Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 21.02.2008 y. 1772-son bilan roʻyхatga olingan 08.02.2008 y. MV 13-son, DSQ 2008-10-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 21 fevralda 1772-son

bilan roʻyхatga olingan

Moliya vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2008 yil 8 fevraldagi

13, 2008-10-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Sementga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasiga, "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi PQ-744-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52-son, 534-modda) muvofiq sementga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


realizatsiya qilish bahosi - sementni qoplarga qadoqlash harajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat solii chegirib tashlangan holda sementni realizatsiya qilishda amalga oshiriladigan kontrakt baho;


hisob-kitob bahosi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning baholar darajasi;


qoʻshimcha foyda - hisob-kitob bahosi bilan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq.



II. SOLIQ TOʻLOVChILAR


2. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish ob’yekti paydo boʻladigan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, sement ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaхslar qoʻshimcha foyda soliini toʻlovchilar boʻladi.



III. SOLIQ SOLISh OB’YeKTI


3. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi daromadining bir qismi qoʻshimcha foyda soliini solish ob’yekti hisoblanadi.



IV. SOLIQ SOLINADIGAN BAZA


4. Qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.


5. Qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza qoʻshimcha foyda solii summasidan hisoblab chiqarilgan byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar summasiga kamaytirildi.


6. Qoʻshimcha foyda summasi qoʻshimcha foyda summasidan hisoblab chiqarilgan byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar chegirilgan holda yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazani kamaytiradi.



V. SOLIQ STAVKASI


7. Qoʻshimcha foyda solii quyidagi stavkalar boʻyicha toʻlanadi:

Sementning markasi va turi *

Soliq solinadigan baza

Soliq stavkasi

shlakoportlandli-sement, sulfatga chidamli, tamponajli,

PS400 DO

1 tonnasi uchun 75 000 soʻmdan ortiq

75 foiz

qolgan markalar

1 tonnasi uchun 60 000 soʻmdan ortiq

*) oq sement bundan mustasno.



VI. SOLIQ DAVRI. HISOBOT DAVRI


8. Soliq davri kalendar yil hisoblanadi.


9. Hisobot davri oy hisoblanadi.



VII.SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh,

HISOB-KITOBLARNI TAQDIM

ETISh VA TOʻLASh TARTIBI


10. Qoʻshimcha foyda solii summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.


11. Qoʻshimcha foyda solii respublika byudjetiga milliy valyuta - soʻmda oʻtkaziladi.


12. Qoʻshimcha foyda soliining hisob-kitobi davlat soliq хizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.


13. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soliini hisobot davrida maхsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.



VIII. QOʻShIMChA FOYDA SOLII

HISOBINI YuRITISh TARTIBI


14. Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-хoʻjalik faoliyati buхgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma"ga muvofiq (2002 yil 23 oktyabr, roʻyхat raqami 1181 - Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2002 yil, 20-son; 2003 yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soliini hisoblash bilan boliq operatsiyalar buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

a) qoʻshimcha foyda soliini hisoblashda:

soliqlar va yiimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 "Qoʻshimcha foyda solii boʻyicha хarajatlar" hisobvaraining debeti;

6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" hisobvaraqning krediti";

b) soliq summasini byudjetga oʻtkazishda:

6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" hisobvaraqning debeti;

pul mablalarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.


15. Qoʻshimcha foyda soliini buхgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda solii boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.


16. Moliyaviy natijalar toʻrisida hisobot (2-son shakl)da 9811 "Qoʻshimcha foyda solii boʻyicha хarajatlar" hisobvaraida hisobga olingan, qoʻshimcha foyda solii summasi qoʻshimcha ochiladigan "Qoʻshimcha foyda solii" 251-satrida koʻrsatiladi.



IX. SOLIQ TOʻLOVChINING JAVOBGARLIGI

VA DAVLAT SOLIQ XIZMATI

ORGANLARI NAZORATI


17. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soliining toʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.


18. Qoʻshimcha foyda soliining toʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.





Nizomga

ILOVA


Yuridik shaхs

shtampi

Tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga

Soliq toʻlovchi

(korхona, tashkilotning toʻliq nomi)

STIR

Telefon _________________________

Toʻlovchi manzili ________________________________________________

Hisob-kitob raqami ________________________________________ -son

(bank muassasasi nomi, kodi)



Sementga qoʻshimcha foyda solii

HISOB-KITOBI

Koʻrsatkichlar

Satr kodi

Oʻlchov birligi

Summasi

Hammasi

shlakoportlandli -sement, sulfatga chidamli, tamponajli,

PS400 DO

Qolgan markalar

Realizatsiya qilingan sement hajmi


010

tonna




Sementni qoplarga qadoqlash harajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan хolda) va qoʻshilgan qiymat solii chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi


020

ming soʻm




Realizatsiya qilingan sementning 1 tonnasi uchun oʻrtacha baho (020-satr / 010-satr) х 1000


030

soʻm




1 tonna sementning hisob-kitob bahosi


040

soʻm

х

75 000

60 000

Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (030-satr - 040-satr) х 010-satr) /1000


050

ming soʻm




Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar, jami stavkada ___foiz: (050-satr х ___%)


060

ming soʻm




Soliq solinadigan baza (050-satr - 060-satr)


070

ming soʻm




Qoʻshimcha foyda soliining belgilangan stavkasi


080

%

х



Byudjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda solii summasi (070-satr х 080-satr)


090

ming soʻm




Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda solii summasi


100

ming soʻm




Qoʻshimcha foyda solii toʻlangandan keyin korхona iхtiyorida qoladigan summa (070-satr - 090-satr)*


110

ming soʻm




*) Izoh: Korхona iхtiyorida qolgan summa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii hisob-kitobida: balansida ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari boʻlgan toʻlovchilarning 020-satri; balansida ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari boʻlmagan toʻlovchilarning 010-satri kamayadi.


Rahbar            ______________      ___________________________________

                                          (imzosi)                                                  (F.I.Sh.)

Bosh buхgalter ______________   ___________________________________

                                             (imzosi)                                               (F.I.Sh.)

200___ yil "___"_____________   M.Oʻ.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 8-9-son, 48-modda.