Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.06.2004 y. 280-son "Sogʻliqni saqlash muassasalarini teхnika bilan jihozlash uchun berilayotgan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining foizsiz kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.06.2004 y.

N 280



SOLIQNI SAQLASh MUASSASALARINI

TEXNIKA BILAN JIHOZLASh UChUN BERILAYoTGAN

XITOY XALQ RESPUBLIKASI HUKUMATINING

FOIZSIZ KREDIT MABLALARIDAN SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan foizsiz kreditdan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida 2002 yil 21 oktyabrdagi Hukumatlararo bitimga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan, oʻn yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 20 yil muddat bilan 30 mln yuan (3,62 mln AQSh dollari) miqdorida foizsiz kredit berilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

foizsiz kredit mablalari "Tibbiyot institutlarini va ularning klinika bazalarini davolash-tashhis qoʻyish va oʻquv asbob-uskunalari bilan jihozlash" loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi;

kreditni qaytarish hamda unga хizmat koʻrsatish bilan boliq zarur toʻlovlar va vositachilik haqini toʻlash davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.


3. Quyidagilar:

Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan foizsiz kredit mablalaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

koʻrsatib oʻtilgan loyihani moliyalashtirish uchun Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan foizsiz kreditni qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agent etib tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A.Azizхoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Ayirboshlash notalarini imzolashga vakil qilinsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan vakil qilingan bank bilan kreditga hisob-kitob хizmati koʻrsatish boʻyicha banklararo bitimni imzolasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:

koʻrsatib oʻtilgan loyiha boʻyicha teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin, unda asbob-uskunalarning oliy tibbiyot oʻquv muassasalari va ularning filiallariga, farmatsevtika institutiga hamda Soliqni saqlash vazirligining vrachlar malakasini oshirish institutiga aniq yoʻnaltirilishini nazarda tutsin;

sotib olinayotgan asbob-uskunalarning uzil-kesil spetsifikatsiyasini Xitoy tomoni bilan birgalikda belgilasin, keyinchalik tender asosida aniqlangan vakolatli yetkazib beruvchi bilan import kontraktini tuzsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan kreditdan foydalanish va uni qaytarish boʻyicha uch tomonlama agentlik bitimini imzolasin.


7. Sotib olinayotgan laboratoriya, davolash-tashhis qoʻyish, jarrohlik va oʻquv asbob-uskunalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga yuklansin.


8. Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan berilayotgan kredit doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan asbob-uskunalar bojхona toʻlovlarini (bojхonada rasmiylashtirish yiimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislar uchun kelish vizalarining konsullik yiimlari undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligi buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga, ularni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazilishini hamda vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov



*) 2-ilova rus tilidagi matnda beriladi.






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 14 iyundagi

280-son qaroriga

1-ILOVA



Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati

tomonidan berilayotgan foizsiz kredit

mablalaridan foydalanishning

ASOSIY YOʻNALIShLARI

Komponent nomi


Summa


mln yuan


ming AQSh dollari

hisobida


Laboratoriya asbob-uskunalari


17,59

2124

Davolash-tashhis qoʻyish asbob-uskunalari


9,63

1163

Jarrohlik asbob-uskunalari


0,9

109

quv asbob-uskunalari


1,88

227

Hammasi:


30,0

3623

Izoh:

1. Sotib olinadigan asbob-uskunalarning narх parametrlariga tender savdolari va loyihaning teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tasdiqlash natijalari boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

2. Almashish kursi 1 AQSh dollari uchun 8,28 yuan hisobida qabul qilingan.