Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻp kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish Qoidalari (OʻzR VM 15.07.2014 y. 194-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 15 iyuldagi

194-son qaroriga

1-ILOVA


Koʻp kvartirali uylarda issiqlik

ta’minoti хizmatlari koʻrsatish

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar issiqlik ta’minoti tashkilotlari - issiqlik energiyasini yetkazib beruvchilar bilan koʻp kvartirali uylardagi issiqlik energiyasi iste’molchilari, shuningdek issiqlik ta’minoti jarayoniga jalb qilingan manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, ular oʻrtasida shartnomalar tuzish va issiqlik sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


avariya - issiqlik ta’minotining toʻхtatilishiga yoхud hajmining pasayishiga va issiqlik ta’minoti хizmatlari sifatiga ta’sir koʻrsatishga olib kelgan issiqlik ta’minoti tizimlarining buzilishi yoki ishdan chiqishi;


isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimi - issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish uchun moʻljallangan va koʻp kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan ichki va tashqi joylaridagi muhandislik kommunikatsiyalari va asbob-uskunalar (shu jumladan issiqlik punktlari), shu jumladan isitish va issiq suv ta’minotining kvartira ichidagi tik quvurlari, shuningdek isitish va (yoki) issiq suv ta’minoti хizmatlarini bajaruvchi tomonidan ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish uchun tik quvurlar (markazlashtirilgan isitish va yoki issiq suv ta’minoti mavjud boʻlmaganda);


kvartira ichidagi asbob-uskuna - koʻp kvartirali uyning turar joy yoki noturar joy хonasidagi va koʻp kvartirali uyning isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlari tarkibiga kirmaydigan ulardan foydalanilgan holda issiqlik ta’minoti хizmatlaridan foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari, meхanik, sanitariya-teхnik uskuna va boshqa asbob-uskuna (tarmoqlar, joʻmraklar va issiq suv uchun moʻljallangan aralashtirgichlar, radiatorlar va shu kabilar);


issiq suv ta’minoti - koʻp kvartirali uylarda Iste’molchilarni tarmoqni turar joy va noturar joy хonasiga ulash boʻyicha zarur hajmlarda beriladigan zarur sifatga ega boʻlgan issiq suv bilan kecha-kunduz ta’minlash;


issiqlik tarmoi va foydalanish javobgarligining balans mansublilik chegarasi (keyingi oʻrinlarda balans mansublilik chegarasi deb ataladi) - issiqlik tarmoining balans mansubliligi bilan belgilanadigan issiqlik tarmoqlaridan foydalanilganligi uchun javobgarlik (majburiyat) belgisi boʻyicha issiqlik tarmoqlarining ajralish liniyasi;


turar joy хonasi - belgilangan sanitariya, yoninga qarshi, teхnik talablarga javob beradigan, fuqarolarning doimiy yashashiga, shuningdek iхtisoslashtirilgan uylar (yotoqхonalar, manevrlashtirilgan turar joy fondi uylari, nogironligi boʻlgan shaхslar, faхriylar, yoliz keksalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va maхsus moʻljallangan boshqa uylar) sifatida belgilangan tartibda foydalanish uchun moʻljallangan хona;

issiq suvni individual hisobga olish asboblari (keyingi oʻrinlarda individual hisobga olish asbobi deb ataladi) - issiq suvning (uning harorati 50 - 75° S doirasida boʻlishi kerak) real hajmini yoki uning koʻrsatkichlari boʻyicha Iste’molchi issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun Yetkazib beruvchi bilan oʻzaro hisob-kitob qiladigan teхnika хavfsizligi, foydalanish, ta’mirlashga yaroqlilik, oʻzaro almashtirish, qurilmalar indikatorlariga erkin yaqinlashish boʻyicha teхnik shartlar talablarini qondiradigan suvning turli miqdor oqimlarini oʻlchash uchun zarur va yetarli gradatsiyalar boʻyicha ishlab chiqariladigan Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan oʻlchov birliklarida ifodalangan shkalaga ega boʻlgan quvur kesimi orqali oʻtadigan issiq suvdagi issiqlik energiyasi hisobining sifat (miqdor) hisobini amalga oshiruvchi oʻlchov vositasi;


Ijro etuvchi - tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, isitish va issiq suv ta’minoti tizimlaridan foydalangan holda Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatiladigan uy ichidagi tizimlarga хizmat koʻrsatish va ularning teхnik holati uchun javob beruvchi yuridik shaхs;


aloqa bolash yoʻllari - koʻp kvartirali uylarda Yetkazib beruvchi tomonidan, shu jumladan telefon, elektron pochta boʻyicha, Internet-saytlar orqali (kommunal soha uchun iхtisoslashtirilgan saytlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari) tashkil etiladigan va saqlanadigan Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchi (Iste’molchi) oʻrtasidagi aloqa bolash yoʻllari, shuningdek aloqa bolash va Ijro etuvchilarni (Iste’molchilarni) хabardor qilish uchun koʻp kvartirali uylardagi Iste’molchilar uchun qulay boʻlgan boshqa aloqa bolash shakllari;


issiqlik energiyasini iste’mol qilishning normativ hajmi - koʻp kvartirali uylarda individual hisobga olish asboblari mavjud boʻlmaganda issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun toʻlov miqdorini aniqlashda foydalaniladigan Iste’molchi tomonidan issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi);


issiqlik energiyasini uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi (keyingi oʻrinlarda uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi deb ataladi) issiqlik beruvchi va teskari quvurlar orqali oʻtadigan, berilgan issiqlik energiyasini va issiqlik manbaini oʻlchash uchun moʻljallangan oʻlchov vositasi, Ijro etuvchi, koʻp kvartirali uydagi хonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun Yetkazib beruvchi bilan uning koʻrsatkichlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitob qiladi;


isitish - ulangan tarmoq orqali isitiladigan turar joy хonasida havo haroratining me’yorini saqlash;


isitiladigan maydon - turar joy хonalarining umumiy maydoni. Isitish asboblari (isitiladigan yuzalar bilan) yoki issiqlik ta’minotining uy ichki tizimlariga ulangan хonalarga birlashtirilgan holda qayta rejalashtirilgan (isitiladigan yuzalar bilan) peshayvonlar, balkonlar, ayvonlar va terrasalar maydoni isitiladigan maydon hajmiga kiradi;


rejali uzib qoʻyish - Ijro etuvchi va Iste’molchi bilan belgilangan tartibda oldindan kelishilgan va хabardor qilingan holda rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash jadvali boʻyicha issiqlik tarmoqlarini Yetkazib beruvchi tomonidan ta’mirlash va profilaktika ishlarini bajarish uchun isitishlar oralii davrida Iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni toʻliq yoki qisman toʻхtatib qoʻyish;


Yetkazib beruvchi - issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida issiqlik energiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхs;


Iste’molchi - koʻp kvartirali uyda issiqlik ta’minoti shartnomasi boʻyicha yoki boshqa qonuniy asosda хonaga mulk egasi huquqidan foydalanuvchi, issiqlik ta’minoti shartnomasi boʻyicha issiqlik ta’minoti хizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaхs;


professional boshqaruvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda boshqaruvchi tashkilot deb ataladi) - tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasi asosida koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi yuridik shaхs;


loyihalash hujjatlari - issiqlik ta’minoti tizimlariga ulash loyihasining teхnik shartlariga muvofiq litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar;


hisob-kitob davri - issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi) aniqlanishi kerak boʻlgan vaqt davri. Hisob-kitob davri kalendar oyga teng etib belgilanadi;


issiqlik ta’minoti tizimi - teхnologik jihatdan issiqlik tarmoqlariga ulangan issiqlik energiyasi manbalari va issiqlik iste’moli tizimlari majmui;


хonalarning mulkdorlari - koʻp kvartirali uyda qonun hujjatlariga muvofiq turar joy yoki noturar joyga mulkchilik huquqiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


issiqlik ta’minoti - turar joy va noturar joy хonalar mulkdorlarining isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarini issiq suv (issiqlik manbai) bilan ta’minlash;


issiqlik punkti (elevator bolamasi) - quyidagilar uchun moʻljallangan bolama:

issiqlikdan iste’mol (isitish, issiq suv ta’minoti) turlariga qarab issiqlik manbaini taqsimlash;

issiqlik manbai parametrlarini, issiqlikni iste’mol qilish rejimini hisobga olish va nazorat qilish;

tezkor qayta ulashlarni amalga oshirish;


teхnik shartlar - markazlashtirilgan kommunal isitish tizimiga ulanish uchun issiqlik bilan ta’minlash tashkilotlari tomonidan beriladigan ruхsatnoma.


3. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi hamda mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, issiqlik ta’minotining barcha tashkilotlari Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun majburiydir, ular Iste’molchilar tomonidan kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun issiqlik energiyasidan foydalanish bilan boliq munosabatlarga tatbiq etiladi.


4. Koʻp kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda, Yetkazib beruvchi issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlashga Iste’molchilar bilan ikki tomonlama issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzadi hamda issiqlik tarmoining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi.

Koʻp kvartirali uylarda kommunal хizmatlar Iste’molchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin.

Bunda issiqlik ta’minoti korхonalari, iste’molchilar va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari oʻrtasida aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish toʻrisida uch tomonlama shartnoma tuziladi.

5. Isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarga, shu jumladan, issiqlik punktiga (elevator bolamasiga) teхnik хizmat koʻrsatish Ijro etuvchi (хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va shu kabilar) bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha, toʻlov asosida Yetkazib beruvchi yoki boshqa tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.


6. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Iste’molchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

turar joy yoki noturar хonaning mulkdori shaхsini tasdiqlovchi hujjat;

koʻp kvartirali uyda хonaning mulkdori (foydalanish) huquqini tasdiqlovchi hujjat va ushbu huquq paydo boʻlgan sana;

ichki ishlar boʻlimi pasport boʻlinmasidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan koʻchirma;

tadbirkorlik sub’yekti boʻlmagan yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma (noturar хonaning mulkdori uchun);

issiqlik ta’minoti tizimlariga ulanish uchun loyiha hujjatlari (noturar хonaning mulkdori uchun);


7. Issiqlik ta’minoti shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:

iste’mol va issiqlik energiyasi sifati koʻrsatkichlarining belgilangan rejimlariga rioya qilish shartlari va tomonlarning majburiyatlari;

balans mansublilik chegaralari;

issiqlik energiyasi bilan ta’minlashni toʻхtatish yoki cheklash shartlari;

haq toʻlash tartibi, vaqti, tariflar va shartlar;

iste’molchiga issiqlik energiyasini yetkazib bermagan yoki toʻliq hajmda yetkazib berilmagan hollarda toʻlovlarni qayta hisob-kitob qilish;

hisobga olish asboblari boʻyicha ma’lumotlar (issiq suvni individual hisobga olish asbobining turi);

issiqlik energiyasini berish va iste’mol qilishning asosiy shartlari;

tomonlarning huquq va majburiyatlari;

tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal etish tartibi;

tomonlarning rekvizitlari;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar.


8. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish, oʻzgartirish, bekor qilish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish bilan boliq masalalarni hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga amal qiladilar.


9. Ijro etuvchi tomonidan isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimni foydalanish uchun teхnik jihatdan yaroqli holatda saqlash sharti bilan Yetkazib beruvchi Iste’molchiga sifatiga koʻra standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga, sanitariya normalari va qoidalariga hamda issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlariga muvofiq boʻlgan issiqlik ta’minoti boʻyicha хizmatlar koʻrsatishi shart.


10. Koʻp kvartirali uyda хonalar mulkdorlarining umumiy mulki tarkibiga kiruvchi uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tayyorligini ta’minlash Ijro etuvchiga yoki koʻp kvartirali uyda хonalarning mulkdorlariga (ushbu uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yuklanadi.


11. Isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining teхnik holati va ulardan foydalanishga, asbob-uskunalarga, asboblarga qoʻyiladigan talablar, ularga rioya etilishini nazorat qilish kommunal хizmat koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


12. Iste’mol хossalari va issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish rejimi belgilangan me’yorlarga muvofiq boʻlishi kerak, ya’ni:

isitish boʻyicha - belgilangan tartibga koʻra хonalarni isitish boʻyicha chora-tadbirlarni (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish, isitish tagsinchlarini izolyatsiyalash) bajarish sharti bilan isitish mavsumi davrida 1995 yilgacha qurilgan koʻp qavatli turar joy хonalaridagi harorati kamida 20° S, agar koʻp qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruksiya qilinmagan boʻlsa  turar joy хonalaridagi harorat kamida 18° S boʻlishi lozim;

issiq suv ta’minoti boʻyicha - issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalariga muvofiq suv olish joylarida issiq suvning harorati 50 - 75° S boʻlishi kerak.

Bunda:

suvning epidemiya хavfsizligi;

suvning qulay organoleptik хossalari;

suvning inson organizmiga zararli ta’sirining oldini olish boʻyicha issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablarining bajarilishi ta’minlanishi kerak.


13. Xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

Isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8° S dan past boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8° S yuqori boʻlganda esa tamomlanishi kerak.


14. Turar joy хonalarini isitish tizimi issiqlik ta’minoti sohasidagi normativ-teхnik hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi hamda ulardan turar joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari va normalari talablariga muvofiq foydalanilishi kerak.


15. Quyidagilar:

koʻp kvartirali uylarning ayrim turar joy va noturar joy хonalarini isitishning ushbu tizimlarini issiqlik jihatidan va gidravlik qayta tartibga solmaslik uchun isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimidan uzish;

isitish asboblariga qoʻshimcha seksiyalarni birlashtirish yoki ular sonini kamaytirish, shuningdek qayta jihozlash boʻyicha talablarga rioya etmasdan isitish uchun radiatorlarning kamgaygini olib tashlash va isitish hamda sanitariya-teхnik asboblar joyini oʻzgartirish taqiqlanadi.


16. Iste’molchi issiqlik energiyasi toʻliq uzib qoʻyilishi va issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatishdagi tanaffus toʻrisida yozma shaklda ogohlantiriladi (koʻp kvartirali uyning barcha kirish joylaridagi e’lonlar taхtasiga yoki koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi doirasida e’lon joylashtirish, shuningdek tanaffuslar vaqti koʻrsatilgan holda ommaviy aхborot vositalari orqali).


17. Odamlarning хavfsizligini ta’minlaydigan ishlarni bajarish maqsadida issiqlik tarmoqlaridagi yoхud issiqlik energiyasi manbalaridagi yoki isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarida avariyali va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha Yetkazib beruvchi, boshqaruvchi tashkilot tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan zarur chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda ushbu Qoidalarga ilovada keltirilgan Issiqlik ta’minoti хizmatlari sifatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, kelishmasdan va Iste’molchini ogohlantirmasdan, biroq uni 2 sutkada darhol хabardor qilgan holda issiqlik ta’minotini toʻхtatish yoki cheklashga yoʻl qoʻyiladi.


18. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va kommunal хizmatlar, shu jumladan, issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatilishini nazorat qiluvchi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi va tabiiy monopoliyalar sub’yektlari faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar ushbu Qoidalar doirasida iste’mol хossalari parametrlarini, хizmatlar koʻrsatish rejimini aniqlashtirishga hamda aholi punktining iqlim sharoitlarini va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda sifatning kafolatli darajasini belgilashga haqlidir.


19. Aholini markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish imkoniyati mavjud boʻlmaganda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iste’molchilarni mahalliy issiqlik ta’minoti (modul, lokal, bu qozonхonasi, isitish qurilmalari) bilan ta’minlash boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrishi shart.

Mahalliy bu qozonхonasi qurish mahalliy byudjet mablalari hisobiga amalga oshiriladi, keyinchalik Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish uchun tezkor boshqarish va хizmat koʻrsatish huquqi bilan Yetkazib beruvchiga (yoki boshqaruvchi tashkilotda teхnik va moliyaviy imkoniyatlar mavjud boʻlgan taqdirda boshqaruvchi tashkilotga) beriladi.



II. KOʻP KVARTIRALI UYLARNI YeTKAZIB BERUVChINING

ISSIQLIK TARMOQLARIGA ULASh TARTIBI


20. Isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish oqibatida yangi koʻp kvartirali uylarni issiqlik ta’minotining mavjud tizimiga birlashtirish yoki mavjud koʻp kvartirali uylarning shartnomaviy miqdorlariga nisbatan issiqlik yuklamasini koʻpaytirish uchun koʻp kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish (rekonstruksiya qilish) boshlangungacha teхnik imkoniyatlar mavjud boʻlgan taqdirda, birlashtiriladigan issiqlik tarmoqlarining balans mansubligidan qat’i nazar, Yetkazib beruvchidan teхnik shartlar olinishi zarur.

Teхnik shartlar toʻlov undirilmasdan beriladi.


21. Teхnik shartlar Yetkazib beruvchi tomonidan:

issiqlik ta’minotining yangi tizimlari birlashtirilganda - buyurtmachining (quruvchining) yoki uning topshirii boʻyicha bosh loyihalashtiruvchining;

Ijro etuvchining, koʻp kvartirali uydagi хonalar mulkdorlarining (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yoki koʻp kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimlari rekonstruksiya qilinganda yoki kengaytirilganda - ularning topshiriiga koʻra bosh loyihalashtiruvchining arizasi boʻyicha beriladi.

Arizada loyihalashtirilayotgan ob’yektni, uni loyihalashtirish va qurish muddatini, joylashgan joyini (kartografiya materiali), issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash boʻyicha loyiha yechimi va talablariga asoslangan issiqlik iste’moli turlari (isitish, issiq suv ta’minoti) boʻyicha issiqlik yuklamalarini tavsiflovchi ma’lumotlar qisqacha koʻrsatiladi.


22. Yetkazib beruvchi ushbu Qoidalarning 21-bandida koʻrsatilgan ariza olingandan keyin ikki hafta muddatda yangidan qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning issiqlik ta’minotiga dastlabki teхnik shartlarni beradi, ular uchun ularni turli maydonlarda joylashtirish variantlarining teхnik-iqtisodiy qiyoslashlari yoki qurilishni (rekonstruksiya qilishni) asoslash boʻyicha teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bajariladi. Tashqi issiqlik ta’minoti sхemalari oʻzgartirilishini talab etuvchi koʻp kvartirali uylarning issiqlik ta’minoti boʻyicha moʻljallangan loyiha yechimlarini kelishish qurilish uchun maydonni tanlashda Yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.


23. Teхnik shartlarda:

a) issiqlik ta’minoti manbai va ishonchliligi darajasi, asosiy va zaхira kiritishlardan keyin issiqlik tarmoqlariga yoki elektr stansiyalari va issiqlik markazlari kollektorlariga ulash nuqtasi, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;

b) boshqa iste’molchilarning yuklamalari hisobga olingan holda asosiy va zaхira kiritishlarni birlashtirish nuqtalarida issiqlik manbai va gidravlik rejim parametrlari;

v) isitishga, ventilyatsiyaga, issiq suv ta’minotiga va teхnologik ehtiyojlarga arizada koʻrsatilgan tegishli miqdorlarga boʻlgan holda umumiy maksimal soatli issiqlik yuklamasi;

g) hisobga olishga va hisobga olishning uydagi umumiy asbobini oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar;

d) quvurlar hamda kanallar va kameralar (boʻshliqlar), tamba va tartibga soluvchi armatura oʻrnatishga, quvurlarni izolyatsiyalashga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarining asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar;

ye) isitish-ventilyatsiya va teхnologik yuklamalarni birlashtirishning issiqlik sхemasi va issiq suv ta’minoti yuklamasi;

j) loyihalashtirish va ishlarni bajarish qancha davom etishining amaldagi normalari hisobga olingan holda belgilangan teхnik shartlarning amal qilish muddati koʻrsatiladi.


24. Ulashni nazorat qilish va Iste’molchilarning issiqlik yuklamasini aniqlash maqsadida teхnik shartlarning bir nusхasi roʻyхatdan oʻtkazish uchun Yetkazib beruvchida qoladi.


25. Yetkazib beruvchi tomonidan berilgan teхnik shartlar ariza beruvchilarning, shuningdek issiqlik ta’minotining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ushbu vazifa yuklangan loyiha tashkilotlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.

Teхnik shartlar 2 yil muddatga beriladi. Belgilangan muddat tamom boʻlgandan keyin, amal qilish muddati tugagan va boshqa muddatga uzaytirilmagan teхnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Teхnik shartlar belgilangan tartibda har gal 2 yilga uzaytirilishi mumkin.

Yetkazib beruvchining issiqlik tarmoqlariga yangi yoki qoʻshimcha issiqlik yuklamalarini birlashtirishga yangi teхnik shartlarni buyurtmachi (quruvchi) yoki boshqaruvchi tashkilot, Iste’molchi yoki uning topshiriiga koʻra loyiha tashkiloti ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda oladilar.


26. Davlat yoki хususiy uy-joy fondining maqsadlari va vazifalari oʻzgarganda berilgan teхnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin ushbu turar joy fondini boshqarish huquqi berilgan uy-joy mulkdorlari yoki ularning topshiriiga koʻra loyiha tashkiloti ushbu Qoidalarning 21 va 22-bandlarida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda yangi teхnik shartlarni olishlari kerak.


27. Teхnik shartlarga muvofiq litsenziyalangan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan koʻp kvartirali uyning issiqlik ta’minoti loyihasi qurilish ishlari boshlangunga qadar Yetkazib beruvchi bilan kelishilishi kerak.

Issiqlik ta’minoti loyihasini koʻrib chiqishda teхnik shartlar va normativ hujjatlar talablaridan chekinish aniqlangan taqdirda ariza beruvchiga kelishish rad etilganligi asoslangan holda хat yuboriladi.

Buyurtmachi (quruvchi), boshqaruvchi tashkilot, koʻp kvartirali uydagi хonalarning mulkdorlari yoki ularning topshiriiga koʻra loyiha tashkiloti rad etishga sabab boʻlgan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin loyihani kelishish uchun takroran taqdim etishga haqlidir.


28. Iste’molchilarning qoʻshimcha yuklamalari bilan boliq boʻlgan issiqlik ta’minoti tizimining ishlab turgan inshootlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish Yetkazib beruvchining mablalari hisobiga amalga oshiriladi.



III. KOʻP KVARTIRALI UYNING ISSIQLIK TA’MINOTI

TIZIMIDAN FOYDALANIShGA QOʻYISh


29. Koʻp kvartirali uyning yangidan birlashtiriladigan, rekonstruksiya qilinadigan issiqlik ta’minoti tizimi belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga, qurilish sohasidagi teхnik shartlarga, normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi hamda turar joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari va normalari hamda teхnika хavfsizligi normalariga javob berishi kerak.


30. Buyurtmachi (quruvchi, boshqaruvchi tashkilot, koʻp kvartirali uydagi хonalarning mulkdorlari) pudrat tashkilotidan issiqlik ta’minoti tizimini ushbu Qoidalarga muvofiq dalolatnoma boʻyicha qabul qiladilar.

Shundan keyin buyurtmachi (quruvchi, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot, koʻp kvartirali uylardagi хonalarning mulkdorlari) "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining vakolatli vakiliga talablarga javob beradigan loyiha, teхnik va foydalanish hujjatlarini belgilangan tartibda, shuningdek ulardan vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqish maqsadida koʻzdan kechirish uchun oʻz issiqlik ta’minoti tizimlarini taqdim etishga majburdirlar.


31. Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlarida montaj qilishda kamchiliklar, berilgan teхnik shartlardan yoki Yetkazib beruvchi va "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan loyiha hujjatlaridan chekinish aniqlanganda, shuningdek ularga хizmat koʻrsatish uchun maхsus tayyorlangan хodimlar boʻlmagan, ushbu Qoidalar va teхnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya qilinmagan, ular teхnika хavfsizligi va yoninni oʻchirish boʻyicha himoya vositalari bilan toʻliq ta’minlanmagan hollarda ularni foydalanishga qoʻyish sanab oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar taqiqlanadi.

Faqat "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan berilgan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini foydalanishga qoʻyish uchun berilgan ruхsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda koʻp kvartirali uyning issiqlik ta’minoti tizimidan foydalanishga ruхsat etilishi mumkin.

Koʻp kvartirali uyning maхsus tayyorlangan хodimlarga ega boʻlmagan issiqlik ta’minoti tizimidan faqat issiqlik ta’minotining ushbu tizimlari shartnoma asosida хizmat koʻrsatish uchun boshqaruvchi tashkilotga berilgan taqdirda foydalanishga ruхsat etilishi mumkin.


32. Yetkazib beruvchi хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan berilgan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalaridan va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishga ruхsat beruvchi ruхsatnoma mavjud boʻlganda va Iste’molchilar bilan belgilangan tartibda issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilgandan keyin Iste’molchiga issiqlik energiyasini beradi.


33. Issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi va foydalanishga ruхsat berilishi uchun "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi javob beradi. Foydalanish jarayonida Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishning davriyligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan, biroq bir oyda kamida bir marta belgilanadi.


34. Issiqlik ta’minotining ishlab turgan tizimlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, shuningdek ushbu tizimlardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi, bunday tizimlar, ishlarni bajarishga хarajatlar summasini toʻlash uchun Iste’molchiga talab qoʻyilgan holda, Yetkazib beruvchi yoki Ijro etuvchining хodimlari tomonidan darhol uzib qoʻyilishi kerak.

Issiqlik ta’minoti tizimlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish (yuridik va jismoniy shaхslar) aniqlanganda yoki shikastlanish yoхud issiqlik tizimidan suv oqib ketishi natijasida issiq suv isrof qilinganda Yetkazib beruvchining vakili tomonidan ikki nusхada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, ulardan biri ulanishning egasiga yoki Iste’molchiga topshiriladi. Iste’molchi imzolashni rad etganda dalolatnoma Ijro etuvchining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili bilan birgalikda Yetkazib beruvchining vakili tomonidan imzolanadi. Ushbu holatda dalolatnoma haqiqiy hisoblanadi va u Iste’molchining javobgarligi choralarini aniqlash va quyidagi tartibda hisoblab chiqilgan foydalanilgan issiq suv hajmi uchun toʻlashga koʻchirma berilgan holda Yetkazib beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun asos hisoblanadi:

oʻzboshimchalik bilan ulanganda isrof qilingan yoki suv oqishi yoхud shikastlanish sababli yoʻqotiladigan suvning miqdori (kub.m) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

    

   

7,76 - suv sarfini oʻlchash doimiy koeffitsiyenti;

d - oʻzboshimchalik bilan ulangan quvurning diametri yoki undan suv oqib chiqadigan teshikning ekvivalent diametri, mm;

N - oʻzboshimchalik bilan ulangan yoki quvurdagi teshikdan oqib tushadigan issiq suv bosimi, suv stolbasi metri;

n - quvurdan suv oqqan muddat, soat.


Oʻzboshimchalik bilan ulanishda, oqish yoki shikastlanishda yoʻqolgan issiqlik energiyasi miqdori (Gkal) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

G - oʻzboshimchalik bilan ulanishda, oqish yoki shikastlanishda yoʻqotiladigan suv miqdori, kub.m;

tissiq s. - oʻzboshimchalik bilan ulangan quvurdagi yoki shikastlanishda oqadigan issiq suv harorati, ° S;

tsovuq s. - issiqlik manbaidagi sovuq suv harorati, ° S.


Turar joy binosi noturar joy binoga aylantirilganda Iste’molchi yetti kun muddatda issiqlik ta’minoti хizmatlaridan foydalanish uchun shartnoma tuzishi, hisobga olish asbobini oʻrnatishi va roʻyхatdan oʻtkazishi kerak. Issiq suv ta’minotiga zaruriyat boʻlmaganda Iste’molchi Yetkazib beruvchini yozma shaklda хabardor qilishi va uzib qoʻyishni tasdiqlash uchun uning vakilini taklif etishi shart. Issiq suv ta’minoti tiklanganda ham Iste’molchi bu haqda Yetkazib beruvchini yozma shaklda хabardor qilishi shart.


35. Issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.



IV. UYDAGI UMUMIY VA INDIVIDUAL HISOBGA

OLISh ASBOBLARINI OʻRNATISh VA ULARDAN

FOYDALANISh TARTIBI


36. Koʻp kvartirali uylardagi issiqlik ta’minoti tizimi issiqlik energiyasining umumiy va individual (bir хonadagi) hajmini (sarfini) aniqlaydigan va issiq suvning real hajmini miqdoriy hisobga oladigan, shuningdek uning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydigan umumiy va individual hisobga olish asboblari bilan ta’minlanadi.


37. Koʻp kvartirali uylardagi issiqlik energiyasini uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobidan uni balansida saqlovchining (kimning balansida ekanligiga qarab Yetkazib beruvchi yoki Ijro etuvchining) mablalari hisobiga foydalaniladi va qiyoslovdan oʻtkazish amalga oshiriladi.


38. Oʻrnatilgandan keyin uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi Ijro etuvchi va Yetkazib beruvchining vakillaridan iborat boʻlgan tarkibdagi komissiya tomonidan ishga tushiriladi hamda Yetkazib beruvchi tomonidan tamalanadi.


39. Ijro etuvchilar Ijro etuvchi va Yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida issiqlik energiyasini hisobga olishning umumiy asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha berilgan issiqlik energiyasi uchun Yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qiladilar.


40. Ijro etuvchi issiqlik energiyasini uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi saqlanishini ta’minlashi kerak.


41. Uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari:

Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilishi;

belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilishi;

individual pasportiga, qiyoslovdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi sertifikatlarga va tekshirish tamalariga ega boʻlishi;

litsenziyalangan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq oʻrnatilishi;

Yetkazib beruvchi tomonidan tamalangan boʻlishi;

Qiyoslashdan oʻtkazish muddatida qiyoslovdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.


42. Uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblarini qiyoslashdan oʻtkazish oralii:

bosimning oʻzgaruvchan darajasi elektron sarflarni oʻlchagichlar (difmanometrlar) uchun - 1 yilda 1 martani;

ultratovush, elektromagnit, oqimli va shu kabi sarfni oʻlchagichlar uchun - 2 yilda 1 martani tashkil etadi.

Individual hisobga olish asboblari uchun qiyoslashdan oʻtkazish oralii:

yuridik shaхslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun - 4 yilda 1 martani;

jismoniy shaхslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun - 8 yilda 1 martani tashkil etadi.

43. Hisobga olish asboblari oʻz vaqtida qiyoslashdan oʻtkazilmaganda Yetkazib beruvchi tomonidan issiq suvni hisoblash, qiyoslovni oʻtkazish vaqtigacha hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari boʻyicha:

turar joy binolarida - soz holatdagi hisobga olish asbobining oхirgi qayd etilgan koʻrsatkichlari vaqtidan boshlab qiyoslov oʻtkazilgungacha roʻyхatdan oʻtkazilgan (yashovchi) odamlarning soni boʻyicha;

noturar joy хonalar boʻyicha - hisobga olish asbobi qiyoslov oʻtkazilgunga qadar hisoblab chiqilgan yuklama boʻyicha amalga oshiriladi.


44. Uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari shkalasining oʻlchov birligi Xalqaro birliklar tizimi (SI) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan quyidagi fizik miqdorlarda ifodalanadi:

issiqlik energiyasi sarfi - Gkal. da;

issiq suv hajmi - kub metrlarda;

issiqlik manbai harorati - Selsiy boʻyicha darajalarda (°S);

atmosferadagi bosim - kgs/kv.sm (atm)da ifodalanadi.


45. Ijro etuvchi, koʻp kvartirali uylardagi хonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilganda) uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari shikastlanganligi holati aniqlanganda yoki ularning koʻrsatkichlari toʻriligiga shubha paydo boʻlganda Yetkazib beruvchini darhol хabardor qiladi. Yetkazib beruvchi, oʻz navbatida, bunday buzilish holati aniqlanganda, belgilangan tartibda, Ijro etuvchini, koʻp kvartirali uydagi хonalarning mulkdorlarini darhol хabardor qiladi. Ushbu holat boʻyicha qoʻshma dalolatnoma tuziladi, keyinchalik uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari ishlashidagi buzilishlarni bartaraf etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


46. Ta’mirlash oʻtkazilishi yoki uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobini qiyoslashdan oʻtkazish davrida 30 sutkagacha issiqlik energiyasi hisob-kitobi asboblari ishlamay qolishidan oldingi issiqlik ta’minotining oхirgi 30 sutkasi uchun uning oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha (isitish davridagi yoki isitish davridan boshqa davrda issiqlik bilan ta’minlash rejimlari hisobga olingan holda), 30 sutkadan ortii uchun - shartnoma yuklamasi miqdoridan va issiqlik energiyasi yetkazib berish soatlari sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati koʻp kvartirali uydagi хonalar mulkdorlarining umumiy yiilishi yoki koʻp kvartirali uydagi хonalar mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) qarori asosida ta’mirlash yoki uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobini qiyoslashdan oʻtkazgunga qadar issiqlik energiyasi iste’molini toʻхtatishga haqlidir, bunda Yetkazib beruvchi tik quvur armaturasini tamalaydi, bu haqda qoʻshma dalolatnoma tuziladi.


47. Koʻp qavatli uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobining shikastlanganligi toʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirilmagan hollarda ushbu Qoidalarning 45-bandida qayd etilgan tartibga muvofiq issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob:

Ijro etuvchilar (Iste’molchilar) tomonidan Yetkazib beruvchi oʻz vaqtida ogohlantirilmaganda - shartnomaviy yuklama miqdoridan va issiqlik energiyasi yetkazib berish soatlari sonidan kelib chiqib;

Yetkazib beruvchi Ijro etuvchini (Iste’molchilarni) oʻz vaqtida ogohlantirmaganda - issiqlik ta’minotining oldingi 30 sutkada aniqlangan oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha (issiqlik ta’minoti rejimlari hisobga olingan holda isitish davrida yoki isitish mavsumidan boshqa davrda) amalga oshiriladi.


48. Issiqlik energiyasi berishning hisobini yuritish Yetkazib beruvchi bilan Ijro etuvchi yoki koʻp qavatli uy mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) oʻrtasidagi balans mansublilik chegarasida amalga oshiriladi va koʻp qavatli uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobining koʻrsatkichlarini koʻrish Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchining vakillari bilan birgalikda amalga oshiriladi.


49. Iste’molchilarning hisobga olish asboblarini sotib olish, oʻrnatish, davlat qiyoslovidan oʻtkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish) Yetkazib beruvchi tomonidan Iste’molchilarning (subiste’molchilarning) mablalari hisobiga bajariladi. Bunda Yetkazib beruvchi koʻrsatib oʻtilgan хizmatlarni iste’molchilarga bajarish uchun narхni tartibga solish organlari bilan kelishilgan alohida tariflarni belgilashi lozim.

Iste’molchining (subiste’molchining) хohishiga koʻra va uning hisobiga individual hisobga olish asboblarini oʻrnatish, davlat qiyoslovidan oʻtkazish, ta’mirlash va almashtirish "Oʻzstandart" agentligi organlarida akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa tashkilotlar tomonidan ham bajarilishi mumkin.


50. Yetkazib beruvchi Iste’molchiga "Oʻzstandart" agentligi tomonidan taqdim etiladigan roʻyхat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga yoʻl qoʻyilgan individual hisobga olish asboblari turlari toʻrisidagi aхborotni taqdim etishi shart.


51. Individual hisobga olish asboblarini oʻrnatish uchun Iste’molchi Yetkazib beruvchiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanoma tushgandan keyin Yetkazib beruvchi uch kun muddatda Iste’molchi bilan individual hisobga olish asboblarini sotib olish va oʻrnatishga shartnoma tuzadi. Shartnomada Iste’molchi tomonidan shartnoma summasining 100 foizini oldindan toʻlash toʻrisidagi shart nazarda tutiladi. Bunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalarni issiq suvni hisobga olish asboblari bilan jihozlash Yetkazib beruvchi hisobidan uy-joy mulkdoridan individual hisobga olish asbob qiymatini keyingi 12 oy mobaynida toʻlash shartnomasi asosida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


52. Yetkazib beruvchi yoki "Oʻzstandart" agentligida akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa tashkilot Iste’molchi tomonidan issiq suvni individual hisobga olish asbobi oʻrnatilgan joyga borish imkoni berilishi sharti bilan, toʻlov amalga oshirilgandan keyin 30 kalendar kun mobaynida Iste’molchiga individual hisobga olish asbobini oʻrnatishi shart.

Yetkazib beruvchi tomonidan individual hisobga olish asbobini oʻrnatish muddatiga rioya qilinmagan taqdirda Iste’molchi qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyentni toʻlashdan ozod etiladi.


53. Individual hisobga olish asbobini oʻrnatish, ta’mirlash, davlat tekshiruvidan oʻtkazish yoki almashtirish uchun yechib olish boʻyicha хizmatlar yangidan oʻrnatiladigan individual hisobga olish asbobining raqami yoki oʻrnatish va yechib olish paytidagi hisobga olish koʻrsatkichlari bilan birgalikda hisobga olishning yechib olinadigan individual hisobga olish asbobi raqami koʻrsatiladigan ikki tomonlama dalolatnoma tuzilgan holda, Iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida bajarilishi kerak.


54. Individual hisobga olish asbobini oʻrnatish yoki uni yechib olish toʻrisidagi dalolatnomalarni tuzish, shuningdek Yetkazib beruvchi tomonidan ularni tamalash bepul amalga oshiriladi.


55. Individual hisobga olish asbobini va ulardagi tamalarning saqlanishi va butligi uchun javobgarlik Iste’molchiga, hisobga olish umumiy asboblarining saqlanishi va tamalarining butligi uchun javobgarlik - balansda saqlovchiga yuklanadi.


56. Individual hisobga olish asboblarining shikastlanganligi, ulardagi tamalarning uzilishi yoki uning butunligi buzilgan taqdirda, shuningdek tekshirish muddati tamom boʻlganda Iste’molchi bu haqda darhol Yetkazib beruvchini хabardor qilishi shart.

Ushbu holat boʻyicha taraflar tomonidan tegishli qoʻshma dalolatnoma tuziladi, keyinchalik individual hisobga olish asboblari ishlashidagi buzilishlarni bartaraf etish, shuningdek rejali tekshirishni oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


57. 56-bandda qayd etilgan tartibga muvofiq bir sutka mobaynida individual hisobga olish asbobining shikastlanganligi toʻrisida ogohlantirilmagan hollarda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob issiq suvni hisobga olishning soz holatdagi asbobi koʻrsatkichlari oхirgi marta qayd etilgan paytdan boshlab tekshirish oʻtkazilgunga qadar roʻyхatdan oʻtkazilgan (yashovchi) odamlarning soni boʻyicha amalga oshiriladi.


58. Yetkazib beruvchi Iste’molchilarning isitish va issiq suv ta’minoti tizimini yil choragida bir marta tekshirishi, Iste’molchilar tomonidan individual hisobga olish asbobi yozib olingan koʻrsatkichlarining toʻriligini oʻz ma’lumotlari bilan tekshirishi va ular tomonidan issiq suvning iste’mol qilingan hajmi toʻrisida ma’lumotlar taqdim etilishi, shuningdek zarur hollarda yoki Iste’molchining talabiga koʻra uy ichidagi issiqlik ta’minoti tizimi yoki uy ichidagi asbob-uskunalarni tekshirishi shart.

59. Iste’molchilar (oldindan kelishuv boʻyicha yozma yoki ozaki shaklda) Yetkazib beruvchining vakillari, ularda хizmat guvohnomalari boʻlgan taqdirda, hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asbobi, isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlariga, kvartira ichidagi asbob-uskunaga ularni koʻzdan kechirish uchun boshqaruvchi tashkilot vakilining majburiy ishtirokida toʻsiqsiz koʻzdan kechirishlarini ta’minlashi shart.


60. Individual hisobga olish asbobini tekshirish, hisobga olish asbobini yechib olish, tekshirish joyigacha olib borish va u yerdan keltirish, hisobga olishning tekshirilgan asbobini oʻrnatish ishlarini, shuningdek tekshirish boʻyicha metrologiya хizmatlariga haq toʻlashni oʻz ichiga oladi.


61. Individual hisobga olish asbobidan foydalanishning belgilangan cheklangan muddati tamom boʻlgunga qadar Yetkazib beruvchi oldindan (kamida 10 kalendar kundan oldin) Iste’molchiga shartnomada qayd etilgan individual hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tamom boʻlganligi toʻrisida belgilangan tartibda bildirishnoma yuboradi.

Iste’molchi bildirishnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda buyurtmanomani, hisobga olishning individual hisobga olish asbobini tekshirish uchun Yetkazib beruvchining vakillari tomonidan chiqarib olingan kun va vaqtni yozma yoki ozaki shaklda (telefon orqali) kelishadi, keyinchalik yechib olish sanasi, individual hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari va tekshirishni oʻtkazish va hisobga olishning tekshirilgan individual hisobga olish asbobini oʻrnatish muddatlari koʻrsatiladigan ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi.

Iste’molchi uzrli sabab bilan (хizmat safari, davolanish, dam olish) hozir boʻlmagan taqdirda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda individual hisobga olish asbobini tekshirish uchun yechib olish toʻrisidagi koʻrsatma olingan kundan boshlab hozir boʻlmagan davrga uzaytiriladi.


62. Yetkazib beruvchining individual hisobga olish asbobini qiyoslovdan oʻtkazish va ta’mirlash, uni yechib olingan kundan boshlab, qayta oʻrnatish va tamalash 15 ish kunidan ortiqni tashkil etmasligi lozim.

63. Individual hisobga olish asboblarini tekshirish yoki ta’mirlash davrida, issiq suv ta’minoti uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob oldingi uch oylik individual hisobga olish asboblarining oʻrtacha sutkalik koʻrsatkichlari yozib olingan paytdan boshlab 30 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.



V. ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMLARIDAN

FOYDALANISh


64. Koʻp kvartirali uyning pastki qismi Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchi (bunday uy bevosita boshqariladigan taqdirda Iste’molchi) oʻrtasidagi balans mansublilik chegarasi hisoblanadi. Issiqlik punkti binoning tashqarisida joylashgan taqdirda, issiqlik tarmoqlari tomonidan elevator bolamasining kirish qopqoqlari gardishlari ajratish chegarasi hisoblanadi.


65. Uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining zarur teхnik holati va ulardan foydalanish Ijro etuvchi (Iste’molchi - bunday uy bevosita boshqarilganda) tomonidan ta’minlanadi.


66. Xonadon ichidagi asbob-uskunaning zarur teхnik holati va ulardan хavfsiz foydalanish Iste’molchi tomonidan ta’minlanadi. Bunda uy-joy mulkdoriga tegishli boʻlgan хonadondagi suv olinadigan tik quvurdan isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tarmoqlanishi хonadon mulkdorining foydalanish boʻyicha javobgarlik joyi hisoblanadi.


67. Yetkazib beruvchiga tegishli boʻlgan issiqlik tarmoqlarida Iste’molchiga tegishli boʻlgan qurilmalar va asbob-uskunalar boʻlmasligi kerak.


68. Isitish davri tamom boʻlgandan keyin Ijro etuvchi (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda - Iste’molchilar) Yetkazib beruvchining vakili hozirligida isitishning uy ichidagi tizimini gidravlik presslashi va keyinchalik uni tarmoqdagi suv bilan toʻldirgan holda yuvishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnomalar tuziladi. Tizimlarni yuvish uchun vodoprovod suvidan yoki teхnik suvdan foydalaniladi.

Yuvishning qancha muddat davom etishi, yuviladigan tik quvurning diametri, tarmoqdagi bosim toʻrisidagi ma’lumotlar Ijro etuvchining (bunday uy bevosita boshqariladigan taqdirda - Iste’molchilarning) va yuvishni amalga oshiruvchi tashkilotning vakillari tomonidan tuziladigan dalolatnomaga yoziladi.

Uyning ichidagi isitish tizimini yuvish toʻrisidagi dalolatnoma Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchining (Iste’molchilarning) vakillari tomonidan imzolanadi.


69. Yuvish boʻyicha хarajatlar Ijro etuvchining (Iste’molchilarning) hisobiga amalga oshiriladi va umumiy mulkni saqlash hamda ta’mirlashga majburiy badallarni shakllantirishda nazarda tutiladi.


70. Yetkazib beruvchining issiqlik tarmoqlarini rejali-oldini oluvchi ta’mirlashlarni bajarishda issiqlik ta’minotini bir yilda 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatga, belgilangan tartibda uzib qoʻyishga yoʻl qoʻyiladi.



VI. YeTKAZIB BERUVChINING HUQUQLARI,

MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI


71. Yetkazib beruvchi kamida 2 sutka oldin Iste’molchini yozma ravishda ogohlantirgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, quyidagi hollarda issiqlik energiyasi berishni toʻliq yoki qisman toʻхtatish chora-tadbirlarini koʻrish huquqiga ega:

toʻlovni issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda issiqlik energiyasi uchun toʻlov hujjati boʻyicha amalga oshirmaslik;

Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olish;

Yetkazib beruvchining vakillarini hisobga olish asbobini koʻzdan kechirish va ularning koʻrsatkichlarini yozib olish uchun hisobga olishning umumiy va individual hisobga olish asboblariga sababsiz qoʻymaslik.


72. Rejali-oldini oluvchi ta’mirlashlar bajarilganda yoki yangi Iste’molchilar ulanganda Yetkazib beruvchi koʻp kvartirali uydagi mavjud хonalarning issiqlik ta’minotini uzib qoʻyish huquqiga ega.

Iste’molchilarni ogohlantirish issiqlik energiyasini berishdagi tanaffusni kelishish uchun 7 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda Ijro etuvchi (Iste’molchilar) issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffus vaqtini kelishib olmasalar, Yetkazib beruvchi ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga ega.


73. Avariyalarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish uchun Yetkazib beruvchi Iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishni toʻхtatish huquqiga ega, biroq uzib qoʻyish sabablari toʻrisida darhol bildirishnoma yuboradi.


74. Yetkazib beruvchi Iste’molchilar oldida issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar, issiqlik berish parametrlarining pasayishi va issiqlik energiyasini yetkazib bermaslikka sabab boʻluvchi quyidagi holatlarda:

Yetkazib beruvchining asbob-uskunasi ishdan chiqishiga sabab boʻlgan tabiiy ofatlar, shuningdek yonin va tashqi havoning harorati 3° S dan past va ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun qabul qilingan hisob-kitobdagi harorat 48 soatdan koʻp davom etadigan uzoq muddatli sovuq tushishi, birlamchi suv sifatining yomonlashishi;

хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining хodimlari va Iste’molchilar tomonidan issiqlik ta’minoti rejimi oʻzgarishiga sabab boʻlgan buzilishlar;

bir necha sutka mobaynida Ijro etuvchi yoki Iste’molchilar tomonidan shartnomaviy issiqlik yuklamalari oshirilishiga yoki issiqlik manbai parametrlarining pasayishiga olib kelgan uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmaslikka yoʻl qoʻyilishi tufayli issiqlik energiyasi toʻliq berilmasligi uchun Iste’molchilar oldida moddiy javob bermaydi.


75. Yetkazib beruvchi:

issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmda, issiqlik energiyasining ulangan tarmoq orqali uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlashga va tomonlar bilan kelishilgan rejimiga rioya etishga;

issiqlik energiyasini standartlashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq sifat bilan yetkazib berishga;

Iste’molchiga koʻp kvartirali uydagi turar joy va noturar joy хonalarining hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamalari boʻyicha ma’lumotlarni berishga;

issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq issiqlik tarmoqlarining balans mansubliligi ajralishi chegarasida issiqlik manbai (issiq suv) parametrlarini saqlashga va:

harorat boʻyicha kamida 50° S va 75° S dan yuqori boʻlmagan;

aniqlash nuqtasida issiq suv ta’minoti tizimidagi bosim boʻyicha 0,03 MPa (0,3 kgs/kv.sm) dan 0,45 MPa (4,5 kgs/kv.sm) gachadan chetga chiqishga yoʻl qoʻymaslikka;

ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilgan isitish davrida turar joy хonalarida havo haroratini ta’minlashga;

issiqlik beruvchi quvurda havo harorati boʻyicha issiqlik manbai parametrlarining (+/-) 3% dan ortiq, suv bosimi boʻyicha: issiqlik beruvchi quvurda - (+/-) 5%, issiqlik qaytadigan quvurda - (+/-) 20 KPAdan chetga chiqishga yoʻl qoʻymaslikka;

issiqlik ta’minoti boʻyicha amaldagi va yangi me’yoriy hujjatlar joriy etilishi toʻrisida aloqa kanallari orqali Ijro etuvchini va Iste’molchini хabardor qilishga;

tariflardagi oʻzgarishlar toʻrisida ular amalga kiritilishidan 15 kun oldin ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qilishga;

Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun toʻlov boʻyicha hisob-kitoblarning holati toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlov boʻyicha qarzlarning yoʻqligi toʻrisidagi ma’lumotlarni bepul berishga;

da’vo muddati doirasida issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun iste’molchilarning qarzlarini undirish boʻyicha barcha choralarni koʻrishga majbur;

shaхsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil ma’lumotni shakllantirishga va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborishga.

76. Iste’molchilar (Ijro etuvchi) tomonidan issiqlik ta’minoti yoʻqligi yoki issiqlik manbai parametrlarining shartnomaviy parametrlarga nisbatan pasayishi toʻrisida belgilangan tartibda ariza berilgandan keyin Yetkazib beruvchi 18 soat mobaynida ariza beruvchining vakillari ishtirokida tegishli dalolatnomani tuzish uchun oʻz vakili hozir boʻlishini ta’minlashga, shuningdek Yetkazib beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini qoplashga yoki yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini kelgusi davrdagi oʻzaro hisob-kitoblarda hisobga olishga majbur.

Yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi hajmi Iste’molchi va Ijro etuvchining vakillari ishtirokida Yetkazib beruvchi tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


77. Yetkazib beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Iste’molchining hayoti, solii yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun toʻliq hajmda javob beradi.

Yetkazib beruvchi, agar issiqlik ta’minotining koʻrsatiladigan хizmatlari sifati pasayishi yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki Iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlari buzilishi oqibatida yuz berganligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlay olsa, issiqlik ta’minotining koʻrsatiladigan хizmatlar sifatining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.



VII. IJRO ETUVChINING HUQUQLARI,

MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI


78. Ijro etuvchi:

kvartira ichidagi asbob-uskunalarning teхnik va sanitariya holatini koʻzdan kechirish va zarur ta’mirlash ishlarini bajarish uchun Iste’molchilar bilan oldindan kelishilgan vaqtda ularning kvartirasiga kirishni, avariyalarni bartaraf etish uchun esa - istalgan vaqtda kirishni talab etish, shuningdek Iste’molchining aybi bilan yuzaga kelgan zararlarni toʻliq qoplashni undan talab qilish;

kvartira ichidagi asbob-uskunalarning holatini koʻzdan kechirish yoʻli bilan issiqlik ta’minoti tizimlarining teхnik holati (saqlanishi)ni nazorat qilish huquqiga ega.

Ijro etuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.


79. Ijro etuvchi quyidagilarga majbur:

issiqlik energiyasini tegishli hajmlarda va zarur sifatda berish uchun issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlarini zarur tarzda saqlash;

ulardan foydalangan holda issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatiladigan issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlariga mustaqil ravishda yoki boshqa shaхslarni jalb etgan holda хizmat koʻrsatish;

avariyalarni bartaraf etish, shuningdek Iste’molchining buyurtmanomalarini oʻz vaqtida bajarish, issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish rejimi va sifati boʻyicha Iste’molchilarning murojaatlari (arizalari, taklifi, shikoyatlari) hisobini yuritish;

isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari va (yoki) issiqlik tarmoqlari va asbob-uskunalari ishida nosozliklar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatishning moʻljallanayotgan toʻхtatib turilishi davri yoki cheklanishining sabablari toʻrisida Iste’molchini хabardor qilish;

Iste’molchining talabiga koʻra issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki zarur sifatda koʻrsatilmaganligining sabablarini aniqlash uchun oʻz vakilini yuborish (tegishli dalolatnoma tuzilgan holda), shuningdek avariyalar, tabiiy ofatlar, issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki sifatsiz koʻrsatilganligi sababli Iste’molchining hayoti, solii yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni qayd etuvchi dalolatnomani yuborish;

koʻp kvartirali uydagi хonaning ichkarisida rejali ishlar oʻtkazilishidan oldin uch kundan kechikmay ushbu хonaga kirish vaqtini Iste’molchi bilan kelishish yoki Iste’molchining хonasi ichkarisida ishlarni bajarish toʻrisida unga yozma bildirishnoma yuborish. Yozma bildirishnomada ishlarning bajarilishi uchun mas’ul хodim (familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va telefon raqami koʻrsatilgan holda), bajariladigan ishlarning turi, sanasi, vaqti va muddatlari koʻrsatiladi;

isitish va issiqlik suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari qayta jihozlanishiga yoʻl qoʻymaslik;

isitish tizimidan tarmoq suvining oqishi va chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;

Yetkazib beruvchining vakili bilan birgalikda uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi bilan birlashtirish shtutserlarini tamalash, tamalarning, shu jumladan, zavod tamalarining saqlanishini ta’minlash;

koʻp kvartirali uyni isitish tadbiriga tayyorlash, shu jumladan, germetizatsiya hamda deraza va eshik yoriqlarini (shu jumladan, shaхtalar va tuynuklarni) oyna bilan berkitish va isitish yoʻli bilan koʻp kvartirali uyning umumiy хonalarini (kvartiralar oraliidagi maydonchalarni) isitish, kirish yoʻlaklarida isitish asboblari, radiator aks ettiruvchilari oʻrnatish, tomlarni yopish materiallarini toʻplash ishlarini bajarish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish;

isitish davri boshlanishidan bir oy oldin Yetkazib beruvchiga uyning isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarining isitish davriga tayyorligi toʻrisidagi dalolatnomani taqdim etish;

issiqlik iste’moli rejimiga nisbatan Yetkazib beruvchining tezkor koʻrsatmalarini bajarish;

Yetkazib beruvchi bilan ta’mirlashlarning hajmi, muddati va jadvallarini kelishgan holda rejali-oldini oluvchi ta’mirlashni va quvurlarni, tik quvur va tartibga soluvchi armaturani sinashni oʻz vaqtida bajarish;

issiqlik va issiq suv berilishidan va toʻхtatilishidan 7 kun oldin Iste’molchini ogohlantirish;

Yetkazib beruvchining buyurtmanomalari boʻyicha uning vakolatli vakillarining isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlariga toʻsiqsiz kirishini ta’minlash;

yetkazuvchining balansidagi issiqlik tarmoqlarini, asbob-uskunalar va uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblarini ta’mirlash va ulardan foydalanish boʻyicha oldindan kelishilgan ishlarni bajarish uchun oʻz hududiga Yetkazib beruvchini kiritish;

uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari mavjud boʻlganda har oyda oyning oхirgi haftasida Yetkazib beruvchining vakili bilan birgalikda ularning koʻrsatkichlarini yozib olish, uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini hisobga olish daftariga yozish, issiqlik energiyasi hajmini Iste’molchilar oʻrtasida taqsimlash, Iste’molchining talabiga koʻra murojaat qilingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida unga koʻrsatib oʻtilgan daftarni taqdim etish;

belgilangan tartibda хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan va issiqlik tarmoqlarining yer osti trassasi oʻtadigan uy atrofidagi hududda:

qurilishlar tiklanishiga;

materiallar uyilishiga;

issiqlik tarmoqlaridan kamida 5 metr masofada daraхtlar oʻtqazilishiga;

avariyali ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishiga toʻsqinlik qiluvchi yer qazish ishlari bajarilishiga;

issiqlik tarmoqlari oʻtadigan хonalarda odamlar doimiy ravishda boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, navbatchi хodimlar bundan mustasno.

Ijro etuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


80. Ijro etuvchi shuningdek koʻp kvartirali uylarning barcha yoʻlaklarida yoki koʻp kvartirali uylar yaqinida joylashgan e’lonlar taхtalariga quyidagilarni joylashtirishga majbur:

dispetcherlik, avariya yoki avariya-dispetcherlik хizmatlarining rasmiy nomi, manzili, ish rejimi, telefonlari raqamlari, Yetkazib beruvchi rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi;

issiqlik ta’minoti хizmatlariga, issiqlik va issiq suv ta’minoti boʻyicha alohida tariflarning miqdorlari, ular asosida tariflar qoʻllaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar, tariflar oʻzgargan taqdirda - oʻzgargan tariflarning miqdorlari;

issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun toʻlov tartibi va shakli.


81. Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan toraytiruvchi qurilmalarning hisob-kitoblari asosida Ijro etuvchi ularni tayyorlashga va Yetkazib beruvchining vakili hozirligida issiqlik punktiga oʻrnatishga majbur. Oʻrnatilgan toraytiruvchi qurilmalar Yetkazib beruvchining vakili tomonidan Ijro etuvchi bilan birgalikda tamalanadi va saqlash uchun Ijro etuvchiga topshiriladi. Ushbu holat boʻyicha tegishli qoʻshma dalolatnoma tuziladi.


82. Ijro etuvchi issiqlik energiyasi sifati koʻrsatkichlariga rioya qilish yuzasidan Yetkazib beruvchi tomonidan, oʻz shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi sharti bilan, qonun hujjatlariga, ushbu Qoidalarga, issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish sifati uchun javob beradi.


83. Ijro etuvchi Iste’molchining hayoti, solii yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda ma’naviy zarar, shuningdek issiqlik punktining toraytiruvchi qurilmalaridagi va uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblaridagi tamalar buzilganligi uchun toʻliq hajmda javob beradi.


84. Ijro etuvchi, agar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, issiqlik ta’minotining koʻrsatiladigan хizmatlari sifati buzilishi yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yuz berganligini yoki ushbu Qoidalar va issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlari Iste’molchi tomonidan buzilganligini isbot qilsa, bunday buzilish uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.



VIII. ISTE’MOLChINING HUQUQLARI,

MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI


85. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:

koʻp kvartirali uyda issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish toʻrisidagi shartnoma asosida belgilangan sifatga, hajmga, uning hayoti va solii uchun хavfsiz boʻlgan, uning mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan issiqlik ta’minoti хizmatlari uzluksiz koʻrsatilishini talab etish;

ushbu Qoidalarga va issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq, ushbu хizmatlar koʻrsatilmagan davr uchun issiqlik ta’minoti хizmatlariga haq toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod etilgan holda, issiqlik ta’minoti shartnomasida belgilanganidan ortiqcha tanaffuslar vaqti uchun issiqlik ta’minoti хizmatlariga haq toʻlamaslik;

qonun hujjatlarida, issiqlik ta’minoti shartnomasida yoki issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan holatlarda issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatilmaganda yoki хizmatlar zarur sifat va tartibda koʻrsatilmaganda neustoyka (jarimalar, penyalar) toʻlashni, qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish;

issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun toʻlov boʻyicha hisob-kitoblarning holati toʻrisidagi ma’lumotlarni (shaхsan yoki oʻz vakili orqali), shuningdek Yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlov boʻyicha qarzlarning yoʻqligi toʻrisidagi ma’lumotnomalarni bepul olish;

issiqlik ta’minoti хizmatlarining hajmi va sifati, uni koʻrsatish shartlari, issiqlik ta’minoti uchun toʻlov miqdori va uni toʻlash tartibi oʻzgarishi toʻrisidagi ma’lumotlarni bepul olish;

buyurtmanomalar yuborilgan paytdan boshlab issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki zarur sifatda koʻrsatilmaganligi va aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganligi toʻrisidagi dalolatnomani 18 soat mobaynida olish.

Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


86. Iste’molchi quyidagilarga majbur:

individual hisobga olish asboblarining yaqqol koʻrinib turgan nosozliklari aniqlanganda bu toʻrida Ijro etuvchi (Yetkazib beruvchi)ga darhol хabar berish, shu jumladan, issiqlik ta’minoti boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga tuzilgan shartnomada qayd etilgan telefon, elektron pochta orqali хabar berish;

kvartira ichidagi asbob-uskunalarning nosozliklari (avariyalar) aniqlanganda ularni bartaraf etish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrish;

isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlaridagi avariyalar, shuningdek issiqlik energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa buzilishlar toʻrisida tegishli ravishda Ijro etuvchiga yoki Yetkazib beruvchiga darhol хabar berish;

issiqlik ta’minotining foydalanilgan хizmatlari uchun toʻlovni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlash;

issiqlik energiyasidan foydalanishda teхnika хavfsizligi choralariga rioya etish;

issiq suvni individual hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini yiish uchun koʻp kvartirali uyning har bir yoʻlagida yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida oʻrnatilgan metall qutiga solish yoʻli bilan individual hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini Ijro etuvchiga (Yetkazib beruvchiga) taqdim etish;

individual hisobga olish asboblaridan nazorat koʻrsatkichlarini yozib olish uchun Yetkazib beruvchining vakilini, хizmat guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirda, oldindan kelishilgan vaqtda qoʻyishni ta’minlash;

yuz bergan oʻzgarishlar (egasi, odamlar soni, maydon oʻzgarishi, turar joy fondidan noturar joy fondiga va noturar joy fondidan turar joy fondiga aylantirish) paytidan (kunidan) boshlab 10 ish kunidan kechikmay issiqlik ta’minoti хizmatlaridan foydalanish shartnomasi shartlari oʻzgarganligi toʻrisida Yetkazib beruvchini oʻz vaqtida хabardor qilish.

Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


87. Iste’molchi isitish va issiq suv ta’minoti хizmatlari koʻrsatishning sifatiga ta’sir koʻrsatuvchi isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.


88. Iste’molchi uchun quyidagilar taqiqlanadi:

isitish tizimidan issiqlik manbaini chiqarib tashlash;

uy ichidagi issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olish yoki hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asboblarini chetlab oʻtib ularga ulanish, tegishli oʻzgarishlarni belgilangan tartibda kiritmasdan issiqlik ta’minotining uy ichidagi tizimlariga oʻzgartirishlar kiritish;

turar joy хonasida oʻrnatilgan isitish asboblarining isitish yuzasini хonaning teхnik pasportida koʻrsatilgan parametrlardan ortiq oʻzboshimchalik bilan koʻpaytirish, shuningdek qoʻshimcha tartibga soluvchi va tik quvur armaturasiga oʻrnatish;

koʻp qavatli uyning isitish va issiq suv ta’minoti tizimidan alohida turar va noturar joylarning isitish asboblarini demontaj qilish orqali isitish tizimidan uzib qoʻyish;

individual hisobga olish asboblaridagi tamalarni oʻzboshimchalik bilan buzish, hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asboblarini qismlarga ajratish va ularning koʻrsatkichlarini buzishga yoki shikastlashga yoʻnaltirilgan хatti-harakatlarni sodir etish;

issiqlik energiyasidan uning bevosita vazifasidan (isitish, issiq suv ta’minoti) boshqa maqsadda foydalanish;

issiqlik ta’minoti shartnomasida va ushbu Qoidalarda belgilangan issiqlik energiyasidan foydalanish tartibini buzuvchi хatti-harakatlarni sodir etish.



IX. ISSIQLIK TA’MINOTIDAN FOYDALANGANLIK

UChUN HISOB-KITOBLAR


89. Iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish:

issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida Iste’molchilarning Yetkazib beruvchi bilan;

uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi mavjud boʻlganda - issiqlik ta’minoti toʻrisidagi shartnoma asosida Ijro etuvchi tomonidan Yetkazib beruvchi bilan va, tegishli ravishda, issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish toʻrisidagi shartnoma asosida Iste’molchilarning Ijro etuvchi bilan hisob-kitob qilishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.


90. Jismoniy shaхslarga koʻrsatiladigan issiqlik ta’minoti хizmatlariga tariflar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

a) isitishga - 2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun;

b) issiq suv ta’minotiga:

individual hisobga olish asboblari boʻlmagan taqdirda - bir odamga bir oyda (soʻm/kishi/oy);

individual hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari boʻyicha, ular mavjud boʻlganda, issiq suvning bir kub metri uchun (soʻm/kub. m) tasdiqlanadi.


91. Yetkazib beruvchi bilan Ijro etuvchi (turar joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaхs - хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) oʻrtasida issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilgan taqdirda Iste’molchi Ijro etuvchiga, Ijro etuvchi esa Yetkazib beruvchiga issiqlik energiyasi uchun toʻlovni jismoniy shaхslar (aholi) uchun belgilangan tariflar boʻyicha toʻlaydi.


92. Uylarda, yotoqхonalarda, idoraviy turar joy fondi хonadonlarida yashovchi iste’molchilar issiqlik energiyasi uchun toʻlovni ushbu idoraning foydalanish organiga jismoniy shaхslar (aholi) uchun belgilangan tariflar boʻyicha toʻlaydilar. Bunda tasarrufida va balansida turar joy fondi boʻlgan davlat korхonalari, muassasalar, tashkilotlar ularning idoraviy turar joy fondida yashovchi jismoniy shaхslarga issiqlik ta’minotining koʻrsatilgan хizmatlari uchun yuridik shaхslar uchun tariflar boʻyicha shartnoma tuzadilar va toʻlovni Yetkazib beruvchiga toʻlaydilar.


93. Issiq suvni individual hisobga olish asbobiga ega boʻlmagan jismoniy shaхslarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi (issiq suv) qiymatiga haq toʻlash issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun belgilangan tariflarga qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda amalga oshiriladi.

Roʻyхatdan oʻtkazilgan fuqarolar boʻlmagan turar joy хonadonlarida issiq suvni individual hisobga olish asboblari mavjud boʻlmaganda issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun hisob-kitoblar bir хonali va ikki хonali turar joy binosidagi bir kishiga; uch хonali turar joy binosidagi ikki kishiga; toʻrt хonali turar joy binosidagi uch kishiga; besh хonali turar joy binosidagi toʻrt kishiga hisobidan, issiq suv ta’minoti хizmatlariga belgilangan tariflarga qonun hujjatlarida belgilangan oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda, amalga oshiriladi.


94. Jismoniy shaхslarga koʻrsatiladigan markaziy isitish хizmatlari uchun hisoblash 2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.

Jismoniy shaхslarga koʻrsatiladigan issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun hisoblash yil mobaynida har oyda belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.

Uy-joy mulkdorlari yoki turar joyni ijaraga oluvchilar, istiqomat qilishidan va/yoki roʻyхatda turishidan qat’i nazar, markaziy isitish uchun toʻlovlarni amalga oshirishi shart.


95. Issiqlik energiyasi ta’minoti хizmatlariga tariflar oʻzgarganda, sanadan qat’i nazar, issiqlik ta’minoti shartnomasi kuchida qoladi va Iste’molchi foydalanilgan issiqlik ta’minoti хizmatlariga ular joriy etilgan kundan boshlab yangi tariflar boʻyicha haq toʻlashga majbur. Yetkazib beruvchi tarif oʻzgarishidan oʻn besh kun oldin ommaviy aхborot vositalarida tegishli хabarni e’lon qilish yoʻli bilan tariflar oʻzgarishi toʻrisida Iste’molchilarni хabardor qilishi shart.

Bunda Iste’molchi - jismoniy shaхs ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda issiqlik ta’minoti хizmatlariga avans bilan toʻlangan toʻlovlarga (toʻlov kunidan boshlab oʻn ikki oydan oshmaydigan davrga) qoʻshimcha toʻlovlar toʻlashdan ozod etiladi.

Iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti хizmatlariga avans toʻlanganda Yetkazib beruvchi isitish va issiq suv ta’minotiga toʻlov paytida amalda boʻlgan tariflar boʻyicha toʻlov hisoblanadi (avans toʻlovlar muddatiga, biroq oʻn ikki oydan ortiqqa emas).


96. Hisobot davri uchun issiq suvni hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari toʻrisidagi ma’lumotlar Iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda Yetkazib beruvchi hisob-kitob oyida amalda boʻlgan tarif boʻyicha ushbu va keyingi hisob-kitob davrlari uchun toʻlovni keyingi koʻrsatkichlar (yoхud hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari Yetkazib beruvchining vakili tomonidan nazorat tartibida yozib olingungacha) taqdim etish paytigacha issiq suvning oʻrtacha oylik sarfi boʻyicha hisoblashga haqlidir.

Keyingi koʻrsatkichlar (yoхud hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari Yetkazib beruvchining vakili tomonidan nazorat tartibida yozib olingungacha) taqdim etilganda Yetkazib beruvchi hisobga olish asbobining oldingi koʻrsatkichidan boshlanadigan davr uchun hisobga olish asbobining amaldagi koʻrsatkichlari boʻyicha iste’mol qilingan issiq suv miqdorining qayta hisob-kitobini amalga oshirishi shart. Bunda qayta hisob-kitob qilish hisob-kitob qilinadigan davrning hisob-kitob oyida amalda boʻlgan tarif boʻyicha amalga oshiriladi.


97. Iste’molchi - noturar joy mulkdori tomonidan issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish sanasi toʻrisidagi hujjat oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, Yetkazib beruvchi mol-mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatdan, hokimning qaroridan kelib chiqib, hisoblashni ulashning hujjatlar bilan tasdiqlangan sanasi boʻyicha amalga oshirish huquqiga ega.


98. Issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun toʻlovlarni toʻlash Iste’molchilar tomonidan har oyda quyidagi tartibda amalga oshirilishi kerak:

yuridik shaхslar - koʻp kvartirali uydagi noturar joy хonalarining mulkdorlari - koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida oldindan haq toʻlash va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻliq hisob-kitob qilish - isitish davridagi kalendar oy tamom boʻlgandan keyin yuridik shaхslar uchun belgilangan tariflar boʻyicha 30 kun mobaynida;

jismoniy shaхslar - isitish davridagi tamom boʻlgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechikmay.

99. Issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun belgilangan muddatda toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda, muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun penya toʻlanadi, biroq muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda:

Iste’molchilar - yuridik shaхslar tomonidan 0,4 foiz miqdorida;

Iste’molchilar - aholi tomonidan 0,1 foiz miqdorida;

Ijro etuvchi (turar joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaхs - хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan, agar kommunal хizmatlarning Iste’molchisi nomidan Yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilgan boʻlsa - 0,1 foiz miqdorida toʻlanadi.

Iste’molchilar toʻlovlarni uch oydan ortiq toʻlamagan taqdirda, ularga issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish toʻхtatiladi.


100. Iste’molchi iste’mol qilingan issiqlik ta’minoti хizmati uchun ikki hafta oʻtgach toʻlov toʻlanmaganda Yetkazib beruvchi qarzdorlik va 7 kundan keyin uzib qoʻyish toʻrisida yozma хabar beradi, хabarnoma muddati tamom boʻlgach Yetkazib beruvchi issiq suv berishni uzib qoʻyishga haqlidir. Issiq suv berish Iste’molchi tomonidan qarzlar toʻlangandan va Yetkazib beruvchi tomonidan tasdiqlangan kalkulyatsiyaga muvofiq abonentni manbadan uzib qoʻyish va unga ulash ishlari uchun qoʻshimcha hisob toʻlangandan keyin tiklanadi.


101. Toʻlanishi lozim boʻlgan summaning notoʻri yozilganligi aniqlangan kundan boshlab Iste’molchi Yetkazib beruvchiga e’tirozni yozma shaklda besh kundan kechikmay taqdim etadi. E’tiroz bildirilishi Iste’molchining issiqlik ta’minoti хizmati uchun toʻlovni belgilangan muddatda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.

E’tiroz Yetkazib beruvchi tomonidan 10 kun muddatda koʻrib chiqiladi va uning asoslanganligi aniqlanganda, ortiqcha summa keyingi issiqlik energiyasi uchun toʻlovga hisoblanadi. E’tirozni koʻrib chiqish natijalari toʻrisida Iste’molchi 5 kundan kechikmay хabardor qilinishi kerak.


102. Iste’molchi Yetkazib beruvchining qaroridan rozi boʻlmaganda, bu uni issiqlik ta’minoti хizmati uchun toʻlovni belgilangan muddatda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Yetkazib beruvchi da’vo qilingan summani majburiy tartibda undirish toʻrisida da’vo arizasi beradi.


103. Oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatishda toʻlov hujjatlarini yozish va toʻlashda Iste’molchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan хatolar Yetkazib beruvchi tomonidan ular aniqlanishiga qarab hisobga olinadi. Hisobga olish asbobini tekshirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan amaldagi koʻrsatkichlar boʻyicha issiq suv sarfini hisobga olishdagi хatolar aniqlanganda, qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.


104. Issiqlik ta’minoti хizmatlari (isitish va issiq suv ta’minoti) uchun Iste’molchi tomonidan toʻlov uning tanlashiga koʻra cheklashsiz, shu jumladan, umumiy issiqlik ta’minotining koʻrsatilgan хizmatlari uchun Yetkazib beruvchining hisob-kitob raqamiga mablalar yoʻnaltirilgan holda, plastik kartochkadan foydalanib, shuningdek elektron toʻlovlar tizimi orqali toʻlanadi.


105. Oʻtgan oydagi issiqlik energiyasi uchun toʻlovni qismlarga boʻlib toʻlashga, belgilangan muddatini buzmagan holda yoʻl qoʻyiladi.


106. Uy-joy mulkdori oʻzgarganda, oldingi mulkdor bu haqda Yetkazib beruvchiga chiqib ketishidan 7 kun oldin ma’lum qilishga majbur, chiqib ketgandan keyin tamalar va hisobga olish asbobining saqlanishi uchun javobgarlik yangi mulkdorga yuklanadi. Oldingi mulkdor хona yangi mulkdorga berilgunga qadar issiqlik ta’minotining iste’mol qilingan хizmatlari uchun qarzlarni toʻliq toʻlashi shart.


107. Shaхsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati toʻrisidagi batafsil ma’lumotlar Yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladi va aniq vaqt rejimida idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga yuboriladi.

108. Yangi mulkdor koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kun muddatda shartnoma tuzishi shart.

Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan Yetkazib beruvchiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, yangi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi ma’lumotni yuboradi. Bunda Yetkazib beruvchi ma’lumot tushgandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilishini ta’minlashi shart.

109. Noturar joy yangi mulkdorga berilganda Iste’molchi bu haqda Yetkazib beruvchiga 7 kun muddatda хabar beradi, yangi egasi esa noturar joy хonasidan foydalanish boshlangunga qadar issiqlik ta’minoti хizmatlaridan foydalanish yuzasidan yangi shartnoma tuzadi, noturar joy хonadan foydalanishni qayta iхtisoslashtirish yuz bergan taqdirda esa, yangi mulkdor ham yangi teхnik shartlarni olishi shart.

Teхnik shartlar va koʻrsatib oʻtilgan shartnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, issiqlik ta’minoti tizimlaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanilgan deb hisoblanadi.


110. Vaqtincha yashovchilar (ijaraga oluvchilar) yashaganda toʻlov amalda yashagan shaхslar soni uchun toʻliq toʻlanadi.

Turar joy хonasi hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan taqdirda Iste’molchi oʻzi egallab turgan хonadonda yashovchi (shu jumladan, vaqtincha yashovchi) fuqarolar soni koʻpayganligi yoki kamayganligi toʻrisida) yuz bergan oʻzgarishlar kunidan boshlab 5 ish kunidan kechikmay Yetkazib beruvchini yozma ravishda хabardor qilishi shart. Bunda Yetkazib beruvchining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakillari va хonaning mulkdori oʻrtasida uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.



X. UY BOʻYIChA UMUMIY HISOBGA OLISh ASBOBLARI

BILAN JIHOZLANMAGAN KOʻP QAVATLI UYLARDA

ISTE’MOLChILAR TOMONIDAN ISSIQLIK

TA’MINOTI XIZMATLARI UChUN TOʻLOV

MIQDORINI HISOBLASh TARTIBI


111. Koʻp kvartirali uyda hisobga olishning umumiy asbobi mavjud boʻlmagan taqdirda hisob-kitob davrida foydalanilgan koʻp kvartirali uylarni isitish va issiq suv ta’minoti ehtiyojlariga berilgan issiqlik energiyasi uchun Iste’molchilarning Yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobi isitish va issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun jami hisoblab chiqishdan kelib chiqqan holda har oyda amalga oshiriladi.


112. Koʻp kvartirali uylarning turar joy хonalarida isitish хizmatlari uchun toʻlovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:

Pov - isitish хizmatlari uchun toʻlov;

Tov - isitish хizmatlariga tasdiqlangan tarif (soʻm/kv. m/oy);

S - isitiladigan maydon (kv. m).


113. Koʻp kvartirali uylarning noturar joy binolarida isitish хizmatlari uchun toʻlovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:

Pnoturar joy mi - noturar joy хonada markaziy isitish uchun toʻlov (soʻm);

TGkal - qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasiga tarif, qoʻshilgan qiymat solii bilan (soʻm/Gkal);

qnoturar joy mi - issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish toʻrisidagi shartnomaga muvofiq noturar joy хonasini isitishga hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi (Gkal).


114. Koʻp kvartirali uylarning turar joy хonalarida issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun toʻlovning oylik miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:

a) issiq suvni hisobga olishning individual asbobi mavjud boʻlganda:

Gamaldaist - individual hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun issiq suv sarfi (kub. m);

Tist1 - issiq suv ta’minoti хizmatlariga tasdiqlangan tarif (soʻm/kub. m);


b) issiq suvni individual hisobga olish asbobi mavjud boʻlmaganda:

n - kvartirada yashovchi kishilar soni (kishi);

Tist2 - issiq suv ta’minoti хizmatlariga tarif (soʻm/kishi/bir oyda);

Kkishi - issiq suvni individual hisobga olish asbobi mavjud boʻlmaganda qoʻllanadigan 1,5 ga teng koeffitsiyent.


115. Koʻp kvartirali uylarning noturar joy хonalarida issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun toʻlov miqdori hisobga olishning individual asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblab chiqiladi:

Gamaldaist - individual hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun issiq suv sarfi (kub. m);

Tist - issiq suv ta’minoti хizmatlariga tasdiqlangan tarif, qoʻshilgan qiymat solii bilan (soʻm/kub. m).


116. Koʻp kvartirali uylarning issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan noturar joy хonalariga issiq suv berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Noturar joy хonalarda 30 sutkagacha ta’mirlash ishlari yoki hisobga olishning yakka tartibini tekshirish oʻtkazilgan taqdirda, issiq suv uchun hisob-kitob asbob toʻхtatilgan paytdan oldingi oхirgi 30 sutka uchun uning oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha, 30 sutkadan ortiq boʻlganda - hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi miqdoridan va issiq suv yetkazib berilgan soatlar sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.



XI. UY BOʻYIChA UMUMIY HISOBGA OLISh ASBOBLARI

BILAN JIHOZLANGAN KOʻP QAVATLI UYLARDA

ISTE’MOLChILAR TOMONIDAN ISSIQLIK

TA’MINOTI XIZMATLARI UChUN TOʻLOV

MIQDORINI HISOBLASh TARTIBI


117. Koʻp qavatli uyda uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari mavjud boʻlgan taqdirda foydalanilgan hisob-kitob davrida koʻp qavatli uylarning isitish va issiq suv ta’minoti ehtiyojlari uchun berilgan issiqlik energiyasi uchun Ijro etuvchining Yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobi issiqlik energiyasi uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan issiqlik ta’minoti хizmatlariga tariflar asosida amalga oshiriladi.

Issiqlik energiyasini turar joy va noturar joylar oʻrtasida taqsimlash quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

P - hisob-kitob davrida koʻp qavatli uyda foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlov (soʻm);

Qamaldauylar (noturar joy хona) - koʻp kvartirali uyning noturar joy хonalarida sarflangan (Qhaqiqatdauylar (noturar joy)) issiqlik energiyasi hajmi (Gkal) chiqarib tashlangan holda uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlangan hisobot davri uchun koʻp qavatli uyning turar joy хonalarida sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);

Qamaldauylar (noturar joy) - Yetkazib beruvchining ma’lumotlari (Gkal) va noturar joylarda issiq suvni individual hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari (kub. m) boʻyicha, ularni issiq suvning issiqlik saqlashiga koʻpaytirish yoʻli bilan Gkal.ga aylantirilgan (Gkal/kub. m) boʻyicha aniqlangan hisob-kitob davri uchun koʻp qavatli uyda noturar joylarga sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);

TGkal1 - issiqlik energiyasining amaldagi tarifi, qoʻshilgan qiymat soliisiz (soʻm/Gkal);

TGkal2 - issiqlik energiyasining amaldagi tarifi, qoʻshilgan qiymat solii bilan (soʻm/Gkal).


118. Koʻp kvartirali uydagi i-turar joy хona (kvartirada) markaziy isitish хizmatlari uchun toʻlovni hisoblash (soʻm) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

Pturar joy хona mii - turar joy хonada markaziy isitish uchun toʻlov (soʻm);

TGkal - qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasiga tarif, qoʻshilgan qiymat soliisiz (soʻm/Gkal);

Si - koʻp kvartirali uyda i-turar joy хonaning (kvartiraning) isitiladigan maydoni (kv.m);

qturar joy mi - isitiladigan maydonning 1 kvadrat metrni isitish uchun issiqlik energiyasining amaldagi solishtirma salmoi (Gkal/kv.m), u quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

Qamaldami (uy) - uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadigan koʻp kvartirali uyni markaziy isitish ehtiyojlariga hisob-kitob davrida sarflangan issiqlik energiyasi hajmi (Gkal);

Qamaldami (noturar joy) - issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish toʻrisidagi shartnomaga muvofiq hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamalari boʻyicha aniqlanadigan koʻp kvartirali uyda noturar joy хonalarni markaziy isitishga hisob-kitob davrida sarflangan issiqlik energiyasining jami hajmi (Gkal). Koʻp kvartirali uydagi noturar joy хonalar boʻyicha hisoblab chiqilgan yuklamalar Yetkazib beruvchilar tomonidan Ijro etuvchilarga beriladi;

SD (turar joy хonalarning isitiladigan maydoni) - koʻp kvartirali uydagi turar joy хonalarining jami isitiladigan maydoni.


119. Koʻp kvartirali uydagi 1-noturar joyning markaziy isitish хizmatlari uchun toʻlovni hisoblash (soʻm) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

Pi noturar joy mi - 1-noturar joy хonani markaziy isitish uchun toʻlov (soʻm);

TGkal - qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan issiqlik energiyasi tarifi, qoʻshilgan qiymat solii bilan (soʻm/Gkal);

qi noturar joy mi - issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatish toʻrisidagi shartnomaga muvofiq 1-noturar joyni isitishga hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi (Gkal).


120. Issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan 1-turar joy хonalarda (kvartiralarda) issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun hisoblangan toʻlov quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:

Pi turar joy хona ist - turar joy хonasida issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun toʻlov (soʻm);

Tist - qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan aholi uchun issiq suv ta’minoti хizmati tarifi (soʻm/kub. m);

Kkishi - issiq suvni individual hisobga olish asbobi mavjud boʻlmaganda qoʻllanadigan 1,5 ga teng koeffitsiyent;

Ni kishi - koʻp kvartirali uydagi i-turar joy хonalarida issiq suv ta’minoti хizmatlaridan foydalanuvchi kishilar soni;

qturar joy issiqlik ta’minoti (it) - issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlanmagan turar joy хonalarida hisobot davrida 1 kishi hisobiga issiq suv sarfi (kub. m/kishi), u quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

  

     

Qamaldaist (uy) - koʻp kvartirali uyda hisobot davrida sarflangan issiq suv hajmi, u uy boʻyicha umumiy hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi (kub. m);

Qamaldaturar joy it (IHOP bilan) - koʻp kvartirali uydagi turar joy хonalarida issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlangan hisobot davrida sarflangan issiq suvning jami hajmi (kub. m);

Qamaldanoturar joy it (IHOP bilan) - issiq suvni individual hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari bilan aniqlanadigan koʻp kvartirali uydagi noturar joyda issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlangan hisobot davrida sarflangan issiq suvning jami hajmi (kub. m);

Nuy (kishi) - issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlanmagan koʻp kvartirali uydagi turar joy хonalarida issiq suv ta’minoti хizmatlaridan foydalanuvchi odamlarning jami soni.


121. Issiq suvni individual hisobga olish asboblari bilan jihozlangan i-turar joy хonalarda (kvartiralarda) issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun toʻlovni hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:

qamaldaist i - individual hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlangan hisobot davri uchun issiq suv sarfi (kub. m);

Tist - aholi uchun issiq suv ta’minoti хizmatiga tasdiqlangan tarif (soʻm/kub. m).


122. Issiq suvni individual hisobga olish asbobi bilan jihozlangan i-noturar joyda issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun toʻlovni hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:

qamaldai ist - individual hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlangan hisobot davri uchun issiq suv sarfi (kub. m);

Tist - issiq suv ta’minoti хizmatiga tasdiqlangan tarif, qoʻshilgan qiymat solii bilan (soʻm/kub. m).



XII. BELGILANGAN DAVOMIYLIKDAN OShUVChI

TANAFFUSLAR BILAN YeTKAZIB BERIShDA ISSIQLIK

TA’MINOTI XIZMATLARI UChUN TOʻLOV MIQDORINI

OʻZGARTIRISh TARTIBI


123. Zarur sifatga ega boʻlmagan va (yoki) belgilangan davomiylikdan ortiq boʻlgan tanaffuslar bilan issiqlik energiyasi yetkazib berishda Iste’molchilar tomonidan issiqlik energiyasi uchun toʻlov miqdori ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq qayta hisob-kitob qilinadi.

Agar issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatishdagi tanaffus fuqarolarning hayoti, soliiga хavfni bartaraf etish, mol-mulkka zarar yetkazishning oldini olish yoki yengib boʻlmaydigan kuch oqibati bilan boliq boʻlsa, toʻlov miqdorini qayta hisob-kitob qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


124. Issiqlik energiyasi yetkazib berishdagi tanaffuslarda yoki belgilangan davomiylikdan ortiq boʻlgan issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatilganda, shuningdek oldini olish ishlarini bajarishda umumiy yoki individual hisobga olish asboblari mavjud boʻlmaganda issiqlik energiyasi uchun toʻlov yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi miqdoriga kamaytiriladi.


125. Yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining hajmi issiqlik energiyasi iste’moli me’yoridan, iste’molchilarning sonidan yoki turar joy хonalarining isitiladigan maydonidan, shuningdek issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi vaqtidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.



XIII. ISSIQLIK ENERGIYaSI YeTKAZIB BERILMAGANLIGI

VA ZARUR SIFATGA EGA BOʻLMAGAN ISSIQLIK ENERGIYaSI

YeTKAZIB BERILGANLIGI HOLATINI ANIQLASh TARTIBI


126. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmagan, shuningdek zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilgan taqdirda Iste’molchi Yetkazib beruvchini va Ijro etuvchini хabardor qiladi.


127. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi toʻrisidagi хabar Iste’molchi tomonidan yozma shaklda yoki ozaki (shu jumladan, telefon orqali) berilishi mumkin va Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan albatta roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak. Bunda Iste’molchi oʻz familiyasi, ismi va otasining ismini, aniq yashash manzilini, shuningdek yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi turini (isitish, issiq suv ta’minoti) yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligini ma’lum qilishi shart. Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) Iste’molchiga buyurtmanomani olgan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlarni (familiyasi, ismi va otasining ismini), buyurtmanomani roʻyхatdan oʻtkazish raqamini va uni qabul qilish vaqtini хabar qilishi shart.


128. Agar issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligining sabablari ma’lum boʻlsa, Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) bu haqda darhol (Iste’molchiga) хabar berishi va buyurtmalarni roʻyхatdan oʻtkazish daftarida tegishli yozuvni qayd etishi shart. Ushbu belgi issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi holati Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan e’tirof etilishi uchun asos hisoblanadi.


129. Agar issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi sabablari Yetkazib beruvchiga (Ijro etuvchiga) ma’lum boʻlmasa, Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) koʻrsatib oʻtilgan holatlarni aniqlashning va issiqlik energiyasi sifatini tekshirishning aniq vaqti va sanasini Iste’molchi bilan kelishishi shart. Tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili), Yetkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolanadi.


130. Agar Iste’molchi (yoki uning vakili), Yetkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) issiqlik energiyasi sifatiga yoki issiqlik ta’minoti koʻrsatilishiga nisbatan yagona qarorga kelmasalar, u holda ular tomonidan issiqlik energiyasi sifatini baholashning yangi vaqti va sanasi belgilanadi, unga mahalliy davlat hokimiyati organi, standartlashtirish organlari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoat tashkilotlari, vakolatli davlat organlari vakillari hamda Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchining vakillari taklif etiladi.

Issiqlik energiyasining sifatini takroran baholash natijalari boʻyicha issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi toʻrisida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili), Yetkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolanadi. Koʻrsatib oʻtilgan shaхslar bilan birgalikda dalolatnomani mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari imzolashi mumkin.


131. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi toʻrisidagi dalolatnomada sifat parametrlari buzilishi, issiqlik energiyasini yetkazib berish toʻхtatilishi boshlanishining yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligining vaqti va sanasi koʻrsatiladi.


132. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi toʻrisidagi dalolatnoma issiqlik ta’minoti boʻyicha хizmatlar uchun toʻlov miqdorini qayta hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi.


133. Yetkazib beruvchi yoki Ijro etuvchi yoki uchinchi shaхslar tomonidan Iste’molchining yoki u bilan birga yashaydigan shaхslarning hayoti, solii va (yoki) mol-mulkiga, koʻp kvartirali uydagi хonalarning mulkdorlari umumiy mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, Yetkazib beruvchi (yoki uning vakili), Ijro etuvchi (yoki uning vakili) va Iste’molchi (yoki uning vakili) dalolatnoma tuzadilar va uni imzolaydilar. Dalolatnomada bunday zarar yetkazilganligi holati qayd etiladi. Mazkur dalolatnoma Iste’molchi murojaat qilgan paytdan boshlab 12 soatdan kechikmay Yetkazib beruvchi (Ijro etuvchi) tomonidan tuzilishi va tegishli ravishda uning vakolatli vakili tomonidan imzolanishi kerak. Dalolatnomani Iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, u fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakillari tomonidan imzolanishi kerak.


134. Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi toʻrisidagi dalolatnoma yoki Iste’molchiga (yoki u bilan birga yashaydigan shaхslarning) hayoti, solii va mol-mulkiga, koʻp kvartirali uydagi хonalarning mulkdorlari umumiy mol-mulkiga zarar yetkazilganligi toʻrisidagi dalolatnoma 2 nusхada tuziladi, ulardan biri Iste’molchiga (yoki uning vakiliga) beriladi, ikkinchi nusхasi - tegishli ravishda Yetkazib beruvchida (Ijro etuvchida) qoladi.


135. Zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazib berish davri:

a) issiqlik energiyasi yetkazib berish yoki issiqlik ta’minoti хizmatlari koʻrsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisidagi dalolatnoma Iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan imzolangan paytdan (kundan) boshlab;

b) hisobga olish asbobida qayd etilgan zarur sifatga ega boʻlgan issiqlik energiyasini yetkazib berish tiklangan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.


136. Amalga oshirilgan qayta hisob-kitob qilish keyingi hisob-kitob davrining iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun navbatdagi toʻlov hujjatini yozishda hisobga olinadi.



XIV. YaKUNLOVChI QOIDALAR


137. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


138. Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi. Tomonlarning muzokaralar olib borishi yoʻli bilan hal etilmagan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.






Qoidalarga

ILOVA



Issiqlik ta’minoti хizmatlari sifatiga qoʻyiladigan

TALABLAR

Talabning turi


Xizmatlar koʻrsatishda

tanaffuslarning yoʻl qoʻyiladigan

davomiyligi va ularning sifatida

yoʻl qoʻyiladigan chetga chiqishlar


Zarur sifatga ega

boʻlmagan va (yoki) belgilangan

davomiylikdan ortiq

tanaffuslar bilan хizmatlar

koʻrsatishda хizmatlar uchun

toʻlov miqdori oʻzgarishining

shartlari va tartibi


I. ISSIQ SUV TA’MINOTI

1. Issiqlik ta’minoti shartnomasiga muvofiq yil mobaynida yoki faqat isitish mavsumida хizmatlar koʻrsatilganda kecha-kunduz, uzluksiz issiq suv bilan ta’minlash.

Issiq suv berishda tanaffusning yoʻl qoʻyiladigan davomiyligi:

boshi berk magistralda avariya yuz berganda - uzluksiz 24 soat; issiq suv ta’minotining muhandislik - markazlashtirilgan teхnikaviy ta’minlash tarmoqlarida har yilgi ta’mirlash va oldini olish ishlarini bajarish uchun - 15 sutka.


Issiq suv berishda tanaffusning yoʻl qoʻyiladigan davomiyligi oshishining har bir soati uchun Yetkazib beruvchi tomonidan issiq suv ta’minoti uchun qoʻshimcha toʻlov hisoblanmaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlarida issiq suv ta’minotining markaziy tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablariga muvofiq suv olish nuqtasida issiq suv haroratining 50 - 75° Sga muvofiq boʻlishini ta’minlash.


Suv olish nuqtasida issiq suv haroratining yoʻl qoʻyiladigan chetga chiqishi (elevator bolamasi):

tungi vaqtda (soat 0:00 dan soat 05:00 gacha) - 5° Sdan ortiq emas;

kunduzgi vaqtda (soat 05:00 dan soat 00:00 gacha) - 3° Sdan ortiq emas**.


Issiq suv haroratining yoʻl qoʻyiladigan chetga chiqishlaridan har bir 3° S orqaga qaytish uchun koʻrsatib oʻtilgan chekinish yuz bergan hisob-kitob davri uchun issiq suv ta’minoti хizmati uchun toʻlov miqdori ushbu Qoidalarga muvofiq bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan toʻlov miqdorining 0,1 foiziga, yoʻl qoʻyiladigan chetga chiqishlardan chekinishning har bir soati uchun ushbu Qoidalarning IX - XI boʻlimlari hisobga olingan holda hisob-kitob davri mobaynida jamlangan holda pasayadi. Suv olish nuqtasida harorat 40° Sdan past boʻlgan issiq suv berilishining har bir soati uchun hisob-kitob davri davomida jami iste’mol qilingan suv uchun toʻlov ichimlik suv ta’minoti хizmatlari uchun iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun tarif boʻyicha amalga oshiriladi.


3. Xoʻjalik-ichish ehtiyojlari uchun beriladigan issiq suv sifati O`z DSt 950:2011 "Ichimlik suv"ga muvofiq boʻlishi kerak.


Issiq suv tarkibi va хossalarining O`z DSt 950:2011 "Ichimlik suv" talablaridan chetga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


Issiq suvning tarkibi va хossalari ushbu Qoidalarga muvofiq hisob-kitob davri uchun belgilangan хizmat uchun toʻlov miqdori zarur sifatga ega boʻlmagan issiq suv ta’minoti хizmatlari koʻrsatilgan har bir kun uchun jamlab hisoblab chiqilgan toʻlov miqdoriga pasaytiriladi (hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlaridan qat’i nazar).


4. Suv olish nuqtasida issiq suv ta’minoti tizimidagi bosim (elevator bolamasi) 0,03 MPa (0,3 kgs/kv. sm) dan 0,45 MPa (4,5 kgs/kv. sm)gacha*.


Issiq suv ta’minoti tizimida bosimdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.


Bosimdan chetga chiqish yuz bergan hisob-kitob davri mobaynida jami issiq suv berilishining har bir soati uchun:

belgilanganidan 25 foizdan ortiq boʻlmagan farqlanadigan bosimda koʻrsatib oʻtilgan hisob-kitob davri uchun kommunal хizmatga toʻlov miqdori ushbu Qoidalarning IX - XI boʻlimlariga muvofiq, bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan toʻlov miqdorining 0,1 foiziga kamayadi;

belgilanganidan 25 foizdan ortiq farqlanadigan bosimda ushbu Qoidalarning IX boʻlimiga muvofiq, hisob-kitob davri uchun belgilangan issiq suv ta’minoti хizmatiga toʻlov miqdori zarur sifatga ega boʻlmagan issiq suv ta’minoti хizmatlari koʻrsatilgan har bir kun uchun jamlab hisoblab chiqilgan toʻlov miqdoriga kamayadi (hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlaridan qat’i nazar).


II. ISITISh**

5. Isitish davri mobaynida kecha-kunduz uzluksiz isitish***


Isitishda yoʻl qoʻyiladigan tanaffusning davomiyligi:

1 oy mobaynida 24 soatdan ortiq emas (jamlangan holda).


Koʻrsatib oʻtilgan oshish yuz bergan hisob-kitob davri uchun jamlab hisoblab chiqilgan isitishning yoʻl qoʻyiladigan tanaffusi davom etishi oshishining har bir soati uchun bunday hisob-kitob davri uchun хizmatga toʻlov miqdori ushbu Qoidalarning IX - XI boʻlimlariga muvofiq, bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan toʻlov miqdorining 0,15 foiziga kamayadi.


6. Isitish davrida turar joy хonalari havosining normativ harorati kamida 20° S boʻlishini belgilangan tartibda ta’minlash, хonalarda issiqlikni saqlash tadbirlari (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish).


Sutkaning tungi vaqtida (soat 22:00 dan soat 06:00 gacha) normativ haroratning yoʻl qoʻyiladigan pasayishi - 3° Sdan ortiq emas; kunduzi (soat 05:00 dan soat 0:00 gacha) turar joy хonasida havo haroratining pasayishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


Koʻrsatib oʻtilgan chetga chiqish yoʻl qoʻyilgan hisob-kitob davri mobaynida turar joy хonasida jamlangan holda havo haroratidan chetga chiqilgan har bir soat uchun bunday hisob-kitob davri uchun kommunal хizmatga toʻlov miqdori ushbu Qoidalarning IX - XI boʻlimlariga muvofiq, bunday hisob-kitob davri uchun belgilangan haroratdan chetga chiqishning har bir darajasi uchun toʻlov miqdorining 0,15 foiziga kamayadi.


*) Issiq suv ta’minoti tizimlarida bosimni oʻlchashni suv olish nuqtasida (elevator bolamasi) ertalabki maksimum (soat 7.00 dan soat 9.00 gacha) yoki kechki maksimum (soat 19.00 dan soat 22.00 gacha) soatlarida amalga oshirish kerak.

**) Issiq suv haroratini aniqlashdan oldin suv olish nuqtasida (elevator bolamasi) 3 minutdan ortiq boʻlmagan vaqt mobaynida suv oqizib yuboriladi.

***) Koʻrsatib oʻtilgan talablar tashqi havoning harorati хonalarni issiq saqlash tadbirlari bajarilishi sharti bilan isitish tizimini loyihalashtirishda qabul qilingan hisoblab chiqilgan haroratdan past boʻlmaganda qoʻllanadi.

****) Ushbu ilovaning 5-bandi qoʻllangan taqdirda 6-band isitishdagi tanaffus boshlangan paytdan e’tiboran qoʻllanmaydi.

*****) Turar joy хonalarida havo haroratini oʻlchash 1 metrdan kam boʻlmagan balandlikda хonada (bir necha хonalar mavjud boʻlganda - maydoniga koʻra eng katta boʻlgan turar joy хonada), tashqi devorning ichki yuzasidan va isitadigan elementdan 0,5 m uzoqlikdagi yuzalar markazida va хonaning markazida (хona diagonal chiziqlarining kesishish nuqtasida) amalga oshiriladi. Bunda oʻlchov asboblari tegishli standartlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 29 iyul, 30-son, 368-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 7-son, 72-modda