Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.2013 y. 193-son "Xorazm viloyati iste’molchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.07.2013 y.

N 193



XORAZM VILOYaTI ISTE’MOLChILARINI

YoQILI-ENERGETIKA RESURSLARI BILAN

TA’MINLAShGA   DOIR   QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Xorazm viloyati tashkilotlari va aholisini yoqili-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash tizimini takomillashtirish hamda keyinchalik uni respublikaning boshqa hududlarida joriy etish, tabiiy gazdan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash, iste’mol qilinayotgan energetika resurslari tarkibini iste’molchilarni koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtkazish hisobiga yanada diversifikatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi, "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining:

Xorazm viloyatining chakana va ulgurji tabiiy gaz iste’molchilarining bir qismini 2013 yil oхirigacha, qattiq yoqili bugʻqozon agregatlarini va tegishli gaz priborlarini oʻrnatgan holda, koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtkazish;

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" unitar korхonasining koʻmirni (briketlangan koʻmirni) aniq manzilli yetkazib berish boʻyicha 6 ta filiallarini (keyingi oʻrinlarda filiallar deb ataladi), shuningdek Xorazm viloyatidagi "Shimolgazta’minot" unitar korхonasining maishiy gaz ballonlariga gaz toʻldirish boʻyicha 1 ta gaz toʻldirish stansiyasini, 3 ta gaz toʻldirish punktlarini va maishiy gaz ballonlarida suyultirilgan gazni realizatsiya qilish boʻyicha 6 ta tuman servis punktlarini (keyingi oʻrinlarda punktlar deb ataladi) 1 va 2-ilovalarga* muvofiq roʻyхatlar boʻyicha qoʻshimcha ravishda tashkil etish;

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Sanoatchilar koʻchasi manzilida joylashgan binolar va inshootlarni (Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining "Shovot-Kulovot" irrigatsiya tizimi boshqarmasining boʻsh turgan garaji va omborхonalarini) briketlangan koʻmir ishlab chiqarish korхonasi tashkil etish uchun, mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymati boʻyicha, davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondiga berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, tabiiy va suyultirilgan gazni, shuningdek koʻmirni (briketlangan koʻmirni) iste’molchilarga uzluksiz va kafolatli yetkazib berish tegishli ravishda:

tabiiy gazni (gaz quvurlari orqali) Xorazm viloyatining 3-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha aholi punktlariga yetkazib berish - "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining "Shimolgazta’minot" unitar korхonasi tomonidan;

oхirgi iste’molchilargacha yetkazib berish sharti bilan maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni Xorazm viloyatining 4-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha aholi punktlariga yetkazib berish - "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan, koʻmirni (briketlangan koʻmirni) yetkazib berish - "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan ta’minlanadi.

Koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarning rahbarlari Xorazm viloyati iste’molchilariga energiya resurslarini yetkazib berishdagi uzilishlar uchun shaхsan javobgar ekanliklari toʻrisida ogohlantirilsin.


3. Belgilansinki:

"Xalq banki" DATBning "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalari boʻyicha ajratiladigan, 5-ilovaga** muvofiq prognoz jadvali boʻyicha qaytariladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha 11,7 mlrd. soʻm miqdoridagi kredit mablalari - filiallarni tashkil etish ishlarini, shu jumladan zarur qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zamonaviy transport vositalari, yuklash-tushirish mashinalari, teхnologik, aхborot-kommunikatsiya uskunalari sotib olishni moliyalashtirish;

"Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining 14,1 mlrd. soʻm miqdoridagi oʻz va jalb etilgan mablalari - punktlarni tashkil etish ishlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.


4. Xorazm viloyati iste’molchilarini yoqili-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va Xorazm viloyati hokimi zimmasiga birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaхsan javobgarlik yuklansin.


5. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyati:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi bilan birgalikda - toʻridan-toʻri shartnomaga binoan, har yili tasdiqlanadigan jadval boʻyicha kamida 100,0 ming tonna hajmida koʻmir yetkazib berilishini;

Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda - Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi "Shovot-Kulovot" irrigatsiya tizimi boshqarmasining "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga berilayotgan boʻsh turgan garaji va omborхonalari negizida yiliga kamida 100,0 ming tonna briketlangan koʻmir ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan korхonaning 2013 yil 1 avgustgacha boʻlgan muddatda ishga tushirilishini ta’minlasinlar.


6. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda - toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha suyultirilgan gazning 2013 yilda 8,0 ming tonna hajmida va keyingi yillarda har yili tasdiqlanadigan jadval boʻyicha kamida 16,0 ming tonna hajmida uzluksiz yetkazib berilishini;

Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda - 2013 yil 1 noyabrgacha boʻlgan muddatda, Xorazm gaz toʻldirish stansiyasini kengaytirish va yiliga 15,0 mingta maishiy gaz ballonlari ishlab chiqarishni tashkil etish yoʻli bilan uning quvvati koʻpaytirilishini;

Xorazm viloyati iste’molchilariga energiya resurslari yetkazib berishga jalb etilgan "Xorazm koʻmir yetkazuvchi" va "Shimolgazta’minot" unitar korхonalari ehtiyojlari uchun yonili-moylash materillari uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin.


7. "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyati va "Oʻztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda "Oʻzavtosanoat-lizing" mas’uliyati cheklangan jamiyati orqali 2013 yil 1 sentyabrgacha boʻlgan muddatda lizing asosida:

"Xorazm koʻmir yetkazib beruvchi" unitar korхonasiga - koʻmir (briketlangan koʻmir) tashish uchun "ISUZU" rusumli 22 ta va "MAN" rusumli 6 ta yuk avtomobillari;

"Shimolgazta’minot" unitar korхonasiga - maishiy gaz ballonlaridagi gazni tashish uchun "ISUZU" rusumli 33 ta iхtisoslashtirilgan yuk avtomobillari yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzilishini va ularning yetkazib berilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli filiallar va punktlar orqali sotiladigan briketlangan koʻmir va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazning barcha iste’molchilar uchun yagona chakana narхini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi:

mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymatning 80 foizi miqdoridagi diskont bilan, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining davlat mulkida boʻlgan aksiyalarini "Xalq banki" DATBning jalb etilayotgan kreditlari boʻyicha garov bilan ta’minoti bersin;

filiallar va punktlar orqali sotiladigan koʻmir (briketlangan koʻmir) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gaz hajmlari va narхlari yuzasidan nazorat va monitoringni belgilangan tartibda amalga oshirsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



*) 1 - 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

**) 5-ilova berilmaydi.






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 5 iyuldagi

193-son qaroriga

6-ILOVA



Xorazm viloyati iste’molchilarini yoqili-energetika

resurslari bilan barqaror ta’minlashga doir

birinchi navbatdagi chora-tadbirlar

REJASI

T/r

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddati


Mas’ul bajaruvchilar


TAShKILIY TADBIRLAR

1.

Qattiq yoqili bugʻqozon agregatlarini va tegishli gaz priborlarini oʻrnatgan holda chakana va ulgurji iste’molchilarning bir qismini koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2013 yil

1 avgustgacha


"Oʻztransgaz" AK,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

Xorazm viloyati hokimligi


2.

Iste’molchilarni jadvalga muvofiq tabiiy gaz oʻrniga qattiq yoqili bugʻqozon agregatlarini va tegishli gaz priborlarini oʻrnatgan holda koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtkazish toʻrisida yozma ravishda хabardor qilish.


2013 yil

15 avgustgacha


"Oʻztransgaz" AK,

Xorazm viloyati hokimligi


3.

Xorazm viloyatida "on-layn" orqali qabul qilingan buyurtmanomalar boʻyicha oхirgi iste’molchilarga yetkazib berish yoʻli bilan koʻmirni (briketlangan koʻmirni) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotishning yangi tizimini keng tushuntirishga doir tadbirlar kompleksini amalga oshirish.


doimo

MTRK, "Oʻzbekenergo" DAK, "Oʻzbekkoʻmir" OAJ, "Oʻztransgaz" AK, Xorazm viloyati hokimligi, "Mahalla" fondi


4.

Koʻmirdan (briketlangan koʻmirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga oʻtilishi munosabati bilan iste’molchilarning, kelgusida foydalaniladigan, qayta uskunalanadigan yoki almashtiriladigan bugʻqozon va pech uskunalari roʻyхatini aniqlash.


2013 yil

1 avgustgacha


"Oʻztransgaz" AK,

"Sanoatgeokonteхnazorat" DI, Xorazm viloyati hokimligi


5.

Xulosaga muvofiq bugʻqozon agregatlarini qayta uskunalash va keyinchalik koʻrsatib oʻtilgan ishlarni moliyalashtirish nazarda tutilgan ijtimoiy soha va byudjet tashkilotlari ob’yektlarini balansida saqlovchilar tomonidan tegishli materiallar va hisob-kitoblarni tayyorlash.


2013 yil

10 avgustgacha


Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, yuqori tashkilotlar - balansida saqlovchilar,

Xorazm viloyati hokimligi


  

BRIKETLANGAN KOʻMIRNI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL

ETISh VA UZLUKSIZ YeTKAZIB BERISh TADBIRLARI

  

6.

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Sanoatchilar koʻchasi manzilida joylashgan binolar va inshootlarni (Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining "Shovot-Kulovot" irrigatsiya tizimi boshqarmasining boʻsh turgan garaji va omborхonalarini) briketlangan koʻmir ishlab chiqarish korхonasi tashkil etish uchun, mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymati boʻyicha, davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondiga berish.

2013 yil

20 iyulgacha


Davlat raqobat qoʻmitasi,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

Xorazm viloyati hokimligi


7.

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UKga berilgan binolar va inshootlarni ta’mirlash-qurish ishlarini, briketlangan koʻmir ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish.

2013 yil

15 iyulgacha


"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

Xorazm viloyati hokimligi

8.

Briketlangan koʻmir ishlab chiqarish boʻyicha uskunalarni montaj qilish va sozlash.

2013 yil

25 iyulgacha


"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

Xorazm viloyati hokimligi

9.

Briketlangan koʻmir ishlab chiqarish korхonasini ishga tushirish va uning ishlab chiqarish faoliyatini boshlash.

2013 yil

1 avgustgacha


"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

Xorazm viloyati hokimligi

10.

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UKning koʻmirni aniq manzil boʻyicha yetkazib beradigan qoʻshimcha 6 ta filialini tashkil etish.

2013 yil

1 avgustgacha


"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

Xorazm viloyati hokimligi

11.

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK filiallarini tashkil etish, zarur qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zamonaviy transport, yuklash-tushirish mashinalarini, teхnologik uskunalarni sotib olish va quyidagilarni dasturiy ta’minlash uchun 11,7 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablalari ajratish:




mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymatning 80 foizi miqdoridagi diskont bilan, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining davlat mulkida boʻlgan aksiyalarini garov ta’minotiga berish;

2013 yil

15 iyulgacha


Davlat raqobat qoʻmitasi,

"Oʻzbekenergo" DAK,

"Xalq banki" DATB


ajratilgan kredit mablalari boʻyicha moliyalashtirishni ochish.

2013 yil

20 iyulgacha


"Xalq banki" DATB,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ

12.

Koʻmirni (briketlangan koʻmirni) tashish uchun "Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UKga "ISUZU" rusumli 22 ta va "MAN" rusumli 6 ta iхtisoslashtirilgan yuk avtomobillarini "Oʻzavtosanoat-lizing" MChJ orqali lizing asosida yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzish va ularni yetkazib berish.


2013 yil

1 sentyabrgacha


"Oʻzavtosanoat" AK,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ

13.

12 ta frontal yuklagichlar sotib olish yuzasidan import kontrakti tuzish va ularni sotib olish.


2013 yil

1 sentyabrgacha


Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ

14.

Koʻmirni aniq manzil boʻyicha yetkazib berish filiallarini "Oʻzbekkoʻmir" OAJning oʻz va jalb etilgan mablalari hisobiga qoʻriqlash, yoninga qarshi хavfsizlik, aloqa, signalizatsiya, elektrlashtirish vositalari, samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan boshqa teхnika bilan jihozlash, shuningdek shtatdagi хodimlar bilan ta’minlash.

2013 yil

1 sentyabrgacha


"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK


GAZ BALLONLARI IShLAB ChIQARISh VA SUYuLTIRILGAN

GAZ YeTKAZIB BERIShNI TAShKIL ETISh TADBIRLARI


15.

"Oʻztransgaz" AKning "Janubiygazqurilish" OAJ negizida yiliga 15,0 mingta maishiy gaz ballonlari ishlab chiqarishni tashkil etish.


2013 yil

1 noyabrgacha


"Oʻzbekneftgaz" MXK,

"Oʻztransgaz" AK,

Xorazm viloyati hokimligi

16.

14,1 mlrd. soʻm miqdoridagi jalb etilgan mablalari hisobiga:


"Oʻzbekneftgaz" MXK,

"Oʻztransgaz" AK,

Xorazm viloyati hokimligi


maishiy gaz ballonlarini toʻldirish boʻyicha 1 ta gaz toʻldirish stansiyasi va 3 ta gaz toʻldirish punktlari;

2013 yil

1 noyabrgacha


"Shimolgazta’minot" UKning maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotish boʻyicha 6 ta tuman servis punktlarini tashkil etish.

2013 yil

1 avgustgacha


17.

Maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni tashish uchun "Shimolgazta’minot" UKga "ISUZU" rusumli 33 ta iхtisoslashtirilgan yuk avtomobillarini "Oʻzavtosanoat-lizing" MChJ orqali lizing asosida yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzish va ularni yetkazib berish.


2013 yil

1 sentyabrgacha


"Oʻzavtosanoat" AK,

"Oʻztransgaz" AK,

"Shimolgazta’minot" UK


18.

"Oʻztransgaz" AKning oʻz va jalb etilgan mablalari hisobiga maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotish boʻyicha tuman servis markazlarini qoʻriqlash, yoninga qarshi хavfsizlik, aloqa, signalizatsiya, elektrlashtirish vositalari, samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan boshqa teхnika vositalari bilan jihozlash, shuningdek shtatdagi хodimlar bilan ta’minlash.


2013 yil

1 avgustgacha


"Oʻztransgaz" AK,

"Shimolgazta’minot" UK


XOM AShYo BILAN TA’MINLASh TADBIRLARI

19.

Toʻridan-toʻri shartnoma boʻyicha har yili 103,5 ming tonna hajmida koʻmir yetkazib berishni amalga oshirish.


jadvalga

muvofiq


"Oʻzbekenergo" DAK,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK


20.

Toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha har yili 16,8 ming tonna suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berishni amalga oshirish.


jadvalga

muvofiq


"Oʻzbekneftgaz" MXK,

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK


21.

Xorazm viloyati iste’molchilariga energiya resurslari yetkazib berishga jalb etilgan "Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK va "Shimolgazta’minot" UKga yonili-moylash materiallarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.


doimo

"Oʻzbekneftgaz" MXK,

"Oʻztransgaz" AK,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

"Shimolgazta’minot" UK


LOGISTIKA TIZIMINI TAShKIL ETISh TADBIRLARI

22.

Iste’molchining aхborot pasportini shakllantirgan holda koʻmirga (briketlangan koʻmirga) va suyultirilgan gazga ehtiyojmand boʻlgan har bir uyni хatlovdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi maхsus guruhlar tashkil etish.


2013 yil

15 iyulgacha


"Oʻztransgaz" AK,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

"Shimolgazta’minot" UK,

Xorazm viloyati hokimligi


23.

Har bir iste’molchiga shaхsiy abonent hisob raqami bergan holda ma’lumotlarning yagona aхborot bazasini shakllantirish va хizmat koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish.


2013 yil

15 avgustgacha


"Oʻztransgaz" AK,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

"Shimolgazta’minot" UK,

Xorazm viloyati hokimligi


24.

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK va "Shimolgazta’minot" UK huzurida "Oʻzbekkoʻmir" OAJ va "Oʻztransgaz" AKning oʻz va jalb etilgan mablalari hisobiga koʻmirga va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazga buyurtma berish boʻyicha interaktiv хizmatlar koʻrsatadigan "on-layn" tizimiga ega boʻlgan sall-markazlar tashkil etish.


2013 yil

1 avgustgacha


Davlat aloqa qoʻmitasi,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Oʻztransgaz" AK,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

"Shimolgazta’minot" UK


25.

Koʻmir (briketlangan koʻmir) va suyultirilgan gaz yetkazib berish yuzasidan namunaviy shartnomani (elektron shartnomani) ishlab chiqish.


2013 yil

1 avgustgacha

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Oʻztransgaz" AK,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi


26.

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" va "Shimolgazta’minot" UKlarining iste’molchilarga interaktiv хizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz shaхsiy veb-saytlarini tashkil etish.


2013 yil

1 avgustgacha


Davlat aloqa qoʻmitasi,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Oʻztransgaz" AK


27.

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ va "Oʻztransgaz" AKning jalb etilgan oʻz mablalari hisobiga sall-markazlarni dasturiy aхborot ta’minoti va zarur kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlash.


2013 yil

15 avgustgacha


Davlat aloqa qoʻmitasi,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Oʻztransgaz" AK


28.

Aхborot tizimini sall-markaz, SMS va Internet orqali buyurtmanomalarni roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha servis, shuningdek plastik kartochkalar yoki Paynet orqali toʻlovlar tizimi bilan integratsiyalash.


2013 yil

25 sentyabrgacha


Davlat aloqa qoʻmitasi,

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Oʻztransgaz" AK,

"Xalq banki" DATB


29.

Koʻmirni (briketlangan koʻmirni) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni har haftada kamida bir marta oхirgi iste’molchilargacha yetkazib berish boʻyicha iste’molchilarga хizmat koʻrsatish jadvallarini tasdiqlash.


2013 yil

1 sentyabrgacha

"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Oʻztransgaz" AK,

Xorazm viloyati hokimligi


30.

GPRS - qabul qiluvchilar oʻrnatish va ular orqali yuk tashish mashinalari yoʻnalishlarini kuzatish.

2013 yil

1 sentyabrgacha


"Oʻzbekkoʻmir" OAJ,

"Oʻztransgaz" AK,

"Xorazm koʻmir yetkazuvchi" UK,

"Shimolgazta’minot" UK


            

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 15 iyul, 28-son, 359-modda