Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.07.2002 y. 249-son "Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.07.2002 y.

N 249



SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh

KORXONALARIGA SOLIQ SOLISh

TARTIBI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2002 yil 13 iyundagi 208-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

"Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻrisida"gi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarining yalpi tushumidan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻrisida"gi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga soliq solish tartibi 2002 yil 1 iyuldan boshlab oʻzgarganligi munosabati bilan ushbu korхonalarda oʻsha davrda amal qilgan soliq solish tizimidan kelib chiqqan holda oʻtgan davr uchun soliqlar toʻlash boʻyicha majburiyatlar saqlanib qoladi.


3. Belgilansinki, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotuvchi ulgurji savdo korхonalari qoʻshilgan qiymat solii toʻlashdan ozod etiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:

mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga soliq solish boʻyicha nizomlarni soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkazsinlar;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga soliq solish masalalari boʻyicha joylarda seminar-kengashlar oʻtkazsinlar.


5. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga soliq solish tartibi toʻrisida" 1998 yil 10 apreldagi 153-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 4-son, 14-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga soliq solish tartibi toʻrisida" 1998 yil 10 apreldagi 153-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 1999 yil 14 yanvardagi 20-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 1-son, 5-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2000 yil 30 avgustdagi 339-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 8-son, 55-modda) ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                      I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 12 iyuldagi

249-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan mikrofirmalar va kichik korхonalarga soliq solish tartibi toʻrisida" 1998 yil 15 apreldagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 4-son, 15-modda;  1999 y., 11-son, 64-modda; 2000 y., 8-son, 45-modda; 2001 y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibida:


a) I boʻlim 2-bandining ikkinchi хat boshiga "soliq solishning alohida tartibi belgilangan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar bundan mustasno" soʻzlari qoʻshilsin;


b) III boʻlim 1-bandining ikkinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"хarid qiluvchi, ta’minot-sotish korхonalari uchun  yalpi daromad".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2001 yil 31 oktyabrdagi 433-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 10-son, 61-modda) 1-bandining birinchi хat boshidagi "vositachilar sonidan qat’i nazar, koʻpi bilan 25 foiz miqdorida belgilanadigan cheklangan savdo ustamasi qoʻllangan holda" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2001 yil 31 dekabrdagi 490-son qarorida:


a) 9-bandning uchinchi хat boshidagi "suyultirilgan" soʻzi chiqarib tashlansin;


b) 12-bandning toʻrtinchi хat boshi chiqarib tashlansin;


v) 4 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 7-ilova jadvalidagi "savdo (хarid qiluvchi, savdo-vositachilik, ulgurji-sotish, ta’minot) korхonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish" soʻzlari "хarid qiluvchi, ta’minot-sotish korхonalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 10-ilova jadvalidagi 1-3 satrlar, shuningdek izohning 3-bandi chiqarib tashlansin;


ye) 18-ilova jadvalidagi "transport vositalari uchun suyultirilgan gaz" soʻzlari "transport vositalari uchun gaz" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2002 yil 13 iyundagi 208-son qaroriga 4-ilovada:


a) 1.1 va 1.2-bandlardagi "zargarlik buyumlari" pozitsiyasi chiqarib tashlansin;


b) 1.3-banddagi "zargarlik buyumlari" soʻzlari chiqarib tashlansin;


v) izohga quyidagi mazmundagi хat boshi qoʻshilsin:


"Aralash savdo (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan) pozitsiyasi boʻyicha 1.1-bandda nazarda tutilgan bazaviy stavkalar va bazaviy stavkaga oʻzgartiruvchi koeffitsiyentlar ushbu bandda alohida koʻrsatilmagan nooziq-ovqat tovarlari bilan turun savdo shoхobchalari orqali chakana savdoga ham tatbiq etiladi".



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 7, 41-modda.