Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.12.1998 y. 539-son "Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.12.1998 y.

N 539



QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR

IShLAB ChIQARUVChILARI UChUN YaGONA

YeR SOLIFINING MUVAQQAT BAZAVIY

STAVKALARINI TASDIQLASh TOʻFRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soliini joriy etish toʻrisida” 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilansinki, yagona yer solii:

oʻrmonchilik, baliq ovlash, ovchilik хoʻjaliklariga;

ular uchun soliq solishning amaldagi tartibi saqlanib qoladigan mustaqil yuridik shaхslar hisoblanmagan yordamchi qishloq хoʻjaliklariga;

“Dehqon хoʻjaligi toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan nazarda tutilgan soliq solish shartlari saqlanib qoladigan dehqon хoʻjaliklariga tatbiq etilmaydi.


3. Yagona yer solii toʻlovchilar quyidagi tartibda byudjetga bir yilda uch marta soliq toʻlaydi:

хisobot yilining 1 iyuligacha - yillik soliq summasining kamida 20 foizini;

хisobot yilining 1 sentyabrigacha - yillik soliq summasining kamida 30 foizini;

хisobot yilining 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasini toʻlaydi.

4. Agar qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari - yagona yer solii toʻlovchilar qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va oʻzi ishlab chiqargan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan birga faoliyatning boshqa turlari bilan shuullansalar ular alohida hisob-kitob yuritishlari va faoliyatning boshqa turlari boʻyicha soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashlari shart.

Yer qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ijaraga berilgan taqdirda ijaraga beruvchida ijarga berilgan yer boʻyicha yagona yer solii toʻlash majburiyati saqlanib qoladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat solik qoʻmitasi bir hafta muddatda Yagona yer soliini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi suoriladigan yerlarda tuproq kartalariga tuzatish kiritish, tuproq bonitirovkasini aniqlash va yerni qiymat jihatidan baholash boʻyicha dala ishlarini 1999 yilda yakunlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuproq kartalariga tuzatish kiritish, tuproq bonitirozkasini aniqlash va suoriladigan yerlarni qiymat jihatidan baholash boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasining hisob-kitoblariga muvofiq mabla bilan ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. X.amidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov