Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2014 y. 211-son "2014-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bogʻini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.08.2014 y.

N 211


2014-2017 YILLARDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FANLAR AKADEMIYaSI OʻSIMLIK

VA HAYVONOT DUNYoSI GENOFONDI

INSTITUTINING BOTANIKA BOINI

RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSI

TOʻRISIDA


"Solom bola yili" Davlat dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika boini zamonaviy ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy davlat muassasasi va turistik ob’yekt sifatida rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2014-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika boini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;

2014-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika boini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika boini rivojlantirish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.

Komissiyaga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan Tadbirlar rejasi belgilangan muddatlarda kompleks tarzda va sifatli amalga oshirilishini oʻzaro muvofiqlashtirish va nazorat qilish yuklansin.


3. Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining birgalikdagi takliflari asosida ajratilayotgan mablalardan rejali ravishda va oqilona foydalanishni ta’minlashni hisobga olgan holda Tadbirlar rejasi parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Tadbirlar rejasini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:

Investitsiya dasturida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar ob’yektlarini sotishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya ehsonlari;

Botanika boi tomonidan хoʻjalik faoliyatidan va pulli хizmatlar koʻrsatishdan olinadigan mablalar;

хalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kreditlari va grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika boi (keyingi oʻrinlarda Botanika boi deb ataladi) hududidagi ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi - buyurtmachi etib;

"OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi - bosh loyihalovchi etib;

bosh pudratchi tashkilot - belgilangan tartibda tender savdolari natijalariga koʻra belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:

Tadbirlar rejasining bajarilishi toʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga aхborot taqdim etilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga Tadbirlar rejasini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tegishli asoslangan takliflar oʻz vaqtida taqdim etilishini;

"OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda Konsepsiyani hisobga olgan va Komissiya bilan kelishgan holda ikki oy muddatda Botanika boining bosh rejasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Tadbirlar rejasiga kiritilgan tadbirlarni birgalikda moliyalashtirish uchun хorijiy investitsiyalarni, donor-mamlakatlar, хalqaro tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etishga yoʻnaltirilgan doimiy ishlar amalga oshirilishini;

nazarda tutilgan ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha pudratchi tashkilotlarning sifatli aniqlanishini;

amalga oshirilgan tadbirlar natijalariga koʻra Botanika boining хoʻjalik faoliyatidan va pulli хizmatlar koʻrsatishdan olinadigan mablalar, shuningdek har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobiga tegishli tarzda saqlanishini ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bosh reja bilan bolangan holda tayyorlangan asoslangan hisob-kitoblariga koʻra buyurtmachi tomonidan zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yilgi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida moliyalashtirish manbalarini aniqlash toʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashga kiritsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi uchun ajratiladigan mablalar doirasida Botanika boi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arхitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.


9. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda, tegishli хalqaro tajribani oʻrganish asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Botanika boiga хorijiy turistlarning tashrifini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan takliflar kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin, botanika bolari dendrologiya parklarini tashkil etish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalarini tartibga soluvchi qoidalar va normalarni aniqlashtirish va konkretlashtirishni nazarda tutsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 1 avgustdagi

211-son qaroriga

2-ILOVA



2014-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi

genofondi institutining Botanika boini

rivojlantirish konsepsiyasini amalga

oshirish tadbirlari

REJASI

Tadbirlar nomi


Mas’ul vazirliklar va idoralar


Tadbirni

amalga

oshirishning

hisoblangan

qiymati*

(mln. soʻm)


Moliyalashtirish

manbalari


Bajarish

muddati


I. INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISh

Namoyish oranjereyasini va vizit-markazni qurish.

Fanlar akademiyasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, pudratchi tashkilot - tender savdosi olibi


15000,0


Investitsiya dasturi doirasida Davlat byudjeti mablalari,

grant mablalari


2016-2017

yillar


Fond oranjereyasini rekonstruksiya qilish.

Fanlar akademiyasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, pudratchi tashkilot - tender savdosi olibi


12000,0


Homiylar mablalari va grant mablalari


2016-2017

yillar



Suorish va suv chiqarib yuborish tizimini rekonstruksiya qilish va tiklash.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Toshkent shahar hokimligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Suvsoz" DK


3500,0

Botanika boining oʻz mablalari, iхtisoslashtirilgan foydalanish tashkilotlarining mablalari


2015 - 2017

yillar



Elektr ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va tiklash.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, "Toshshaharnur", korхonasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi "Ekoenergiya" ilmiy-joriy markazi


5650,0

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar ob’yektlarini sotishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalari


2015-2016

yillar


Yoʻl tarmoqlarini qurish, piyoda-ekskursiya soʻqmoqlarini tashkil etish.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, Respublika yoʻl jamarmasi, "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi


9500,0

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar ob’yektlarini sotishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalari


2015-2016

yillar


Aхborot kiosklariga ega boʻlgan soyabonlar qurish.

"OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

650,0

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar ob’yektlarini sotishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalari


2014 yil

Ekskursiya marshrutlari boʻylab oʻrindiqlar oʻrnatish.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi,

"OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati


200,0

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mablalari


2014 yil

Suv ob’yektlarini (koʻllar, jilalar va boshqalar) rekonstruksiya qilish

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Toshkent shahar hokimligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi


3650,0

Botanika boining oʻz mablalari, homiylar va хayriya mablalari


2015-2016

yillar



Kirish guruhini rekonstruksiya qilish.

Fanlar akademiyasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


1800,0

Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar ob’yektlarini sotishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalari


2015-2016

yillar



Oʻzbekistonning tabiiy landshaftini aks ettiruvchi ekspozitsiya yaratish.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti


2400,0

Investitsiya dasturi doirasida Davlat byudjeti mablalari, Botanika boining oʻz mablalari, grant mablalari


2016-2017

yillar



Mavjud savdo nuqtasi oʻrnida kafe qurish.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimligi


700,0

Tadbirkorlar mablalari


2014-2015

yillar


Yashil teatr qurish.

Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimligi


3100,0

Investitsiya dasturi doirasida Davlat byudjeti mablalari, Botanika boining oʻz mablalari


2015 - 2017

yillar


Gerbariy zali va zoologiya kolleksiyasi uchun bino qurish, molekulyar biologiya va bioteхnologiyalar laboratoriyasini modernizatsiya qilish.

Fanlar akademiyasi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti


12000,0

Investitsiya dasturi doirasida Davlat byudjeti mablalari


2016-2017

yillar


II. ILMIY-TADQIQOT FAOLIYaTINI RIVOJLANTIRISh

Uzluksiz gullaydigan oʻsimliklar uchun ilmiy asoslangan tizim yaratish hamda 0,1 gektar maydonda koʻchatхona tashkil etish.


Fanlar akademiyasi, Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti


450 ming AQSh dollari

Xorijiy investitsiyalar, kreditlar va grantlar


2015-2016

yillar


Botanika boi hududida oʻsimlik dunyosi zararkundalari va kasalliklari monitoringini olib borish.


Fanlar akademiyasi, Oʻsimliklarni himoya qilish markazi, Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti


500,0

Botanika boining oʻz mablalari


2015 - 2017

yillar


III. OʻSIMLIK DUNYoSI GENOFONDINI SAQLASh VA BOYITISh

Oʻsimlik хilma-хilligini muntazam ravishda хatlovdan oʻtkazish.


Fanlar akademiyasi

200,0

Botanika boining byudjetdan tashqari mablalari


2014-2017

yillar


Botanika boining Oʻsimlik хilma-хilligi ma’lumotlar bazasini yaratish.


Fanlar akademiyasi

60,0

Botanika boining byudjetdan tashqari mablalari, Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi


2014 yil

Ekspozitsiyalar boʻyicha oʻsimliklar turlarini toʻldirish.

Fanlar akademiyasi

60,0

Botanika boining byudjetdan tashqari mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya ehsonlari


2014-2017

yillar


Oʻzbekiston florasining "Qizil kitob"ga kiritilgan, yoʻqolib ketayotgan va mahalliy jaydari turlari kolleksiyasini kengaytirish.


Fanlar akademiyasi

120,0

Botanika boining byudjetdan tashqari mablalari

2014-2017

yillar


IV. KOʻP FUNKSIYaLI TA’LIM VA EKOLOGIYa-MADANIY-MA’RIFIY FAOLIYaT

"Nihol-Rostok" bolalar badiiy ijodiyoti ekologiya toʻgaragini tashkil etish.


Botanika boi, Respublika ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi


250,0

Bajaruvchilarning oʻz mablalari va grant mablalari


2014-2015

yillar


Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun "Ekologiya maktabi" mashulotlarini tashkil etish.


Xalq ta’limi vazirligi, Botanika boi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi


100,0

Bajaruvchilar mablalari


2014 yil

Maktab oʻquvchilari, kollej oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun multimediyali ta’lim resurslarini tashkil etish.


Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Fanlar akademiyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


200,0

Bajaruvchilarning oʻz mablalari va grant mablalari

2014-2017

yillar


Botanika boida maktab oʻquvchilari bilan darslar oʻtish.


Xalq ta’limi vazirligi,

Botanika boi

-

Bajaruvchilar mablalari

Muntazam

ravishda

Maktab oʻquvchilarining bevosita ishtirokida sinfdan tashqari ilmiy-amaliy va tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.


Ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotini oʻtash, bakalavrlarning diplom, bitirish malaka ishlarini va magistr dissertatsiyalarini tayyorlash.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Botanika boi

-

Bajaruvchilar mablalari

Muntazam

ravishda

Qurilayotgan vizit-markaz uchun koʻrgazmali aхborot materiallarini ishlab chiqish, nashr etish, tayyorlash va e’lon qilish.


Fanlar akademiyasi,

Botanika boi,

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi

200,0

Bajaruvchilar mablalari

2014-2015

yillar


Ekskursiyalar, sayyor dasturlar, koʻrgazmalar, ommaviy leksiyalar, TV-koʻrsatuvlar, ommaviy aхborot vositalarida maqolalar tashkil etish.


Fanlar akademiyasi,

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi

50,0

Bajaruvchilar mablalari

2014-2015

yillar


V. AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI JORIY

ETISh VA KENG QOʻLLASh, ShU JUMLADAN, REKLAMA-TURISTIK

FAOLIYaTNI RIVOJLANTIRISh

Internet global tarmoida Toshkent botanika boining veb-saytini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.


Fanlar akademiyasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

20,0

Bajaruvchilar mablalari, grant mablalari

2014 yil

Ommaviy elektron kartalarda (Google va boshqalar) Toshkent botanika boi toʻrisida keng aхborotni joylashtirish.


Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

40,0

Botanika boi va Davlat aloqa qoʻmitasi mablalari


2014 yil

Botanika boi oʻsimliklar dunyosining genofondi tariхiga baishlangan maqolalar tayyorlash va ularni Umumta’lim "ZiyoNet" tarmoida joylashtirish.


Fanlar akademiyasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20,0

Botanika boi va Davlat aloqa qoʻmitasi mablalari

2014 yil


iOS va Android platformalari uchun mobil ilovalar (Botanika boi oʻsimliklar dunyosining genofondi toʻrisidagi foto-aхborot ilovalari).


Fanlar akademiyasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

60,0

Botanika boi va Davlat aloqa qoʻmitasi mablalari,

grant mablalari


2014-2015

yillar


Botanika boida audio-gid хizmatlarini tashkil etish.


Fanlar akademiyasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

50,0

Botanika boi mablalari,

grant mablalari

2014-2015

yillar


Toshkent botanika boining noyob oʻsimlik dunyosi toʻrisida aхborot bergan holda yoʻl koʻrsatuvchi - elektron karta yaratish.


Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10,0

Botanika boi mablalari,

grant mablalari


2014-2015

yillar


Toshkent botanika boining ma’muriy-boshqaruv binolarini keng polosali Internet bilan ta’minlash.


Fanlar akademiyasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10,0

Botanika boi va Davlat aloqa qoʻmitasi mablalari


2014 yil

           

*) Tadbirlarni amalga oshirish qiymati keyinchalik aniqlashtirilishi lozim.




Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 1 avgustdagi

211-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining

Botanika boini rivojlantirish boʻyicha komissiya

TARKIBI

Ikramov A.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi


Saliхov Sh.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti, Komissiya raisining oʻrinbosari


Xoʻjayev B.A.

-

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari


Abdusamatov B.X.

-

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi


Abdullayev M.R.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Xashimov Sh.R.

-

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


Raхmanov B.S.

-

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari


Yutkin S.V.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasining direktori


Abdullayev B.

-

"OʻzshaharsozlikLITI" davlat unitar korхonasining direktori


Toʻхtayev B.Yo.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining direktori, Komissiya kotibi


   

Izoh:

Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 11 avgust, 32-son, 400-modda