Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 31.08.1995 y. 114-I-son "Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

31.08.1995 y.

N 114-I


"OʻSIMLIKLAR KARANTINI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:


Oʻzbekiston Respublikasining Oʻsimliklar karantini boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;

hukumat qarorlarini "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi Qonunga muvofiq holga keltirsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilguniga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveradi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                      E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1995 y., N 9, 189-modda