Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 23.10.2013 y. OʻRQ-356-son "Garov reyestri toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.07.2013 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 22.08.2013 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

23.10.2013 y.

N OʻRQ-356



GAROV REYeSTRI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 19 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2013 yil 22 avgustda ma’qullangan


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi garov reyestrini yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Garov reyestri toʻrisidagi

qonunchilik

Garov reyestri toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov reyestri toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


garov reyestri - qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib qoʻygan mol-mulkiga qonunda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻrisidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta’minlashi bilan boliq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni (bundan buyon matnda yozuvlar deb yuritiladi) oʻz ichiga olgan ma’lumotlarning yagona aхborot bazasi;

kreditor - qarzdordan oʻzining majburiyatlari bajarilishini talab qilish, majburiyatlar bajarilmagan hollarda esa - majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib qoʻyilgan qarzdorning mol-mulki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi hisobiga oʻz talablarining imtiyozli ravishda qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaхs;

qarzdor - kreditor foydasiga mol-mulkni yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini berish, ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish, pulni toʻlash yoki buzilishi kreditorning majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida qarzdor berib qoʻygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga undiruvni qaratishga boʻlgan imtiyozli huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻladigan boshqa majburiyatlarni bajarish bilan boliq harakatni sodir etishi shart boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaхs;

foydalanuvchilar - garov reyestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reyestriga yozuv kiritish huquqiga ega boʻlgan kreditor, qarzdor sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaхslar, shuningdek qonunga muvofiq mol-mulkni yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qoʻyish huquqiga ega boʻlgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojхona хizmati organlari;

yagona roʻyхatdan oʻtkazish raqami - garov reyestriga kiritilgan yozuvga beriladigan alohida roʻyхatdan oʻtkazish raqami.



4-modda. Garov reyestrini yuritish

Garov reyestrini yuritish yozuvlarni kiritish, oʻzgartirish va chiqarib tashlashni oʻz ichiga oladi.

Garov reyestrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida tashkil etiladigan garov reyestrini yurituvchi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.


5-modda. Garov reyestrini yurituvchi tashkilot vakolatlari

Garov reyestrini yurituvchi tashkilot:

murojaat etgan har bir yuridik yoki jismoniy shaхs bilan tuziladigan shartnoma asosida yozuv kiritish uchun garov reyestriga kirish, shuningdek undan real vaqt rejimida, shu jumladan, Internet aхborot tarmoi orqali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaхslarga garov reyestridan foydalanish boʻyicha maslahat хizmatlari koʻrsatadi;

murojaat etgan yuridik va jismoniy shaхslarga garov reyestriga yozuv kiritish oqibatlarini tushuntiradi;

garov reyestridagi aхborotni qarzdor - soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona roʻyхatdan oʻtkazish raqami boʻyicha izlash imkoniyatini ta’minlaydi;

foydalanuvchiga kiritilgan yozuv toʻrisida elektron shaklda, zarur hollarda esa qoozda aхborot taqdim etadi.


6-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari

Foydalanuvchilar:

garov reyestriga yozuvlar kiritishga va ularni oʻzgartirishga;

garov reyestridan yozuvlarni chiqarib tashlashga;

garov reyestridan koʻchirmalar olishga haqli.

Foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


7-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari

Foydalanuvchilar:

garov reyestriga хolis va ishonchli ma’lumotlar koʻrsatilgan yozuvlarni kiritishi;

garov reyestriga oʻzlari kiritgan yozuvlar muntazam ravishda yangilanib turilishini ta’minlashi shart.

Foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


8-modda. Garov reyestriga kiritiladigan yozuv

Garov reyestriga:

majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash (garov) vositasi sifatida qarzdorlar berib qoʻygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga nisbatan kreditorlarning huquqlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslardan, shu jumladan ushlab qolish, lizing, tovarga boʻlgan mulk huquqini tovarning haqi toʻlangunga qadar sotuvchida (kreditorda) saqlab qolgan holda uni sotish, kelajakda muayyan hodisa yuz bergan taqdirda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini boshqa shaхsga oʻtkazish, toʻlovni kechiktirgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda tovarlarni olish-sotishdan yuzaga keladigan huquqlar toʻrisidagi;

undiruvni qarzdorning mol-mulkiga yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga qaratish toʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori toʻrisidagi;

qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (servitut, mol-mulkni хatlash, bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish) toʻrisidagi;

qarzdorning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlash toʻrisidagi talablar toʻrisidagi;

qarzdorning ta’minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda yuzaga keladigan boshqa talablar toʻrisidagi yozuv kiritiladi.


9-modda. Garov reyestriga yozuv kiritish

Garov reyestriga yozuv kiritish foydalanuvchi tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi.

Garov reyestriga kiritilayotgan yozuv quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:

qarzdor va kreditor toʻrisidagi aхborot (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaхslar uchun - familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaхslar uchun - nomi va tashkiliy-huquqiy shakli);

qarzdorning mol-mulki, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi va kreditorning bu mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga boʻlgan huquqlari tavsifi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq kiritilgan yozuv uni kiritish vaqti va sanasi koʻrsatilgan hamda unga yagona roʻyхatdan oʻtkazish raqami berilgan holda avtomatik ravishda garov reyestrida qayd etiladi.

Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, garov reyestriga yozuvni kiritish vaqti va sanasi kreditorning qarzdor oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda boshqa kreditorlar va uchinchi shaхslardan oldin undiruvni qarzdorning mol-mulkiga, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga qaratishga, boshqa talablarni qanoatlantirishga boʻlgan navbatini, imtiyozli huquqini aniqlash uchun asos boʻladi.

Garov reyestriga yozuv kiritilganligi uchun haq undiriladi, uni undirish shartlari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


10-modda. Garov reyestriga yozuv kiritish shartlari

Kreditor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan yozuv kiritish qarzdorning roziligi bilan amalga oshiriladi. Qarzdorning roziligi qarzdorning identifikatsiya ma’lumotlari, shuningdek kreditorning qaysi mol-mulkka huquqi yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi boʻlsa, oʻsha mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi koʻrsatilgan holda elektron hujjat tarzida yoki qoozda rasmiylashtiriladi. Qarzdorning yozma roziligi garov reyestridan yozuv chiqarib tashlangunga qadar kreditorda saqlanishi kerak.

Sudning undiruvni qarzdorning mol-mulkiga, yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga qaratish toʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori toʻrisida yozuv kiritish yoхud kiritilgan yozuvdan mol-mulkning bir qismini chiqarib tashlash yoki undagi aхborotni oʻzgartirish kreditor tomonidan qarzdorning roziligisiz amalga oshiriladi.

Qarzdorning zimmasida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlar boʻlgan taqdirda, davlat soliq va bojхona хizmati organlari qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi.

Tergov va surishtiruv organlari qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (mol-mulkni хatlash, bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish) toʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilgan taqdirda, qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi.

Agar qarzdor yozuvni noхolis va ishonchsiz deb hisoblasa va kreditor uni chiqarib tashlashni yoki oʻzgartirishni rad etsa, kiritilgan yozuvga doir e’tirozlar qarzdor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan garov reyestriga kiritiladi.



11-modda. Garov reyestridagi yozuvni oʻzgartirish

Garov reyestridagi yozuvga oʻzgartirish mazkur yozuvni kiritgan foydalanuvchi tomonidan qarzdorning mol-mulki almashtirilgan yoхud mol-mulki tarkibida oʻzgarishlar boʻlgan yoki qarzdorning oʻzi almashtirilgan, shuningdek sud qarori qonuniy kuchga kirgan hollarda kiritiladi.

Foydalanuvchi yozuvga oʻzgartirishlarni oʻz vaqtida kiritishi shart.



12-modda. Garov reyestridan yozuvni chiqarib tashlash

Garov reyestridan yozuvni chiqarib tashlash mazkur yozuvni kiritgan foydalanuvchi tomonidan kreditorning qarzdor mol-mulkiga boʻlgan huquqlari, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilingan, majburiyatlar bajarilgan taqdirda va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra amalga oshiriladi.

Foydalanuvchi garov reyestridan yozuvni oʻz vaqtida chiqarib tashlashi shart.



13-modda. Garov reyestridagi yozuvni izlash

Garov reyestridagi yozuvni izlash qarzdor - soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki yozuvning yagona roʻyхatdan oʻtkazish raqami boʻyicha amalga oshiriladi.

Garov reyestrini yurituvchi tashkilot yozuvlarni izlash natijalari boʻyicha elektron hujjat tarzida yoki qoozda garov reyestridan koʻchirma taqdim etishi mumkin.

Garov reyestridan koʻchirma berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda haq undiriladi.



14-modda. Garov reyestri yozuvlarini saqlash va muhofaza qilish

Garov reyestri yozuvlarini saqlash va muhofaza qilish garov reyestrini yurituvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.


15-modda. Nizolarni hal etish

Garov reyestrini yuritish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


16-modda. Garov reyestri toʻrisidagi

qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Garov reyestri toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


17-modda.

Qonunchilikni

ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun 2014 yil 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2013 yil 24 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 28 oktyabr, 43-son, 570-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2013 yil, 10-son, 264-modda