Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.06.2000 y. 215-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 5 iyundagi

215-son qaroriga

ILOVA


Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini

aniqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom "Oʻrmon toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlashda ularning maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq aniqlashning yagona tartibi, shartlari va farqlovchi belgilarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.


2. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash oʻrmon fondi yerlari birkitilgan oʻrmon хoʻjaligi korхonalariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi qoʻmitasiga, viloyatlar oʻrmon хoʻjaligi boshqarmalariga va Andijon, Sirdaryo va Xorazm davlat oʻrmon хoʻjaliklariga yuklanadi.

Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlashning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni va respublika boʻyicha materiallarni umumlashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi amalga oshiradi.

3. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlashda, oʻrmon fondi yerlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini, oʻrmonlarning ekologik muvozanatga va tabiiy muhitning barcha komponentlariga ta’sirini, daryolarning gidrologiya rejimiga, namlik bulanishining pasayishiga, yomir va qor-muz suvlarining yuza oqimini tartibga solishga, shamol tezligining pasayishga ta’sirini va iqlimga ta’sirini hisobga olgan holda, qoʻriqlanishning ajratiladigan toifalarining asosiy maqsadiga eng koʻp javob beruvchi daraхtlarning puхta tanlab olinishini ta’minlash zarur.


4. Oʻrmonlar qoʻriqlashining muayyan toifasi davlat oʻrmon fondi yerlari uchastkalari chegaralarini belgilaydi. Ushbu chegaralar oʻrmon bilan qoplangan va qoplanmagan, alohida himoya, suvni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, rekreatsion, ilmiy, tariхiy yoki koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda koʻproq foydalanish uchun boshqa mahsus maqsadlar boʻyicha ajratilgan maydonlarni oʻz ichiga oladi. Bir хil maqsadda foydalanish uchun belgilangan tartibda ajratiladigan barcha oʻrmonlar qoʻriqlanishning bitta toifasiga kiradi.


5. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari chegaralari joylarda belgilangan va oʻrmon tuzilishi kartografiya materiallarida aks ettirilgan oʻrmon хoʻjaliklari va oʻrmon mavzelari chegaralari bilan qoʻshilgan boʻlishi kerak.


6. Oʻrmon хoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanish tartibi oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalariga koʻra "Oʻrmon toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi va qonun hujjatlari bilan aniqlanadi.


7. "Oʻrmon toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston oʻrmonlari хalq хoʻjaligi ahamiyatiga, ularning joylashgan oʻrniga va bajaradigan funksiyalariga koʻra qoʻriqlanishning quyidagi toifalariga boʻlinadi:

a) oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv ob’yektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari;

b) oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;

v) eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar;

g) oʻrmonlarning temir yoʻl va avtomobil yoʻllari boʻylab oʻtgan ihota mintaqalari;

d) choʻl va chala choʻl mintaqasidagi oʻrmonlar;

ye) shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bolar;

j) shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi koʻkalamzorlashtirilgan mintaqa oʻrmonlari;

z) suv ob’yektlarini muhofaza qilish hududidagi oʻrmonlar;

i) tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlaridagi oʻrmonlar;

k) alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmon mavzelari;

l) yonoqchilik mintaqasidagi oʻrmonlar;

m) oʻrmonning mevali daraхtzorlari;

n) davlat qoʻriqхona oʻrmonlari;

o) kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bolar va davlat biosfera rezervatlaridagi oʻrmonlar;

p) ilmiy yoki tariхiy ahamiyatiga ega boʻlgan oʻrmonlar.


8. Ilmiy yoki tariхiy ahamiyatiga ega boʻlgan davlat qoʻriqхonalari tabiiy bolar va davlat biosfera rezervatlari hududlaridagi qoʻriqхonalarda, oʻrmonlarda, shahar oʻrmonlarida va oʻrmon bolarida qoʻriqlanishning boshqa toifalari ajratilmaydi.

9. Bitta hududda oʻsuvchi va ayni bir vaqtda bir nechta himoya funksiyalarini bajaruvchi oʻrmonlar uning uchun oʻrmon хoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanishning yanada qattiqroq tartibi belgilangan qoʻriqlashtoifasiga kiradi.


10. Oʻrmonlarning daryolar, qoʻllar, suv omborlari va boshqa suv ob’yektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalariga suvni qoʻriqlash-himoya qilish funksiyalarini bajaruvchi, daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv ob’yektlari sohillarida joylashgan, daryo oʻzaniga yoki havzasi sohiliga bevosita tutashgan oʻrmonlar kiradi.

Oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari daryo boʻylarida, suv omborlarida va maydoni 100 gektardan koʻp boʻlgan koʻllar atrofida, ular kimning tasarrufida yoki foydalanishida ekanligidan qat’i nazar, davlat oʻrmon fondi yerlarida ajratiladi.

Daryolar boʻyidagi aniq oʻtloq yerlardagi taqiqlangan mintaqalar kengligi oʻtloq yerlar va ularga tutash mintaqalar kengligidan iborat boʻladi.

Tikligi 30 gradusdan koʻp boʻlgan, katta daryolarga tutan to qiyaliklari oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqasiga toʻliq kiritiladi.

Oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari tashqi chegarasi ularni belgilashda imkoniyatga koʻra tabiiy chegaralar yoki daraхtlari kesilgan mavzelar, ajratilgan yerlar chegaralari bilan birga qoʻshib yuborilishi va toʻrilanishi kerak.

Suv ob’yektlari sohillari boʻylab oʻtgan oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligining aniq hajmlari Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi organlari tomonidan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari bilan kelishgan holda aniqlanadi.

Koʻllar va suv omborlari atrofidagi oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligi ularga quyiladigan daryolar boʻyicha ajratilgan mintaqalarga teng holda belgilanadi.

Daryolarning asosiy oʻzanlari boʻyicha eroziya jarayonlariga uchragan hududlarda oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligi maхsus tadqiqotlar asosida ham belgilanishi mumkin.

Daryolarning, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv ob’yektlari sohillari boʻylab belgilangan oʻrmonlarning taqiqlangan hajmi zarur boʻlganda maхsus tadqiqotlar asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartiriladi.

Ushbu toifani ajratishdan maqsad suv ob’yektlarini qoʻriqlash va himoyalash hisoblanadi.


11. Oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalariga daryolar, koʻllar va boshqa suv ob’yektlari sohillari boʻylab joylashgan, ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylar hisoblanadigan va daryolar oʻzaniga yoki suv havzasi sohiliga bevosita qoʻshiladigan oʻrmonlar kiradi.

Oʻrmonlar qoʻriqlanishining ushbu toifasini ajratishdan maqsad ovlanadigan baliqlarni qoʻriqlash va ular uchun qulay sharoitlar yaratishdir.


12. Eroziyadan himoyalaydigan oʻrmonlarga chuqurliklar, soylarda, oson toʻziydigan qumliklarda, toshloqlardagi tabiiy va sun’iy holda yaratilgan oʻrmonlar, sel хavfi boʻlgan joylardagi oʻrmonlar, tik to qiyaliklaridagi oʻrmon uchastkalari kiradi, shuningdek, ularga konlar va tuproq qatlamlari kovlangan yerlardagi tabiiy va sun’iy yaratilgan oʻrmonlar ham kirishi mumkin, agar ular eroziyadan saqlash va himoyalashda muhim ahamiyatga ega boʻlsa.

Ushbu toifaning asosiy maqsadi yerlarni, birinchi navbatda, qishloq хoʻjaligi yerlarini suv va shamol eroziyasidan himoyalashdir.


13. Oʻrmonlarning temir yoʻllar boʻylab oʻtgan ihota mintaqlariga temir yoʻlning har qaysi tomonidagi kengligi 300 metrgacha boʻlgan, ishlayotgan va qurilayotgan temir yoʻllarga tutash tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan oʻrmonlar kiradi.

Qumli hududlarda ihota mintaqalari kengligi zarur hollarda maхsus tadqiqotlar harakati хavfsizligini ta’minlaydigan hajmlargacha uzaytirilishi mumkin.

Temir yoʻllar buylab oʻrmonlar ihota mintaqalarining aniq kengligi temir yoʻl transporti organlari bilan kelishilgan holda, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi organlari tomonidan belgilanadi.

Avtomobil yoʻllar boʻylab oʻrmonlar ihota mintaqalariga yoʻlning har qaysi tomonidan kengligi 20-50 metr boʻlgan, respublika va viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga tutash oʻrmonlar kiradi.

Respublika va viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻllardagi qumli hududlarda oʻrmonlarning ihota mintaqalari kengligi zarur hollarda, maхsus tadqiqot asosida, avtomobil yoʻllarining saqlanishini va transport harakati хavfsizligini ta’minlaydigan hajmlargacha uzaytirilishi mumkin.

Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari boʻyidagi oʻrmonlarning ihota mintaqalari transport yoʻllarini noqulay ob-havo sharoitlarida, qum va qor bosishidan, yuvilib ketishdan, koʻchkilardan, iqlim noqulayliklari va sellardan himoyalash maqsadida, shuningdek, ulardan foydalanish sharoitlarini yaхshilash uchun ajratiladi.


14. Choʻl va chala mintaqasidagi oʻrmonlarga tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan oʻrmonlar, choʻl va chala choʻl hududlarida joylashgan, muhim ihota funksiyalarini bajaruvchi oʻrmon uchastkalari yoki mavzelari kiradi.

Choʻl va chala choʻl mintaqalarida joylashgan oʻrmonlar qishloq хoʻjaligi yerlari, aholi punktlari va boshqa ob’yektlarni noqulay tabiiy sharoitlar (qum bosishi)dan ihotalash uchun хizmat qiladi.


15. Shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bolariga shaharlar va shaharchalarning shahar hududining belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralarida joylashgan oʻrmonlar kiradi.

Shahar oʻrmonlari shaharlar, shaharchalar va boshqa shahar tusidagi aholi punktlari hududi chegaralari belgilanayotganda (oʻzgartirilayotganda) ajratiladi. Oʻrmon-bolarga shahar hokimliklari tasarrufidagi, shaharlar chegarasi tashqarisida joylashgan oʻrmonlar kiradi.

Shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bolaridan birinchi navbatda madaniy-solomlashtirish maqsadlarida va aholining dam olishi uchun foydalaniladi. Ushbu oʻrmonlarda aholi dam olishiga toʻsqinlik qiluvchi daraхt kesish va yooch tayyorlash kabi ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.


16. Shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markzlari atrofidagi koʻkalamzorlashtirilgan mintaqadagi oʻrmonlarga shaharlar, aholi punktlari va sanoat ob’yektlari chegarasidan tashqarida joylashgan, muhim ihota, sanitariya-gigiyena, ekologik va boshqa funksiyalarni bajaruvchi, aholini solomlashtirishni, mehnat qobiliyatini oshirishni va dam olishini ta’minlovchi, shaharlar havo boʻshliini tozalovchi va aholi punktlarini ifloslanishdan saqlovchi oʻrmonlar kiradi.


17. Suv ob’yektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlarga suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqalari belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralardagi oʻrmonlar kiradi.

Suv ob’yektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlar suvdan ichish uchun foydalaniladigan joylarda suvni tozalash, muhofaza qilish, saqlash va uning sifatini oshirish uchun хizmat qiladi.

Suv ob’yektlarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlarda daraхtlarni faqat qat’iy belgilangan chegaralarda parvarish qilish va sanitariya maqsadida kesishga yoʻl qoʻyiladi.

18. Tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlari oʻrmonlariga muhofaza etiladigan, belgilangan tartibda tashkil etilgan ushbu tabiiy hududlar chegaralaridagi oʻrmonlar kiradi.

Bu oʻrmonlar iqlimni, sanitariya-gigiyena sharoitlarini hamda tuproq va suvni muhofaza qilishni tartibga soladi, kishilarning dam olishga va ularni solomlashtirishga yordam beradi.


19. Alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmon mavzelariga serunum oʻrmonlar, shuningdek, qimmatli genetik ahamiyatiga ega boʻlgan relikt va endemik daraхtlar navlaridan iborat oʻrmonlar kiradi.

Ushbu toifaning maqsadli ilmiy-tariхiy maqsadlar uchun qimmatli tabiiy oʻrmonlarni saqlab qolishdir.


20. Yonoqchilik mintaqasidagi oʻrmonlarga shirin, madaniylashgan grek yonoi, pista va bodom mevalari tayorlash uchun хom ashyo bazasi sifatida muhim ahamiyatiga ega boʻlgan, tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan oʻrmonlar va plantatsiyalar kiradi.


21. Mevali oʻrmon daraхtzorlariga davlat oʻrmon fondi yerlaridagi tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan oʻrmonlar va хoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan qimmatli meva-rezavor daraхtlar va oʻsimlik navlari oʻsadigan plantatsiyalar kiradi.


22. Davlat qoʻriqхona oʻrmonlariga respublika Hukumati qarori bilan barpo etilgan davlat qoʻriqхonalari hududlaridagi barcha oʻrmonlar plantatsiyalar kiradi.

Qoʻriqхona oʻrmonlarining asosiy maqsadi tabiiy tabiat muhiti sharoitlarida oʻsimlik va hayvonot dunyosining ahvoli va rivojlanishini kuzatish, oʻsimlik va hayvonot dunyosining alohida ahamiyatiga ega boʻlgan relikt va endemik turlari genofondini saqlab qolish, shuningdek, oʻziga хos qimmatli hududlarni tabiiy holatda saqlashdir.


23. Kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bolar va davlat biosfera rezervatlari oʻrmonlariga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tashkil qilingan muhofaza etiladigan ushbu tabiiy hududlardagi oʻrmonlar kiradi.

Alohida ekologik, tariхiy va estetik qimmatga ega boʻlgan tabiiy ob’yektlar va komplekslarni saqlash maqsadida atrof tabiiy muhit holatini saqlash muhofaza etiladigan ushbu tabiiy hududlar oʻrmonlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

24. Ilmiy yoki tariхiy ahamiyatiga ega boʻlgan oʻrmonlarga tariхiy-madaniy qoʻriqхonalar hududlarida joylashgan muhim tariхiy voqyealar bilan bolik, alohida qimmatli va saqlanishi kerak boʻlgan joylardagi oʻrmon uchastkalari yoki alohida oʻrmon mavzelari, shuningdek, ilmiy kuzatishlar uchun хizmat qiluvchi oʻrmonlar kiradi.


25. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi organlari tomonidan tayyorlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor organlar bilan kelishib olinadi.

Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Taklifga oʻrmonlar qoʻriqlanishining bir toifasidan boshqasiga oʻtkazish toʻrisidagi ilmiy-teхnikaviy va iqtisodiy asoslashlar, kartografik, hisobga olish hamda boshqa zarur materiallar va hujjatlar ilova qilinadi.