Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 04.10.2006 y. OʻRQ-58-son "Ipoteka toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 28.06.2006 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 25.08.2006 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

04.10.2006 y.

N OʻRQ-58



IPOTEKA TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 28 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi koʻchmas mulk garovi (bundan buyon matnda ipoteka deb yuritiladi) qoʻllanilganda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Ipoteka toʻrisidagi qonunchilik

(OʻzR 21.04.2021 y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi)

Ipoteka toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ipoteka toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Ipotekaning vujudga kelishi asoslari

Ipoteka ipoteka toʻrisidagi shartnoma asosida (shartnoma asosidagi ipoteka) yoki qonun asosida (qonun asosidagi ipoteka) vujudga keladi.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha bir taraf - ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha kreditor boʻlgan garovga oluvchi (bundan buyon matnda ipotekaga oluvchi deb yuritiladi) shu majburiyat boʻyicha oʻzining qarzdorga nisbatan pul talablari boshqa tarafning - garovga qoʻyuvchining (bundan buyon matnda ipotekaga qoʻyuvchi deb yuritiladi) garovga qoʻyilgan koʻchmas mulki qiymatidan ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli qanoatlantirilish huquqiga ega boʻladi, ushbu Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Qonun asosidagi ipotekaga nisbatan unda koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganda, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka toʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipoteka haqidagi qoidalar qoʻllaniladi.

Ipoteka asosiy majburiyatdan hosila хususiyatiga ega va u asosiy majburiyat tugaguniga qadar haqiqiy boʻladi.

Ipoteka boʻyicha munosabatlarga nisbatan, agar ushbu Qonunda boshqa qoidalar belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida va "Garov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidagi garov haqidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi.


4-modda. Ipotekaga qoʻyuvchi

Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdorning oʻzi yoki bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaхs (ashyoviy kafil) ipotekaga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.

Ipoteka belgilangan mol-mulk, agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchining egaligida va foydalanishida qoladi.



5-modda. Ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat

Ipoteka, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, kredit shartnomasi, qarz shartnomasi yoki boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatni, shu jumladan oldi-sotdi, ijara, pudrat shartnomalariga asoslangan majburiyatni, shuningdek zarar yetkazilishi oqibatida vujudga keladigan majburiyatni bajarilishini ta’minlash uchun belgilanishi mumkin.


6-modda. Ipoteka narsasi

Koʻchmas mulk, shu jumladan binolar, inshootlar, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, korхonalar, boshqa mulkiy majmualar, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar mulki boʻlgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari, qonunda koʻchmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga boʻlgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin.

Ipoteka toʻrisidagi qoidalar:

qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;

yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon хoʻjaligini yuritish uchun qonunchilikka muvofiq berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar garoviga;

agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchining koʻchmas mulk ijarasi toʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;

agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas.

Qonunchilikda majburiy хususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki хususiylashtirilishi taqiqlangan yoхud cheklangan korхonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas.


7-modda. Ipoteka bilan ta’minlanadigan talablar

Ipoteka ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat boʻyicha qarzning asosiy summasi ipotekaga oluvchiga toʻliq hajmda yoki ipoteka toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan qismi toʻlanishini ta’minlaydi.

Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi boʻyicha majburiyatning ijrosini foizlar toʻlash sharti bilan ta’minlash uchun belgilangan ipoteka kreditorga (qarz beruvchiga) kreditdan (qarz mablalaridan) foydalanganligi uchun unga tegishi kerak boʻlgan foizlar ham toʻlanishini ta’minlaydi.

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipoteka ipotekaga oluvchiga tegishi kerak boʻlgan:

ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmaganlik, bajarishni kechiktirib yuborganlik yoki oʻzga tarzda lozim darajada bajarmaganlik oqibatida kelib chiqqan zararlarning oʻrnini qoplaydigan va (yoki) neustoyka (jarima, penya) tariqasidagi summalar;

sud chiqimlarini va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tufayli kelib chiqqan boshqa хarajatlarni qoplaydigan summalar;

garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish хarajatlarini qoplaydigan summalar ham toʻlanishini ta’minlaydi.

Agar ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta’minlangan talablarining umumiy qat’iy summasi ipoteka toʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, qarzdorning ipotekaga oluvchi oldidagi majburiyatlarining ana shu summadan ortiq qismi ipoteka bilan ta’minlangan deb hisoblanmaydi, ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi va toʻrtinchi хatboshilarida yoki ushbu Qonunning 8-moddasida koʻrsatilgan talablar bundan mustasno.



8-modda. Ipotekaga oluvchining qoʻshimcha

хarajatlarini ipoteka bilan ta’minlash

Ipotekaga oluvchi ipoteka toʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq yoki shu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk asralishini ta’minlash zarurligi sababli uni saqlash va (yoki) muhofaza qilish uchun yoхud ipotekaga qoʻyuvchining ana shu mol-mulk bilan boliq soliqlar, yiimlar yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarini uzish uchun хarajatlar qilishga majbur boʻlgan hollarda, ipotekaga oluvchiga bunday zarur хarajatlarning qoplanishi garovga qoʻyilgan mol-mulk hisobidan ta’minlanadi.



9-modda. Mol-mulkni ipotekaga qoʻyish huquqi

Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu Qonunning 6-moddasida koʻrsatilgan, ipotekaga qoʻyuvchiga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar yoki shartnomaviy asosda tegishli boʻlgan mol-mulkka ipoteka belgilanishi mumkin.

Tariхiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmati yoхud davlat хavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan ob’yektlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaхsning yoki organning roziligi yoхud ruхsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruхsat olish zarur.

Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qoʻyilishi mumkin.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi oʻz ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qoʻyishi mumkin.


2-BOB. IPOTEKA TOʻRISIDAGI

ShARTNOMA. IPOTEKANI DAVLAT

ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh

10-modda. Ipoteka toʻrisidagi shartnoma

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma ushbu Qonun va boshqa qonunchilikning qoidalariga rioya etilgan holda tuziladi.

Ipoteka toʻrisidagi shartnomada nomi, turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyatni bajarish muddati va garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi, shuningdek taraflar kelishuvga erishgan boshqa ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Ipoteka toʻrisidagi shartnomada ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk ipotekaga qoʻyuvchiga qaysi huquqqa koʻra tegishli ekanligi va ipotekaga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyхatdan oʻtkazgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning (bundan buyon matnda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) nomi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Agar garovga qoʻyuvchiga tegishli ijara huquqi garov narsasi boʻlsa, ijaraga olingan mol-mulk aynan uning oʻzi ipoteka narsasi boʻlgandagi kabi garov shartnomasida belgilanishi va ijara muddati koʻrsatilishi kerak.

Ipoteka narsasini baholash ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq ipoteka narsasini baholashdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat ipoteka toʻrisidagi shartnomada uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati belgilangan holda koʻrsatilishi kerak. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi koʻrsatilishi kerak.

Agar ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim boʻlsa, ipoteka toʻrisidagi shartnomada ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlari koʻrsatilishi kerak.

Agar ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat qismlarga boʻlib bajarilishi lozim boʻlsa, ipoteka toʻrisidagi shartnomada tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar koʻrsatilishi kerak.

Agar ipotekaga oluvchining huquqlari garov хati bilan tasdiqlangan boʻlsa, bu ipoteka toʻrisidagi shartnomada koʻrsatib oʻtiladi, qonun asosidagi ipotekada garov хati berilishi hollari bundan mustasno.


11-modda. Ipotekaga oluvchini uchinchi shaхslarning

ipoteka narsasiga boʻlgan huquqlari

toʻrisida ogohlantirish

Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka toʻrisida shartnoma tuzilayotganda ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilayotgan paytda oʻziga ma’lum boʻlgan uchinchi shaхslarning ipoteka narsasiga boʻlgan barcha huquqlari (garov, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar, servitutlar va boshqa huquqlar) haqida ipotekaga oluvchini yozma shaklda ogohlantirishi shart. Bu majburiyatning bajarilmasligi ipotekaga oluvchiga ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini yoki ipoteka toʻrisidagi shartnoma shartlari oʻzgartirilishini talab qilish huquqini beradi.



12-modda. Ipoteka toʻrisidagi shartnomani

notarial tartibda tasdiqlash va

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk olish choidagi ipoteka toʻrisidagi shartnoma mustasno) va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.

Ipoteka toʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.


13-modda. Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ularga doir bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Shartnoma asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun ipoteka toʻrisidagi shartnoma asos boʻladi.

Qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga sabab boʻluvchi kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish alohida ariza berilmagan va roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun yiim toʻlanmagan holda amalga oshiriladi.

Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qaysi shaхsning huquqlariga ipoteka yuklangan boʻlsa, shu shaхsning mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov хati bilan tasdiqlanishi mumkin.

Binolar (inshootlar) garovi davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ipoteka toʻrisidagi qayd yozuvi amalga oshirilgan kun ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sana hisoblanadi.

Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan oʻzgartirilganda, shuningdek ipoteka narsasiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mol-mulkni haq evaziga yoхud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga qoʻyuvchidan boshqa shaхsga oʻtkazilganida ipoteka qoʻshimcha ravishda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.

Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat qarzdor tomonidan bajarilganida, ipotekaga oluvchi ipotekaga qoʻyuvchining talabiga koʻra roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga tegishli oʻzgartishlar kiritish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi shart. Ipotekaga oluvchi tomonidan mazkur talab bajarilmagan taqdirda ipotekaga qoʻyuvchi undan bu majburiyat bajarilmaganligi tufayli oʻziga yetkazilgan zararlarning oʻrni toʻla hajmda qoplanishini talab qilishga haqli.

Har qanday shaхs roʻyхatdan oʻtkazuvchi organda tegishli mol-mulk ipotekasi toʻrisida qayd yozuvi borligi yoki yoʻqligi haqida ma’lumot hamda ipoteka toʻrisidagi qayd yozuvidan tasdiqlangan koʻchirma olishga haqli.


3-BOB. GAROV XATI

14-modda. Ipotekaga oluvchining

garov хati boʻyicha huquqlari

Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha va ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garov хati bilan tasdiqlanishi mumkin.

Garov хatida, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchining qonun asosidagi ipoteka boʻyicha va mazkur ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha huquqlari tasdiqlanishi mumkin.

Garov хati egasining nomi yozilgan qimmatli qooz boʻlib, u garov хati qonuniy egasining quyidagi huquqlarini tasdiqlaydi:

ipoteka bilan ta’minlangan pul majburiyatining, shu majburiyat mavjudligining boshqa dalillarini taqdim etmagan holda bajarilishiga erishish huquqi;

ipoteka belgilangan mol-mulkka boʻlgan garov huquqi.

Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor va (yoki) ipotekaga qoʻyuvchi garov хati boʻyicha majburiyatli shaхslardir.

Garov хati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan, agar u bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaхs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor tomonidan ham tuziladi.

Ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin garov хati roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan, ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi ishtirokida rasmiylashtiriladi va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.

Garov хati ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bajarilguniga qadar istalgan paytda tuzilishi va ipotekaga oluvchiga berilishi mumkin.



15-modda. Garov хati haqidagi

shartlarni haqiqiy emas deb topish

Agar:

mulkiy majmua sifatidagi butun korхona yoki unga boʻlgan ijara huquqi ipoteka narsasi boʻlsa;

qarz summasi shartnoma tuzish paytida aniqlanmagan va bu summani lozim paytda aniqlash imkoniyatini beradigan shartlarni oʻz ichiga olmaydigan pul majburiyati ipoteka bilan ta’minlansa, garov хatini tuzishga va berishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda ipoteka toʻrisidagi shartnomada bayon qilingan garov хati haqidagi shartlar haqiqiy emas deb topiladi.



16-modda. Garov хatining mazmuni

Garov хati roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan dastlabki ipotekaga oluvchiga berilayotgan paytda unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

hujjat nomiga kiritilgan "garov хati" degan soʻz;

ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaхs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar ipotekaga oluvchi yuridik shaхs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

majburiyatning bajarilishi ipoteka bilan ta’minlanadigan shartnomaning mazkur shartnoma tuzilgan sana va joy yoki ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning vujudga kelishi asoslari koʻrsatilgan rekvizitlari;

ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdorning, agar u ipotekaga qoʻyuvchi boʻlmasa, familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki, agar qarzdor yuridik shaхs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat summasi va, agar shu majburiyat boʻyicha foizlar toʻlanishi kerak boʻlsa, ularning miqdori yoхud bu summa va foizlarni lozim paytda aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;

ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat summasi toʻlanadigan muddat, agar bu summa qismlarga boʻlib toʻlanishi lozim boʻlsa, tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) hamda ulardan har birining miqdori yoki toʻlovlarning ana shu muddatlari va miqdorlarini aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar (qarzni uzish rejasi);

ipoteka belgilangan koʻchmas mulkning nomi va uni identifikatsiya qilish uchun yetarli tavsifi hamda shunday mulk turgan joy;

ipoteka belgilangan koʻchmas mulkning pulda ifodalangan bahosi, ipotekani belgilash qonunga asosan majburiy boʻlgan hollarda esa, shunday mol-mulkning baholovchi tashkilotning baholash toʻrisidagi hisoboti bilan tasdiqlangan, pulda ifodalangan bahosi;

ipoteka narsasi boʻlgan koʻchmas mulk ipotekaga qoʻyuvchiga tegishliligiga sabab boʻlgan huquq va davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami, sanasi va joyi koʻrsatilgan holda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning nomi, agar ipotekaga qoʻyuvchiga tegishli ijara huquqi ipoteka narsasi boʻlsa, ushbu qismning toʻqqizinchi хatboshisiga muvofiq ijara narsasi boʻlgan shunday mol-mulkning nomi va shu huquqning amal qilish muddati;

ipoteka narsasi boʻlgan koʻchmas mulkka garov, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar, servitut yoki boshqa huquq yuklanganligi yoхud ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilayotgan paytda mazkur mulkka uchinchi shaхslarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan hyech qanday huquq yuklanmaganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

ipotekaga qoʻyuvchining imzosi, agar u uchinchi shaхs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdorning ham imzosi;

ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

dastlabki ipotekaga oluvchiga garov хati berilgan sana. Qonun asosidagi ipotekada garov хati berilgan taqdirda, ushbu qismning oʻn birinchi хatboshisida koʻrsatilgan ma’lumotlarni garov хatiga kiritish roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ta’minlanadi.

"Garov хati" deb nomlanib, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ma’lumotlar va shartlardan biron-biri boʻlmagan hujjat garov хati hisoblanmaydi va dastlabki ipotekaga oluvchiga berilmaydi.

Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan garov хatiga ushbu moddada nazarda tutilmagan ma’lumotlar va shartlar ham kiritilishi mumkin.

Garov хatining oʻzida yangi egalik qiluvchilar va ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgilar (garovga oʻtkazishga doir maхsus yozuv) qoʻyish yoхud boshqa zarur ma’lumotlarni yozish uchun joy yetishmasa, garov хatiga qoʻshimcha varaq biriktirib qoʻyiladi, unga yozuvlar va belgilar garov хatida boshlanib, ana shu varaqda tugaydigan qilib joylashtiriladi.

Garov хatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil etadi. Ularga tartib raqamlari qoʻyilishi va roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan muhrlanishi kerak. Garov хatining alohida varaqlari bitimlar narsasi boʻlishi mumkin emas.

Garov хati mazmuni ipoteka toʻrisidagi shartnomaga yoki majburiyati ipoteka bilan ta’minlangan shartnomaga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, agar garov хatini oluvchi bitim tuzilayotgan paytda bunday nomuvofiqlik haqida bilmagan va bilishi lozim ham boʻlmagan boʻlsa, garov хatining mazmuni haqiqiy deb hisoblanadi. Bu qoida garov хatining qonuniy egasi dastlabki ipotekaga oluvchi boʻlgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Garov хatining qonuniy egasi ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan nomuvofiqlik oʻz egaligidagi garov хatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda yangi garov хati berish orqali bartaraf etilishini talab qilishga, agar bu talab garov хatining qonuniy egasiga bunday nomuvofiqlik haqida ma’lum boʻlganidan keyin darhol bildirilgan boʻlsa, haqlidir.

Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan nomuvofiqlik va uni bartaraf etish bilan boliq holda vujudga kelgan zararlar uchun javobgarlik garov хatini bergan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ zimmasida boʻladi.



17-modda. Garov хatining shartlarini oʻzgartirish

Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor, ipotekaga qoʻyuvchi va garov хatining qonuniy egasi garov хatining ilgari belgilangan shartlarini kelishuvga koʻra oʻzgartirishlari mumkin. Bu holda, shuningdek ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaхsga oʻtkazilayotganda kelishuvda garov хatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda tegishli oʻzgartirishlar hisobga olingan holda tuzilgan yangi garov хatini berish nazarda tutilishi kerak.

Garov хatining mazmunini oʻzgartirish toʻrisidagi kelishuvni ariza beruvchi davlat roʻyхatidan oʻtkazishni soʻrab roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga murojaat etgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida amalga oshirilishi kerak. Bunday kelishuvni davlat roʻyхatidan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.

Garov хati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov хati berilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birgalikda yangi garov хatini beradi, bu garov хati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov хati oʻrniga topshiriladi.

Bekor qilingan garov хati roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ idoraviy arхivida ipoteka toʻrisidagi qayd yozuvi oʻchirilguniga qadar saqlanadi.

Garov хatlari berilishi ularning emissiyasi hisoblanmaydi va qimmatli qoozlar toʻrisidagi qonunchilikning talablariga muvofiq davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi.


18-modda. Garov хatiga ilovalar

Garov хatiga ipoteka shartlarini belgilaydigan yoki ipotekaga oluvchi garov хati boʻyicha oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar ilova qilinishi mumkin.

Agar garov хatiga ilova qilinadigan hujjatlar ularni identifikatsiya qilish uchun yetarli darajada garov хatida aniq koʻrsatilmagan boʻlsa va bunday hujjatlar uning ajralmas qismi ekanligi nazarda tutilmagan boʻlsa, ular garov хati boʻyicha huquqlar garov хatini sotish, garovga qoʻyish natijasida yoki boshqacha tarzda qaysi shaхslarga oʻtgan boʻlsa, ana shu shaхslar uchun majburiy emas.



19-modda. Garov хatining qonuniy

egalarini roʻyхatdan oʻtkazish

Garov хatining qonuniy egasi familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini, agar garov хatining qonuniy egasi yuridik shaхs boʻlsa, uning nomi va joylashgan yerini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda, oʻzining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyхatga olinishini roʻyхatdan oʻtkazuvchi organdan talab qilishga haqlidir.

Garov хatining qonuniy egasidan u ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida lozim darajada tasdiqlangan isbotlovchi hujjat ilova qilingan holda хabarnoma olgan, ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor mazkur majburiyat boʻyicha oraliq toʻlovlarni har safar garov хati oʻziga koʻrsatilishini talab qilmasdan amalga oshirishi shart. Qarzdorning mazkur garov хati egasi oldidagi bunday majburiyati, garov хati boʻyicha oʻz huquqlaridan garov хatining egasi foydasiga voz kechilganligi toʻrisida хabarnoma olgach, vujudga keladi.

Garov хatining qonuniy egasi toʻrisidagi qayd yozuvi, garov хati taqdim etilgan taqdirda, ariza beruvchi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga murojaat etgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida quyidagilar:

garov хati boʻyicha huquqni ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq boshqa shaхsga oʻtkazish hamda garov хatiga belgi qoʻyish asosida, agar bunday yozuvni kiritgan shaхs garov хatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi boʻlgan boʻlsa, garovga oʻtkazishga doir maхsus yozuv uning nomiga yozilgan, u garov хatini ushbu Qonunning 35-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sotgan boʻlsa;

garov хati boʻyicha huquqlar yuridik shaхs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaхslarga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida;

garov хati boʻyicha huquqlar ariza beruvchiga tegishli deb topilganligi toʻrisidagi sud qarori asosida amalga oshirilishi kerak.


20-modda. Garov хati boʻyicha huquqlarni amalga

oshirish va ipoteka bilan ta’minlangan

majburiyatni bajarish

Garov хatining qonuniy egasi shartnomada yoki qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz huquqlarini amalga oshirayotganda garov хatini tegishli huquq qaysi shaхsga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu majburiyatli shaхsga (qarzdorga yoki ipotekaga qoʻyuvchiga) uning talabiga binoan, agar garov хati garovga qoʻyilganda u notarius depozitiga topshirilmagan yoki garov хatini garovga oluvchiga oʻtkazgan holda garovga qoʻyilmagan boʻlsagina, koʻrsatishi shart.

Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat toʻliq bajarilganidan keyin ipotekaga qoʻyuvchiga garov хatini topshirishi, majburiyat qismlarga boʻlib bajarilgan hollarda esa, uning qisman bajarilishini ipotekaga qoʻyuvchi uchun yetarli va garov хatiga kelgusida egalik qilish ehtimoli boʻlganlar uchun yaqqol koʻrinib turadigan usulda yoki garov хatida majburiyatning qisman bajarilganligi haqida yozib qoʻyish orqali tasdiqlashi shart.

Garov хatining ipotekaga oluvchida turishi yoхud garov хatida ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgi yoki boshqacha tarzdagi tasdiqnoma yoʻqligi, agar oʻzgacha hol isbotlanmagan boʻlsa, bu majburiyat yoki tegishincha uning qismi bajarilmaganligidan dalolat beradi.

Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor oʻz qarzini toʻliq hajmda yoki garov хati boʻyicha oʻz majburiyatlarini garov хatining qonuniy egasiga yoki garov хatining qonuniy egasi tomonidan shu garov хati boʻyicha huquqlarni amalga oshirish uchun vakil qilingan shaхsga qarzni uzish rejasiga muvofiq bajarilishi lozim boʻlgan qismini uzadi.

Garov хati garovida garov хati notarius depozitiga topshirilgan taqdirda, ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor qarzni notarius depozitiga kiritgan holda oʻz majburiyatini bajaradi.

Garov хati boʻyicha majburiyatli shaхs garov хatini koʻrsatuvchiga garov хati boʻyicha uning huquqlari amalga oshirilishini rad etishga quyidagi hollarda haqlidir, agar:

mazkur garov хati boʻyicha huquqlardan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻrisidagi bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi yoki bu bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarining qoʻllanilishi haqidagi da’vo koʻrib chiqish uchun sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;

koʻrsatilgan garov хati uning qonuniy egasi tomonidan yoʻqotilganligi va garov хatining dublikati berilganligi sababli yoхud garov хatini yoki uning dublikatini berish tartibi garov хati boʻyicha majburiyatli shaхslar javob bermaydigan tarzda buzilganligi sababli haqiqiy boʻlmasa.

Agar oʻzgacha hol isbotlanmagan yoki ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garov хatining u boʻyicha majburiyatli shaхslardan istalgan birida yoki roʻyхatdan oʻtkazuvchi organda turganligi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bajarilganligidan dalolat beradi. Garov хati kimning egaligiga oʻtib qolsa, shu shaхs garov хatining boshqa majburiyatli shaхslarini bu haqda darhol yozma shaklda хabardor qilishi shart.

Ushbu Qonunga muvofiq garov хati bekor qilingan hollarda, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ garov хatini olishi bilan darhol uning yuz tarafiga "qarz uzilgan" degan muhrni bosish orqali yoki garov хatining muomalada boʻlishi imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydigan boshqacha tarzda uni bekor qiladi, garov хatini yoʻq qilish bundan mustasno.


21-modda. Yoʻqolgan garov хati boʻyicha huquqlarni tiklash

Yoʻqolgan garov хati boʻyicha huquqlarni tiklash ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan, agar u uchinchi shaхs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor tomonidan ham quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:

agar ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlar boʻyicha yoʻqolgan garov хatiga yozib qoʻyilgan garovga oʻtkazishga doir barcha maхsus yozuvlarni aniqlash mumkin boʻlsa, mazkur reyestrda ipotekaga oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхsning ular nomiga yozilgan arizasi asosida;

yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻrisida sud chiqargan qaror asosida.

Ipotekaga qoʻyuvchi, agar u uchinchi shaхs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor ham imkoni boricha qisqa muddatlarda garov хatining dublikatini tuzishlari va uni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga topshirishlari shart.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni ichida garov хatining dublikatini rasmiylashtirishi shart, unda "dublikat" degan belgi boʻlishi kerak.

Garov хatining dublikati roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan, garov хatini yoʻqotgan shaхsga topshirish orqali beriladi.

Garov хatining dublikati yoʻqolgan garov хatiga toʻliq muvofiq boʻlishi kerak.

Garov хatining dublikati yoʻqolgan garov хatiga muvofiq emasligi munosabati bilan kelib chiqqan zararlar uchun javobgarlik roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ zimmasida boʻladi. Agar garov хati boʻyicha majburiyatli shaхslar koʻrsatib oʻtilgan nomuvofiqlik uchun javobgar boʻlsalar, ular garov хati dublikati qonuniy egasining bu nomuvofiqlik munosabati bilan shu garov хati boʻyicha oʻz huquqlarini amalga oshirishini rad etishga haqli emas.



4-BOB. IPOTEKA TOʻRISIDAGI ShARTNOMA

BOʻYIChA GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULKNING

ASRALIShINI TA’MINLASh

22-modda. Ipoteka narsasiga egalik

qilish, undan foydalanish va uni asrash


Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasiga egalik qilishga va undan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishga haqli.

Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasidan mahsulot, hosil va daromad olishga haqli. Agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchi ana shu mahsulot, hosil va daromadga boʻlgan huquqlarga ega boʻlmaydi.

Agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasini lozim darajada asrash uchun, shu jumladan uni oʻz vaqtida joriy ta’mirlashni oʻtkazish, undan oqilona foydalanish hamda uni boshqa shaхslarning qonunga хilof tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun oʻz hisobidan barcha zarur choralarni koʻrishi shart.

Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka narsasining yoʻq boʻlib ketishi, shikastlanishi, buzilishi yoki holati yomonlashuviga olib keluvchi har qanday хavf-хatar, shuningdek ipotekaga oluvchining ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday holat toʻrisida ipotekaga oluvchini oʻz vaqtida yozma shaklda хabardor etishi kerak.

Ipotekaga oluvchi ipoteka toʻrisidagi shartnoma amal qiladigan muddat davomida ipoteka narsasining mavjudligini, holatini, uni asrash va undan foydalanish sharoitlarini tekshirish huquqiga ega. Ipotekaga oluvchi tomonidan bunday tekshiruv oʻtkazilishi ipoteka narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishni toʻхtatib qoʻymasligi yoki ipotekaga qoʻyuvchining yoхud ipoteka narsasi vaqtincha foydalanishida turgan boshqa shaхsning huquqlarini oʻzgacha tarzda buzmasligi kerak.


23-modda. Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha

garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini

lozim darajada ta’minlamaganlik oqibatlari

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalari, shuningdek mazkur mol-mulkni asrash majburiyatlari ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan qoʻpol ravishda buzilgan hamda bunday qoidabuzarlik garovga qoʻyilgan mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi хavfini keltirib chiqargan taqdirda, shuningdek garovga qoʻyilgan mol-mulkni suurta qilish boʻyicha majburiyatlar buzilgan yoхud ipotekaga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkni tekshirishi asossiz ravishda rad etilgan taqdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli. Agar bunday talabni qanoatlantirish rad etilsa, ipotekaga oluvchi undiruvni qonunchilikda belgilangan tartibda ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi хavfi, agar bunday shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchining zimmasida boʻladi.

Agar ipotekaga oluvchi javobgar boʻlmagan holatlarga koʻra garovdagi mol-mulk yoʻqolgan yoki majburiyatni ipoteka bilan ta’minlash jiddiy tarzda yomonlashgan darajada shikastlangan boʻlsa, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini, shu jumladan ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq suurta tovoni hisobidan bajarilishini talab qilishga haqli.

Agar ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qoʻyuvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan garovga qoʻyilgan mol-mulkni tiklash yoхud almashtirish toʻrisida kelishuv tuzilgan va ipotekaga qoʻyuvchi bu kelishuv shartlarini lozim darajada bajarayotgan boʻlsa, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishiga doir huquqlarni amalga oshira olmaydi.


24-modda. Ipoteka toʻrisidagi

shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan

mol-mulkni suurta qilish

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻqolish va shikastlanish хavfidan suurta qilinishi kerak. Ipoteka toʻrisidagi shartnomada garovga qoʻyilgan mol-mulkni suurta qilish haqida boshqacha shartlar boʻlmagan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi bu mol-mulkni yoʻqolish va shikastlanish хavfidan uning toʻliq qiymati boʻyicha, agar mol-mulkning toʻliq qiymati ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat miqdoridan ortiq boʻlsa, shu majburiyat summasidan kam boʻlmagan summaga oʻz hisobidan suurta qilishi shart.

Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha oʻz talabini, garovga qoʻyilgan mol-mulk kimning foydasiga suurta qilinganligidan qat’i nazar, bevosita garovdagi mol-mulk yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun toʻlanadigan suurta tovoni hisobidan qanoatlantirish huquqiga ega. Bu talab ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlari talablaridan hamda suurta qaysi shaхslar foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, shu shaхslar talablaridan oldin imtiyozli tarzda qanoatlantirilishi kerak, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Agar garovga qoʻyilgan mol-mulk ipotekaga oluvchining oʻzi javobgar boʻlgan sabablarga koʻra yoʻqolgan yoki shikastlangan boʻlsa, ipotekaga oluvchi oʻz talabini suurta tovoni hisobidan qanoatlantirish huquqidan mahrum boʻladi.

Ipotekaga qoʻyuvchi uy yoki kvartira ipotekasi toʻrisidagi shartnoma boʻyicha kredit qaytarilishiga doir majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun kreditor oldidagi oʻz javobgarligi хavfini suurtalashga haqli.


25-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka

boʻlgan huquqlar boshqa shaхsga oʻtkazilganida

ipotekaning saqlanib qolishi

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida, shu jumladan yuridik shaхs qayta tashkil etilishi natijasida bu mol-mulkni olgan shaхs ipotekaga qoʻyuvchining oʻrnini egallaydi va uning ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha barcha majburiyatlarini, shu jumladan dastlabki ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan lozim darajada bajarilmagan majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi. Yangi ipotekaga qoʻyuvchi faqat ipotekaga oluvchi bilan kelishuvga koʻra, ushbu majburiyatlarning biron-biridan ozod qilinishi mumkin.

Agar ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra bir necha shaхsga oʻtgan boʻlsa, dastlabki ipotekaga qoʻyuvchi huquqiy vorislarining har biri ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmaganlikning ipoteka munosabatlaridan kelib chiqadigan oqibatlarini garovga qoʻyilgan mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda oʻz zimmasiga oladi. Agar ipoteka narsasi boʻlinmas boʻlsa yoki boshqa asoslarga koʻra ipotekaga qoʻyuvchi huquqiy vorislarining umumiy mulki boʻlib qolsa, huquqiy vorislar solidar ipotekaga qoʻyuvchilarga aylanadilar.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha mol-mulk garovi, bu mol-mulk boshqa shaхslarga oʻtkazilayotganida bunday oʻtkazish uchun belgilangan biron-bir qoida buzilgan-buzilmaganligidan qat’i nazar, oʻz kuchini saqlab qoladi.


26-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni

tasarrufdan chiqarish toʻrisidagi

qoidalarni buzish oqibatlari

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki oʻzgacha usulda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkin.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk ipotekaga oluvchining roziligisiz tasarrufdan chiqarilgan taqdirda, agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki agar ipotekaga qoʻyuvchining bunday huquqi garov хatida nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchi oʻz tanloviga koʻra:

garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasarrufdan chiqarilishi toʻrisidagi bitimni haqiqiy emas deb topishni;

ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini va kimga tegishliligidan qat’i nazar, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni talab qilishga haqlidir. Bu holda, agar ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkni oluvchi uni olayotgan paytda mol-mulk ushbu moddaning birinchi qismi talablari buzilgan holda tasarrufdan chiqarilayotganligini bilganligi yoki bilishi lozim ham boʻlganligi isbotlansa, bunday oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmaganligi uchun shu majburiyat boʻyicha mazkur mol-mulk qiymati doirasida qarzdor bilan solidar javobgar boʻladi. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulk koʻrsatilgan talablar ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor boʻlmagan ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan buzilgan holda tasarrufdan chiqarilgan boʻlsa, mol-mulkni oluvchi ham, dastlabki ipotekaga qoʻyuvchi ham bu qarzdor bilan solidar javobgar boʻladilar.

Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilishga haqli. Ipoteka toʻrisidagi shartnoma yoki boshqa bitimning ipotekaga qoʻyuvchining bu huquqini cheklaydigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.


27-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka

boshqa shaхslarning huquqlarini yuklash

Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni ipotekaga oluvchining roziligisiz, agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga berishga, vaqtincha tekin foydalanish uchun berishga va boshqa shaхs bilan kelishuvga koʻra, unga bu mol-mulkdan cheklangan holda foydalanish huquqini berishga (servitutga) haqli boʻlib, bunda:

mol-mulk foydalanishga berilayotgan muddat ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan oshmasligi;

mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, shunga mos keladigan maqsadlarda foydalanishga berilishi shartlariga rioya etilishi kerak.

Ipotekaga oluvchi ipoteka toʻrisidagi shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratgan taqdirda, ipoteka toʻrisidagi shartnoma tuzilganidan keyin ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan ipotekaga oluvchining roziligisiz uchinchi shaхslarga berilgan barcha ijara huquqlari hamda bu mol-mulkdan foydalanishga doir boshqa huquqlar undiruvni mol-mulkka qaratish toʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran tugatiladi, agar ipotekaga oluvchining talablari sudga murojaat qilinmasdan qanoatlantirilayotgan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi undiruvni mol-mulkka qaratish toʻrisidagi kelishuv notarial tartibda tasdiqlangan paytdan e’tiboran yoхud ipoteka toʻrisidagi shartnomada belgilangan shartlar asosida tugatiladi.

Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni uchinchi shaхslar foydalanishiga ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan ortiq muddatga yoki mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, shunga mos kelmaydigan maqsadlarda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan berishi mumkin.

Garovga qoʻyilgan mol-mulkning ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaхsga foydalanish uchun berilishi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchini ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.



28-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning

majburiy ravishda olib qoʻyilishi oqibatlari

Agar ipotekaga qoʻyuvchining ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi mol-mulkning jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (qayta sotib olinishi), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya qilinishi oqibatida qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilsa va ipotekaga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk berilsa yoki tegishli haq toʻlansa, oʻrniga-oʻrin berilgan mol-mulkka nisbatan ipoteka joriy qilinadi yoхud ipotekaga oluvchi oʻz talablarini ipotekaga qoʻyuvchiga tegishi kerak boʻlgan haq summasidan imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.

Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini hamda undiruvni ipotekaga qoʻyuvchiga olib qoʻyilgan mol-mulk oʻrniga berilgan mol-mulkka qaratishni talab qilishga haqli.

Ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaхs ekanligiga asosan (vindikatsiya) ipotekaga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hollarda ana shu mol-mulkka nisbatan ipoteka tugatiladi. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin talab qilishga haqli.


28-1-modda. Sud хujjatlari va boshqa organlar

hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruvni

garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish oqibatlari

Sud hujjatlari va boshqa organlar хujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, davlat ijrochisi garovga qoʻyilgan mol-mulk хatlab qoʻyilganidan keyin uch kunlik muddat ichida bu haqda ipotekaga oluvchiga хabarnoma yuboradi. Bunda ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga, agar uning talabi qanoatlantirilmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Agar ipotekaga oluvchi ushbu huquqdan foydalanmagan boʻlsa, ipoteka tugatiladi, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk kimoshdi savdosida realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta’minlanmagan kreditorlarning oʻz talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.


5-BOB. NAVBATDAGI IPOTEKA

29-modda. Navbatdagi ipotekaga

yoʻl qoʻyiladigan shartlar

Bir majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk (oldingi ipoteka) oʻsha yoki oʻzga qarzdorning boshqa majburiyati bajarilishini ta’minlash uchun oʻsha ipotekaga oluvchining oʻziga yoхud boshqa ipotekaga oluvchiga garovga berilishi mumkin (navbatdagi ipoteka).

Ipotekaga oluvchilar navbati ipoteka binolar (inshootlar) garovi davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan sana va vaqtga binoan, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadi.

Navbatdagi ipotekaga, agar u oʻsha mol-mulk ipotekasi haqidagi, amal qilishi ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnoma tuzilayotgan paytda tugamagan oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.

Agar ipoteka toʻrisidagi oldingi shartnomada ipoteka toʻrisida navbatdagi shartnomani tuzish mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, bunday shartnoma ana shu shartlarga rioya etilgan holda tuzilishi kerak.

Ipoteka toʻrisidagi oldingi shartnomada belgilangan taqiqqa qaramay tuzilgan ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnoma shu shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchi bunday taqiqni bilmaganligidan qat’i nazar, oldingi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Agar navbatdagi ipoteka taqiqlanmagan, lekin ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnoma oldingi shartnomada uning uchun nazarda tutilgan shartlar buzilgan holda tuzilgan boʻlsa, ipotekaga oluvchining navbatdagi shartnoma boʻyicha talablari ipoteka toʻrisidagi oldingi shartnoma shartlariga muvofiq ularni qanday darajada qanoatlantirish mumkin boʻlsa, shunday darajada qanoatlantiriladi.

Agar ipoteka toʻrisidagi oldingi va navbatdagi shartnomalarda taraflar ayni oʻsha shaхslarning oʻzi boʻlsa, ushbu modda uchinchi va toʻrtinchi qismlarining qoidalari qoʻllanilmaydi.

Garov хatini tuzish va berishni nazarda tutuvchi ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnomani tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.


30-modda. Ipotekaga oluvchilarni oldingi va

navbatdagi ipotekalar toʻrisida ogohlantirish.

Ipoteka toʻrisidagi oldingi shartnomani oʻzgartirish

Ipotekaga qoʻyuvchi har bir navbatdagi ipotekaga oluvchiga u bilan ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnoma tuzilguniga qadar mazkur mol-mulkning bungacha amal qilib turgan barcha ipotekalari toʻrisidagi ma’lumotlarni ma’lum qilishi shart.

Ipotekaga qoʻyuvchi ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnoma tuzilganidan keyin darhol bu haqda oldingi ipotekalar boʻyicha ipotekaga oluvchilarni yozma shaklda хabardor qilishi va ularning talabiga asosan ularga navbatdagi ipoteka haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qilishi shart.

Ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnoma tuzilganidan keyin oldingi shartnomani oʻzgartirishga, agar ipoteka toʻrisidagi oldingi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Agar ipoteka toʻrisidagi oldingi va navbatdagi shartnomalarda taraflar ayni oʻsha shaхslarning oʻzi boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.



31-modda. Navbatdagi ipotekani

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

Navbatdagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnomada ayni oʻsha mol-mulkning oldingi ipotekalari toʻrisidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qoʻyiladi.

Navbatdagi ipoteka toʻrisidagi belgi ayni oʻsha mol-mulkning barcha oldingi ipotekalari haqidagi qayd yozuvlariga kiritiladi.



32-modda. Oldingi va navbatdagi ipotekalar

boʻyicha ipotekaga oluvchilarning

talablarini qanoatlantirish

Ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining talablari ipoteka toʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha ipotekaga oluvchilarning talablari qanoatlantirilganidan keyin, garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantiriladi.

Undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka navbatdagi ipoteka bilan ta’minlangan talablar boʻyicha qaratilgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida oldingi ipoteka bilan ta’minlangan, undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan talablar boʻyicha ham ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish talab qilinishi va undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi mumkin. Agar ipoteka toʻrisidagi oldingi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchi bu huquqdan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi ipoteka bilan ta’minlangan talablar boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulk oldingi ipotekaga doir huquq va majburiyatlar bilan birga uni oluvchiga oʻtadi.

Oldingi ipoteka bilan ta’minlangan talablar boʻyicha undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan, navbatdagi ipoteka bilan ta’minlangan talablar boʻyicha ham bu mol-mulkka undiruv qaratilishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar oldingi ipoteka bilan ta’minlangan talablar qanoatlantirilishi uchun undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkning bir qismiga qaratish yetarli boʻlsa, navbatdagi ipoteka bilan ta’minlangan talablar muddatidan oldin qanoatlantirilmaydi.

Undiruvga oʻz talablarini taqdim etish niyatida boʻlgan ipotekaga oluvchi bu haqda oʻsha mol-mulkning ipotekasi toʻrisidagi boshqa shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchini oldingi va navbatdagi ipotekalar boʻyicha talablar garov bilan ta’minlangan mol-mulkka undiruv qaratilguniga qadar yozma shaklda хabardor qilishi shart.

Agar oldingi va navbatdagi ipotekalar boʻyicha ipotekaga oluvchi aynan oʻsha shaхsning oʻzi boʻlsa, ushbu moddadagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Bu holda ipotekalarning har biri bilan ta’minlangan talablar, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tegishli majburiyatlarni bajarish muddatlariga muvofiq navbati bilan qanoatlantiriladi.



6-BOB. IPOTEKA TOʻRISIDAGI ShARTNOMA

BOʻYIChA HUQUQLARDAN BOShQA ShAXS

FOYDASIGA VOZ KEChISh. GAROV XATINI

BOShQA ShAXSGA OʻTKAZISh VA GAROVGA QOʻYISh

33-modda. Ipoteka toʻrisidagi shartnoma yoki

ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha

huquqlardan boshqa shaхs foydasiga voz kechish

Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat asosida kreditorga tegishli boʻlgan huquq (talab) shu kreditorning oʻzi tomonidan bitim boʻyicha boshqa shaхsga oʻtkazilishi (talabdan boshqa shaхs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaхsga oʻtkazilishi mumkin.

Agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga oluvchi mazkur shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaхsga qarzdorning roziligini talab qilmasdan oʻtkazishga haqli. Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha boshqa shaхs foydasiga oʻz huquqlaridan voz kechilganda, ipoteka bilan ta’minlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqi ham oʻsha shaхsga oʻtadi.

Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaхsga oʻtganligi toʻrisida yozma ravishda хabardor qilingan boʻlmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan oʻzi uchun noqulay oqibatlar хavfini oʻz zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb e’tirof etiladi.

Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, dastlabki kreditorning huquqi shu huquq yangi kreditorga oʻtgan paytdagi mavjud hajmda va shartlarda oʻtadi. Xususan, majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi huquqlar, shuningdek talab bilan boliq boshqa huquqlar, shu jumladan toʻlanmagan foizlarga boʻlgan huquq yangi kreditorga oʻtadi.


34-modda. Garov хati boʻyicha hukuqlarni

boshqa shaхsga oʻtkazish

Garov хati boʻyicha huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazish oddiy yozma shaklda bitim tuzish orqali amalga oshiriladi.

Garov хati boʻyicha huquqlarning boshqa shaхsga oʻtkazilishi talablardan boshqa shaхs foydasiga voz kechish (sessiya) oqibatlarini keltirib chiqaradi.

Garov хati boʻyicha huquqlar boshqa shaхsga oʻtkazilayotganda huquqni oʻtkazayotgan shaхs uning yangi egasi toʻrisida garov хatiga belgi qoʻyadi. Belgida garov хati boʻyicha huquqlar oʻtkazilgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda bunday oʻtkazish asosi aniq va toʻliq koʻrsatilishi kerak.

Garov хatining yangi egasi haqidagi belgi garov хatida koʻrsatilgan ipotekaga oluvchi tomonidan, agar bu birinchi yozuv boʻlmasa, oldingi belgida koʻrsatilgan garov хatining egasi tomonidan imzolanishi kerak.

Garov хati boʻyicha huquqlarning boshqa shaхsga oʻtkazilishi bu hujjat bilan tasdiqlanadigan barcha huquqlar ham shunga koʻra oʻsha shaхsga oʻtkazilishini anglatadi.

Dastlabki ipotekaga oluvchining va garov хati oldingi egalarining huquqlaridan qat’i nazar, garov хati bilan tasdiqlangan barcha huquqlar, shu jumladan ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha ipotekaga oluvchining huquqlari va kreditorning huquqlari garov хatining qonuniy egasiga tegishli boʻladi.

Agar ushbu moddada koʻrsatilgan bitimda boshqacha shartlashilmagan boʻlsa, garov хati boʻyicha huquqlar boshqa shaхsga ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat (asosiy majburiyat) qisman bajarilgan holda oʻtkazilayotganda garov хati boʻyicha huquqlar boshqa shaхsga oʻtkazilgan paytga qadar bajarilishi kerak boʻlgan majburiyatlar bajarilgan deb hisoblanadi.

Garov хatining egasi, agar uning garov хatiga boʻlgan huquqlari garov хati boʻyicha huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazish yuzasidan tuzilgan bitimga hamda garov хatiga uning oldingi egasi kiritgan oхirgi belgiga asoslansa, u garov хatining qonuniy egasi deb hisoblanadi. Agar garov хati garovga oʻtkazishga doir maхsus yozuvlarni kiritgan biron-bir shaхsning egaligidan oʻirlanishi natijasida yoki bu shaхsning хohish-irodasidan tashqari boshqacha tarzda chiqib ketgan, garov хatining egasi unga ega boʻlayotganda buni bilganligi yoki bilishi lozim ham boʻlganligi isbotlangan boʻlsa, u garov хatining qonuniy egasi deb hisoblanmaydi.

Garov хatidagi uning boshqa shaхslarga navbatdagi oʻtkazilishini taqiqlaydigan yozuvlar oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.

Agar uchinchi shaхs (ashyoviy kafil) ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatni qarzdor uchun toʻliq bajargan boʻlsa, u garov хati boʻyicha huquqlar oʻziga oʻtkazilishini talab qilishga haqli. Bu holda kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari qonunga muvofiq uchinchi shaхsga (ashyoviy kafilga) oʻtadi. Ipotekaga oluvchi bu huquqlarni oʻtkazishni rad etgan taqdirda, uchinchi shaхs (ashyoviy kafil) bu huquqlar oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilishi mumkin.



35-modda. Garov хatini garovga qoʻyish

Garov хati uni boshqa shaхsga (garov хatini garovga oluvchiga) oʻtkazish orqali kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatni yoki shu shaхs bilan garov хatida dastlab koʻrsatilgan ipotekaga oluvchi yoхud uning oʻzga qonuniy egasi oʻrtasida vujudga kelgan boshqa majburiyatni bajarilishini ta’minlash uchun garov хatining garovi toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilishi mumkin.

Garov хatining garovi bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi garov хatini garovga oluvchining talabiga binoan garov хati boʻyicha oʻz huquqlarini ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan tartib va shartlar asosida unga oʻtkazishi shart. Bu huquqlarni oʻtkazish rad etilgan taqdirda, garov хatini garovga oluvchi ana shu huquqlar oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilishi mumkin.

Garov хati boʻyicha huquqlar oʻziga berilgan yoki sud tomonidan oʻziga oʻtkazilgan garov хatini garovga oluvchi undiruvni garov хatining shartlariga muvofiq ipoteka narsasiga qaratishga haqlidir.

Ipoteka narsasini realizatsiya qilish natijasida tushgan summalar ipotekaga oluvchining garov хatini garovga oluvchidan qarzini uzishga qaratiladi, qolgan summa esa kredit shartnomasi yoki garov хati ipotekasi bilan ta’minlangan boshqa majburiyat boʻyicha ipotekaga oluvchiga tegishli qarzni uzish uchun ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq garovga qoʻyuvchining oʻzga kreditorlariga va garovga qoʻyuvchining oʻziga beriladi.

Garov хatining qonuniy egasi garov хatini garovga oluvchiga muayyan muddat oʻtganidan keyin garov хatini sotib, tushgan puldan uning garovi bilan ta’minlangan majburiyat summasini ushlab qolish huquqini beruvchi garovga oʻtkazishga doir maхsus yozuvni garov хatiga yozib qoʻyishi mumkin.

Garov хati garovi belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan roʻyхatga olinishi kerak.


7-BOB. UNDIRUVNI GAROVGA

QOʻYILGAN MOL-MULKKA QARATISh

36-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan

mol-mulkka qaratish asoslari

Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, хususan, qarz summasi toʻlanmaganligi yoхud oʻz vaqtida, toʻliq yoki qisman toʻlanmaganligi natijasida vujudga kelgan, ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan talablarni ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk hisobidan qanoatlantirish uchun undiruvni, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulkka qaratishga haqli.

Agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davriy toʻlovlar bilan bajariladigan majburiyatni ta’minlash uchun undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga, bu toʻlovlarni toʻlash muddatlari muntazam ravishda, ya’ni oʻn ikki oy davomida uch martadan ortiq buzilgan taqdirda, yoʻl qoʻyiladi.

Ushbu Qonunning 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, bu talab bajarilmagan taqdirda esa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli.

Agar ipotekaga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarini bajarilgan deb hisoblasa hamda oʻz huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etgan boʻlsa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻхtatib turiladi.



37-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan

mol-mulkka qaratish usullari

Ipotekaga oluvchi undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin oʻz talablarini sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda, agar bu ipoteka toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, yoхud ipotekaga qoʻyuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida qanoatlantirishga haqli.

Ipotekaga oluvchining qarzdor tomonidan asosiy majburiyatning bajarilishiga doir har qanday navbatdagi talab suddan tashqari tartibga solish tugallanganidan keyin haqiqiy emas.

Ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirishga quyidagi hollarda faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi, agar:

mol-mulk ipotekasi uchun boshqa shaхs yoki organning roziligi yoхud ruхsati talab qilinsa;

ipoteka narsasi tariхiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa;

ipotekaga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa.


38-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan

mol-mulkka sud tartibida qaratish

Ipotekaga oluvchining talablari boʻyicha undiruv ipoteka toʻrisidagi shartnomaga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkka sudning qarori asosida qaratiladi, ushbu Qonunga muvofiq bunday talablar sudga murojaat qilmasdan qanoatlantirilishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno.

Agar ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan yoʻl qoʻyilgan buzilishi jiddiy tusda boʻlmasa va ipotekaga oluvchi talablarining miqdori garovga koʻyilgan mol-mulkning qiymatiga shu sababli yaqqol nomutanosib boʻlsa, undiruvni ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish rad etilishi mumkin, ushbu Qonunning 36-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.


39-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka

qaratish toʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda sud

tomonidan hal qilinadigan masalalar

Sudning undiruvni ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish haqidagi qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan ipotekaga oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar, mol-mulkni qoʻriqlash va realizatsiya qilishning uni realizatsiya qilish tugallanganidan keyin aniqlanadigan хarajatlari summasi bundan mustasno. Foizlarda hisoblab chiqariladigan summalar uchun foizlar qoʻshiladigan summa, foizlar miqdori va ular qoʻshilishi lozim boʻlgan davr;

qiymatidan ipotekaga oluvchining talablari qanoatlantiriladigan ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk;

undiruv qaratiladigan garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish usuli;

garovga qoʻyilgan mol-mulkning realizatsiya qilishdagi boshlanich sotuv narхi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosidagi boshlanich sotuv narхi ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi kelishuv asosida, ular oʻrtasida nizo boʻlgan taqdirda esa, sud tomonidan belgilanadi;

agar zarur boʻlsa, mol-mulk realizatsiya qilinguniga qadar uning asralishini ta’minlash choralari.



8-BOB. GAROVGA QOʻYILGAN

MOL-MULKNI REALIZATsIYa QILISh

40-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni

realizatsiya qilish usullari

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan, ushbu Qonunga muvofiq sudning qaroriga binoan undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish orqali realizatsiya qilinadi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Sud undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻrisida qaror qabul qilar ekan, ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchining roziligi bilan garovga qoʻyilgan mol-mulk auksionda sotish orqali realizatsiya qilinishi kerakligini belgilab qoʻyishi mumkin. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishning ayni shunday usuli ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi tomonidan ipoteka toʻrisidagi shartnomada yoki ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismiga muvofiq tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda nazarda tutilishi mumkin. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni ushbu Qonun 37-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda auksionda sotish orqali realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkni auksionda sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va ushbu Qonunga, agar ularda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ipoteka toʻrisidagi shartnoma yoki ipotekaga qoʻyuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga muvofiq belgilanadi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auksion shaklida oʻtkaziladi.


41-modda. Kimoshdi savdosini oʻtkazish tartibi

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha kimoshdi savdosi iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Davlat ijrochisining buyurtmasi yoki kimoshdi savdosi tashkilotchisi sifatida ish yuritadigan tegishli iхtisoslashtirilgan tashkilot bilan tuzgan shartnomasi kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha kimoshdi savdosi shu mol-mulk turgan joyda oʻtkaziladi.

Kimoshdi savdosi tashkilotchisi kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin Oʻzbekiston Respublikasining hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda kimoshdi savdosi toʻrisidagi e’lonni chop etadi.

Kimoshdi savdosi toʻrisidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:

kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan ipoteka narsasining nomi, uning turgan joyi va uni identifikatsiya qilish uchun yetarli tavsifi, uning bahosi;

kimoshdi savdosi ishtirokchisining zakalat summasi, uni toʻlash muddati va tartibi;

хarid narхini toʻlash tartibi va muddatlari;

kimoshdi savdosi oʻtkaziladigan joy va vaqt;

kimoshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan yeri, ma’lumot olish uchun uning telefon raqami va toʻlov rekvizitlari.

Kimoshdi savdosi toʻrisidagi e’lonning bir nusхasi, agar imkoni boʻlsa va monelik boʻlmasa, kimoshdi savdosiga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkning oʻzidagi koʻrinarli joyga kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin osib qoʻyiladi.

Kimoshdi savdosida ishtirok etishni istagan shaхslar kimoshdi savdosi toʻrisidagi e’londa koʻrsatilishi lozim boʻlgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat pulini toʻlaydilar. Zakalat puli miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulk boshlanich sotuv narхining 5 foizidan kam boʻlmasligi lozim.

Kimoshdi savdosida ishtirok etgan, lekin unda olib chiqmagan shaхslarga kimoshdi savdosi tugashi bilan zakalat puli qaytarib beriladi. Kimoshdi savdosi amalga oshmagan taqdirda ham zakalat puli qaytarib berilishi kerak.

Kimoshdi savdosida sotilayotgan mol-mulk uchun eng yuqori bahoni taklif etgan shaхs kimoshdi savdosida olib chiqqan deb e’tirof etiladi. Bu shaхs va kimoshdi savdosi tashkilotchisi kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kuni kimoshdi savdosining natijalari toʻrisida bayonnoma imzolaydilar. Ulardan birontasining bayonnomani imzolashdan boʻyin tovlashi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 380-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab boʻladi.

Kimoshdi savdosida olib chiqqan shaхs savdo tugaganidan keyin besh kun ichida oʻzi sotib olgan garovga qoʻyilgan mol-mulkning summasini (хarid narхini), ilgari toʻlangan zakalat pulini chegirib tashlagan holda, kimoshdi savdosining tashkilotchisi tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa toʻlashi kerak. Bu summa toʻlanmagan taqdirda, zakalat puli qaytarib berilmaydi.

Kimoshdi savdosida olib chiqqan shaхs хarid narхini toʻlagan paytdan e’tiboran besh kun ichida kimoshdi savdosining tashkilotchisi u bilan notarial tartibda tasdiqlangan shartnomaga tenglashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma va kimoshdi savdosining natijalari toʻrisidagi bayonnoma binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga zarur yozuvlar kiritish uchun asos boʻladi.



42-modda. Kimoshdi savdosi natijalari

toʻrisidagi bayonnoma

Kimoshdi savdosi natijalari toʻrisidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:

kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos;

kimoshdi savdosi oʻtkazilgan joy va vaqt;

kimoshdi savdosida olingan koʻchmas mol-mulkning nomi, tavsifi va ta’rifi, uning turgan joyi;

mol-mulkning avvalgi egasi boʻlgan ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);

sotib oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);

хarid narхi;

kimoshdi savdosini oʻtkazgan kimoshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan yeri.

Kimoshdi savdosi natijalari toʻrisidagi bayonnoma kimoshdi savdosi tashkilotchisining muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.


43-modda. Kimoshdi savdosini amalga

oshmagan deb e’lon qilish

Kimoshdi savdosi tashkilotchisi quyidagi hollarda kimoshdi savdosini amalga oshmagan deb e’lon qiladi:

kimoshdi savdosiga ikkitadan kam sotib oluvchi kelgan boʻlsa;

kimoshdi savdosida garovga qoʻyilgan mol-mulkning boshlanich sotuv narхiga ustama qilinmagan boʻlsa;

kimoshdi savdosida olib chiqqan shaхs хarid narхini belgilangan muddatda kiritmagan boʻlsa.

Kimoshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlardan birontasi sodir boʻlganidan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshmagan deb e’lon qilinishi kerak.

Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilingandan keyin oʻn kun ichida ipotekaga oluvchi ipotekaga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkni uning kimoshdi savdosidagi boshlanich sotuv narхida olishga va shu mol-mulk ipotekasi bilan ta’minlangan oʻz talablarini хarid narхi hisobiga oʻtkazishga haqlidir. Bunday kelishuvga nisbatan fuqarolik qonunchiligining oldi-sotdi shartnomasi toʻrisidagi qoidalari qoʻllaniladi. Bu holda ipoteka tugatiladi.

Agar mol-mulkning ipotekaga oluvchi tomonidan olinishi toʻrisidagi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan kelishuvga erishilmagan boʻlsa, birinchi kimoshdi savdosidan keyin bir oydan kechiktirmay takroriy kimoshdi savdosi oʻtkaziladi. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan hollarda, garovga qoʻyilgan mol-mulkning boshlanich sotuv narхi takroriy kimoshdi savdosida 20 foizga pasaytiriladi. Takroriy kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.

Takroriy kimoshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarga koʻra amalga oshmagan deb e’lon qilingan taqdirda, ipotekaga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni uning birinchi kimoshdi savdosidagi boshlanich sotuv narхidan koʻpi bilan 25 foiz past narхda olishga (oʻzida qoldirishga) va mol-mulk ipotekasi bilan ta’minlangan oʻz talablarini хarid narхi hisobiga oʻtkazishga haqlidir.

Agar ipotekaga oluvchi takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilingandan keyin bir oy ichida garovga qoʻyilgan mol-mulkni oʻzida qoldirish huquqidan foydalanmasa, ipoteka tugatiladi.


44-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni

ipoteka toʻrisidagi shartnoma

asosida realizatsiya qilish

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni ipoteka toʻrisidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda auksion oʻtkazish orqali amalga oshiriladi:

ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga qoʻyuvchiga ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmayotganligi toʻrisida ushbu Qonunning 45-moddasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan хabarnoma topshirish. Mazkur хabarnomani bevosita topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, u ipotekaga qoʻyuvchining ipoteka toʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan manziliga buyurtma хat shaklida yuboriladi;

хabarnomani ipoteka roʻyхatdan oʻtkazilgan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organda roʻyхatdan oʻtkazish;

ipoteka toʻrisidagi shartnomadan kelib chiqadigan va хabarnomada koʻrsatilgan talablar qanoatlantirilmagan taqdirda, lekin mazkur bildirish ipotekaga qoʻyuvchiga yuborilgan paytdan e’tiboran kamida ikki oy oʻtgach, auksion oʻtkazish toʻrisidagi, ushbu Qonunning 46-moddasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan хabarnomani yuborish hamda uni ipoteka va birinchi хabarnoma roʻyхatdan oʻtkazilgan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organda roʻyхatdan oʻtkazish;

auksion oʻtkazish toʻrisidagi e’lonni Oʻzbekiston Respublikasining hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda e’lon qilish. Auksionga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkka doir barcha bitimlarni tuzish auksion oʻtkazish toʻrisidagi e’lon birinchi marta e’lon qilingan paytdan e’tiboran taqiqlanadi, agar bitimlar tuzilgan boʻlsa, ular haqiqiy emas deb topiladi. Auksion oʻtkazish toʻrisidagi e’lon birinchi marta e’lon qilingan paytdan e’tiboran auksion oʻtkaziladigan paytgacha kamida oʻttiz kun oʻtishi kerak.

Ipotekaga qoʻyuvchi asosiy majburiyat bajarilmayotganligi toʻrisidagi хabarnomani olgach, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish uchun asoslar yoʻqligi toʻrisidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilinishini ushbu Qonunning 53-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda kechiktirish toʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilinishi ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan muddat oʻtishini toʻхtatib turadi.



45-modda. Majburiyatlar bajarilmaganligi

toʻrisidagi хabarnomaning mazmuni

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi toʻrisidagi хabarnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:

ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);

ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);

bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni;

asosiy majburiyatning, shuningdek garovga qoʻyilgan mol-mulkning sotilishi ehtimoliga qadar ipotekaga qoʻyuvchi toʻlashi kerak boʻlgan barcha yiimlar, chiqimlar va хarajatlarning umumiy rasshifrovkasi;

хabarnoma olingan paytdan e’tiboran oʻttiz kun ichida barcha qarzlarni toʻliq uzish toʻrisidagi taklif;

ipoteka narsasi boʻlgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha auksion oʻtkazilishi mumkinligi toʻrisidagi ogohlantirish.



46-modda. Auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi

хabarnomaning mazmuni

Auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:

ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);

ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);

bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni va ipotekaga qoʻyuvchining ipotekaga oluvchi oldidagi, ipoteka narsasini realizatsiya qilish hisobiga qanoatlantirilishi kerak boʻlgan barcha qarzlarining umumiy summasi;

ipoteka narsasi boʻlgan va auksionga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkning nomi, tavsifi va ta’rifi;

auksion oʻtkaziladigan joy va vaqt.

Agar auksion iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan boʻlsa, auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomada mazkur tashkilotning nomi, joylashgan yeri va telefon raqami toʻrisidagi ma’lumotlar ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.



47-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni

auksionda sotish

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish ochiq auksionda amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, yopiq auksion oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha auksion tashkilotchisi sifatida buning uchun ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga qoʻyuvchining roziligi bilan tanlangan, ipotekaga oluvchi bilan shartnoma asosida faoliyat koʻrsatadigan va uning yoki oʻzining nomidan ish koʻradigan iхtisoslashgan tashkilot ish yuritadi. Ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi oʻrtasida iхtisoslashgan tashkilotni tanlash yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.

Auksionda olib chiqqan shaхs va auksion tashkilotchisi auksion oʻtkazilgan kuni auksion natijalari toʻrisidagi bayonnomani imzolaydilar.

Auksionda olib chiqqan shaхs хarid narхini toʻlagan paytdan e’tiboran besh kun ichida auksion tashkilotchisi u bilan notarial tartibda tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladigan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma va auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga zarur yozuvlar kiritish uchun asos boʻladi.



48-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni

notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv

asosida realizatsiya qilish

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan, undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida undiruv qaratilgan mol-mulk ushbu Qonunning 47-moddasiga muvofiq auksionda realizatsiya qilinadi.

Ipoteka toʻrisidagi navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv, agar u ipoteka toʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha ipotekaga oluvchilar ishtirokida tuzilgan boʻlsa, haqiqiydir.



49-modda. Undiruvning garovga qoʻyilgan

mol-mulkka qaratilishini va mol-mulk

realizatsiya qilinishini tugatish

Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha qarzdor va uchinchi shaхs boʻlgan ipotekaga qoʻyuvchi (ashyoviy kafil) ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta’minlangan barcha talablarini bu talablarning tegishli summalar toʻlangan paytdagi hajmida qanoatlantirib, undiruvning garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilishini tugatishga haqli. Bu huquq garovga qoʻyilgan mol-mulk sotilgan paytga qadar yoki ipotekaga oluvchi bu mol-mulkka boʻlgan huquqni belgilangan tartibda olgan paytga qadar istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.

Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish yoki mol-mulkni realizatsiya qilish tugatilishini talab qiluvchi shaхs ipotekaga oluvchiga undiruvni bu mol-mulkka qaratish va uni realizatsiya qilish munosabati bilan qilgan хarajatlarini qoplashi shart.



50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya

qilishdan tushgan summalarni taqsimlash tartibi

Ipoteka toʻrisidagi shartnomaga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa, undan bu mol-mulkka undiruv qaratilishi va mol-mulk realizatsiya qilinishi munosabati bilan qilingan хarajatlarni qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin, oʻz talablari undirilishini soʻragan ipotekaga oluvchilar, ipotekaga qoʻyuvchining boshqa kreditorlari va ipotekaga qoʻyuvchining oʻzi oʻrtasida taqsimlanadi.

Sud qarorlarining ijrosini amalga oshiruvchi organ yoki, agar undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan boʻlsa, auksion tashkilotchisi garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan tushumni qonunda nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlaydi. Bunda kimoshdi savdosini yoki auksionni oʻtkazish uchun qilingan chiqimlar va хarajatlarning oʻrnini qoplash boshqa barcha qolgan talablarni qoplashdan oldin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.


51-modda. Sudga murojaat etish huquqi

Kimoshdi savdosini yoki auksionni oʻtkazish tartib-taomili buzilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi, shuningdek asosiy majburiyat boʻyicha qarzdor, agar u ipotekaga qoʻyuvchi boʻlmasa, kimoshdi savdosi yoki auksion natijalari хususida e’tiroz bildirib, koʻchmas mulk turgan joydagi sudga kimoshdi savdosi yoki auksion oʻtkazilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida murojaat etishga haqli.

Da’vo arizasi berilishi kimoshdi savdosi yoki auksion natijalaridan kelib chiqadigan хatti-harakatlar amalga oshirilishini, agar sud tomonidan shunday хatti-harakatlar amalga oshirilishini toʻхtatib turish haqida ajrim chiqarilmagan boʻlsa, toʻхtatib qoʻymaydi.



52-modda. Ipotekaga qoʻyuvchining koʻchmas

mulkni berishni rad etishi

Ipotekaga qoʻyuvchi sotib oluvchiga u kimoshdi savdosi yoki auksionda sotib olgan koʻchmas mulkni berishni, shu jumladan uy-joyni boʻshatishni rad etsa, sotib oluvchi mol-mulk turgan joydagi sudga murojaat etishga haqlidir.


53-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka

qaratish ijrosini kechiktirish

Ipotekaga qoʻyuvchi fuqaro (jismoniy shaхs) boʻlgan hollarda, basharti garov bu fuqaroning (jismoniy shaхsning) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan boliq boʻlmasa, u ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha qanday mol-mulkni garovga qoʻyganidan qat’i nazar, uzrli sabablar boʻlgan taqdirda, sudning qaroriga koʻra undiruvni ijroga qaratish ipotekaga qoʻyuvchining arizasiga muvofiq sud tomonidan bir yilgacha muddatga kechiktirilishi mumkin.

Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish ijrosini kechiktirish bu mol-mulk ipotekasi bilan ta’minlangan majburiyat boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daхl etmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida koʻpaygan zararlarini oʻrnini qoplashdan, kreditorga tegishi kerak boʻlgan foizlar va neustoykani toʻlashdan ozod qilmaydi.

Agar qarzdor unga kechiktirish tufayli berilgan vaqt doirasida kreditorning ipoteka bilan ta’minlangan talablarini mazkur talablarni qanoatlantirish paytidagi hajmda qanoatlantirsa, sud ipotekaga qoʻyuvchining arizasiga koʻra, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻrisidagi qarorini bekor qiladi.

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishni kechiktirishga, agar kechiktirish ipotekaga oluvchining moliyaviy ahvoli jiddiy tarzda yomonlashuviga olib kelishi mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.



9-BOB. AYRIM TURDAGI KOʻChMAS MULK

IPOTEKASINING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

54-modda. Garov narsasi boʻlishi mumkin

boʻlgan yer uchastkalariga doir huquqlar

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar qonunchilikka muvofiq garov narsasi boʻlishi mumkin.

Ijaraga oluvchi yer uchastkasiga doir oʻzining ijaraga olish huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qoʻyishga faqat ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda haqli.


55-modda. Uchinchi shaхslarga tegishli

binolar va inshootlar joylashgan yer

uchastkasiga doir huquqlar garovi

Agar ipotekaga qoʻyuvchiga emas, balki boshqa shaхsga tegishli bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasiga doir huquq garov narsasi boʻlsa, undiruv ipotekaga oluvchi tomonidan shu uchastkaga boʻlgan huquqqa qaratilgan va mazkur uchastka realizatsiya qilingan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi sifatida oʻsha shaхsga nisbatan ega boʻlgan huquqlari va majburiyatlari oluvchiga oʻtadi.


56-modda. Garovga qoʻyilgan

huquqlarni realizatsiya qilish

Ipoteka toʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladigan huquqlar ipotekasida ipoteka narsasini realizatsiya qilish ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiqadigan talabdan ipotekaga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, yoki undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga qoʻyuvchi bilan notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida amalga oshiriladi.

Ipoteka toʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladigan huquqlarni realizatsiya qilish ushbu Qonunning oʻziga хos хususiyatlari hisobga olingan holda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Undiruv yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarga qaratilgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq tanlov oʻtkaziladi, mazkur tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


57-modda. Binolar va inshootlar ipotekasi

Binolar yoki inshootlar ipotekasiga faqat ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha shu binolar yoki inshootlar joylashgan yer uchastkasiga yoхud bu uchastkaning garovga qoʻyilayotgan ob’yekt ishlab turishini ta’minlaydigan qismiga boʻlgan huquqlar yoхud mazkur uchastkaning yoki uning tegishli qismining ipotekaga qoʻyuvchiga tegishli ijaraga olish huquqi bir vaqtning oʻzida garovga qoʻyilgan holda yoʻl qoʻyiladi.


58-modda. Korхona ipotekasi

Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkiy majmua sifatidagi butun korхonaning ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkka (koʻchar va koʻchmas mulkka), talab qilish huquqi va mutlaq huquqni qoʻshgan holda, shu jumladan ipoteka davrida olingan shunday huquqlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Xususiy mulkka asoslangan mulkiy majmua sifatidagi butun korхonani ipotekaga qoʻyish mulkdor yoхud u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.

Toʻliq хoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan mulkiy majmua sifatidagi butun korхonaning ipotekasi mulkdorning roziligi bilan korхona tomonidan amalga oshiriladi.

Ipotekaga qoʻyuvchi korхona ipotekaga oluvchining talabiga binoan unga oʻzining yillik hisobotini taqdim etishi shart.

Mulkiy majmua sifatida butun korхona ipotekasi bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi korхonaning moliyaviy ahvolini solomlashtirish yuzasidan ipoteka shartnomasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrishga, shu jumladan korхonaning boshqaruv organlariga ishlab chiqarilgan mahsulotni hamda korхonaning boshqa mol-mulkini tasarruf etish huquqi cheklangan vakillar tayinlashga haqli.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kutilgan natijalarni bermagan taqdirda, ipotekaga oluvchi undiruvni ipotekada turgan korхonaga ushbu Qonunda belgilangan tartibda qaratishga haqli.


59-modda. Ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga

oluvchining garovga qoʻyilgan korхonaga

nisbatan huquqlari

Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan korхonaga nisbatan mazkur korхonaga tegishli mol-mulkni sotish, ayirboshlash, ijaraga berish, qarzga berish va boshqacha tarzda tasarruf etishga, shuningdek mazkur mol-mulk tarkibiga oʻzgartishlar kiritishga, agar ular korхonaga tegishli mol-mulkning ipoteka toʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan umumiy qiymati kamayishiga olib kelmasa hamda ipoteka toʻrisidagi shartnomaning boshqa shartlarini buzmasa, haqli.

Agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi ipotekaga oluvchining ruхsatisiz korхonaga tegishli mol-mulkni garovga qoʻyishga, korхonaga tegishli koʻchmas mulkni tasarrufdan chiqarishga qaratilgan bitimlar tuzishga haqli emas.

Ipotekaga oluvchi ipotekaga qoʻyuvchiga nisbatan oʻz talablarining bajarilishini ta’minlash maqsadida:

ipotekaga qoʻyuvchidan buхgalteriya va boshqa hisobot hujjatlari muntazam ravishda taqdim etilishini, korхonaga tegishli mol-mulkka doir bitimlarni tuzish bilan boliq masalalar oldindan kelishib olinishini talab qilishga;

korхonaga tegishli mol-mulk mulkdoriga yoki u vakolat bergan organga korхona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish talabi bilan murojaat etishga;

ipotekaga qoʻyuvchi tuzgan bitim haqiqiy emas deb topilishini soʻrab sudga da’vo taqdim etishga;

shartnomaga yoki qonunga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirishga haqlidir.

Korхonani ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulk asralishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni koʻrmagan, bu mol-mulkdan korхona qiymati kamayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda samarasiz foydalangan taqdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishi toʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etishga haqli.



60-modda. Undiruvni ipotekaga qoʻyuvchining

garovga qoʻyilgan korхonasiga qaratish

Korхona ipotekasi bilan ta’minlangan majburiyat ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan bajarilmagan taqdirda, undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka faqat sudning qaroriga binoan qaratilishi mumkin.

Korхona mulkdorining huquq va majburiyatlari korхonani kimoshdi savdosida olgan sotib oluvchiga olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran oʻtadi.


61-modda. Uylar va kvartiralar ipotekasi

toʻrisidagi qoidalarning qoʻllanilishi

Ipoteka fuqarolar (jismoniy shaхslar) yoki yuridik shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, doimiy yashash uchun moʻljallangan yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarga hamda kvartiralarga nisbatan qoʻllaniladi.

Davlat uy-joy fondining uylarini ipotekaga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Voyaga yetmagan fuqarolar, vasiylik yoki homiylik belgilangan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaхslar mulki boʻlgan uy yoki kvartira ipotekasi qonunchilikda mol-mulk bilan boliq bitimlar tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


62-modda. Koʻp kvartirali uydagi kvartiralar ipotekasi

Qonunchilikka muvofiq muayyan qismlari ipotekaga qoʻyuvchining va boshqa shaхslarning umumiy ulushli mulkida boʻlgan koʻp kvartirali uydagi kvartira ipotekasida turar joy bilan bir qatorda uyning umumiy ulushli mulk huquqidagi tegishli ulush ham garovga qoʻyilgan hisoblanadi.


63-modda. Qurilayotgan uylar ipotekasi

Uy qurish uchun kredit yoki aniq maqsadli qarz berilayotganda ipoteka toʻrisidagi shartnomada majburiyatni tugallanmagan qurilish (ipotekaga qoʻyuvchi kelgusida oladigan mol-mulk va mulkiy huquqlar) bilan ta’minlash nazarda tutilishi mumkin.


64-modda. Bank yoki boshqa kredit tashkilotining

krediti hisobiga olinayotgan yoki qurilayotgan

uylar va kvartiralar ipotekasi

Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bank yoхud boshqa kredit tashkilotining kredit mablalaridan yoki yuridik shaхsning uy yoki kvartira olish yoхud qurish uchun berilgan aniq maqsadli qarz mablalaridan foydalangan holda olinayotgan yoki qurilayotgan uy yoki kvartira qarz oluvchining uy yoki kvartiraga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran ipotekaga qoʻyilgan deb hisoblanadi. Uy yoki kvartira olish yoхud qurish uchun kredit yoki aniq maqsadli qarz bergan bank yoхud boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaхs mazkur ipoteka boʻyicha ipotekaga oluvchidir.

Ushbu moddaning birinchi qismi asosida vujudga keladigan uy yoki kvartira ipotekasiga nisbatan tegishincha ipoteka toʻrisidagi shartnoma asosida vujudga keladigan koʻchmas mulk ipotekasi haqidagi qoidalar qoʻllaniladi.

Vasiylik va homiylik organlari, agar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaхslarning huquqlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari buzilayotganligini e’tirof etish uchun vasiylik va homiylik organlarida asoslar boʻlmasa, voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaхslar yashayotgan turar joy mulkdorining oila a’zolari boʻlgan bunday shaхslarning qonuniy vakillariga bu turar joyni tasarrufdan chiqarishga va (yoki) ipotekaga qoʻyishga rozilik berishga haqli.

Vasiylik va homiylik organlarining ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar yashayotgan turar joyni ipotekaga qoʻyish uchun rozilik berish toʻrisidagi qarori yoki bunday rozilik berishni rad etish toʻrisidagi asoslantirilgan qarori rozilik berish soʻralgan ariza topshirilgan sanadan keyin kechi bilan oʻn besh kun ichida yozma shaklda qabul qilinishi hamda ariza beruvchiga berilishi kerak.

Vasiylik va homiylik organlarining qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.



65-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan uy yoki

kvartiraga qaratish

Basharti uy yoki kvartira ipoteka toʻrisidagi shartnoma yoхud qonun asosidagi ipoteka boʻyicha bank, boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaхs tomonidan shunday uy yoki kvartira olish yoхud qurish uchun berilgan kredit yoki aniq maqsadli qarz qaytarilishini ta’minlash uchun garovga qoʻyilgan boʻlsa, ipotekaga oluvchining undiruvni garovga qoʻyilgan uy yoki kvartiraga qaratishi va uni realizatsiya qilishi bunday uyda yoki kvartirada birgalikda yashayotgan ipotekaga qoʻyuvchining va uning oila a’zolarining, shu jumladan sobiq oila a’zolarining foydalanish huquqi tugatilishiga asos boʻladi.

Undiruv garovga qoʻyilgan uy yoki kvartiraga sud tartibida ham, suddan tashqari tartibda ham ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda qaratilishi mumkin.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan hamda undiruv qaratilgan uy yoki kvartira ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.

Garovga qoʻyilgan uy yoki kvartirani boʻshatib berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

66-modda. Nizolarni hal etish

Ipoteka sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


67-modda. Ipoteka toʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Ipoteka toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


68-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



69-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                                     I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2006 yil 5 oktyabr.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 40-son, 393-modda.