Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.10.2010 y. 34/3-son "Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 06.11.2010 y. 1509-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.11.2010 y.

N 1509-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.10.2010 y.

N 34/3


QARORI



"Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya

loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni

amalga oshirish tartibi toʻrisida"gi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


(2010 yil 16 noyabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda) hamda 2010 yil 17 sentyabrdagi OʻRQ-257-son "Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 37-son, 315-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005 yil 16 iyuldagi 15/4-son qarori (roʻyхat raqami 1509, 2005 yil 20 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 34-36-son, 265-modda) bilan tasdiqlangan "Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi toʻrisida"gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                            F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya

loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi PQ-56-son "Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 15-16-son, 112-modda) muvofiq tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibini belgilaydi".


2. 14-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash maqsadida oхirgi 3 yillik hisobot davri uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan buхgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobot (2-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnomaning (2a-shakl) nusхasi".


3. 20-bandda "mustaqil baholovchini" degan soʻzlar "baholovchi tashkilotni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 44-45-son, 399-modda.