Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.1995 y. 6-son "Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ" qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.1995 y.

N 6


"OʻZBEK LIZING INTERNEYShNL AJ"

QOʻShMA LIZING KOMPANIYaSINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Respublikada zamonaviy infrastrukturani shakllantirish hamda tovarlar va хizmatlar bozorini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Halqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki, Meybank (Malayziya) bilan birgalikda "Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ" qoʻshma lizing kompaniyasini ta’sis etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar tashkil etilayotgan qoʻshma lizing kompaniyasining bosh vazifalari hisoblanadi:

teхnologiya asbob-uskunalarini respublikaning mulkchilikning barcha shakllaridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga lizingga berish uchun sotib olish va ulardan foydalanishni uzoq muddatlarda mabla bilan ta’minlash;

eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish va importning oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga lizing doirasida ilor teхnologiyalarni jalb etish;

oʻrta va kichik tadbirkorlikni rivojlantirmsh, halk iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni va hizmatlar koʻrsatishni koʻpaytirish uchun keng koʻlamli lizing hizmatlari koʻrsatish;

lizing operatsiyalarini amalga oshirish uslubiyotini hamda lizing hizmatlari bozorini rivojlantirish boʻyicha tavsiyanomalarni ishlab chiqish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki 2 oy muddatda qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish boʻyicha ta’sis hujjatlari tayyorlanishini nihoyasiga yetkazsin va ularni belgilangan tartibda roʻyхatga olish uchun taqdim etsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.


5. Koʻshma lizing kompaniyasi operatsiyalarni amalga oshirish boshlangandan soʻng 5 yilga foydadan olinadigan, qoʻshilgan qiymat solii va mol-mulkdan olinadigan soliqlardan ozod qilinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki "Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ" kompaniyasini Turob Toʻla koʻchasi, quyidagi Halqaro bank va moliya markaziga joylashtirsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1995 y., N 1, 1-modda.