Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.02.2003 y. PF-3205-son "Ulgurji savdo korхonalarini soliqqa tortishni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

04.02.2003 y.

N PF-3205



ULGURJI SAVDO

KORXONALARINI SOLIQQA

TORTIShNI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Ulgurji savdoni rivojlantirishni rabatlantirish, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korхonalar bilan savdo tashkilotlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va shu asosda ichki iste’mol bozorining mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yanada toʻliqroq toʻldirilishini ta’minlash maqsadida:


1. Ulgurji savdo korхonalari qoʻshilgan qiymat soliini toʻlashdan ozod qilinsin.


2. “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 maydagi PF-3076-son Farmoni 2-bandining ikkinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.Azimov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2003 yil 5 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2003 y., 3-son, 21-modda