Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.10.1996 y. 366-son "Telekommunikatsiyalar tarmogʻini rivojlantirish uchun Yaponiyaning imtiyozli kreditiga хizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.10.1996 y.

N 366



TELEKOMMUNIKATsIYaLAR TARMOFINI

RIVOJLANTIRISh    UChUN    YaPONIYaNING

IMTIYoZLI KREDITIGA XIZMAT KOʻRSATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻFRISIDA



Respublikada telekommunikatsiyalar tarmoini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumati tomonidan Rivojlanishga rasmiy yordam" (ODA) dasturi doirasida berilayotgan 12700 mln iyen miqdoridagi imtiyezli kreditdan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1 Belgilansinki, kreditga хizmat koʻrsatish va uni qaytarish bilan boliq хarajatlar va undan foydalanganlik uchun foizlar, shuningdek kredit bitimi buiicha berilayetgan qarz miqdoridan ortiqcha boʻlgan har qanday moliyaviy хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining uz mablalari hisobidan amalga oshiriladi


2 Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida undiriladigan barcha soliqlar va boj poshlinalaridan ozod qilinsin:

a) Yaponiyaning хorijiy iqtisodii hamkorlik fondi (OYeSF) kredit bitimi yuzasidan barcha tulovlar buyicha, shuningdek ularga qoʻshiladigan foizlar boʻyicha,

b) Yaponiyaning tovarlar yetkazib berish yoki qarzga koʻrsatilgan хizmatlardan olingan daromadga nisbatan kontraktchilar yoki mas-lahatchilar sifatida ish koʻruvchi kompaniyalari;

v) Yaponiyaning telekommunikatsiyalar tarmoini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan oʻz materiallari yoki asbob-uskunalarini import qilish va qayta eksport qilishga nisbatan kontraktchilar yoki maslahatchilar sifatida ish koʻruvchi kompaniyalari;

g) yetkazib beruvchi, kontraktchilar yoki maslahatchilar sifatida ish koʻrayotgan yapon kompaniyalaridan oladigan daromadga nisbatan loyihani amalga oshirishda band boʻlgan yapon хizmatchilari.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyihaning yaponiyalik qatnashchilarini Oʻzbekistonda yashash joyida roʻyхatdan oʻtkazilganligi uchun yiim toʻlashdan ozod qilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyihaning yaponiyalik qatnashchilariga konsullik yiimlari va boshqa yiimlar undirmasdan koʻp martalik vizalar berilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Aloqa vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:

a) imzolangan kelishish notalari va kredit bitimlari bilan nazarda tutilgan qoidalar va tartiblarning soʻzsiz bajarilishini;

b) telekommunikatsiyalar tarmoini rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda ishlarning borishi haqidagi zarur aхborot va ma’lumotlar Yaponiya Hukumatiga va OYeSFga berilishini ta’minlasinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov