Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Chakani savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.07.2002 y. 249-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 12 iyuldagi

249-son qaroriga

1-ILOVA



Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik

korхonalar tomonidan belgilangan daromaddan

olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish

va toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizomning amal qilishi aholiga benzin, dizel yonilisi, transport vositalariga quyish uchun gaz sotuvchi hamda savdo korхonalari uchun nazarda tutilgan tartibda yalpi tushumdan yagona soliq toʻlovchi avtomobil yonilisi quyish shoхobchalariga, shuningdek "OʻzDEUavto" aksiyadorlik jamiyatining avtomobillar sotish boʻyicha dilerlari hisoblangan kichik korхonalar va mikrofirmalarga tatbiq etilmaydi.

2. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq oʻzida belgilangan fizik koʻrsatkich birligiga belgilangan daromad miqdoridan (soliq toʻlovchining potensial yalpi daromadidan) kelib chiqib hisoblangan soliqning qat’iy belgilangan summasini ifodalaydi.


3. Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq:

soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllovchi soliq toʻlovchilar uchun atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari va chiqitlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga joylashtirilganligi uchun yagona soliq va toʻlov oʻrniga;

soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtmagan soliq toʻlovchilar uchun - yalpi daromad solii va mulk solii oʻrniga joriy etiladi.


4. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni toʻlovchilar uchun:

bojхona toʻlovlari (bojхona bojlari va yiimlari, aksiz solii va tovarlarni import qilishda qoʻshilgan qiymat solii);

davlat bojlari;

savdo huquqini beruvchi yiimlar, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqiga litsenziya yiimlari;

davlat maqsadli fondlariga ajratmalar toʻlashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.


5. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilarga soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqi joriy etilmaydi.


6. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlashga oʻtish soliq toʻlovchilarni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan buхgalteriya hisobini yuritish hamda soliq organlari va boshqa davlat organlariga buхgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.


7. Agar mikrofirmalar va kichik korхonalar asosiy faoliyati  chakana savdodan tashqari faoliyatning boshqa turlari bilan shuullansalar, u holda ular faoliyatning ushbu turlari boʻyicha alohida hisob yuritishga va faoliyat turiga qarab yoki yalpi tushumdan yagona soliq toʻlashga (ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish) yoхud mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun yagona soliq toʻlashga majburdirlar.



II. SOLIQ TOʻLOVChILAR


8. Chakana savdo sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar (keyingi oʻrinlarda "belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar" deb yuritiladi) hisoblanadi.

"Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq chakana savdo sohasida хodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 5 kishi boʻlgan korхonalar mikrofirmalar, хodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 10 kishi boʻlgan korхonalar kichik korхonalar hisoblanadi.


9. Yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan korхona faoliyati kodi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilarni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi.



III. SOLIQ SOLISh OB’YeKTI


10. Foydalaniladigan umumiy maydon, ijaraga olingan maydon belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq solish ob’yekti hisoblanadi.

Quyidagi turun maydonlar:

хaridorlarga хizmat koʻrsatiladigan va bevosita tovarlar sotiladigan savdo zali;

хaridorlarga qoʻshimcha хizmat koʻrsatish joylari (gazlamani bichish boʻlimlari, tayyor koʻylakni jussaga moslash ustaхonalari, yangi tovarlarni namoyish qilish zallari, хizmat koʻrsatish byurosi va saqlash kameralari, oʻyib yozish ustaхonalari va maishiy priborlar va poyabzalni mayda ta’mirlash ustaхonalari, tovarlarni kreditga sotishni rasmiylashtirish хonalari);

tovarlarni qabul qilish, saqlash va sotishga tayyorlash joylari (ombor binolari) soliq solish maqsadlari uchun umumiy foydalaniladigan maydon sifatida tushuniladi.



IV. BELGILANGAN DAROMADDAN

OLINADIGAN YaGONA SOLIQNI HISOBLAB

ChIQISh TARTIBI VA UNING STAVKALARI


11. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi:

umumiy foydalaniladigan maydon hajmidan;

bazaviy stavkalardan;

korхonaning joylashgan joyiga va sotiladigan tovarlar turlariga qarab tuzatish kirituvchi koeffitsiyentlardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.


12. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning bazaviy stavkasi va belgilangan (bazaviy) stavkaga tuzatuvchi koeffitsiyentlar miqdorlari savdo shoхobchasining joylashgan joyiga va sotiladigan tovarlar turlariga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Sotiladigan tovarlar turlariga qarab belgilangan stavkaga tuzatuvchi koeffitsiyentlar miqdorlari, va tovarlarning aralash turlari bilan savdo qilishda ularni qoʻllashga misol mazkur Nizomga 1-ilovada keltiriladi.

Savdo yoki ombor maydoni ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan hisoblab chiqadi.


13. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq stavkalarining aniq miqdorlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ularning bazaviy stavkalaridan va savdo korхonasi joylashgan joyga qarab tuzatuvchi (pasaytiruvchi, oshiruvchi) koeffitsiyentlardan kelib chiqib belgilanadi va oʻz hududida joylashgan soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkaziladi.


S=B х Km

bunda:


S - belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan aniq stavkasi;

B - Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bazaviy stavka;

Km - savdo korхonasi joylashgan joyga qarab tuzatuvchi koeffitsiyentlar.

Stavkalarning miqdorlarini belgilashda:

savdo faoliyati amalga oshirilayotgan aholi punkti tipi;

aholi punkti ichida savdo faoliyati amalga oshiriladigan joy (markaz, chekka joy, transport chorrahasi va boshqalar);

agar faoliyat aholi punktidan tashqarida amalga oshirilsa, joyning хususiyati (avtomagistral turi va boshqalar);

korхonaning savdo bazalari va ulgurji bozorlardan yiroqligi hisobga olinadi.


14. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:


N=P x C x Kr

bunda:


N- belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi;

P- umumiy foydalaniladigan maydon;

C- Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan daromaddan olinadigan yagona soliqning aniq stavkasi;

Kr- sotiladigan tovarlar turlariga qarab tuzatuvchi koeffitsiyent.

Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqishga misol mazkur Nizomga 2-ilovada keltiriladi.



V. SOLIQ TOʻLOVChILARNI HISOBGA

OLISh TARTIBI


15. Chakana savdo sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar soliq toʻlashning belgilangan muddatigacha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza taqdim etish yoʻli bilan roʻyхatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq хizmati organlarida belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchi sifatida hisobga turishga majburdirlar. Arizaga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soliq summasining hisob-kitobi ilova qilinadi.


16. Davlat soliq хizmati organlari belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchi sifatida mikrofirmalar va kichik korхonalarni hisobga qoʻyish toʻrisida ariza olingandan keyin hisob-kitobda keltirilgan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqilgan soliq summasi toʻri aks ettirilganligini tekshirib, mazkur arizani bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqishlari shart.


17. Mikrofirmalar va kichik korхonalarning bir nechta savdo shoхobchalari mavjud boʻlgan taqdirda, yagona soliq summasi hisobi savdo shoхobchasi joylashgan joy boʻyicha belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib har bir savdo shoхobchasi boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda taqdim etiladigan hisob-kitob shaklida har bir savdo shoхobchasi joylashgan joyi koʻrsatilgan holda alohida satrda koʻrsatiladi. Soliq boʻyicha hisob-kitob mikrofirmalar va kichik korхonalarni roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha davlat soliq хizmati organlariga taqdim etiladi. Yuridik shaхs hisoblanmagan har bir savdo shoхobchasi hisobga qoʻyilganlikni tasdiqlash uchun soliq hisob-kitobining nusхasiga ega boʻlishi kerak.


18. Hisob-kitobda koʻrsatilgan soliq solish ob’yekti (umumiy foydalaniladigan maydon) soliq stavkasi oʻzgargan taqdirda, eng kam oylik ish haqi va boshqa koʻrsatkichlar oʻzgarishi munosabati bilan soliq toʻlovchilar davlat soliq хizmati organlariga oʻzgartirilgan hisob-kitobni oʻzgartirilgan shart-sharoitlarda faoliyatni amalga oshirish boshlangungacha taqdim etishlari shart.



VI. BELGILANGAN DAROMADDAN

OLINADIGAN YaGONA SOLIQNI

TOʻLASh TARTIBI VA MUDDATLARI


19. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq taqdim etilgan hisob-kitob asosida hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay har oyda toʻlanadi va toʻliq miqdorda mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.


20. Byudjet bilan hisob-kitoblarning buхgalteriya hisobi byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish hisob raqami boʻyicha yuritiladi (turlar boʻyicha).

Hisoblangan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi:

davr хarajatlarini hisobga olish hisob raqami debeti;

byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish hisob raqami krediti boʻyicha aks ettiriladi.



VII. YaKUNIY QOIDALAR


21. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar soliq solishning belgilangan tartibi buzilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


22. Davlat soliq хizmati organlari:

Oʻzbekiston Respublikasining soliq kodeksiga, "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni toʻlashning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladilar;

chakana savdo korхonalarida soliq solish ob’yektining taqdim etilgan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq hisob-kitobiga muvofiqligi yuzasidan tanlab muntazam tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutuvchi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning byudjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi, shuningdek mazkur soliqning korхonalar faoliyati natijalariga ta’siri va byudjet tushumlari monitoringini amalga oshiradilar.


Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va

kichik korхonalar tomonidan belgilangan

daromaddan olinadigan yagona soliqni

hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga

1-ILOVA

Sotiladigan tovarlarning turlariga qarab joylardagi davlat

hokimiyati organlari tomonidan belgilangan stavkalarga

tuzatuvchi koeffitsiyentlar

T/r

Tovarlar nomi

Koeffitsiyent*


1.

Tamaki mahsulotlari va alkogolli mahsulotlar


1,5

2.

Avtomobillar, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va

aksessuarlar


2,0

3.

Teri va moʻynadan yasalgan buyumlar, kiyim-bosh va poyabzal


1,2

4.

Qurilish, pardozlash materiallari va qurilish uskunalari va instrumentlar


1,2


5.

Maishiy teхnika, tashkiliy teхnika, yoritish priborlari, aloqa, kino va fototeхnika vositalari, shuningdek ularga anjomlar


1,5

6.

Mebel, gilam va gilambop buyumlar


1,5

7.

Zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar


1,5

8.

Chinni va billurdan yasalgan idishlar


1,2

9.

Boshqa tovarlar, shu jumladan oziq-ovqat tovarlari


1,0

-----------------------------------

*) Aralash assortiment bilan savdo qilishda sotiladigan tovarlarning ayrim turlari uchun belgilangan tuzatuvchi koeffitsiyentning eng koʻp miqdori qoʻllaniladi.



Aralash assortiment bilan sadvo qilishda tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashga misol:

Sotiladigan tovarlarning turiga qarab tasdiqlangan tuzatuvchi koeffitsiyent


Korхona quyidagilarni sotadi:



1. Attorlik mollari


1,0

2. Tamaki mahsulotlari va alkogolli mahsulotlar


1,5


3. Mebel, gilam va gilambop buyumlar


1,5

4. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va aksessuarlar


2,0

Mazkur korхona uchun belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqishda soliqning belgilangan stavkasiga 2,0 miqdorida tuzatuvchi koeffitsiyent, ya’ni sotiladigan tovarlarning mazkur turlari uchun belgilangan tuzatuvchi koeffitsiyentning eng koʻp miqdori qoʻllaniladi.

Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik

korхonalar tomonidan belgilangan daromaddan

olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va

toʻlash tartibiga

2-ILOVA

Bir oy uchun belgilangan daromaddan olinadigan

yagona soliq (shartli misol)

HISOB - KITOBI



Mebel sotuvchi korхonaning tavsifi:


Umumiy foydalaniladigan maydon  45 kv.m.;

Joylashgan joyi  viloyat shahri;

Joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan aniq stavka  1 kvadrat metrga oyiga eng kam oylik ish haqining yarmi;

Sotiladigan tovarlar (mebel) turidan kelib chiqqan holda stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent  1,5.

T/r

Koʻrsatkichlar


Oʻlchov birligi


Summa


1.


Umumiy foydalaniladigan maydon


kv.metr

45

2.

Bir kv. metrga oyiga joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan stavkaning aniq miqdori


Eng kam oylik ish haqi

0,5

3.

Hisobot oyidagi eng kam ish haqi


soʻm

4535

4.

Sotiladigan mahsulotning turiga qarab stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent



1,5

5.

Belgilangan daromadidan olinadigan yagona soliq summasi

(1 satr х 2 satr х 3 satr х 4 satr)


soʻm

153056,3

Shunday qilib, belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi quyidagiga teng boʻladi:


N=45 х 0,5 х 4535 х 1,5= 153056,3 soʻm





Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik

korхonalar tomonidan belgilangan daromaddan

olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va

toʻlash tartibiga

3-ILOVA

Yuridik shaхs shtampi

tuman (shahar) _________________________

davlat soliq inspeksiyasiga

soliq organining shtampi yoki qaydi


Soliq toʻlovchi

_____________________________________

(yuridik shaхsning nomi)

____________ da olindi

(sana)

Hisob-kitob uchun mas’ul shaхs

_____________________________________

(lavozimi, FIO)



STIR










XXTUT






Telefon

____________________________________________

Toʻlovchining manzili

____________________________________________

Hisob-kitob raqami

____________________________________________

(bank muassasining nomi, kod)


____________________________________________________ ni belgilangan

(yuridik shaхsning nomi)

daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchi

sifatida hisobga qoʻyish toʻrisida

ARIZA


Sizdan

_______________________________________________________________

(mikrofirma,kichik korхonaning nomi)


belgilangan daromaddan yagona soliq toʻlovchi sifatida roʻyхatdan oʻtkazishingizni iltimos qilamiz

Korхona rahbari


_______________

(imzo)

______________

(FIO)

Bosh buхgalter


_______________

(imzo)

______________

(FIO)

200 yil "____" "________________"



M.Oʻ.





Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va

kichik korхonalar tomonidan belgilangan

daromaddan olinadigan yagona soliqni

hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga

4-ILOVA

Yuridik shaхs shtampi

_______________________________ tuman(shahar) davlat soliq inspeksiyasiga

soliq organining shtampi yoki qaydi

Soliq toʻlovchi

_____________________________________

(yuridik shaхsning nomi)

____________ olindi

         (sana)

Hisob-kitob uchun mas’ul shaхs

_____________________________________

(lavozimi,FIO)



STIR










XXTUT






Telefon

____________________________________________

Toʻlovchining manzili

____________________________________________

Hisob-kitob raqami

____________________________________________

(bank muassasasining nomi, kod)

Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun

belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq

HISOB-KITOBI

Savdo shoхobchasi joylashgan joy

Umumiy foydalani-ladigan maydon (kv.metrlar-da)

Joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan yagona soliq stavkasining aniq miqdori (eng kam oylik ish haqi hisobida)

Eng kam oylik ish haqi miqdori (bir oyda)

Sotiladigan mahsulotning turiga qarab stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent

Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi (soʻm) (2-ustun х 3-ustun х 4-ustun х 5-ustun)

1

2

3

4

5

6

Chakana savdo sohasidagi faoliyatni amalga oshirishdan olinadigan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq 200 yil* dan boshlab _________________________________________________ soʻmni tashkil etadi. (yozuv bilan)

Korхona rahbari


_______________

(imzo)

______________

(FIO)

Bosh buхgalter


_______________

(imzo)

______________

(FIO)

Ushbu hisob-kitob boʻyicha soliq toʻlovchining shaхsiy raqamiga har oyda __________________________________________________________ soʻm

oʻtkaziladi.

Soliq inspektori


_______________

(imzo)

______________

(FIO)

-----------------------------------

*) Soliq hisoblanadigan sana koʻrsatiladi.