Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 25.04.1996 y. 217-I-son "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

25.04.1996 y.

N 217-I



"BANKLAR VA BANK FAOLIYaTI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI

AMALGA KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzining normativ hujjatlari, shuningdek tijorat banklarining ustavlari "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonunga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini ta’minlasin.


4. "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil N 4, 84-modda) oʻz quchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                     E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi" 1996 y., N 5-6, 55-modda