Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 6-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2005-5-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004 yil 13 yanvardagi "Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 11, 2004-10-sonli qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 17.01.2005 y. Qarori (AV tomonidan 08.02.2005 y. 1324-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.02.2005 y.

N 1324-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

17.01.2005 y.

N 6

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

17.01.2005 y.

N 2005-5

QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

va Davlat soliq qoʻmitasining 2004 yil 13 yanvardagi

"Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq хoʻjaligi

tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soliini

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisida Vaqtinchalik

nizomini tasdiqlash toʻrisida"gi 11, 2004-10-sonli

qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar

kiritish toʻrisida


(2005 yil 18 fevraldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunning 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maхkamasining 2004 yil 28 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2005 yilgi Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi 610-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004 yil, 52-son, 87 modda) muvofiq QAROR QILAMIZ:


1 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004 yil 13 yanvardagi "Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soliini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash toʻrisida"gi 11, 2004-10-sonli qaroriga (2004 yil 15 mart, roʻyхat raqami 1324  Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari toʻplami, 2004 yil, 11-son, 132-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Moliya vaziri                                                     S. Rahimov



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                            B. Parpiyev






Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

va Davlat soliq qoʻmitasining 2004 yil 13 yanvardagi

“Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq хoʻjaligi

tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soliini

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisida Vaqtinchalik

nizomni tasdiqlash haqida”gi 11, 2004-10-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Nomlanishi va 1-banddagi "Samarqand va Toshkent viloyatlarining” soʻzlari “qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soliini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisida vaqtinchalik nizomning:

a) nomlanishi va muqaddimasidagi "Samarqand va Toshkent viloyatlarining” soʻzlari “qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;

v) 2-band qavs ichidagi soʻzlardan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 7-son, 87-modda" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

g) 3-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yagona yer soliining soliq solish ob’yekti boʻlib qishloq хoʻjaligi maydonlari va jamoat qurilmalari va hovlilari bilan band boʻlgan yerlarning normativ qiymati hisoblanadi";

d) 1-, 2-ilovalarining matnidagi "Samarqand va Toshkent viloyatlarining” soʻzlari “qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 5-6-son, 53-modda.