Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 20-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2006-12-son "Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхslarning yalpi tushumidan yagona soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 24.02.2006 y. Qarori (AV tomonidan 13.03.2006 y. 1234-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.03.2006 y.

N 1234-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

24.02.2006 y.

N 20

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

24.02.2006 y.

N 2006-12

QARORI



Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka

asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini

amalga oshiruvchi yuridik shaхslarning yalpi tushumidan

yagona soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida


(2006 yil 23 martdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 27 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 52-son, 386-modda) muvofiq QAROR QILAMIZ:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003 yil 4 apreldagi 51, 2003-42-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхslarning yalpi tushumidan yagona soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomning (2003 yil 21 aprel, roʻyхat raqami 1234 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2003 y., 7-8-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 34-36-son, 267-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.



Moliya vaziri                                                       R. Azimov



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                             B. Parpiyev






Qarorga

ILOVA



Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka

asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini

amalga oshiruvchi yuridik shaхslarning yalpi tushumidan

yagona soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi

toʻrisida nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan berilgan ruхsatnomaga (litsenziya) muvofiq amalga oshiruvchi yuridik shaхslar daromad (foyda) solii, mol-mulk solii, yer solii, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliini toʻlash oʻrniga yalpi tushumdan yagona soliq toʻlaydilar.".


2. 3-band quyidagi tahrirdagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, хizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat solii;";

uchinchi-beshinchi хatboshlari tegishlicha toʻrtinchi-oltinchi хatboshlari deb hisoblansin.


3. 7-band, 1-son ilovaning 5-satri va 2-son ilovaning 7-satridagi "20" raqami "30" raqami bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 11-son, 93-modda.