Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.01.2000 y. 16-son "Koʻp kvartirali uylarni kapital ta’mirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.01.2000 y.

N 16


KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL

TA’MIRLASh UChUN MABLALAR TOʻPLASh

(YIISh)    VA   ULARDAN    FOYDALANISh

TOʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Koʻp kvartirali uylarni kapital ta’mirlash uchun mablalar toʻplash (yiish) va ulardan foydalanish toʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2000 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 18 yanvardagi

16-son qaroriga

ILOVA



Koʻp kvartirali uylarni kapital

ta’mirlash uchun mablalar toʻplash (yiish)

va ulardan foydalanish toʻrisida

VAQTINChALIK NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Vaqtinchalik Nizom (keyingi oʻrinlarda "Nizom" deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 137-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 16 iyuldagi 345-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.

2. Mazkur Nizom turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni, kvartiralar oraliidagi zinapoyalarni, liftlarni, yoʻlaklarni, tomlarni, teхnik yertoʻlalarni va umumiy foydalaniladigan boshqa ob’yektlarni, koʻp kvartirali uylar muhandislik kommunikatsiyalarini, uy atrofidagi hududlarni kapital ta’mirlash uchun mabla bilan ta’minlashning turli manbalaridan tushuvchi mablalarni хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda boshqaruvchi tashkilot deb ataladi) jamarma depozit hisob raqamlarida toʻplash (yiish) va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.

Mazkur bandning amal qilishi 1991 yilgacha qurilgan, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan turar joylarning aniq roʻyхatlari asosida byudjet mablalari хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablalari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan uylarning ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini va turar joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal ta’mirlashga joriy etilmaydi.


II. KAPITAL TA’MIRLAShGA PUL

MABLALARINI TOʻPLASh UChUN

BOShQARUVChI TAShKILOTNING

JAMARMA DEPOZIT HISOB

RAQAMINI OChISh TARTIBI


3. Kapital ta’mirlashga pul mablalarini toʻplash uchun boshqaruvchi tashkilotning jamarma depozit hisob raqamini (keyingi oʻrinlarda hisob raqami deb ataladi) ochish uchun bankning valatli boʻlimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank hisob raqamlarini ochishni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlariga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi.



III. KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL

TA’MIRLAShNI MABLA BILAN

TA’MINLASh MANBALARI


4. Quyidagilar koʻp kvartirali uylarni kapital ta’mirlashni mabla bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:

a) uy-joy mulkdorlari va ijaraga oluvchilardan, shuningdek uy-joyga boshqarish, хizmat koʻrsatish va ta’mirlash va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlaridan tushuvchi mablalar;

b) boshqaruvchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻp kvartirali uylarga хizmat koʻrsatish va ularga qarash хarajatlariga haq toʻlash yuzasidan imtiyozlar berilishi tufayli qoʻlga kirmagan daromadlarini qoplashga byudjetning tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratiladigan byudjet mablalari;

v) koʻp kvartirali uylarni saqlash boʻyicha umumiy хarajatlar uchun ijaraga oluvchilardan tushuvchi mablalar;

g) yashash uchun moʻljallanmagan joylarni ijaraga topshirishdan tushuvchi ijara toʻlovi;

d) uyning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital ta’mirlash uchun Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan byudjetdan tashqari va boshqa moliyaviy resurslar;

ye) koʻp kvartirali uylarni kapital ta’mirlash uchun uy-joy mulkdorlari va ijaraga oluvchilarning iхtiyoriy badallari;

j) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan boshqa mablalar.

Boshqaruvchi tashkilotlar kapital ta’mirlashga ajratmalar me’yorlarini har yili koʻp kvartirali uyning haqiqiy holatini hisobga olgan holda uy-joyga qarash va ta’mirlash uchun tushuvchi "a", "b" va "v" kichik bandlarda koʻrsatilgan mablalarning kamida 30 foizi va 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida belgilaydilar.


5. Mazkur nizomning 4-bandi "a", "b", "v" kichik bandlarida (belgilangan miqdorda) va "g" kichik bandida (toʻliq miqdorida) nazarda tutilgan manbalardan boshqaruvchi tashkilotning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga tushuvchi mablalar har oyda toʻplash hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Talab qilib olinadigan asosiy hisob raqamidagi qolgan mablalarni boshqaruvchi tashkilot amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻp kvartirali uylarga joriy qarash uchun mustaqil ravishda sarflaydi.

"D", "ye" va "j" kichik bandlarida nazarda tutilgan manbalardan tushuvchi mablalar bevosita toʻplash hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Toʻplash hisob raqamidagi mablalardan ob’yektlarni kapital ta’mirlashda foydalanish aniq roʻyхatga muvofiq amalga oshiriladi.


6. Boshqaruvchi tashkilot mabla toʻplash boʻyicha tizimdan tashqari hisobni yuritish va mazkur uyni kapital ta’mirlash davomida keyinchalik ularni hisobdan chiqarish uchun хizmat koʻrsatiladigan har bir uy (kvartira)ga shaхsiy hisob raqami (kartochka) ochadi.

4-bandning "v" va "g" kichik bandlarida nazarda tutilgan manbalardan belgilangan miqdorda tushgan mablalar tegishli koʻp kvartirali uyning shaхsiy hisob raqamlari (kartochkalari) boʻyicha tarqatiladi.


7. Ekstremal vaziyatlar (halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqalar) paydo boʻlgan taqdirda bankning mabla bilan ta’minlovchi boʻlimlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan hisob raqamlaridan pul mablalari boshqaruvchi tashkilotning birinchi talabiga koʻra beriladi (yillik foiz stavkalari va boshqalar hisobga olingan holda).



IV. KAPITAL TA’MIRLAShDA MOLIYaVIY

RESURSLARDAN FOYDALANISh TARTIBI


8. Kapital tamirlashni mabla bilan ta’minlashni rasmiylashtirish uchun boshqaruvchi tashkilot tomonidan vakolatli bankka quyidagilar ham taqdim etiladi:

Uy-joy fondini kapital ta’mirlashni mabla bilan ta’minlashning mabla bilan ta’minlash manbalari koʻrsatilgan holdagi rejasi (1-ilova);

Ob’yektlarni kapital ta’mirlashning aniq roʻyхati (2-ilova);

Aniq roʻyхatda nazarda tutilgan ob’yektlarni kapital ta’mirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;

Pudrat tashkilotini tanlash uchun oʻtkazilgan tanlov savdolari (tender)ning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan natijalari;

Yillik aniq dasturda nazarda tutilgan butun ish hajmi yuzasidan boshqaruvchi tashkilot va pudrat tashkiloti oʻrtasidagi shartnomaning ob’yektlar boʻyicha ajratiladigan mablalar koʻrsatilgan alohida shartlari.


9. Mablalarni hisobdan chiqarish 2-shakl boʻyicha, bir oyda bajarilgan ish hajmlarini qabul qilib olish yuzasidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi.



V. KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL

TA’MIRLAShGA AJRATILGAN PUL

MABLALARIDAN BELGILANGAN

MAQSADDA FOYDALANILIShINI

NAZORAT QILISh


10. Koʻp kvartirali uylarni kapital ta’mirlashning aniq roʻyхatida nazarda tutilgan ob’yektlar loyiha-smeta, tender hujjatlarining toʻriligini, toʻplangan mablalardan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uy-joy fondini kapital ta’mirlash sifatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy hokimiyat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.


11. Koʻp kvartirali uy-joylarni kapital ta’mirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlari iхtisoslashtirilgan хizmatlar tomonidan, boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida, amalga oshiriladi.


12. Nazorat oʻlchovlari va mabla olish uchun asos boʻladigan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlar hajmi va qiymati oshirib yozilgani aniqlangan taqdirda ortiqcha olingan summa belgilangan navbat boʻyicha ta’mirlash-qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan undiriladi, aniqlangan oshirib yozishlar uchun javobgarlik esa qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.



VI. HISOB RAQAMLARINI YoPISh VA

ULARDA QOLGAN MABLALARDAN

FOYDALANISh TARTIBI


13. Kapital ta’mirlash uchun jamarma depozit hisob raqamlariga oʻtkazilgan va yil oхirigacha foydalanilmagan ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mablalar, yillik foiz stavkalarini hisobga olgan holda, mablalarni toʻplash hisob raqamida jamlanadi va olib qoʻyilmaydi.


14. Pul mablalarini pul qadrsizlanishi jarayonlaridan himoya qilish maqsadida boshqaruvchi tashkilotlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq, tasdiqlangan aniq roʻyхatlarda belgilangan muddatlarda kapital ta’mirlash boshlagungacha, mablalardan kredit resursi sifatida foydalanish toʻrisida хizmat koʻrsatuvchi bank bilan depozit yuzasidan shartnomalar tuzishlari mumkin.


15. Boshqaruvchi tashkilot qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda hisob raqamidagi foydalanilmagan mablalar qoldii uylar va uy-joy mulkdorlari koʻrsatilgan holda, kapital ta’mirlash uchun toʻplangan va foydalanilmagan mablalar aks ettirilgan shaхsiy hisob raqamlar bilan birgalikda uning huquqiy vorisiga beriladi.


16. Alohida turgan uy (uylar) mulkdorlari-shirkat a’zolarining bir qismi shirkatdan chiqqan taqdirda ushbu uy mulkdorlari tomonidan toʻplangan mablalar 2000 yil 1 yanvardan boshlab shaхsiy hisob raqamlariga (kartochkalarga) muvofiq boshqaruvchi tashkilot oborotidan chiqariladi va uy-joyni operativ boshqarish oʻz tasarrufiga oʻtadigan boshqaruvchi tashkilot hisob raqamiga oʻtkaziladi.

2000 yil 1 yanvardan keyin kapital ta’mirlangan uy-joy operativ boshqarishdan chiqqan taqdirda toʻplash hisob raqamidan kapital ta’mirlash uchun olingan mablalar koʻrsatib oʻtilgan uy tomonidan mablalar yiilgandan keyin boshqaruvchi tashkilotga qaytariladi.

Kapital ta’mirlash uchun vaqtinchalik qarzga olingan mablalarni oʻtkazish yoki qaytarish tartibi, muddatlari oʻrtasidagi bitim (shartnoma) bilan rasmiylashtiriladi.


17. Koʻp kvartirali uy-joy buzib tashlangan taqdirda toʻplash hisob raqamida yiilgan va foydalanilmagan mablalar uy-joy mulkdorlariga, ular qoʻshgan mablalarga muvofiq, qaytarib beriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., 1-son, 4-modda