Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2002 y. 189-son "Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
31.05.2002 y.
N 189
IMPORT BOJ POShLINALARINI
UNIFIKATsIYa QILIShGA DOIR QOʻShIMChA
ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 29 maydagi PF-3078-son Farmonini bajarish va import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish, import boj poshlinalarini unifikatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
4. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. Gʻaniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni ta’minlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2002 yil 31 maydagi
189-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ba’zi qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 1998 yil 31 martdagi 137-son qarori 5-bandining beshinchi хat boshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2001 yil 2 fevraldagi 66-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 2-son, 9-modda) 1 va 2-bandlari, shuningdek 1-ilovasi 2002 yil 1 iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami",
2002 y., N 5, 28-modda.