Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi 18.02.2004 y. 17-son "2004 yilda bioresurslardan foydalanish me’yorlari haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 05.04.2004 y. 1332-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

05.04.2004 y.

N 1332




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TABIATNI MUHOFAZA QILISh

DAVLAT QOʻMITASI RAISI

VAZIFASINI BAJARUVChI

18.02.2004 y.

N 17


BUYRUI



2004 yilda bioresurslardan

foydalanish me’yorlari haqida


(2004 yil 15 apreldan kuchga kiradi)


"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi", "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, "Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi Nizom"ga muvofiq, biologik resurslardan foydalanish boʻyicha Idoralararo komissiyaning 2004 yil 2 fevral 4/1255-43-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2003 yil 30 dekabr 4/1255-339-sonli хulosalari asosan oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanishda talon-tarojliklarga yoʻl qoʻymaslik va ulardan oqilona foydalanish maqsadida


BUYuRAMAN:


1. 2004 yil uchun kvotalar:

- ov qilish va iste’mol maqsadida yovvoyi hayvonlarni tayyorlash uchun - 1-ilovaga* muvofiq;

- yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor, oziq-ovqatbop va teхnik oʻsimliklarni tayyorlash uchun - 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Davlat bionazorati (Grigoryans A.A.):

- oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish kvotalarini taqsimlasin va bularni Qoraqalpoiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari e’tiboriga yetkazsin;

- 2004 yil ov mavsumini Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan 1997 yil 15 aprelda tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1997 yil 1 mayda 337-son bilan roʻyхatga olingan "Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq tutish qoidalari"ga muvofiq oʻtkazilishini ta’minlasin;

- yovvoyi hayvonlarni ov qilish, hamda yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni tayyorlashga ruхsatnomalar belgilangan kvotalar doirasida, ruхsatnoma qiymati toʻlanganidan soʻng berilsin;


3. Ushbu buyruqni bajarilishini nazorat qilish Davlat bionazorati boshlii vazifasini bajaruvchi A.A Grigoryans zimmasiga yuklatilsin.



Tabiatni muhofaza qilish

davlat qoʻmitasi raisi

vazifasini bajaruvchi                                                      B.B. Aliхonov



*) Ilovalar rus tilidagi matnida berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 14-son, 171-modda.