Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.01.2013 y. 10-son "Oʻzbek Lizing interneyshnl A.J." qoʻshma lizing kompaniyasi faoliyati masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.01.2013 y.

N 10


"OʻZBEK LIZING INTERNEYShNL A.J."

QOʻShMA LIZING KOMPANIYaSI FAOLIYaTI

MASALALARI TOʻRISIDA


"Oʻzbek Lizing interneyshnl A.J." qoʻshma lizing kompaniyasining tadbirkorlik sub’yektlarini modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash loyihalarini moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan "Oʻzbek Lizing interneyshnl A.J." qoʻshma lizing kompaniyasining ustav jamarmasidagi ulushining "Oʻzbek-Oman investitsiya kompaniyasi" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga berilganligi;

aksiyadorlarning umumiy yiilishi qaroriga koʻra "Oʻzbek Lizing interneyshnl A.J." qoʻshma lizing kompaniyasining ustav jamarmasi miqdori 3 mln. AQSh dollari miqdorida taqsimlanmagan daromad hisobiga 9 mln. AQSh dollarigacha oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻzbek Lizing interneyshnl A.J." qoʻshma lizing kompaniyasi muassislarining ulushlarni quyidagi miqdorlarda taqsimlash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki - 3,15 mln. AQSh dollari (35 foiz);

"Meybank" (Malayziya) - 3,15 mln. AQSh dollari (35 foiz);

"Oʻzbek-Oman investitsiya kompaniyasi" mas’uliyati cheklangan jamiyati - 2,70 mln. AQSh dollari (30 foiz).


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 21 yanvar, 3-son, 31-modda