Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.1999 y. 493-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan kichik korхonalarga soliq solish tartibi toʻgʻrisida" 1998 yil 15 apreldagi 159-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.11.1999 y.

N 493



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING "SOLIQ

SOLIShNING SODDALAShTIRILGAN TIZIMIGA

OʻTGAN KIChIK KORXONALARGA SOLIQ SOLISh

TARTIBI TOʻRISIDA" 1998 YIL 15 APRELDAGI

159-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh

KIRITISh HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1999 yil 20 avgustdagi Qonuni XX boʻlimining 1-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan kichik korхonalarga soliq solish tartibi toʻrisida" 1998 yil 15 apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik korхonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibi (Oʻzbekiston Respublikasi QT 1998 y., 4-son, 15-modda) II boʻlimining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"6. Aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan kichik korхonalar aksiz soliini Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda toʻlaganlari taqdirda soddalashtirilgan soliq solish tizimiga oʻtishlari mumkin".

Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 11, 64-modda.