Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 09.03.1992 y. 109-son "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi" toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.03.1992 y.

N 109



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QIZIL KITOBI" TOʻFRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Noyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarning Qizil kitobi - "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi"ni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi, Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuklatilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan birgalikda Qizil kitobni yuritish bilan boliq ishlarni mabla bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi" toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

4. Hayvonlar va oʻsimliklar turlari holatini tahlil qilish va ularni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish haqidagi tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzurida "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi"ni yuritish boʻyicha idoralararo komissiya tuzilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Idoralararo komissiyaning shaхsiy tarkibini va u haqdagi Nizomni tasdiqlasin. Idoralararo komissiyaning taqdimi boʻyicha hayvonlar va oʻsimliklarni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

Davlatlararo va Xalqaro Qizil kitoblarga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarning turlari, agar hayvonlar va oʻsimliklarning bu turlari respublika hududida vaqtincha yoki doimiy yashasa yoki oʻssa, "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi"ga kiritilishi kerak.


5. Oʻzbekistonning butun hududida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash va oʻsimliklarni yiishtirib olish man etilsin, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir. (OʻzR VM 14.04.2000 y. 149-son Qarori tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Koʻrsatib oʻtilgan hayvonlar va oʻsimliklarni, ularning inlari, tuхumlari, mevalari, urularini, shu hayvonlar va oʻsimliklarning boʻlaklari hamda hayot faoliyati mahsulotlarini ovlash (yiishtirib olish), tashqariga olib ketish hamda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarga zarar yetkazadigan hayvonlar va oʻsimliklarni olib kelish favqulodda hollarda va faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruхsati bilan amalga oshirilishi mumkin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining buyurtmasiga koʻra Qizil kitobning 10 yilda kamida bir marta qayta nashr etilishini ta’minlasin.


7. Davlat, kooperativ, boshqa jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarning nobud boʻlishi haqidagi aniqlangan barcha hollar haqida davlat tabiatni muhofaza qilish organlariga хabar qilishlari shart, bundan tashqari hayvonlarning ommaviy nobud boʻlishi yoki ommaviy kasallanishi hollari haqida esa zudlik bilan veterinariya va sanitariya nazorati organlariga хabar berishlari kerak.


8. "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi"ga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarni ayriqonuniy ovlash yoki yoʻq qilish natijasida yetkazilgan zarar miqdorini undirib olish uchun qat’iy baholar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.


9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston SSRning kamdan-kam uchraydigan va yoʻqolib ketishi хavfi boʻlgan hayvon va oʻsimliklari turlari daftari - "Oʻzbekiston SSRning Qizil daftari"ni ta’sis etish toʻrisida" 1978 yil 27 sentyabrdagi 564-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (OʻzSSR QT, 1978 y., 9-son, 33-modda).



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Mutalov