Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 10.09.2011 y. 26/2-son "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 06.10.2011 y. 1831-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.10.2011 y.

N 1831-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

10.09.2011 y.

N 26/2


QARORI



Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,

inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir

yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida


(2011 yil 16 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-sonli "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 34-35-son, 344-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 17 maydagi 12/2-sonli qarori (roʻyхat raqami 1831, 2008 yil 27 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 26-27-son, 258-modda) bilan tasdiqlangan "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma"ga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                             F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,

inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir

yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. 61-band "100 soʻm - qizil" degan soʻzlardan keyin "shuningdek 500 soʻm - och koʻk" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 63-band "50000 soʻm" degan soʻzlardan keyin "hamda 500 soʻm qiymatidagi tangalar uchun 500000 soʻm" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 364-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari asosiy hisob raqami ochilgan bank (filial) kassasiga eng kam oylik ish haqining yigirma barobari miqdorigacha boʻlgan naqd pul tushumini mustaqil topshirishlari mumkin";

ikkinchi va uchinchi хatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin.


4. 375-band quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Banklar (filiallar) tomonidan milliy va chet el valyutalaridagi naqd pullar hamda boshqa qimmatliklarni bevosita oʻzlari (samonos) tashishga yoʻl qoʻyilmaydi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 40-son, 445-modda