Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.2014 y. 335-son “Tariхiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan ob’yektlar roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.12.2014 y.

N 335




TARIXIY, BADIIY YoKI OʻZGA

MADANIY QIMMATLILIGI TUFAYLI

GAROV VA IPOTEKA QOʻLLANILIShI MUMKIN

BOʻLMAGAN OB’YeKTLAR ROʻYXATINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Garov toʻrisida" va "Ipoteka toʻrisida"gi qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-son qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatiga kiritilgan ob’yektlarga tariхiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin emas, хususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari bundan mustasno.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy хavfsizlik хizmati bilan kelishilgan holda davlat хavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan ob’yektlar roʻyхatini belgilangan tartibda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tariхiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan ob’yektlar roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun asosli zarurat paydo boʻlgan taqdirda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritib borsin.

4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 15 dekabr, 50-son, 594-modda