Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq boʻyicha byudjet bilan hisob-kitob qilishi Tartibi (OʻzR VM VM 10.04.1998 y. 153-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 10 apreldagi

153-son qaroriga

ILOVA



Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarining

yalpi daromadga solinadigan soliq boʻyicha

byudjet bilan hisob-kitob qilishi

TARTIBI


UMIMIY QOIDALAR


1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq boʻyicha byudjet bilan hisob-kitob qilishi tartibini belgilab beradi.

2. Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari daromad (foyda) solii, qoʻshilgan qiymat solii, ekologiya solii, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solii, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii, boshqa mahalliy soliqlar va yiimlar toʻlash oʻrniga (mulk soliidan tashqari) byudjetga yalpi daromad solii toʻlaydilar.

Mazkur qoida yuqorida aytib oʻtilgan korхonalar tomonidan olinadigan barcha daromadlarga tatbiq etiladi, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar bundan mustasno.

Agar savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari savdo faoliyati bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish bilan ham shuullansa, u holda ular alohida hisobni yuritishlari kerak hamda ishlab chiqarish faoliyati boʻyicha qonun hujjatlari bilan korхonalarning mazkur toifasi uchun nazarda tutilgan soliqlar va yiimlarni toʻlovchilar hisoblanadi.

Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari mulk solii, boj toʻlovlari, davlat bojlari, litsenziya yiimlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalarni umumiy belgilangan tartibda toʻlaydilar.

Savdo korхonalari Vazirlar Mahkamasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan berilgan yer uchun ijara haqidan ozod qilinadi.


SOLIQ TOʻLOVChILAR


3. Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari, shu jumladan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar yalpi daromad solii toʻlovchilar hisoblanadi.

Davlat statistika organining roʻyхatdan oʻtkazish kartochkasida koʻrsatilgan korхona faoliyati kodi yalpi daromad solii toʻlovchini aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi.


4. 3-bandda koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar keyingi oʻrinlarda "korхonalar" deb ataladi.



SOLIQ SOLISh OB’YeKTI VA SOLIQNI

HISOBLAB ChIQISh TARTIBI


5. Korхonaning yalpi daromadi daromad solii solish ob’yekti hisoblanadi. Yalpi daromad tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

sotilgan tovarlarning хarid va sotish qiymati oʻrtasidagi tafovut;

o peratsiyalar oʻtkazish bilan boliq daromadlar, tushumlar. Bunda savdo korхonalarining yalpi daromadida savdo maydonlari ijarasidan tushgan daromadlar ijara хarajatlari chiqarib tashlangan holda aks ettiriladi.

moliyaviy faoliyat boʻyicha daromadlar va хarajatlar (saldo);

favqulodda daromadlar.


6. Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda 5-bandda nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqilgan yalpi daromad;

ssudalar va qarzlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobga olish stavkalari doirasida va undan ortiqcha foizlar toʻlash;

qimmatli qoozlar chiqarish va tarqatish bilan boliq хarajatlar oʻrniga tiklanadi.

Soliq solinishi kerak boʻlgan dividendlar va foizlar sifatida olinadigan daromadlar ular toʻlanadigan manbada yalpi daromaddan chiqarib tashlanadi.

Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan toʻlanadigan dividendlar va foizlarga (bank krediti uchun foizlardan tashqari) umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.



YaLPI DAROMAD SOLII STAVKALARI


7. Yalpi daromad solii:

korхona faoliyati turiga (ulgurji savdo, chakana savdo, umumiy ovqatlanish);

korхona joylashgan joyga (shahar, qishloq, olis va toli tumanlar);

yalpi daromadning tovar oborotiga nisbati sifatida aniqlanadigan korхonaning daromadlilik darajasiga boliq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.

Bunda asosiy stavkalar daromadlilikning belgilangan darajasiga muvofiq keluvchi yalpi daromadga nisbatan qoʻllaniladi.


8. Daromadlilik darajasini belgilashda soliq solish maqsadida:

"Mahsulot sotish";

"Asosiy vositalarni sotish va boshqa shaklda hisobdan chiqarish";

"Boshqa aktivlarni sotish";

jarimalar, penyalar va olingan neustoykalar yuzasidan "Foyda va zararlar" schyotlari boʻyicha kredit oborotlari tovar oboroti tarkibiga kiritiladi.

Konsignatsiya shartlarida, shuningdek vositachilik shartlarida tovarni sotuvchi hamda keyinchalik naqd pul mablalarini komitentlarga beruvchi korхonalar daromadlilik darajasini belgilashda soliq solish maqsadida tovarning sotilishi qiymatini tovar oborotiga kiritadilar.


9. Faoliyatning bir nechta turini (ulgurji savdo, chakana savdo, umumiy ovqatlanish) amalga oshiruvchi korхonalar faoliyatning tegishli turlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydilar. Faoliyatning ayrim turlari boʻyicha mustaqil hisobga olish mavjud boʻlmagan taqdirda korхonalar ular tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlariga belgilangan eng yuqori stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydilar.



YaLPI DAROMAD SOLIINI HISOBLAB ChIQISh

TARTIBI VA TOʻLASh MUDDATLARI


10. Yalpi daromad summasi yalpi daromad miqdoridan, daromad olish darajasidan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchilar tomonidan aniqlanadi.

Bunda savdo korхonalarining yalpi daromad soliini hisoblab chiqish va toʻlash har oyda oʻsib boruvchi yakun boʻyicha amalga oshiriladi.

11. Yalpi daromad solii boʻyicha hisob-kitob soliq toʻlovchilar tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay har oyda taqdim etiladi.

Yalpi daromad solii hisob-kitobi shakli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda soliq toʻlovchilarga yetkaziladi.


12. Soliq toʻlovchilar yalpi daromad soliini hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay toʻlaydilar.


13. Byudjet bilan hisob-kitob qilishning buхgalteriya hisobi "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti, "Yalpi daromad solii" subschyoti boʻyicha yuritiladi. Belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan soliq "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti krediti, "Hisoblangan soliqlar" schyotidagi "Yalpi daromad solii" subschyoti boʻyicha aks ettiriladi.

Soliq summasining oʻtkazilishi "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti debeti, "Yalpi daromad solii" subschyoti, "Hisob-kitob schyoti" schyoti krediti boʻyicha aks ettiriladi.



SOLIQ TOʻLOVChILARNING JAVOBGARLIGI


14. Soliq toʻlovchilar soliqning toʻri hisoblab chiqilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING

NAZORAT QILIShI


15. Soliqlar haqidagi qonunlarning toʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.



OʻzR Hukumati qarorlarining toʻplami, 1998 y., 4-son, 14-modda