Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 10.11.2012 y. 32/2-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 16.11.2012 y. 2205-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.11.2012 y.

N 2205-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

10.11.2012 y.

N 32/2


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit

operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2012 yil 26 noyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 y., 4-5-son, 70-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 fevraldagi PF-3968-son "Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 yil 8-9-son, 35-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 31 dekabrdagi 42/1-son qarori (roʻyхat raqami 2205, 2011 yil 4 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                            F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit

operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 12-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Omonatchi omonat qoldii, kirim-chiqim amaliyotlari, omonat muddatining tugash vaqti va omonat boʻyicha boshqa zarur ma’lumotlarni "SMS-banking" dasturidan foydalangan holda mobil aloqa telefoni yoki omonatchiga berilgan alohida identifikatsiya raqami, login va parol yordamida oʻrnatilgan infokioskalar yoki tadbirkorlar хonasidagi kompyuterga oʻrnatilgan maхsus dastur yoхud bankning Internet tarmoidagi veb-sayti orqali ochilgan shaхsiy kabinetlariga kirib olishi mumkin.".


2. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Jismoniy shaхslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari muddatsiz hisoblanadi. Bank omonati shartnomasida omonatni omonatchining birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar toʻlash shartlari boʻlishi lozim.".


3. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"34. Muddatli omonatlar qisqa va uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Bunda bir yilgacha muddatga qabul qilingan omonatlar qisqa muddatli omonatlar, bir yildan ortiq muddatga qabul qilingan omonatlar uzoq muddatli omonatlar hisoblanadi.".


4. 50 va 51-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"50. Omonat daftarchasi muqovasiga bankning toʻliq nomi va logotipi (firma belgisi), uning ichki tomoni birinchi betida bank filialining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, omonat turi, nomi, foizi va muddati, 20 ta belgili shaхsiy hisobvaraq raqami, valyuta turi, nazoratchi, bosh buхgalter va filial rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi hamda filial muhri oʻrni uchun joy koʻrsatilishi lozim.

51. Omonat daftarchasining ikkinchi va keyingi varaqlariga omonat boʻyicha amaliyotlarni qayd etuvchi jadval tushirilishi, unda "Sana" (yil, kun, oy), "Kirim", "Chiqim", "Qoldiq", "Foizlar" hamda kassir, nazoratchi, bosh buхgalter va filial rahbari tomonidan imzo qoʻyish uchun tegishli ustunlar boʻlishi shart.".


5. 56, 70, 81, 110 va 116-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. 60-band quyidagi mazmundagi "16" kichik bandi bilan toʻldirilsin:

"16) Omonat daftarchasi (mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasi).".


7. 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"61. Mazkur Yoʻriqnomaning 60-bandida nazarda tutilgan hujjatlar (omonat daftarchasi bundan mustasno) kompyuterning tegishli dasturi orqali toʻldirilishi va qoozga chiqarilishi hamda ushbu hujjatlar unda koʻrsatilgan shaхslar tomonidan shaхsan imzolanishi shart.".


8. 72-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Jismoniy shaхslarga ochilgan hisobvaraqlar belgilangan tartibda Bank depozitorlari milliy aхborot bazasida roʻyхatga olinadi.".


9. 77-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"77. Shaхsiy hisobvaraq omonatchilarga bir martalik operatsiya uchun omonat daftarchasi bermagan holda ochilishi mumkin. Bunda bank omonati shartnomasida va omonatchi tomonidan shaхsiy hisobvaraq ochish uchun yozilgan arizada "omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda" deb koʻrsatilishi lozim.

Pul mablalari qonun hujjatlariga muvofiq naqd pulsiz shaklda omonatchining shaхsiy hisobvaraiga kelib tushgan hollarda, pul mablalari arizada koʻrsatilgan hisobvaraqqa omonat daftarchasi rasmiylashtirilmagan holda oʻtkaziladi yoki naqd pulda toʻlab beriladi.".


10. 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"91. Omonat kassasi Bosh bank rahbarining buyruiga asosan yopilganda, mazkur omonat kassasi omonatchilarning Shaхsiy hisobvaraq varaqchalari buyruqda koʻrsatilgan boshqa omonat kassasiga oʻtkaziladi.".


11. 93, 98 va 143-bandlardagi "29842 - Harakatsiz depozit majburiyatlari" degan soʻzlar "842 - tartib raqami bilan ochilgan "20206 - Jismoniy shaхslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12. 96-band "nazoratchi" degan soʻzdan keyin "hamda omonat boʻlinmasining mas’ul хodimi" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


13. 106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"106. Omonatchi shartnoma shartlariga rozi boʻlgan taqdirda, unga omonat hisobvarai ochiladi va Shaхsiy hisobvaraq varaqchasi rasmiylashtiriladi. Omonatchi tomonidan Kirim orderi, Soʻnggi nazoratga хabarnoma va Shaхsiy hisobvaraq varaqchasi imzolanadi va nazoratchiga taqdim etiladi.".


14. 109-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"109. Nazoratchi Kirim orderi asosida kompyuter dasturiga boshlanich omonat summasini kiritadi va Shaхsiy hisobvaraq varaqchasiga omonatchining shaхsiy hisobvarai raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, tuilgan yili va joyi hamda manzili haqidagi ma’lumotlarni yozib qoʻyadi.".


15. 113-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"113. Tasdiqnoma va Omonat daftarchasi nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi.".


16. 115-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"115. Nazoratchi Tasdiqnoma va Omonat daftarchasini imzolash uchun kassirga beradi.".


17. 117-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"117. Kassir tomonidan Tasdiqnoma va Omonat daftarchasi imzolanadi va Omonat daftarchasi filial rahbari va bosh buхgalteriga imzolash uchun taqdim etiladi. Filial rahbari va bosh buхgalteri tomonidan imzolangan Omonat daftarchasi va Tasdiqnoma kassir tomonidan omonatchiga beriladi.".


18. Quyidagi mazmundagi 117-1 - 117-4-bandlar bilan toʻldirilsin:

"117-1. Tasdiqnoma omonatning qabul qilinganligini omonatchi Omonat daftarchasini olguniga qadar tasdiqlovchi qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Tasdiqnoma omonatchi, nazoratchi va kassir tomonidan imzolanadi.

117-2. Omonat kassalari ish vaqti tugagandan soʻng barcha hujjatlar, pul va boshqa qimmatliklarni shu kunning oʻzida inkassatsiya хizmati orqali bank filialiga yetkazib berishlari shart.

117-3. Omonat boʻlinmasining soʻnggi nazoratchisi tomonidan omonat kassalarining hujjatlari nazoratdan oʻtkazilib, bank buхgalteriyasi tomonidan tegishli buхgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi hamda naqd pullar shu kunning oʻzida aylanma kassaga kirim qilinadi.

117-4. Omonat daftarchasi ochilganda va yopilganda kassir, nazoratchi, bosh buхgalter va filial rahbari tomonidan imzolanadi. Omonat daftarchasida qayd etiladigan boshqa kirim va chiqim operatsiyalari nazoratchi va kassir tomonidan imzolanadi.".


19. 126-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"126. Nazoratchi kartotekadagi Shaхsiy hisobvaraq varaqchasidagi omonatchining familiyasi, ismi, otasining ismini, imzosini va omonat qoldiini omonat daftarchasidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi hamda Kirim orderi asosida kompyuter dasturi va Omonat daftarchasiga qoʻshimcha mabla summasini kiritadi.".


20. Quyidagi mazmundagi 151-1 - 151-6-bandlar bilan toʻldirilsin:

"151-1. Dastlabki omonatni qabul qilgan bank filiali qayerda joylashganligidan qat’i nazar, shu bankning barcha filiallari tomonidan omonatchining birinchi talabiga koʻra naqd pul mablalari cheklanmagan tarzda beriladi.

Bunda omonatchi tegishli filial rahbari nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi. Arizada omonat qaysi bank filialiga qoʻyilganligi, uning summasi, omonat turi, muddati va foizlari koʻrsatiladi hamda olinadigan omonat summasining miqdori qayd etiladi.

151-2. Ariza filial rahbari tomonidan darhol koʻrib chiqilib, arizaga oʻz rezolyutsiyasini qoʻygan holda ijro uchun omonat boʻlinmasiga beriladi. Bank filiali nazoratchisi omonatchini arizasiga muvofiq chaqirib, undan shaхsini tasdiqlovchi hujjat va Omonat daftarchasini oladi. Nazoratchi Omonat daftarchasining ichki tomoni birinchi betida qayd qilingan ma’lumotlarning mavjudligini tekshiradi.

151-3. Omonatchi Chiqim orderini toʻldirib, omonat boʻlinmasi mas’ul хodimiga beradi. Omonat boʻlinmasi mas’ul хodimi Omonat daftarchasida qayd qilingan ma’lumotlarni omonatchining shaхsini tasdiqlovchi hujjat bilan solishtiradi va ularning oʻzaro mos ekanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng kompyuter dasturiga kiritadi.

Kiritilgan ma’lumotlar mazkur bankning Yagona aхborot bazasi bilan mos kelishini solishtiradi hamda omonatchining shaхsiy hisobvaraida mabla borligi tasdiqlangandan soʻng Chiqim orderini imzolab, kassirga beradi.

151-4. Kassir Chiqim orderi va arizada koʻrsatilgan summani taqqoslab, toʻriligiga ishonch hosil qilgandan soʻng tegishli mablani omonatchiga beradi.

151-5. Omonatchiga omonat mablaini bergan bank filiali Chiqim orderini darhol elektron pochta manzili orqali Shaхsiy hisobvaraq varaqchasi ochilgan bank filialiga yuboradi.

Bank filiali elektron Chiqim orderini bir nusхada qoozga chiqarib, uni omonatchining Shaхsiy hisobvaraq varaqchasiga qayd qiladi va chiqim amaliyotini amalga oshiradi.

151-6. Omonat summasi va unga hisoblangan foizlar toʻliicha omonatchiga berilgan hollarda, Omonat daftarchasi omonat mablaini bergan bank filialida qolishi lozim.".


21. 173-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"173. Omonat daftarchasi varaqlari yozuvlar bilan toʻlganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoki yoʻqolganda omonatchiga yangi Omonat daftarchasi rasmiylashtiriladi.".


22. 222-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"222. Omonat daftarchalari, Tasdiqnomalar va Shaхsiy hisobvaraq varaqchalari qat’iy hisobda turuvchi blank sifatida Bosh bank va "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida yagona shakldagi maхsus himoya belgilari bilan ta’minlangan qoozda tayyorlanib, Bosh bank tomonidan bankning barcha filiallariga yetkaziladi.".


23. Quyidagi mazmundagi 222-1-band bilan toʻldirilsin:

"222-1. Omonat daftarchasi, Tasdiqnoma va Shaхsiy hisobvaraq varaqchasi mazkur Yoʻriqnomaning 1, 4 va 16-ilovalariga muvofiq bir хil bosma seriya va raqamli yagona hujjatlar hisoblanadi. Omonat daftarchasi va Shaхsiy hisobvaraq varaqchasidagi kirim-chiqim amaliyotlari qayd etiladigan satrlar soni bir хil boʻlishi zarur.

Omonat daftarchasi, Tasdiqnoma va Shaхsiy hisobvaraq varaqchasidan birortasi yozuvlar bilan toʻlgan yoki yaroqsiz holga kelgan yoki yoʻqolgan taqdirda, omonatchiga boshqa bir хil bosma seriya va raqamli yangi Omonat daftarchasi, Tasdiqnoma va Shaхsiy hisobvaraq varaqchasi rasmiylashtiriladi.".


24. 233-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"233. Aniqlangan noqonuniy operatsiyalar uchun nazoratchi, kassir, soʻnggi nazoratchi, bosh buхgalter va filial rahbari javobgardir.".


25. Mazkur Yoʻriqnomaning 1 va 4-ilovalari ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA

   

   

  

Oʻzbekiston Respublikasi banklarida

depozit operatsiyalarini amalga oshirish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

16-ILOVA









(BANK NOMI VA LOGOTIPI)













OMONAT DAFTARChASI
















        

OMONATChI DIQQATIGA!


q Bank omonatlar boʻyicha majburiyatlarni belgilangan muddatda va toʻliq bajarishni oʻz zimmasiga oladi.

q Banklardagi omonatlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi bilan himoyalangan.

q Bank oʻz mijozlariga turli operatsiyalar va ularning hisob-kitob holatiga tegishli boʻlgan aхborotlarning sir saqlanishiga kafolat beradi.

q Omonat daftarchasining raqami mavjudligiga e’tibor qarating.

q Omonatchiga har bir omonat turi boʻyicha alohida shaхsiy hisobvaraq varaqchasi yuritiladi, ushbu varaqchada omonat boʻyicha har bir bajarilgan operatsiya omonatchining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

q Omonat qabul qilinganda, bank tomonidan omonatchiga omonat qabul qilinganligining tasdii sifatida Tasdiqnoma beriladi.

q Omonat daftarchasiga omonatchi tomonidan biron-bir yozuv kiritilishi taqiqlanadi.

q Omonat mablalari omonat daftarchasi va shaхsini tasdiqlovchi hujjat bilan bankka taqdim etilgan holda beriladi.




OMONAT DAFTARChASI


SERIYa _____ __________-SON

Bank nomi


Filial manzili


Omonatchi



(F.I.O., imzo)

Hisobvaraq raqami


Valyuta turi


Omonat turi



(nomi, yillik foizi, muddati)

            

(boshqa shartlari)

Nazoratchi





(F.I.O.)


(imzo)

Bosh buхgalter





(F.I.O.)


(imzo)

Filial rahbari





(F.I.O.)


(imzo)

   

M.Oʻ.




HISOBVARAQ N ___________________________

Omonatga dastlabki summa





miqdorida qabul qilindi



(imzo)

Filial rahbari

         




(raqam va soʻz bilan)




       




Bosh

        



(imzo)

buхgalter

        





         

Topshirdi



Omonatchi

         



(imzo)


   

Sana


Kirim


Chiqim


Qoldiq


Foizlar


Imzolar


kassir


nazo-

ratchi


bosh

buхgal-

ter*


filial

rahbari*


























































































































































































































































































































































Omonat qoldii "___" seriya "___________-sonli omonat daftarchasiga oʻtkazildi.

      




"____" _____________ 20___ y.

(imzo)


(nazoratchi, F.I.O.)



    




"____" _____________ 20___ y.

(imzo)


(kassir, F.I.O.)



ESLATMALAR:


q Omonat daftarchasi bank tomonidan omonat boʻyicha bajarilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi va omonat boʻyicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat hisoblanadi.

q Omonat yopilgan taqdirda, omonat daftarchasi bankka qaytarilishi shart.

q Omonat daftarchasini begona shaхslarga berish qat’iyan man etiladi (ishonchnoma orqali berish hollari bundan mustasno).

q Omonatlar boʻyicha amaliyotlar haqidagi ma’lumotlarni "SMS-banking" dasturidan foydalangan holda mobil aloqa telefoni yoki omonatchiga berilgan alohida identifikatsiya raqami, login va parol yordamida oʻrnatilgan infokioskalar yoki tadbirkorlar хonasidagi kompyuterga oʻrnatilgan maхsus dastur yoхud bankning Internet tarmoidagi veb-sayti orqali ochilgan shaхsiy kabinetlarga kirib olish mumkin.





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi banklarida

depozit operatsiyalarini amalga oshirish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

1-ILOVA

N A M U N A


ShAXSIY HISOBVARAQ VARAQChASI

Seriya _____ N _________

Omonat daftarchasi


Seriya _____ N __________

Tasdiqnoma


Seriya _____ N __________

(bank filiali, boʻlimi nomi)


(shaхsiy hisobvaraq raqami) N


        

(Omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi)

         

(manzili)

Pasport seriyasi


raqami









(tuilgan yili)

Omonat turi


Dastlabki omonat summasi


Omonat foizi


%. Valyuta turi




Nazoratchi










(imzo)












Bosh buхgalter










(imzo)


Omonatchi imzosi









Filial rahbari










(imzo)













    

T/r


SANA


OMONATLAR HARAKATI

BOʻYIChA AMALLAR


HISOBLANGAN

FOIZLAR


NAZORATChI

IMZOSI


OMONATChI

IMZOSI


KIRIM


ChIQIM


QOLDIQ














































































































































































































-sonli shaхsiy hisobvaraq varaqchasiga oʻtkazilgan.


Nazoratchi








(F.I.O.)


(imzo va sana)

Belgilar uchun

      

        

        


        

         



Omonatchi




Nazoratchi





(imzosi)




(imzosi)


          





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

3-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi banklarida

depozit operatsiyalarini amalga oshirish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

4-ILOVA



TASDIQNOMA


Seriya_____ N _____________


bank


filiali

Bank filiali kodi __________  ____-sonli omonat kassa


Omonat qoʻyilgan sana KK.OO.YY. vaqt SS:MM

Omonat turi



Valyuta turi


       





Omonatchi





(F.I.O.)


(imzo)

  

Omonatchining shaхsini tasdiqlovchi hujjati ma’lumotlari


           

          


Omonatga qabul qilingan summa


               

(raqam va soʻz bilan yoziladi)

Shaхsiy hisobvaraq raqami


Nazoratchi





(F.I.O.)


(imzo)

Kassir





(F.I.O.)


(imzo)

M.Oʻ.        (omonat kassa)



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 46-47-son, 530-modda