Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2001 y. 163-son "Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha boʻlinishini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.04.2001 y.

N 163


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

OʻRMONLARNING QOʻRIQLANISh TOIFALARI

BOʻYIChA BOʻLINIShINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Oʻrmon toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash tartibi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2000 yil 5 iyundagi 215-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI: 


1. Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha boʻlinishi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Respublika oʻrmonlarini  oʻrmonlarning birinchi guruhiga kiritish va ularning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha  boʻlinishi toʻrisida" 1980 yil 18 iyundagi 429-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Oʻ. Sultonov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.