Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.1994 y. PF-854-son "Qoʻshimcha qiymatdan olinadigan soliq miqdorini kamaytirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.05.1994 y.

N PF-854



QOʻShIMChA QIYMATDAN OLINADIGAN

SOLIQ MIQDORINI KAMAYTIRISh

TOʻRISIDA


Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning хoʻjalik hisobidagi korhonalari va tashkilotlarining ish haqini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:


1. 1994 yilning 1 iyulidan boshlab qoʻshimcha qiymatdan olinadigan soliq miqdorini 25 foizdan 20 foizga kamaytirish maqsadga muvofiq deb topilsin.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga taqdim etsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 13 sentyabrdagi 648-son Farmonining 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov