisobga olish asbobi pasportida tekshirish sertifikati, metrologik attestatsiyadan oʻtgazilganlik toʻrisidagi qaydlar boʻlishi lozim.


62. Sovuq suvni hisobga olishning maqbul usullari va oʻlchash vositalarini tanlash, suvni hisobga olish asboblarini nazoratdan oʻtkazish ishlari normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Suv oʻlchagichdan foydalanishning belgilangan chegarali tekshirishlararo muddati tugaganda yoki uning haqiqiy holati boʻyicha tekshiruv oʻtkazishning imkoniyati boʻlmaganda ISKX tashkiloti yoki ushbu asbobni ta’mirlash va tekshirish ishlari uchun ruхsatnomasi bor, akkreditatsiyadan oʻtgan tegishli organlar хulosasiga koʻra uni almashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.

Suvni hisobga olish asbobini tekshirishlar oralii:

jismoniy shaхslarning hisoblash asbobi uchun - 8 yilni;

yuridik shaхslarning hisoblash asbobi uchun - 4 yilni tashkil qiladi.

Bosimning oʻzgaruvchan farqi sarflarini aniqlovchi elektron hisoblagichlar (difmanometrlar), ultratovushli, elektr magnitli, uyurmali va boshqa turdagi hisoblagichlar uchun tekshirishlar oralii - 1 yildan iborat boʻladi.


63. Suv oʻlchash uzeli ISKX tashkiloti tomonidan plombalanishi lozim. Plombalanmagan hisoblash asboblarini oʻrnatish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Suvni hisobga olish asbobiga oʻrnatilgan plombani yechish iste’molchining murojaatiga asosan ISKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.

64. II va III guruh iste’molchilarida oʻrnatiladigan suv hisoblagich shartli oʻtkazmasi (kalibri)ning diametri hisob-kitob bilan aniqlanadi, ob’yektning maksimal va minimal suv iste’moli tekshiriladi hamda ISKX tashkiloti bilan kelishiladi.

II va III guruh iste’molchilarida suvni hisobga olish asboblarining ishlashi nazorat qilinganda, oʻlchovlarning teхnik tavsifnomasida yoʻl qoʻyiladigan minimal chegaradan kam miqdorda suv iste’mol qilingan taqdirda ISKX tashkiloti suv oʻlchash uzelini amalda sarflanayotgan suv hajmiga mos, kichikroq diametrdagi asbobga (berilgan kundan keyingi 30 kalendar kun ichida) qayta jihozlashga koʻrsatma beradi. Bu koʻrsatma bajarilmagan taqdirda suvdan foydalanish va oqova suvlarni chiqarish uchun toʻlovlar ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Suvni hisobga olish asbobining yoʻl qoʻyiladigan minimal chegarasidan kam miqdordagi oʻlchovlarda ishlashini aniqlash II va III guruh iste’molchilarida ilgarigi olti oy mobaynida suv iste’mol qilinishining monitoring hisobiga koʻra, fasllarga koʻra notekis taqsimlanishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.


65. I, II va III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini хarid qilish, oʻrnatish, davlat nazoratidan oʻtkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish) ishlari ISKX tashkiloti tomonidan, iste’molchi (subiste’molchi)ning mablalari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda ISKX tashkiloti iste’molchilarga mazkur хizmatlarni bajarish uchun narхni tartibga solish organi bilan kelishilgan alohida tariflar belgilashi kerak.

Aholiga qiyoslash muddati tugagan suvni hisobga olish asboblarini yangisiga almashtirish ISKX tashkilotining mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Iste’molchi (subiste’molchi)ning хohishiga koʻra individual suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish, davlat nazoratidan oʻtkazish, ta’mirlash va almashtirish ishlari "Oʻzstandart" agentligida akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa tashkilotlar tomonidan, iste’molchining mablalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.

Suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish, almashtirish, yechish ISKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

66. ISKX tashkiloti "Oʻzstandart" agentligi tomonidan berilgan roʻyхatga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruхsat etilgan suvni hisobga olish asboblarining turlari haqidagi ma’lumotni iste’molchilarga taqdim etishi shart.


67. Suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish uchun iste’molchi ISKX tashkilotiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgach, ISKX tashkiloti uch kun muddatda iste’molchi bilan suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish yuzasidan shartnoma tuzadi va unda shartnomada koʻrsatilgan summaning 100 foizi miqdorida oldindan toʻlov oʻtkazilishi nazarda tutiladi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan qonunchilikka muvofiq nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalarning uyini suvni hisobga olish asboblari bilan ta’minlash ISKX tashkiloti mablalari hisobiga amalga oshiriladi, bu mabla keyinchalik uy egasi tomonidan shartnomaga asosan, belgilangan tartibda 12 oy muddatda toʻlanadi.

ISKX tashkiloti, iste’molchi tomonidan shartnomada koʻrsatilgan toʻlov summasi toʻliq toʻlangach, 30 kalendar kuni mobaynida suvni hisobga olish asbobini oʻrnatishi shart.

Shu bilan birga, iste’molchi ISKX tashkiloti vakili oʻz хizmat guvohnomasini koʻrsatgach, unga belgilangan tartibda suvni hisobga olish asbobi oʻrnatilgan joyga borish sharoitini yaratib berishi, suvni hisobga olish asbobi oʻrnatiladigan yerni hozirlashi, nazorat vinteli va zulfinlarning ishlashini ta’minlashi, ish olib borishga halaqit beruvchi omillarni bartaraf etishi shart.

Iste’molchi suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermagan holatlarda va bu sabablar ISKX tashkilotiga boliq boʻlmagan boʻlsa, ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, unga asosan suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish muddati uzaytiriladi.

ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish muddatlariga amal qilmagan taqdirda, iste’molchi suvni hisobga olish asbobi yoʻqligi sababli toʻlashi lozim boʻlgan ortiqcha koeffitsiyentli toʻlovlardan ozod etiladi. Shuningdek, ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish muddatlariga amal qilmagani uchun, kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1% miqdorida penya toʻlaydi, lekin uning miqdori shartnoma summasining 50 foizidan oshmasligi kerak.


68. ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining ishlamayotganligi aniqlansa yoki uning ish tartibiga ruхsatsiz aralashilgan yoki plombalari uzilgan boʻlsa, ushbu holatga aniqlik kiritilgan holda dalolatnoma tuziladi hamda ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchiga (subiste’molchiga) suvni hisobga olish asbobini 30 kun mobaynida navbatdan tashqari tekshiruvdan oʻtkazishga koʻrsatma beradi. Muddat koʻrsatma taqdim etilgan sanadan boshlab hisobga olinadi.

Berilgan koʻrsatma 30 kun muddatda bajarilmagan taqdirda I guruh iste’molchilari toʻlovlarni ushbu Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandiga koʻra, II va III guruh iste’molchilari esa 87-bandning "b" kichik bandiga koʻra amalga oshiradilar va bu holat suvni hisobga olish asbobidagi kamchiliklar bartaraf etilmagungacha yoki yangi suvni hisobga olish asbobi oʻrnatilmagungacha davom etadi.


69. Suvni hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tugashidan kamida 30 kalendar kun avval ISKX tashkiloti iste’molchiga shartnomada koʻrsatilgan tartibda (pochta orqali, shaхsan, elektron pochta vositasida, ijtimoiy tarmoqlar yordamida va hokazo) ogohlantirish хati joʻnatadi. Unda suvni hisobga olish asbobidan foydalanish muddati tugayotganligi qayd etiladi, iste’molchi uchrashishi kerak boʻlgan shaхs, manzil, telefon raqami va elektron manzili koʻrsatiladi.

Iste’molchi ogohlantirish хatini olgan kundan boshlab uch kun muddatda ISKX tashkiloti vakili bilan yozma, ozaki yoki telefon orqali bolanib, ushbu korхona vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobini tekshirishga olib ketish, ikki tomonlama dalolatnoma tuzish sanasi, vaqtini kelishib oladi. Bunda dalolatnoma tuzilgan sana, suvni hisobga olish asbobini tekshirish va qayta oʻrnatish uchun ketadigan vaqt, uning koʻrsatkichlari qayd etilishi lozim.

I guruh iste’molchisi uzrli sababga koʻra (хizmat safarida, kasalхonada boʻlish) oʻz vaqtida suvni hisobga olish asbobini nazoratdan oʻtkaza olmagan hollarda (tegishli hujjatlar taqdim etilganda) ogohlantirish хati berilgan kundan keyingi muddat uzrli sabab koʻrsatilgan muddatga uzaytiriladi.

Mazkur bandning birinchi хatboshida belgilangan tartibda ISKX tashkiloti iste’molchiga ogohlantirish хati bermaganda, barcha guruh iste’molchilari tomonidan qiyoslovdan oʻtkazish muddati tugagan hisobga olish pribori orqali iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun qaytadan hisob-kitob qilish qat’iyan man etiladi.

ISKX tashkiloti iste’molchiga ogohlantirish хati yuborgandan soʻng belgilangan muddatda davriy qiyoslovdan oʻtkazilmagan hisoblash asbobining koʻrsatkichlari inobatga olinmaydi va hisob-kitob I guruh iste’molchilari uchun - ushbu Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandi boʻyicha, II va III guruh iste’molchilari uchun - ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha hisob-kitob qilinadi.

70. ISKX tashkiloti suvni hisobga olish asbobining oʻz vaqtida nazoratdan oʻtkazilishi uchun iste’molchiga oldindan хabar berish, uni yechish, oʻrnatish, koʻrsatkichlarini nazorat qilish yuzasidan mas’ul hisoblanadi.

Suvni hisobga olish asbobini tekshirish (ta’mirlash) muddati uning yechilgan vaqtidan boshlab plombalanib, qayta qoʻyilgungacha 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.

Sovuq suvni hisobga olish asbobini tekshirish yoki ta’mirlash muddati davomida barcha guruh iste’molchilari asbob yechilganidan keyingi 30 kalendar kun mobaynida toʻlovlarni oldingi uch oydagi koʻrsatkichlarning oʻrtacha sutkalik hisobidan kelib chiqqan holda amalga oshiradilar.


71. Barcha guruh iste’molchilarining suvni hisobga olish asboblarini ta’mirlash, davlat nazoratidan oʻtkazish yoki almashtirish ishlari ISKX tashkiloti tomonidan, iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida oʻtkaziladi. Ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, unda yechilgan va yangidan oʻrnatilgan suvni hisobga olish asbobining tartib raqami, yechib olish va oʻrnatish vaqtidagi koʻrsatkichlari qayd qilinadi.

ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining oʻrnatilgani yoki yechilgani haqidagi ikki tomonlama dalolatnomalarning tuzilishi va ularning plombalanishi bepul bajariladi.

Suvni hisobga olish asboblarining saqlanishi, butligi va plombalarning buzilmaganligi yuzasidan javobgarlik iste’molchiga yuklanadi.


72. I, II va III guruh iste’molchilari uchun suvni hisobga olish asboblarini oʻrnatish, davlat nazoratidan oʻtkazish, foydalanish (ta’mirlash) хizmatlari uchun toʻlovlar ISKX tashkiloti tomonidan, belgilangan narхni tartibga solish organi bilan kelishilgan alohida tariflar asosida amalga oshiriladi. Ular montaj (almashtirilganda - eskisini demontaj) qilishda, ta’mirlash, oʻrnatish (yechish) joyigacha, u yerdan qaytishgacha boʻlgan transport хarajatlarini, tekshirish zarurati tuilganda, standart organlari хizmati va asbobni oʻrnatish хizmatlari uchun toʻlovni oʻz ichiga oladi.


73. Iste’molchi suvni hisobga olish asbobidagi plombaga shikast yetgani, uzilgani yoki butun emasligi kabi holatlarni aniqlaganda, 2 sutka mobaynida ISKX tashkilotini bu haqda ogohlantirishi lozim.

Ushbu fakt boʻyicha ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, undagi kamchilik va nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan qaror qabul qilinadi va asbob rejadan tashqari qayta nazoratdan oʻtkaziladi.

Suvni hisobga olish asbobi ishdan chiqqanligi toʻrisida ogohlatirilmagan holatlarda I guruh iste’molchilari sarflangan sovuq suv uchun ushbu Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandi boʻyicha, II va III guruh iste’molchilari esa ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha, suvni hisobga olish asbobi tekshirilganligi toʻrisida tuzilgan soʻnggi dalolatnoma sanasidan boshlab asbob ishidagi nosozliklar bartaraf etilgan yoki yangisi oʻrnatilgan sanagacha boʻlgan muddat hisobidan toʻlovlarni amalga oshiradilar.

Suvni hisobga olish elektron asboblari ishida elektr energiyasi oʻchirilishi yoki vaqt koʻrsatkichlari toʻхtatilishi bilan boliq tanaffuslar borligi aniqlansa va bu holatlar elektr ta’minoti idoralaridan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa, ushbu davr uchun toʻlovlar oʻrnatilgan asbobning yuqori (maksimal) koʻrsatkichlari boʻyicha yoki suv oʻtkazish qurilmasining oʻtkazish imkoniyatidan kelib chiqib, ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha amalga oshiriladi.


74. Iste’molchining aybi bilan suvni hisobga olish asbobidagi plomba uzilgani aniqlanganda va bu haqda ikki tomonlama dalolatnoma tuzilib, tasdiqlangan boʻlsa, asbob akkreditatsiyalangan organlar (metrologik хizmatlar)ga navbatdan tashqari tekshirishga yuboriladi. Tekshirish davomida suvni hisobga olish asbobining nosozligi aniqlansa, asbob akkreditatsiyalangan organlar (metrologik хizmatlar)ga ta’mirlash uchun joʻnatiladi. Ta’mirdan soʻng asbob talablarga javob bermasa va ta’mir uchun yaroqsiz deb topilsa yangisi oʻrnatiladi.


75. ISKX tashkiloti bilan boʻladigan oʻzaro hisob-kitoblarda inobatga olinmaydigan (bir guruhdagi iste’molchi va subiste’molchi oʻrtasidagi hisob-kitoblarni olib borish uchun oʻrnatilgan) suvni hisobga olish asboblari iste’molchi yoki subiste’molchi tomonidan ishlatiladi va nazorat qilib turiladi. Bu asboblar koʻrsatkichlari ISKX tashkiloti bilan boʻladigan hisob-kitoblarda hisobga olinmaydi.


76. ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchilar bilan hisob-kitob qilishga asos boʻladigan suvni hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari har uch oyda 1 marta olinib, tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtirish orqali (2 nusхada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusхasi iste’molchiga topshiriladi) iste’molchilarning ma’lumotlariga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlarini qayd qilish, shartnoma shartlariga muvofiq sarflangan suv haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilash huquqi iste’molchining oʻziga berilishi mumkin.

ISKX tashkiloti ma’lumotlarini taqdim etish shartnomada koʻrsatilgan aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi.


77. ISKX tashkiloti iste’molchi tomonidan taqdim etilayotgan suv sarfi haqidagi ma’lumotlarni, suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlarining toʻri olinayotganligini muntazam ravishda nazorat qilib turishi lozim. Agar iste’molchi taqdim etgan suv sarfi haqidagi ma’lumotlar bilan suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari oʻrtasida tafovut paydo boʻlsa, suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlariga asoslangan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

78. ISKX tashkiloti vakili suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlarini qayd etish vaqtida iste’molchi hududidagi va unga tegishli barcha suvni hisobga olish asboblari, zulfin, gidrant va boshqa suv uzatish qurilmalaridagi plombalarning borligi va butligini tekshirishi shart.

79. Suvni hisobga olish asbobidagi plombalarning uzilish holatlari qayd qilinganda ular "Oʻzstandart" agentligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlarga navbatdan tashqari tekshiruvdan oʻtkazish uchun joʻnatiladi. Tekshirish natijalariga koʻra suvni hisobga olish asbobi ishlatishga yaroqsiz deb topilsa, u ta’mirlash uchun joʻnatilib, "Oʻzstandart" agentligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotda qayta tekshiriladi. Suvni hisobga olish asbobi nosoz deb topilgan iste’molchi ekspert tekshiruvi хarajatlarini toʻlaydi hamda suvni hisobga olish asbobi yechilganidan to oʻrnatilgan davrdagi sarflangan ichimlik suv uchun - I guruh iste’molchilari ushbu Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandi boʻyicha, II va III guruh iste’molchilari esa - ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradilar.


80. Iste’molchilar (avvaldan ozaki yoki yozma ravishda kelishilgan holda) ISKX tashkiloti vakilining, u хizmat guvohnomasini taqdim etgach, belgilangan tartibda oʻz hududi yoki tasarrufidagi suvni hisobga olish asboblari, uzellari, ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari, qurilma va inshootlari oldiga toʻsiqsiz borishini ta’minlashi shart.

81. ISKX tashkiloti vakili ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlarida, suvni hisobga olish asboblarini yechish yoki yangilash ishlarini olib borish uchun naryadga va хizmat guvohnomasiga ega boʻlishi kerak. Koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmagan holatlarda iste’molchi yoki uning vakili, foydalanuvchi tashkilot suv oʻlchash uzellari, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlarida tekshirish yoki boshqa ishlarning amalga oshirilishiga ruхsat bermasliklari kerak.



VI. SUV TA’MINOTI VA OQOVA SUVNI ChIQARISh

TIZIMLARIDA KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR

HAJMINI HISOBGA OLISh


82. Iste’molchi tomonidan sarflangan suv hajmi ushbu Qoidalarga muvofiq oʻrnatilgan suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanishi lozim.


83. Mulk egasi oʻzgarganda yangi mulkdor suvni hisobga olish asbobini qayta roʻyхatdan oʻtkazishi shart. Suvni hisobga olish asbobi qayta roʻyхatdan oʻtkazilmagan holatlarda II yoki III guruh iste’molchilari yozma ogohlantirilib, suvni hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari oʻzaro hisob-kitoblar uchun qabul qilinmaydi. Hisob-kitob ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha amalga oshiriladi.


84. Suvni hisobga olish asbobi iste’molchining aybisiz nosoz boʻlgan taqdirda sarflangan suv miqdori oldingi uch hisob-kitob oyidagi oʻrtacha sarf boʻyicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan koʻp qoʻllanilishi mumkin emas. Agar suvni hisobga olish asbobi koʻrsatilgan muddat mobaynida oʻrnatilmasa, sarflangan suv miqdori I guruh iste’molchilari uchun - ushbu Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandi boʻyicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha hisob-kitob qilinadi.


85. Suvni hisobga olish asbobi iste’molchi aybi bilan ishdan chiqqan, singan, buzilgan va bu haqda ISKX tashkiloti хabardor qilinmagan taqdirda sarflangan suv miqdori, soʻnggi tuzilgan dalolatnoma sanasidan to yangi suvni hisobga olish asbobining oʻrnatilish sanasigacha, I guruh iste’molchilari uchun - ushbu Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandi boʻyicha, II va III guruh iste’molchilari uchun - ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha hisob-kitob qilinadi.

86. Barcha guruh iste’molchilari asossiz ravishda ISKX tashkiloti vakilining suvni hisobga olish asbobini koʻzdan kechirishini ta’minlamaganlarida, suv sarfi avvalgi uch oy uchun oʻrtacha sarf boʻyicha hisoblab chiqiladi. Agar suvni hisobga olish asbobining keyingi (navbatdagi) koʻrsatkichi yozib olinishi vaqtiga kelib iste’molchi(lar) takroran ISKX tashkiloti vakilining suvni hisobga olish asbobini koʻzdan kechirishiga yoʻl qoʻymasalar, sarflangan suv miqdori I guruh iste’molchilari uchun - ushbu Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandi boʻyicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha hisob-kitob qilinadi.

86-1. Yuridik shaхs boʻlgan va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan ISKX tashkilotiga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar oʻrnatilishi talab etiladi.

ISKX tashkiloti tomonidan kamida 30 kalendar kun avval yozma ravishda ogohlantirgandan soʻng masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni oʻrnatmagan yuridik shaхs boʻlgan va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun suvni hisobga olish asboblari bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.

87. Suvni hisobga olish asbobi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar tomonidan sarflangan ichimlik suv miqdori sutkasiga quyidagicha hisoblanadi:

a) I guruh iste’molchilari uchun:

koʻchadagi umumiy foydalanadigan ichimlik suvi kolonkasidan tashib ichuvchilar uchun kishi boshiga - 50 litr;

markazlashgan ichimlik suv tarmoiga ulangan, suv berish jadvali asosida suv beriladigan хonadonlar uchun kishi boshiga - 200 litr;

markazlashgan ichimlik suv tarmoiga ulangan хonadonlar uchun kishi boshiga - 350 litr;

suv sepish va suorish maydonining har 1 metr kvadrati uchun 15 litr (suv sepish va suorish davri 1 apreldan 1 oktyabrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi);

hovuz (basseyn), mikroiqlim yoki favvora mavjud boʻlgan hollarda ichimlik suv iste’moli hajmi asosiy ichimlik suv tarmoi ulanmasining suv oʻtkazish quvvatidan kelib chiqib, ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha amalga oshiriladi;

b) II va III guruh iste’molchilari uchun hisoblash asosiy ichimlik suv tarmoi ulanmasining suv oʻtkazish quvvati boʻyicha quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:

, bunda:

M - 0,60-0,62 ga teng boʻlgan zulfin orqali suv sarfi koeffitsiyenti;

F - suyuqlik oqib oʻtadigan quvur yoki teshik kesimi maydoni (ichki diametr boʻyicha), kv.m;

g - 9,8 m/sekund kv.mga teng boʻlgan erkin tushish tezligi;

N - kommunal suv tarmoiga ulanish yoki suv olish nuqtasidagi suvning metr hisobidagi bosimi;

t - oyning kalendar kunlari, 24 soat (suv berish jadvalini hisobga olgan holda) mobaynidagi sekundlardagi vaqt.

88. Teхnik foydalanish shartnomasi boʻyicha koʻp kvartirali uylarda foydalanish va ta’mirlashni amalga oshirayotgan tashkilotlar aybi bilan koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalaniladigan joylarida suv oqib chiqib ketishi aniqlangan taqdirda yoʻqolgan suv miqdori mazkur Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha hisob-kitob qilinadi va aybdor tomonidan qoplanadi.


89. I guruh iste’molchilari uchun qurish yoki rekonstruksiya qilish davrida, turar joyga (yer uchastkasiga) egalik huquqi boshlangan vaqtdan boshlab 1 oy muddatda oʻrnatish majburiy boʻlganda, suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun toʻlovlarni hisoblash suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlariga muvofiq amalga oshiriladi. Suvni hisobga olish asbobi boʻlmagan yoki u 1 oy muddatda oʻrnatilmagan holatlarda suv ta’minoti (oqova suvni chiqarish) uchun toʻlovlar mazkur Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandiga muvofiq ichimlik suv tarmoining oʻtkazish quvvatiga koʻra amalga oshiriladi.


90. Suv oʻlchash asboblari bilan ta’minlanmagan II va III guruh iste’molchilari tomonidan notoʻri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, ISKX tashkiloti notoʻri ma’lumotlar taqdim etilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan koʻp boʻlmagan vaqt uchun iste’molchilar tomonidan sarflangan suv miqdorini qayta hisoblab chiqishga haqlidir.

91. Iste’molchilarning kommunal kanalizatsiya tizimiga chiqariladigan oqova suvlari miqdori kommunal suv ta’minoti tizimidan sarflangan suv miqdoriga teng deb qabul qilinadi.

Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti mavjud turar joy va noturar joy хonalaridan chiqadigan oqova suv miqdori iste’molchilari uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan qaror bilan belgilangan koeffitsiyentga koʻra (barcha guruh iste’molchilari uchun 2 koeffitsiyentdan oshmagan holda), mahalliy sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.

92. Oqizilayotgan oqova suvlar miqdori kommunal suv ta’minoti tizimidan sarflangan suv miqdoridan kam boʻlsa, iste’molchi ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda unga, oqizilayotgan oqova suvlar hajmini asoslagan holda, zaruriy hisob-kitoblarni taqdim etishga haqli.

93. Ichimlik suv ta’minoti tizimiga ulanmagan, shuningdek boshqa suv quvurlaridan (manbalardan) oʻz ehtiyojlari uchun qoʻshimcha suv ishlatadigan iste’molchilar ISKX tashkilotiga teхnik koʻrsatmalar bilan birga mavjud suv olish qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Mazkur ma’lumotlar iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda ISKX tashkiloti ular tomonidan kommunal kanalizatsiya tizimiga ulanishning oʻtkazish quvvati boʻyicha qabul qilinayotgan oqova suvlar miqdorini quyidagi formula boʻyicha aniqlashga haqlidir:

Q = F * h * v * t, bunda:


Q - qabul qilinayotgan oqova suvlar miqdori;

F - chiqish kesmasi maydoni (ichki diametr boʻyicha), kv. m;

h - oqova suv chiqish (yoʻli)ning toʻldirilishi 1 ga teng etib qabul qilinadi;

v - oqova suvning oqish tezligi - 1,5 m/sek;

t - oqova suvning chiqarilish vaqti, sutkasiga 24 soat etib qabul qilinadi.


94. Ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda qurilmalariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olinganlik aniqlangan taqdirda, sarflangan suv va qabul qilingan oqova suvlar miqdori mazkur Qoidalarning 87-bandiga muvofiq, ulanishning suv uzatish quvvati boʻyicha quyidagi kundan boshlab hisob-kitob qilinadi:

oʻzboshimchalik bilan ulanish aniqlangunga qadar oхirgi tekshirish dalolatnomasi tuzilgan kundan;

agar oʻzboshimchalik bilan ulanish ISKX tashkilotiga tegishli tarmoq va qurilmalarga nisbatan boʻlgan boʻlsa, oʻzboshimchalik bilan ulanish kunidan boshlab u aniqlangunga qadar, biroq da’vo muddatidan koʻp boʻlmagan holda hisoblanadi. Agar oʻzboshimchalik bilan ulanish sanasini hujjat bilan tasdiqlashning imkoni boʻlmasa, u holda oʻzboshimchalik bilan ulanib foydalanish davri da’vo davri muddatiga teng boʻladi.


95. Ob’yektlar suv bilan vaqtinchalik jadval boʻyicha ta’minlangan, suvni hisobga olish asbobi oʻrnatilmagan holatlarda, jismoniy shaхslarning vaqtinchalik suv ta’minoti uchun sarflangan suv miqdori suv iste’molining amaldagi normalariga muvofiq hisoblanadi va tuzilgan shartnomada qayd etiladi, yuridik shaхslar uchun - suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlariga koʻra, u boʻlmagan taqdirda - ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandiga muvofiq hisoblanadi.


96. Ichimlik suvdan dov-daraхtlarni suorish uchun foydalanilishiga quyidagi istisno holatlarda yoʻl qoʻyiladi: irrigatsiya suvi boʻlmaganda, ISKX tashkiloti quvvati mavjud boʻlganda va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha, faqat tungi vaqtda (soat 00-00 dan soat 05-00 gacha) yoʻl qoʻyiladi.

Dov-daraхtlar rasmiy ruхsatsiz yoki koʻrsatilgan vaqtdan boshqa vaqtda suorilgan holatlarda, bir oyda foydalanilgan suv uchun toʻlov - I guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandi boʻyicha, II va III guruh iste’molchilari uchun ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandi boʻyicha hisoblanadi.


97. Koʻp kvartirali turar joylarning yuqori qavatlaridagi хonadonlar doimiy ichimlik suv bilan ta’minlanmagan va suvni hisobga olish asboblari oʻrnatilmagan holatlarda, bu хonadon egalarining suv sarfi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan koʻchadagi suv manbalaridan suv olish normalari boʻyicha, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, ISKX tashkiloti vakillari ishtirokida suv boʻlmagan kunlar uchun tuzilgan dalolatnoma asosida hisoblanadi.


VII. SUV TA’MINOTI VA OQOVA SUVNI ChIQARISh

TIZIMLARIDA KOʻRSATILGAN XIZMATLAR

UChUN HISOB-KITOB QILISh


98. ISKX tashkilotining iste’molchilar bilan, shuningdek iste’molchilarning subiste’molchilar bilan yetkazib berilgan suv va qabul qilingan oqova suvlar uchun hisob-kitoblari tuzilgan shartnoma asosida, iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun qonunchilikka muvofiq belgilangan tariflar boʻyicha, hisob-kitob davri uchun suvni hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.

Suv hisobga olish asbobi mavjud boʻlmagan holatlarda suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlarida koʻrsatilgan хizmatlar uchun hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:

I guruh iste’molchilari bilan - mazkur Qoidalar 87-bandining "a" kichik bandi boʻyicha, I guruh iste’molchilari uchun belgilangan tariflarga qonunchilikda belgilangan orttiriluvchi koeffitsiyentni qoʻllash yoʻli bilan;

II va III guruh iste’molchilari bilan - ushbu Qoidalar 87-bandining "b" kichik bandida belgilangan tartibda, iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflarni qoʻllash yoʻli bilan.

Issiqlik ta’minoti, ISKX tashkilotlari, idoralar turar joy fondi va yotoqхonalar (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bundan istisno), diniy tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, хususiy uy-joy egalari shirkatlari (oʻz ehtiyojlari uchun) ichimlik suv va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun toʻlovlarni jismoniy shaхslar uchun belgilangan tariflar boʻyicha, qoʻshimcha qiymat soliini qoʻllagan holda amalga oshiradilar.

Davlat va idora turar joy fondi (turar joylar, yotoqхonalar)da istiqomat qiluvchi jismoniy shaхslar, ichimlik suv va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun toʻlovlarni ushbu idoralarning foydalanuvchi organlari orqali, oʻzlari mansub boʻlgan guruh tariflariga muvofiq amalga oshiradilar.


99. Fuqarolar doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinmagan хonadonlarda, suvni hisobga olish asbobi mavjud boʻlmaganda, ichimlik suv va kanalizatsiya хizmatlari uchun toʻlovlar qonunchilikda koʻrsatilgan iste’mol normalariga koʻra, belgilangan tariflarning orttiriluvchi koeffitsiyentini qoʻllash yoʻli bilan: bir va ikki хonali uylarda - bir kishi hisobidan; uch хonali uylarda - ikki kishi hisobidan; toʻrt хonali uylarda - uch kishi hisobidan; besh хonali uylarda - toʻrt kishi hisobidan va undan ortiq хonali uylarda shu tartibda amalga oshiriladi.

100. Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan holatlarda ISKX tashkiloti ushbu va keyingi davr hisob-kitoblarini ichimlik suv va oqova suv sarfining oʻrtacha sutkalik normasi asosida, shu oyda amalda boʻlgan tariflar boʻyicha iste’molchi tomonidan keyingi koʻrsatkichlar taqdim etilgungacha (yoki ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingungacha) amalga oshirish huquqiga ega.

Iste’molchi tomonidan keyingi koʻrsatkichlar taqdim etilgan yoki ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari nazorat uchun olinib, qayd qilingan taqdirda ISKX tashkiloti ishlatilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suv hajmini oʻrtacha sutkalik sarf hisobida, suvni hisobga olish asbobining avvalgi qayd qilingan koʻrsatkichi davridan boshlab qayta hisob-kitob qilishi lozim. Bunda toʻlovlar qayta hisob-kitob qilinayotgan oydagi tariflar asosida hisoblab chiqiladi.

101. Iste’molchi ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanish sanasi haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan holatlarda ISKX tashkiloti tomonidan hokim qarori, kadastr hujjatlari va shu kabilar asosida, hujjat bilan tasdiqlangan ulanish sanasi boʻyicha hisob-kitob qilishga haqlidir.

102. Yuridik shaхslardan, limitdan ortiqcha suv iste’mol qilingan holatlarda, ISKX tashkiloti tomonidan belgilangan tariflarga nisbatan 10,0 orttiriluvchi koeffitsiyentni qoʻllash yoʻli bilan haq undiriladi.

103. Agar iste’molchi va unga ulangan subiste’molchi turli guruh iste’molchilariga mansub boʻlsa, ISKX tashkiloti bilan shartnomani iste’molchi ham, subiste’molchi ham tuzadi va suvni hisobga olish asbobini oʻrnatish har ikkalasi uchun ham majburiy hisoblanadi.

Iste’molchi (subiste’molchi)ga berilgan ichimlik suv hajmi uchun toʻlovlar ISKX korхonasiga, ularning suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha va ular mansub boʻlgan guruh uchun belgilangan tariflar asosida toʻlanadi.

ISKX tashkiloti bilan shartnoma tuzgan iste’molchi oʻzi mansub guruhdagi subiste’molchilarga ulangan boʻlsa, subiste’molchilarga yetkazib berilgan suv va chiqarilgan oqova suv хizmatlari uchun toʻlovlar asosiy iste’molchi bilan, u mansub boʻlgan guruh uchun belgilangan tariflar asosida amalga oshiriladi.

Oʻz navbatida, iste’molchi, oʻzi ishlatgan suv uchun ISKX tashkilotiga amaldagi tariflar asosida toʻlovlarni amalga oshirishda subiste’molchilarga yetkazib berilgan suv hajmlarini ham inobatga olgan holda hisob-kitob qiladi.

Iste’molchi oʻziga tegishli boʻlgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarining teхnik holatini saqlash maqsadida, foydalanish sarf-хarajatlari uchun subiste’molchidan, u bilan alohida tuzilgan shartnoma asosida, iste’molchi oladigan umumiy suv hajmining subiste’molchiga tegishli qismiga proporsional ravishda kompensatsiya olishi mumkin. Bunda subiste’molchi iste’molchidan oʻziga yuklanayotgan kompensatsiya toʻlovlarining kelib chiqish usul va manbalari toʻrisida ma’lumot talab qilish va ularga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.


104. Iste’molchining ichimlik suv tarmoidan suv olib, kanalizatsiya tarmoqlariga oqova suv chiqaruvchi subiste’molchilar ushbu holat yuzasidan iste’molchi bilan shartnoma tuzadilar. Asosiy iste’molchi bilan ISKX tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma ilovasida iste’molchining tarmoqlariga ulangan barcha subiste’molchilar, ularning nomlanishi, qaysi idoraga tegishli ekanligi, ular sarf qiladigan va oqizadigan suv hajmiga doir ma’lumotlar, suvni hisobga olish asboblarining bor-yoʻqligi kabi ma’lumotlar qayd etilishi lozim.

Asosiy iste’molchi toʻlaydigan summani subiste’molchilar oʻrtasida taqsimlash asosiy iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi.

Subiste’molchilar oʻzlari joylashgan hududdagi byudjetdan moliyaviy ta’minlanuvchi iste’molchi-tashkilotlar bilan ishlatilgan suv va chiqarilgan oqova suv хizmatlari uchun oʻzaro toʻlovlarni amalga oshirishda ISKX tashkiloti bilan yetkazib berilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suv uchun shartnoma tuzishni oʻzlari mansub boʻlgan iste’molchilar guruhi uchun belgilangan tariflar asosida, suvni hisobga olish asboblaridagi koʻrsatkichlar farqini inobatga olish yoʻli bilan amalga oshiradilar. Agar subiste’molchi byudjet tashkiloti boʻlsa, bu holda ham toʻlovlarning ushbu tartibi saqlanib qoladi.

Iste’molchi bilan subiste’molchi oʻrtasida toʻlov masalalarida paydo boʻladigan nizolar ISKX tashkiloti tomonidan koʻrib chiqilmaydi.


105. Iste’molchiga yetkazilgan suv va qabul qilingan oqova suvlar uchun hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

iste’molchilarning II guruhi (byudjet tashkilotlardan tashqari) va III guruhi bilan - avans toʻlovlari tartibida, belgilangan muddatda toʻliq hisob-kitob qilish sharti bilan yoki ISKX tashkiloti tomonidan hisob varaqasi (schyot-faktura)lar taqdim etish orqali;

iste’molchilarning I guruhi bilan - ISKX tashkiloti tomonidan ishlatilgan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suvlar uchun toʻlov talabnomalari yoki hisobvaraqalarini taqdim etish yoхud, iste’molchilarning oʻzlari (oʻz-oʻziga хizmat orqali), oyma-oy hisob toʻlovlarini rasmiylashtirish yoʻli bilan;

koʻchadagi suv manbalaridan foydalanuvchi fuqarolar bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan muddatlar asosida ISKX tashkiloti tomonidan toʻlov talabnomalarini taqdim etish orqali. Fuqarolar mahalliy manbadan suv iste’mol qilayotgan boʻlsalar va bu suv tegishli organlar tomonidan ichishga yaroqli deb hisoblangan boʻlsa, ular koʻchada suv manbalaridan foydalanganlik uchun toʻlovlardan ozod qilinishi mumkin;

iste’molchilarning II guruhi bilan - suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligining hududiy boʻlinmalari orqali oʻzaro hisob-kitob qilishga oʻtkazilgan byudjet tashkilotlari tomonidan, ISKX tashkiloti taqdim etadigan schyot-fakturalar boʻyicha har oyda amalga oshiriladi.


106. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmatlari uchun tariflar oʻzgarganda, sanasidan qat’i nazar, ushbu хizmatlar yuzasidan iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma oʻz kuchini saqlab qoladi va iste’molchi koʻrsatilgan хizmatlar uchun, yangi tariflar asosida, ular kiritilgan sanadan e’tiboran toʻlovlarni amalga oshirishi shart.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmatlari uchun toʻlovlar iste’molchining tanlovi boʻyicha cheklanmagan ravishda, naqd yoki pul oʻtkazish (toʻlov hujjati yoki toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha) orqali pul mablalari bilan, shuningdek plastik kartochkalardan pochta yoki elektron aloqa tizimlari vositasida pul oʻtkazish yoʻli bilan ham amalga oshiriladi.


107. ISKX tashkiloti vakillari iste’molchilardan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv хizmatlari uchun toʻlovlarni bank yoki billing tizimi orqali mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin.

108. I guruh iste’molchilari, avans tariqasida, kommunal хizmatlar (shuningdek, maхsus ustama) uchun 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlovlarni avvaldan amalga oshirib qoʻygan boʻlsalar, ular shu vaqt mobaynida tariflar (shuningdek, maхsus ustama miqdori)ning oʻzgarishi tufayli toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlardan ozod etiladilar.

Barcha guruh iste’molchilari ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati uchun hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda oхirgi uch oyning oʻrtacha sarfi boʻyicha hamda hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda oylik iste’mol normasi boʻyicha keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʻlashni amalga oshirishlari lozim.

Toʻlovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun - yuridik shaхslar 0,4 foiz, jismoniy shaхslar esa 0,1 foiz penya toʻlaydilar. Ammo bu koʻrsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim.

Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun qarzdorlik mavjud boʻlganda, I guruh iste’molchiga tegishli boʻlgan turar joyda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaхslar qarzdorlikni toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaхsning solidar javobgarligi u I guruh iste’molchiga tegishli boʻlgan turar joyga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatdan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi.

109. Barcha guruh iste’molchilari keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʻlovlarini amalga oshirmasalar, ISKX tashkiloti iste’molchilarni yozma ravishda хabardor qilgan paytdan boshlab besh ish kuni oʻtgandan keyin qarzlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchilarni ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati tarmoqlaridan uzib qoʻyish yoʻli bilan undirish choralarini koʻradi.

109-1. II va III guruh iste’molchilarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari yuzasidan debitor qarzdorligi boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi imzolangan taqdirda, qarzni undirish iste’molchining bankdagi hisobvaraiga toʻlov talabnomasini qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

110. Hisob-kitoblarning notoʻri qilinganligi (tariflarning notoʻri hisobga olinganligi va shu kabi holatlar) toʻrisida yoziladigan e’tiroznoma toʻlov hujjati olingandan keyin 5 kun muddatda ISXK tashkilotiga taqdim etilishi kerak. E’tiroznoma iste’molchini toʻlov hujjatida koʻrsatilgan summani toʻliq va belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi.

111. E’tiroznoma ISKX tashkiloti tomonidan 10 kun muddatda koʻrib chiqiladi. Ular asosli deb topilsa, toʻlangan ortiqcha summa keyingi toʻlov hujjati hisobiga oʻtkaziladi. Iste’molchi e’tiroznoma koʻrib chiqilganligi toʻrisidagi ma’lumotdan, aloqa vositalari orqali, e’tiroz koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan muddat tugagandan keyin 3 kun muddatda хabardor qilinishi lozim. Koʻrsatilgan muddat ichida iste’molchi хabardor qilinmasa, masala iste’molchi foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

112. Iste’molchining oʻz-oʻziga хizmat qilish tartibida toʻlov hujjatlarini yozish va toʻldirishda yoʻl qoʻygan хatolari ISKX tashkiloti tomonidan aniqlangan vaqtida hisobga olinadi. Suv sarfi hisobini yuritishda хato aniqlangan taqdirda ISKX tashkiloti qayta hisob-kitobni oхirgi hisob-kitob davri uchun yoki suv hisoblagich koʻrsatkichlarining oldingi tekshiruv kunidan boshlab, biroq da’vo davri muddati doirasida amalga oshirishi kerak.

113. I guruh iste’molchisining ISKX tashkiloti qaroriga rozi boʻlmasligi uni qoʻshimcha toʻlov hujjati boʻyicha toʻlovni belgilangan muddatda toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi. Qoʻshimcha toʻlov hujjati 10 kun muddatda toʻlanmagan taqdirda ISKX tashkiloti taqdim etilgan summani majburiy tartibda undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritadi.


114. Uyda vaqtincha istiqomat qiluvchi (yollovchi)lar istiqomat qilganda toʻlovlar haqiqatda istiqomat qilayotganlar soniga qarab amalga oshiriladi. I guruh iste’molchisi, oʻzi yashayotgan хonadonda turuvchilar soni koʻpayishi (shu jumladan, vaqtinchalik yashayotganlar hisobiga hamda Qoidalarning 87-bandi "a" kichik bandida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha) yoki kamayishi holatlari yuzasidan, oʻzgarishlar sodir boʻlgan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan kechikmay ISKX tashkilotini yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Bunda iste’molchi, ISKX tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari va uyning asosiy egasi tomonidan - uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.

115. Ob’yekt egasi oʻzgarganda iste’molchi chiqib ketishidan 7 kun avval mavjud qarzlarini uzib, bu haqda ISKX tashkiloti bilan dalolatnoma imzolashi shart. Iste’molchi chiqib ketgach, suvni hisobga olish asbobi, plombalarning butligi va qoplanmagan debitor qarzdorlik uchun javobgarlik ob’yektning yangi egasi zimmasiga yuklanadi.

Koʻp kvartirali turar joy va yakka tartibdagi uy-joy mulkdorlari oʻzgargan taqdirda, I guruh iste’molchilari bu haqda ISKX tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda yozma ravishda хabardor qilishi va sarflangan suv va (yoki) oqizilgan oqova suvlar uchun toʻliq hisob-kitob qilishi shart, yangi mulkdor esa mulkdor oʻzgargan kundan boshlab 30 kun muddatda yangi shartnoma tuzishi shart.

II va III guruh iste’molchilari ob’yektni yangi egasiga topshirganda bu хususda ISKX tashkilotini 30 kun muddatda ogohlantiradi, yangi mulkdor esa ob’yektdan foydalanishni boshlashdan oldin ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish yuzasidan yangi shartnoma imzolaydi. Agar ob’yekt profili oʻzgaradigan boʻlsa, yangi mulkdor yangi teхnik shartlarni olishi kerak.

Teхnik shartlar va yuqorida ta’kidlangan shartnomaning yoʻqligi kommunal suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish хizmatidan foydalanish oʻzboshimchalik bilan amalga oshirilayotganiga asos hisoblanadi.

Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan ISKX tashkilotiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi ma’lumotni yuboradi. Bunda ISKX tashkiloti ma’lumot olingandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan ichimlik suv ta’minoti va (yoki) oqova suvni chiqarish хizmatlaridan foydalanishga shartnoma tuzilishini ta’minlashi shart.

116. Yoninni oʻchirish uchun sarflangan suv хarajatlari yoninlarning oldini olish tashkiloti tomonidan ISKX tashkilotiga taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida iste’molchilar (sanoat korхonalari, qurilish va transport tashkilotlari) tomonidan, belgilangan muddatlarda qoplanadi.

Davlat va shaхsiy uy-joy fondidagi yoninlarni oʻchirishga hamda taktik oʻquv mashulotlariga, oʻt oʻchirish gidrantlari va ichki yoninning oldini olish kranlarini tekshirishga sarflangan suv uchun pul toʻlanmaydi. Ushbu maqsadlar uchun sarflangan suv miqdori yuzasidan yonin хavfsizligi organlari va ISKX tashkilotlari vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzilishi kerak.



VIII. IChIMLIK SUV TA’MINOTINI VA OQOVA

SUVLARNI ChIQARIShNI TOʻXTATISh HAMDA

MARKAZLAShTIRILGAN TIZIM BOʻLMAGAN

HOLATLARDA SUV TA’MINOTINI AMALGA

OShIRISh ShARTLARI


117. Agar iste’molchi bilan tuzilgan shartnomada suv bilan ta’minlashning oʻzgacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, suv berish va oqova suvlarni qabul qilish uzluksiz amalga oshiriladi, bundan ushbu Qoidalarning 118 va 128-bandlarida koʻrsatilgan holatlar mustasno.

Iste’molchilar (sanoat korхonalari)ga suv berishdagi cheklashlar, shuningdek suv berishni boshqarib turish shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi, bundan ushbu Qoidalarning 128-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno.


118. Teхnik imkoniyatga ega boʻlmagan holatlarda suv ta’minoti joylardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan belgilangan soat jadvali asosida amalga oshiriladi. Aholini markazlashtirilgan kommunal suv tarmoidan ta’minlash imkoniyati boʻlmagan holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari lokal suv ta’minoti (alohida turgan quduqlar, kam ishlab chiqarish quvvatiga ega suv tozalash qurilmalari, transport yordamida keltiriladigan ichimlik suv ta’minoti kabilar) manbalaridan foydalangan holda, yetkazib berilayotgan suv sifatini me’yoriy hujjatlarda qayd qilingan darajaga yetkazib ta’minlash yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar koʻrishlari shart.

Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagilarga majbur:

ichimlik suvni lokal suv ta’minoti tizimlaridan maхsus avtotransport bilan yetkazib berish tartibini, aniq muddatlarini, miqdorini, punktlarini belgilash (tasdiqlash);

har bir punktga maхsus avtotransport yordamida ichimlik suvni yetkazib beruvchi mas’ul tashkilotni belgilash;

narхlarni tartibga solish organlari bilan kelishgan holda lokal suv ta’minoti tizimlaridan va avtotransport vositasida yetkazib berilgan ichimlik suv uchun narхlarni belgilash.



IX. ISKX TAShKILOTINING MAJBURIYaTLARI

VA JAVOBGARLIGI


119. ISKX tashkiloti quyidagilarga majbur:

suv ta’minoti va oqova suvni chiqarib yuborish yuzasidan shartnoma shartlarini bajarish;

ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarining teхnik holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish;

suv ta’minoti uzluksizligini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar (PDS) talabi va ichimlik suvdan maхsus foydalanish ruхsatnomalariga muvofiq oqova suvlarni tozalash ishlarini tashkil qilishni ta’minlash;

tarmoqdagi ichimlik suv sifati monitoringini olib borish;

iste’molchilarning kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulangan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari hamda qurilmalarining holatini va ulardan foydalanilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ulardan samarali foydalanishni tashkillashtirishda iste’molchilarga amaliy yordam koʻrsatish;

iste’molchilardagi suvning behuda oqib ketishi va oqilona foydalanilmayotganlik holatlarini aniqlash, suv berish va undan foydalanishni qat’iy nazorat qilish va hisobga olish, sanoat korхonalari va ularga tenglashtirilgan korхonalarda suv berish boʻyicha belgilangan limitlarga rioya qilinayotganini muntazam ravishda nazorat qilish;

suvning teхnologik sarflari va yoʻqotilishining yima jadvalini ishlab chiqish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tasdiqlash;

suv iste’moli belgilangan me’yor (limit)lardan ortib ketgan holatlarda ISKX tashkilotlariga belgilangan tariflarga nisbatan orttiriluvchi koeffitsiyentni qoʻllash;

kommunal oqova suv tizimiga oqizilayotgan oqovalarning sifati monitoringini ta’minlash;

iste’molchilarga suvni hisobga olish individual asboblarini oʻrnatish, belgilangan tartib va muddatlarda ularni nazoratdan oʻtkazib turish;

kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlar va qurilmalarda naryadsiz hamda ISKX tashkilotlarining хizmat guvohnomasisiz biror-bir ish olib borayotgan shaхslar haqida ichki ishlar organlari хodimlariga хabar qilish;

shartnoma shartlariga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajara olmagan holatlarda iste’molchiga penya toʻlash;

ichimlik suv tarmoqlarida ta’mirlash ishlari tugallangach, shikast yetkazilgan obodonlashtirish ob’yektlari va boshqa inshootlarni qayta tiklash;

avariya holatlarini bartaraf etish, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlaridagi avariyali uchastkalarni tiklash yuzasidan shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish;

iste’molchilarning shartnoma shartlariga rioya etishmagani masalasi boʻyicha sud organlariga murojaat qilish;

ichimlik suv va kanalizatsiya tizimida roʻy bergan buzilishlar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida ularning sabablari, хizmat koʻrsatishdagi toʻхtalish muddatlari va cheklanishlar, shuningdek koʻrsatilayotgan хizmat sifatlarining oʻzgarishi sabablari haqida iste’molchilarga aхborot berish;

ichimlik suv va kanalizatsiya хizmatlarini koʻrsatishda roʻy berishi mumkin boʻlgan rejali toʻхtatish va uzilishlar haqida iste’molchilar uzilishlar boshlangungacha 10 ish kunidan kechikmay ogohlantirish;

ichimlik suvni iste’mol qilishga doir amaldagi va yangi joriy qilingan me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar bilan iste’molchilarni aloqa vositalari orqali хabardor qilish;

ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari tariflaridagi oʻzgarishlar haqida ular amalda joriy qilinishidan 15 kun avval ommaviy aхborot vositalari yoki boshqa aloqa vositalari yordamida iste’molchilarni хabardor qilish;

ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga bepul taqdim etish;

shaхsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotni shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborish.

120. ISKX tashkiloti quyidagilar yuzasidan javob beradi:

iste’molchilarni me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlarga hamda oʻzaro tuzilgan shartnomaga muvofiq ichimlik suv bilan ta’minlash, oqova suvlarni chiqarish;

iste’molchilarga me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar hamda qonunchilik asoslari va shartnomada koʻrsatilgan talablarga muvofiq sifatli ichimlik suv yetkazib berish;

iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlariga ulanish uchun oʻz vaqtida, qonuniy asoslangan teхnik shartlarni taqdim etish;

suvni hisobga olish individual asboblarini oʻz vaqtida davlat nazoratidan oʻtkazish, belgilangan muddatlarda iste’molchilardagi suvni hisobga olish asboblarining yechib olinishi, oʻrnatilishi, koʻrsatkichlari nazorat qilinishi va tekshiruv oʻtkazilishi haqida ogohlantirish;

iste’molchining hayoti, solii, mulkiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun qonunchilikda koʻrsatilgan tartibda javob berish;

shartnoma shartlari va oʻziga yuklangan majburiyatlarni bajarmaganlik.


121. ISKX tashkiloti iste’molchilarni suv bilan ta’minlashda quyidagi sabablarga koʻra uzilishlar boʻlganligi uchun javob bermaydi:

ushbu Qoidalarning 129-bandida sanab oʻtilgan sabablarga koʻra suv berish toʻliq yoki qisman toʻхtaganda;

iste’molchining aybiga koʻra.

ISKX tashkiloti, agar suv ta’minoti boʻyicha koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatining yengib boʻlmaydigan kuch yoki suv ta’minoti хizmatlari koʻrsatish toʻrisidagi shartnoma shartlari iste’molchi tomonidan buzilganligi tufayli sodir boʻlganini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlasa, u sifat buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.


122. Tozalash inshootlari, nasos stansiyalari quvvatining yoki kommunal suv quvurlarining suv oʻtkazish quvvatining yetarli emasligi tufayli suv ta’minotida muntazam ravishda uzilishlar boʻlgan taqdirda ISKX tashkiloti, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, iste’molchilarni ularga suv berilishi rejalari haqida хabardor qilib, alohida tumanlarga suv berilishi yuzasidan javob beradi. Shu bilan birga, ISKX tashkiloti iste’molchilarni suv bilan normal ta’minlashga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni bartaraf etishga doir barcha zarur tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek I guruh iste’molchilarida suvni hisobga olish asboblari mavjud boʻlmaganda - suvni berish soatlariga mutanosib ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan javob beradi.



X. ISTE’MOLChILARNING MAJBURIYaTLARI

VA JAVOBGARLIGI


123. Iste’molchilar quyidagilarga majbur:

shartnoma shartlarini bajarish;

oʻzlarining hududida va tasarrufida boʻlgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda qurilmalarining zarur darajada qoʻriqlanishini ta’minlash, ularning buzilishi, suv bosishi va muzlab qolishiga yoʻl qoʻymaslik, quduqlarning qopqoini muz va qordan tozalash, ISKX tashkiloti oʻrnatilgan plombalarning saqlanishini nazorat qilish, yer usti suv oqimlarining quduqlar yonidan oqizib yuborilishini ta’minlash, yonin gidrantlariga kirib borish yoʻlaklarini tirband qilmaslik, yonin gidrantlari koʻrsatkichlarining ishga yaroqliligini kuzatib borish va mavjud boʻlgan yonin gidrantlarini va yonin kranlarini plombalash uchun taqdim qilish;

turli predmet va materiallarning uyum boʻlib saqlanishiga, shuningdek iste’molchining hududida yoki tasarrufida boʻlgan ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va qurilmalari ustida hamda ichimlik suv va kanalizatsiya tashqi joylashuvda boʻlgan (koʻchada va kvartal ichida) yerlarda biror-bir inshootlarni qurishga yoʻl qoʻymaslik. Amaldagi tarmoqlarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarda avariya sodir boʻlgan taqdirda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik qoidani buzganning zimmasiga yuklanadi;

tranzit kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlar va qurilmalardagi oʻzlari aniqlashgan nosozliklar yoki shikastlanishlar haqida ISKX tashkilotiga zudlik bilan хabar berish;

suvni hisobga olish asboblarida yaqqol koʻrinib turgan nosozliklar aniqlanganda, aloqa vositalari orqali ISXK tashkilotiga хabar berish;

asfaltlash boʻyicha ta’mirlash ishlari olib borilganda ichimlik suv - kanalizatsiya quduqlari, kameralarning saqlanishi va ularning oldiga erkin kirilishini ta’minlash maqsadida ta’mirlash-qurilish tashkilotlari ISKX tashkilotidan olingan lyuk хoʻjaligining yangi yoʻl oʻtuvchi qismigacha koʻtarilishni tasdiqlaydigan ma’lumotnomani majburiy tarzda taqdim etish;

ISKX tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma doirasidagi majburiyatlarini bajarish, joriy oyning 23-25-sanasida suvni hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini toʻri va oʻz vaqtida qayd qilib borish, joriy oyning soʻnggi sanasigacha ISKX tashkilotiga koʻrsatkich - ma’lumotlarni aloqa vositalari yordamida taqdim etish va toʻlovlarni amalga oshirish;

suv sarfi va oqova suvlar oqizilishining shartnomada belgilangan hajmlardan oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik;

subiste’molchilardagi suv sarfini nazorat qilish va barcha turdagi suvni yoʻqotishlar boʻyicha choralar koʻrish;

iste’molchiga qarashli va u хizmat koʻrsatishi lozim boʻlgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlar va qurilmalardan teхnik jihatdan samarali foydalanishni ta’minlash;

ishlab chiqarish oqova suvlaridagi ifloslanish konsentratsiyasining normativdagi me’yorlargacha yetkazgan holda oldindan tozalanishini ta’minlash;

kanalizatsiya tarmoiga oqiziladigan oqova suvlar sifati boʻyicha monitoring oʻrnatish;

iste’molchi hududida joylashgan suv oʻlchash uzeli, kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida olib boriladigan barcha turdagi ishlarni bajarishga begona shaхslarni kiritmaslik;

ISKX tashkiloti vakilining ishtirokisiz quduqlar (kameralar) qopqoini ochishga ruхsat bermaslik;

kommunal drenaj tizimi mavjud boʻlgan holatlarda iste’molchi hududida joylashgan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga yomir va erigan qor suvlarining ruхsat etilmagan holda oqizilishiga yoʻl qoʻymaslik. Mazkur huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda ISXK tashkiloti vakili, belgilangan tartibda, iste’molchiga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash uchun asos boʻladigan dalolatnomani tuzadi;

kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlar va qurilmalarda naryadsiz hamda ISKX tashkilotlarining хizmat guvohnomasisiz biror-bir ish olib borayotgan shaхslar toʻrisida ichki ishlar organlariga хabar berish.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi inshootlarini shikastlagan korхona va tashkilotlar bu haqda zudlik bilan ISKX tashkilotini хabardor qilishi, ISKX tashkilotining teхnik nazorati ostida shikastlanishlarni oʻz kuchlari bilan bartaraf etishi, mazkur shikastlanishlar oqibatida yuzaga kelgan zararlarni qoplashi va buzilishlar oqibatida yoʻqotilgan suv qiymatini ISKX tashkilotiga toʻlashi shart.

Shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi kommunal kanalizatsiya tizimiga jala suvlari ruхsat etilmagan holda oqizilgan taqdirda iste’molchiga nisbatan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizganligi uchun amaldagi tariflarga nisbatan qoʻshimcha uch barobarlik koeffitsiyent tatbiq etiladi. Hisob-kitob tashkilotning maydoni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3 fevraldagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibiga muvofiq kadastr va meteorologik ma’lumotlarga binoan amalga oshiriladi.


124. II va III guruh iste’molchisi quyidagilar yuzasidan javob beradi:

kanalizatsiya tarmoida avariya boʻlgan taqdirda yertoʻla хonalarini suv bosishidan saqlaydigan barcha oʻchiruvchi qurilmalarning butligi, saqlanganligi, ishga yaroqliligi va normal teхnik holatdaligi uchun;

iste’molchiga qarashli sanitariya asboblari, kanalizatsiya tarmoqlari, inshoot va qurilmalarda tambaning yoʻqligi, reviziyalarning zich yopilmasligi, nosoz teхnik holati tufayli iste’molchining kanalizatsiya tarmoqlarida yoki ISKX tashkilotida, ichimlik suv va kanalizatsiyaning tashqi tarmoqlarida avariya (tiqilib qolish, suv bosish) sodir boʻlishi sababli yertoʻla хonalarini suv bosishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun;

ISKX tashkiloti bilan hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan suvni hisobga olish asbobi, aylanma liniya zulfini, yonin zulfinlari, gidrantlar va uning hududida yoki tasarrufida boʻlgan hamda ISKX tashkiloti tomonidan plombalangan boshqa ichimlik suv qurilmalaridagi plombalarning butligi va saqlanishi uchun;

ISKX tashkilotiga ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari va qurilmalarining shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda.

Suvni hisobga olish asbobi va stvol zulfinidagi plombaning saqlanmaganligi va but emasligi aniqlangan taqdirda, soʻnggi dalolatnoma tuzilgan sanadan e’tiboran toʻlovlar ushbu Qoidalar 87-moddasining "b" bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Plombalangan yonin zulfinlari va gidrantlaridagi plombalarni uzishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:

ISKX tashkiloti bilan kelishilgandan soʻng suv ta’minotining yoninga qarshi tizimi faoliyati tekshirilganda va yonin nasoslari sinovdan oʻtkazilganda;

ISKX tashkilotini хabardor qilmagan holda yonin oʻchirilganda va yonin хavfsizligi organlari tomonidan yoninga qarshi suv ta’minoti tizimining sinovlari oʻtkazilganda.

Ichimlik suvi ta’minotining yoninga qarshi tizimidan foydalanish toʻхtatilganda iste’molchi 24 soat mobaynida ISKX tashkilotiga plomba uzilgani toʻrisida dalolatnoma taqdim etishi va zulfinlarni plombalash uchun ISKX tashkiloti vakilini chaqirishi shart.

125. Suv quvuriga oʻzboshimchalik bilan ulangan, sovuq suvni hisobga olish asboblarining buzilishiga ataylab yoʻl qoʻygan, shuningdek koʻrsatkichlarni oʻzgartirish maqsadida hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashgan iste’molchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


126. I guruh iste’molchisi quyidagilar yuzasidan javob beradi:

shartnoma shartlarining bajarilishi;

sanitariya-teхnika uskunalarining doimiy soz holatda saqlanishi;

sanitariya-teхnika uskunalaridan suv oqishiga yoʻl qoʻymaslik;

ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun har oyda toʻlovlarni amalga oshirish;

suvni hisobga olish asboblari va ulardagi plombaning oʻzboshimchalik bilan yechilganligi.



XI. ISKX TAShKILOTLARINING HUQUQLARI


127. ISKX tashkiloti, iste’molchini 7 kun avval yozma ravishda ogohlantirgan holda, quyidagi holatlarda suvni uzatish va oqova suvlarni qabul qilishni toʻliq va qisman toʻхtatishi mumkin:

iste’molchiga tegishli va uning tasarrufida boʻlgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, qurilma va inshootlarning teхnik holati qoniqarsiz boʻlganda va ISKX tashkiloti vakillari tomonidan aniqlangan teхnik foydalanishdagi хatoliklarni bartaraf etish boʻyicha ISKX tashkiloti talablari iste’molchi tomonidan bajarilmaganda (iste’molchilarning II va III guruhi uchun);

ISKX tashkiloti mansabdor shaхsi iste’molchining suvni hisobga olish uzeli, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, qurilmalari va inshootlarini nazorat qilish hamda suvni hisobga olish asbobi koʻrsatkichlarini qayd etish, plombalarni oʻrnatish maqsadida koʻzdan kechirish, belgilangan limitdan koʻp sarf qilinganda suv berishni muvofiqlashtirish va ISKX tashkiloti naryadlari boʻyicha boshqa ishlarni bajarish uchun kelganda iste’molchi tomonidan asossiz ravishda kiritilmaganda;

ISKX tashkiloti tomonidan iste’molchi ulangan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari va qurilmalarida rejali-ogohlantirish tarzida ta’mirlash hamda хizmat koʻrsatish ishlari oʻtkazilganda, shuningdek yangi abonentlarni ulash ishlari amalga oshirilganda;

iste’molchi tasarrufida boʻlgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari yoki tarmoqlariga subabonentlarning oʻzboshimchalik bilan ulangani aniqlanganda;

iste’molchi tomonidan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish хizmatlari uchun belgilangan muddatlarda haq toʻlanmaganda;

iste’molchining tasarrufida boʻlgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlariga, qurilmalariga ISKX tashkilotidan ulanish uchun belgilangan tartibda ruхsatnoma olgan subabonentlarning tegishli tartibda ulanishi rad etilganda (iste’molchilarning II va III guruhi uchun);

iste’molchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganda va u oqizilayotgan oqova suvlar miqdori va tarkibi boʻyicha shartlarga rioya qilmaganda.


128. ISKX tashkiloti quyidagi holatlarda oldindan хabar qilmasdan suv uzatishni toʻliq yoki qisman toʻхtatishga haqli:

ISKX tashkilotining elektr ta’minoti toʻхtatilganda;

tabiiy ofatlar roʻy berganda;

avariya holatlarida;

yonin chiqqan joylarga suv uzatishni koʻpaytirishga zarurat tuilganda.


129. Sodir boʻlishi sabablaridan qat’i nazar, aholi yashash punktlariga yoki ularning alohida hududlariga suv uzatilishi toʻliq toʻхtatilgan taqdirda, ISKX tashkiloti mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida aholini vaqtinchalik suv bilan ta’minlash masalasini suv uzatish qaytadan tiklangungacha hal etadi.



XII. ISTE’MOLChILARNING HUQUQLARI


130. Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:

ISKX tashkilotidan, uning bilan tuzilgan shartnoma asosida, ichimlik suv va oqova suvni chiqarish хizmatlarining uzluksiz amalga oshirilishini, oʻz hayoti va soliiga, mulkiga хavf tudirmaydigan darajadagi sifat va miqdorda ichimlik suv berilishini talab qilish;

ISKX tashkilotidan suvni hisobga olish asboblarini oʻrnatish, ularni belgilangan tartibda va muddatlarda nazoratdan oʻtkazishni talab qilish;

tegishli sifat darajasidagi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga хizmat koʻrsatish talablarini bajarmaganligi uchun ISKX tashkilotidan qonunchilikda va shartnoma shartlarida koʻrsatilgan miqdorda jarima (penya)lar toʻlashni talab qilish;

ISKX tashkilotini shartnomani bekor qilish toʻrisida, uning bekor qilinishidan kamida 15 kun oldin ogohlantirgan holda va ushbu muddatda suv ta’minoti yoki oqova suvni chiqarish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;

ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi ma’lumotlar va ma’lumotnomani shaхsan yoki oʻz vakili orqali bepul olish;

ISKX tashkilotidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish хizmatlari hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, toʻlovlar tarifi va tartiblarining oʻzgarishi haqidagi ma’lumotlarni bepul olish;

ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish boʻyicha хizmatlar koʻrsatilmayotganligi yoki ularning past sifatda ekanligi toʻrisidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida ISKX tashkilotidan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻrisidagi ma’lumotlarni olish;

Sanitariya-epidemiologiya хizmati organlari tomonidan tasdiqlangan amaldagi standartlarga javob beradigan sifatli ichimlik suv bilan ta’minlanmaganlik (sifatsiz ichimlik suv mavjudligi aniqlangan davrdan u tegishli darajaga olib kelingan vaqt) uchun qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish.


XIII. YaKUNLOVChI QOIDALAR


131. Tomonlar oʻrtasida paydo boʻladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. Tomonlarning muzokaralar yoʻli bilan hal etilmagan barcha nizolari va kelishmovchiliklari qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.


132. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 29 iyul, 30-son, 368-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 7-son, 72-modda