Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2013 y. 356-son "Chetdan olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy teхnika, tibbiy teхnikaga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.2013 y.

N 356



ChETDAN OLIB KIRIShDA BOJXONA

TOʻLOVLARIDAN (BOJXONADA RASMIYLAShTIRISh

YIIMLARIDAN TAShQARI) OZOD QILINADIGAN

YaNGI TIBBIY TEXNIKA, TIBBIY TEXNIKAGA

BUTLOVChI BUYuMLAR, EHTIYoT QISMLAR VA

SARFLASh MATERIALLARI ROʻYXATINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 28 noyabrdagi PQ-1652-son qaroriga muvofiq, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Chetdan olib kirishda 2018 yil 1 yanvargacha bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yiimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy teхnika, tibbiy teхnikaga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyхati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirlar Mahkamasining "Chetdan olib kirishda bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2008 yil 8 maydagi 94-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 13 yanvar, 2-son, 18-modda