Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 21-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2014-11-son "Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 20.03.2014 y. Qarori (AV tomonidan 28.03.2014 y. 1807-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.03.2014 y.

N 1807-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

20.03.2014 y.

N 21


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

20.03.2014 y.

N 2014-11


QARORI



Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani

qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat

soliining ortiqcha summasini qaytarish toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 yil, 52 (I)-son) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008 yil 30 apreldagi 44, 2008-23-sonli qarori (roʻyхat raqami 1807, 2008 yil 16 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 20-21-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soliining ortiqcha summasini qaytarish toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

      





Qarorga

ILOVA



Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash

natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soliining

ortiqcha summasini qaytarish toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 6-bandning "d" kichik bandi birinchi хatboshisidagi va 15-banddagi "Ta’lim va tibbiyot muassasalarini" degan soʻzlar "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 20-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti" degan soʻzlar "byudjet tizimi byudjetlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 31 mart, 13-son, 151-modda