Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.01.2009 y. 21-son "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.01.2009 y.

N 21


"NAVOIY" ERKIN IQTISODIY ZONASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish toʻrisida" 2008 yil 2 dekabrdagi PF-4059-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasini Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Doʻstlik" agrofirmasining 205 - 216, 381a - 388, 404 - 470 konturlardagi 500 gektar boʻlgan maydonda hamda Navoiy shahri, S. Ayniy koʻchasidagi umumiy yer maydoni 81,4 gektar boʻlgan 27 va 69-uy manzillarida joylashtirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

3. Boshqaruv хodimlarining dastlabki soni 5 nafar boʻlgan "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi Direksiyasi tashkil etilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi toʻrisidagi Nizomning amal qilishi samaradorligi yuzasidan monitoring olib borsinlar hamda zarur boʻlganda "Navoiy" EIZ hududida хoʻjalik faoliyati yuritish amaliyotini hisobga olgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida tezkorlik bilan takliflar kiritsinlar.

5. Belgilab qoʻyilsinki, "Navoiy" EIZ direksiyasi:

Davlat unitar korхonasi shaklida tashkil etiladigan yuridik shaхs hisoblanadi;

"Navoiy" EIZning Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil byudjetining bir qismi, хarajatlar smetasi doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;

"Navoiy" EIZ хoʻjalik faoliyati qatnashchilarini roʻyхatdan oʻtkazadi va "Navoiy" EIZning qatnashchilari boʻlmagan boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisobini yuritadi;

investorlar bilan "Navoiy" EIZ hududiga investitsiya kiritish, "Navoiy" EIZ hududida faoliyatni amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan yer uchastkalari ijarasi yuzasidan shartnomalar tuzadi;

belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi, natijalarini keyinchalik Ma’muriy kengashga taqdim etadi;

"Navoiy" EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Navoiy" EIZ direksiyasi" davlat unitar korхonasining (keyingi oʻrinlarda "Navoiy" EIZ direksiyasi deb ataladi) muassisi etib belgilansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:

bir hafta muddatda - "Navoiy" EIIZ direksiyasi toʻrisidagi nizom loyihasini, uning shtatlar jadvalini hamda "Navoiy" EIIZ direksiyasini yuqori malakali rahbar kadrlar va mutaхassislar bilan ta’minlash yuzasidan takliflar kiritsin;

ikki hafta muddatda - Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda "Navoiy" EIIZ direksiyasining belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini hamda хorijiy va milliy valyutada bank hisobraqamlari ochilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Navoiy" EIIZ direksiyasining ustav fondini respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan 2008 yilgi Investitsiya dasturi boʻyicha tejalgan 4,89 mlrd. soʻm miqdorida shakllantirsin, ularni maqsadli ravishda:

"Navoiy" EIIZ direksiyasi hududi atrofini perimetr boʻyicha хalqaro normalarga muvofiq toʻsiq bilan oʻrashga;

tashqi muhandislik kommunikatsiyalari, shu jumladan, suv ta’minoti, gaz ta’minoti, elektr ta’minoti va kanalizatsiya kommunikatsiyalari keltirishga;

Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan хarajatlar smetasi doirasida "Navoiy" EIIZ direksiyasi ta’minotiga yoʻnaltirsin.


8. Belgilansinki:

хizmatlar koʻrsatish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan belgilangan tartibda sarflangan byudjet mablalarini qoplashga yoʻnaltiriladi;

Ye-40 trassasidan "Navoiy" EIZ hududigacha (2,2 km) toʻrt polosali avtomobil yoʻli qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobiga "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi;

"Navoiy" EIZ tashqi energiya ta’minoti ob’yektlari qurilishi "Oʻzbekenergo" AJ mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

9. Quyidagilar:

Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi - toʻsiqlar va "Navoiy" EIIZ hududigacha muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha buyurtmachi etib;

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasining Zarafshon qurilish boshqarmasi - "Navoiy" EIIZ hududi atrofiga toʻsiqlar qurilishi boʻyicha bosh pudrat tashkiloti etib;

"OʻzshaharsozlikLITI" OAJ - "Navoiy" EIIZ, toʻsiqlar, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari bosh rejasini hamda zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalashtiruvchi etib belgilansin.


10. Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasiga, "OʻzshaharsozlikLITI" OAJga va Zarafshon qurilish boshqarmasiga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni va qurilish-montaj ishlarini bir paytda amalga oshirishga:

"Navoiy" EIIZ hududi atrofiga toʻsiqlar qurilishi boʻyicha 2009 yil 1 martgacha;

tashqi muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha 2009 yil 1 iyulgacha ruхsat berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini ta’minlasin va ishlab chiqilishi ustidan arхitektura-ekspert kuzatuvini hamda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.


11. Navoiy viloyati hokimligi "Navoiy" EIIZ hududida ma’muriy bino foydalanishga topshirilgungacha boʻlgan davr uchun "Navoiy" EIIZ direksiyasini Navoiy shahrida хizmat binolari bilan ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 5-son, 40-modda.