Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2015 y. 40-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.03.2015 y.

N 40



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy

makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti

parametrlari toʻrisida" 2014 yil 4 dekabrdagi

PQ-2270-son qarori)


"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrdagi OʻRQ-373-son Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-son qaroriga muvofiq, shuningdek Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha respublika komissiyasining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 2 martdagi

40-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) "B" boʻlimda:


1.2.7-bandidagi "haq toʻlash fondiga" soʻzlari "haq toʻlash хarajatiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1.3.1-bandidagi "mehnatga haq toʻlash fondiga" soʻzlari "mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1.3.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1.3.2. Nodavlat pensiya jamarmalariga ajratmalar va iхtiyoriy suurtaga suurta mukofotlari (badallari)ga";


1.4.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha olingan, buхgalteriya hisobi toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi";


1.4.2-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narхi)dan tashqari), buхgalteriya hisobi toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi";


2.3.26-band quyidagi mazmundagi 2.3.26 va 2.3.27-bandlar bilan almashtirilsin:

"2.3.26. Ishlab chiqarish jarayonini toʻхtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlarni saqlash hamda ularga хizmat koʻrsatish хarajatlari.

2.3.27. Boshqa хarajatlar";


3.2-banddagi "uzoq muddatli" soʻzlari "moliyaviy" soʻzi bilan almashtirilsin;


b) "V" boʻlimda:


1.1-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Sotishdan olingan sof tushum tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni sotishdan olingan, tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхida hisobga olinadigan, unga qoʻshilgan qiymat solii, aksiz solii hamda transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilisi va gaz iste’moli soliqlari summasi kiritilmagan tushum sifatida aniqlanadi";


2.4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2.4. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olingan daromadlar";


3.3-bandidagi "uzoq muddatli" soʻzlari "moliyaviy" soʻzi bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 12-son, 63-modda):


a) 4-bandga quyidagi mazmundagi "v" kichik band qoʻshilsin:

"v) informatika kabineti mudirligi uchun - 50 foiz";


b) qarorga 3-ilovaning 10-bandiga quyidagi mazmundagi "v" kichik band qoʻshilsin:

"v) informatika kabineti mudirligi uchun - 50 foiz".

6. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻrisidagi nizomning 29-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qarori bilan" soʻzlari "davlat soliq хizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 mart, 9-son, 100-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 3-son, 13-modda