Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2003 y. 562-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasining faoliyatini tugatish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.12.2003 y.

N 562




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

ATAMAShUNOSLIK QOʻMITASINING

FAOLIYaTINI TUGATISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi belgilangan tartibda tugatilsin.


2. Atamashunoslikka oid ishlarni tartibga solishni muvofiqlashtirish va ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi "Davlat tili haqida"gi Qonunni joriy etish komissiyasi zimmasiga yuklansin.


3. Atamashunoslik qoʻmitasining faoliyatini tugatish komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Komissiyaga bir oy muddatda Atamashunoslik qoʻmitasining tugatilishi bilan boliq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish va hal etish vazifasi topshirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Atamashunoslik qoʻmitasini tugatish komissiyasi faoliyati yakuniga qadar qoʻmitani tugatish bilan boliq qonunda belgilangan хarajatlarni moliyalashtirishni ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasining tugatilayotganligi munosabati bilan boʻshayotgan хodimlarni belgilangan tartibda ish joyi bilan ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrsin.


6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 26 dekabrdagi 405-r-son farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 30 martdagi 119-f-son va 1994 yil 26 avgustdagi 334-f-son farmoyishlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 23 dekabrdagi

562-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasining

faoliyatini tugatish boʻyicha komissiya

TARKIBI

1.

Vorisov A.K.

-

Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi kotibiyati mudiri - komissiya rahbari


2.

Yoqubov O.E.

-

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi


3.

Ibragimov Sh.G.

-

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


4.

Sodiqov H.M.

-

Adliya vazirining oʻrinbosari


5.

Abdurahmonov M.S.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


6.

Alimuhamedov B.B.

-

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari


7.

Yakovlev I.G.

-

Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


8.

Gadoyev E.F.

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


9.

Qoʻchqorov R.Oʻ.

-

Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi kotibiyatining yetakchi mutaхassisi